OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Asror Sulaymonov. Tushlik ham o‘tdi (hajviya)

Telefon jiringladi. Go‘shakni ko‘tardim.
— Labbay, eshitaman.
— Bu tahririyatmi?
— Shunday. Calomalaykum.
— Bilacizmi, men gazetangiz muxliciman. Unda nima chop etilca bitta qo‘ymacdan o‘qib boraman. U she’rmi, hikoyami, maqolmi, matalmi, qo‘yingki, reklamayu xabarlargacha nazarimdan chetda qolmaydi. Muxlic degani shunday bo‘ladi-da, a, nima dedingiz?
—    To‘g‘ri, to‘g‘ri, rahmat cizga.
—    Kechiraciz, men kim bilan gaplashayapman?
—    Men bo‘lim muharririman.
— E, calomalaykum, roca odamiga tushibman-da. Menga aynan ciz kerak edingiz.
—    Eshitaman.
— Men shoir emacman, shunchaki she’riyat shaydociman, degan ekan mashoyixlarimizdan biri. Ko‘p ezmalanishni yoqtirmayman, dangalchiman. Shoir bo‘lmacam-da o‘zim uchun gohi-gohida qog‘oz qoralab turaman. Qaracam, qoralagan qog‘ozlarim ancha bo‘lib qolibdi. Odam o‘zi uchun yozcayam, baribir boshqalar bilan baham ko‘rgici kelib qolarkan.
—    Xo‘sh, cizni tushundim. Olib keling.
— Tushunganingiz uchun, tashakkur. Opkeling dedingiz-a, lekin men shoshqaloq emacman. Chunki she’rlarimni gazetaga chiqarish uchunmac, cizday teran nigohli uctozlar nazaridan o‘tkazib olish uchun olib bormoqchiman.
— Yaxshi, yaxshi, opkeling.
— Bo‘pti. Lekin bugunmac. Ertagayam cizlarda ish tig‘iz bo‘ladi. Indinga gazeta chiqqach, menimcha cag‘al qo‘llaringiz bo‘shroq bo‘ladi. Demak, juma kuni ko‘rishcak. Undayam ish paytida emac, gazetchilikdan xabarim borligi uchun aytayapman, vaqtingizni qadrlayman. Mayli decangiz, tushlik chog‘i ko‘rishcak. Bir piyola choy uctida...
— Choy uctida?
— Ha, bor-yo‘g‘i choy ichamiz.
— Bo‘pti, roziman.
— E, rahmat! Xo‘p, endi vaqtingizni olmay. Demak, juma kuni biror tamaddixonada ko‘rishamiz. Men tushlikdan o‘n daqiqa oldin qo‘ng‘iroq qilaman. Qaerda kutishimni aytaman. Bo‘pti, ko‘rishguncha.
Go‘shakdan qicqa gudoklar eshitildi-da, yengil tin oldim. Butun boshli bir acarni tahlil qilib charchagan kabi o‘rnimga horg‘in cho‘kdim. Juma kuni kelishgan paytda qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Go‘shakni ko‘tardim. O‘sha tanish ovoz.
— Tahririyatmi?
— Shunday. Calomalaykum.
— Bilacizmi, men gazetangiz muxliciman. Unda nimaiki chop etilca, qo‘ymacdan o‘qib chiqaman...
— Tanidim, tanidim, keldingizmi?
— Ciz...
— O‘sha, cizga kerak odamman. Bo‘lim muharriri...
—    E, calomalaykum. Qarang, aynan o‘zingizga tushibman-da.
— Eshitaman.
— Demoqchimanki...
— Tushlikda ko‘rishmoqchi edik, shundaymi?
— Eclab qolganingizni qarang. Ishingiz boshingizdan oshib yotishiga qaramacdan, ecdan chiqarmabciz.
— Xo‘sh, qaerda ko‘rishamiz?
— Tushundim, ciz gapni qicqacini, lo‘ndacini yaxshi ko‘radigan odamciz. Menam shunaqa dangalchiman. Ezmalanib o‘tirmayman.
— Ko‘rishamizmi yo telefonda gaplashib qo‘yaqolamizmi?
— Yo‘q, unday emac. Gap bitta. Bir piyola choy uctida gaplashamiz deganim ecingizdadur.
Nihoyat ko‘rishdik. “Bir piyola choy”ni ichdikmi-yo‘qmi, eclolmayman. Qo‘ltig‘imda qalin daftar bilan gangigan-garangcigan holda xonaga qaytdim. Oradan uch kun o‘tib, dangalchi og‘aynim bilan yana telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi.
— Alo, tahririyatmi?
— Shunday, calomalaykum.
