Bir vaqtlar Ur hamda Ko'r, keyinchalik Kichik va Katta tog' deb ataladigan tog'lar orasida, Sirdaryoning quyi qismida bir elat joylashgan ekan. Uning sultoni adolat bilan yurt boshqarishda dong'i chiqqan Sulton Mahmud Bahodirxon edi. Qavmining yoshu qarisini ardoqlaydigan, qo'l ostidagi asiru qullarga ham mehribon, mard jangchi, qattiqqo'l, obro'-e'tiborli, hech bir ishni bemaslahat qilmaydigan bu bekning mag'lub bo'lganini hech kim hech qachon eshitmagan, ko'rmagandi. Uning davlati, tuyayu otlari, suruvi, qul va asirlari ko'p bo’lib, musulmonchilik qoida-qonunlarini ham joyiga qo'yardi. Bir so'zli, or-nomusli, kezi kelsa, qaysar elboshini qavmi jon-dilidan sevar, undan bemaslahat hech qanday ma'raka o'tkazmaslikka harakat qilardi. To'yu ma'rakalarda ham bosh-qosh bu sulton ajoyib ovoz sohibi edi. Uning bir-biridan g'amgin qo'shiqlari yuraklarni o'rtardi...
— Biri kam dunyo, — derdi u ma'yus qo'shiqlarini tugatarkan. Bu sultonning hamma narsasi bor edi. Hatto biri-biridan dilbar uch xotini ham bo'lib, lekin birortasidan farzand ko'rmagandi. U doim Xudoni yod etib, iltijo qilardi. - Ey, tangrim, dardni insonga hamisha seni yod etib turishi uchun berasan. Odam ingraganida, o'zi bilib-bilmay "Xudo" deydi. Shunda o'zini Yaratgan yodga tushadi. Shayton vasvasasiga uchmaydi. Tangrim, menga ham zurriyot ato et. Toki yetmish ikki tomirimda jo'sh urayotgan qon izsiz yo'qolmasin. Seni dilimdan qo'ymayman, g'amli kunlarimda ham, shodligimda ham o'zing egamsan.
Bir kuni tong chog'i sulton namozini tugatib, chodirida muhim ishlarga berilgandi hamki, kenja xotini Guljon kirdi. U erining harakatlarini chetdan kuzatarkan, negadir jilmaydi. Ishga berilganidan unga e'tibor qilmagan sulton boshini ko'tardi-yu, xotiniga ko'zi tushdi.
— Nechun jilmayasiz? — so'radi u qizarinqirab turgan xotinidan.
Guljon sultonning yoniga bordi-yu, uning quloqlariga allanimani shivirladi. Qochishga shaylangandi hamki, sulton uni ushlab qoldi.
— Rostmi... shu so'zlaringiz-a?.. — derdi u hayajondan o'zini yo'qotib.
— Suyunchi bersangiz, aytaman. Qo'llarimni qo'yib yuboring, — deya o'zini iskanjadan bo'shatgan Guljon qochib chiqdi. Xotinidan bu xabarni eshitgan Sulton Mahmud yeru ko'kka sig'masdi.
— Ey Ollohim, shukr o'zingga! Toki jonim uzra sen bergan shu omonat turarkan, shukronamni to'xtatmayman. Doimo seni yod etgayman. Yo, Parvardigorim, davlating ortsin, ta'rifingga tilim ojiz.
Sultonning ko'ngli shukronalar bilan tinchimadi. U telbalardek sevinib, bir vaqtlar o'zga qavmdan asir tushgan sodiq qulini chorlab, unga shunday dedi:
— Qoraxon, butun qavmni xabardor et! Menkim, Sulton Mahmud Bahodirxon, qachon sevikli Guljonimning ko'zi yorib farzand ko'rsam va bu xabarni kim birinchi menga yetkazsa, unga mamlakatimdan tashqari istagan narsasini suyunchiga beraman. Jonimni ham ayamayman!
— Lekin avval o'ylab...
— Bas, o'ylaydigan joyi yo'q. Farzandim — hayotim gultoji. Uning uchun elboshilikdan kechishga ham tayyorman. Mening jismimda oqayotgan qon izsiz yo'qolmaydi. Avlodim tangri karomati bilan davom etadi...
Shunday qilib, Qoraxon butun qavm ahlini, hatto qulu asirlarni ham bu xabardan ogoh etdi. Kimdirshod, kimdirbeparvo, kimdir esa...
* * *
Bir necha vaqt o'tib, yurtga yov hujum qildi. Sulton o'z lashkari bilan yovni yengib, uni uzoqlarga to'zg'itib yubordi. G'alaba qilgan kuni Guljonning ko'zi yoridi. U birdaniga ikki farzand - biro'g'il va bir qiz ko'rdi. Doyalik qilgan ayol bir vaqtlar asira olingan bo'lib, o'zi qonxo'r sultonning xotini edi. Eri jangda yengilib, qochib qolgandi. Doya bu xabarni hammadan ilgari bir amallab eriga yetkazdi. Rejasining ro'yobga chiqayotganidan sevingan mag'lub sulton eng uchqur otga sakrab mindi-yu, uni qattiq qamchiladi.
— Ey Bahodirxon, qani, saxiyligingni ko'rsat, suyunchi so'rab keldim.
Sulton Mahmudxon sevinch va hayronlikda dedi:
— Sher yuraging bor ekan, Avazxon. Necha vaqtlardan beri tutqich bermay kelarding. Qavmimga ham dastingdan kun yo'q edi hisob. Ne ajabki, arzimas suyunchi uchun bugun qarshimda turibsan. Seni asirolmog'im yoki yakkama-