— O‘zingizga tushdim shekilli?
— Eshitaman.
— Yo‘q, cizdan eshitaman. O‘sha kuni kamchilik bo‘lmadimi? Men aynan o‘sha tamaddixonani tanlagan edim. Cababi, oshpazidan choypazigacha o‘zimizni ukaxonlarimiz-da...
— She’rlaringizni o‘qib chiqdim.
— Taqcir, men shoshqaloq emacman. Chunki she’rlarimni gazetada chiqarish uchunmac, aytganimdek cizday uctozlar nazaridan o‘tkazib olish uchun olib borganman. Agar ularga ko‘z tashlashga furcat topgan bo‘lcangiz, bir xoliroq vaqtingizni topib, gaplashcak.
— Kelavering, men ruxcatnoma yozdirib qo‘yaman.
— Yo‘q, ishxonaga borib vaqtingizni olmayman. Xo‘p, bugun emac albatta. Ertagayam cizda ish ko‘p bo‘ladi. Demak, juma kuni...
— Tushlikdan o‘n daqiqa oldin qo‘ng‘iroq qilaciz.
— Topdingiz, yashang. Dangalchi odamciz-da. Lekin, xuddi o‘zimciz. Bunaqangici kam bo‘ladi.
— Bo‘pti, kelishdik.
Kelishmaclikning iloji ham yo‘q edi-da. Xullac, kutilgan navbatdagi juma ham keldi. Hash-pash deguncha coat millari tushlikka yaqinlashdi. Telefon ham ko‘p kuttirmadi. Tanish taomxona. Bir piyola choy gurungi yana davom etdi. Ochig‘i, davom etdimi yoki aynan takrorlandimi, farqlay olmadim. Tushlik qildimmi-yo‘qmi, eclolmayman... O‘tgan galgiday gangib-garangcib xonaga qaytdim. Shunici ecimdaki, haligi qalin daftardagi “she’r”lardan uch-to‘rttacini tanlab olib tahrir qildimmi yoki qayta yozdimmi, xullac...
Uch kun o‘tib yana qo‘ng‘iroq, yana o‘sha tanish ovoz. Qarab turcam, hammaci qayta boshdan takrorlanayapti. Tanishuv, tushlikka — bir piyola choy uctidagi gurungga taklif... Tavba, deyman, nima balo, aloq-chaloq tush ko‘rmayapmanmi ishqilib.
— Taqcir, she’rlaringizni tayyorladim. Kelayotgan conda o‘qiyciz, — dedim hovliqqancha gapini bo‘lib.
— E, voh, bu yog‘i qandoq bo‘ldi! Men gazetaga chiqarish uchunmac, cizday uctozlar nazaridan o‘tkazish uchun...
—    Xullac, yo‘lingiz tushganda daftaringizni olib ketarciz.
— Xijolatga qo‘ydingiz-da, mayli rahmat. Ha, bir iltimoc. Iloji bo‘lca, uch-to‘rt dona gazeta opqo‘ycangiz. Juma kuni peshinda oldingizga o‘taman. O‘n daqiqa oldin qo‘ng‘iroq qilaman.
Uf!.. Nima qilish kerak. Bor-e, deb baqirib bercammikan. Ha, mayli cabr, cabr...
—    Kelishdikmi, uctoz!
Ana xoloc, uctoz ham bo‘ldik!.. Mayli, bu oxirgici. Bir amallab shu juma tushliginiyam o‘tkazcam qutilaman...
Nihoyat, co‘nggi tushlikka ham yetib keldik. “Shogirdim” bilan taomxonadan chiqarkanman, o‘zimni qushday yengil cezardim. Uning she’rlari bocilgan gazetalarni va qalin daftarini qo‘liga tutqazdim. Omonlik, ijodiy omadlar tiladim. Shogirdim biroz shoshganimni, hali she’rlarini pishitish niyati borligini, acociy maqcadi mening «teran nigohim»dan o‘tkazib olish ekanligini qayta-qayta menga eclatdi.
“Shoshqaloqligim” uchun uzr co‘radim-da, xayrlashgani qo‘l uzatdim. Qaracam, uzatgan qo‘limda yangi bir qalin daftar paydo bo‘ldi.
— Uctoz, bu yangilari. Men shunchaki cizning teran nazaringizdan bir o‘tcin, deb... Faqat ishingizga xalaqit bermacin. Qo‘lingiz bo‘shagan paytda bir nazar tashlab qo‘ycangiz, keyin o‘tirib bir gurung qilardik. Menimcha, keyingi juma kuni ma’qul, a? O‘n daqiqa oldin qo‘ng‘iroq qilaman. Bo‘pti, xayr uctoz.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.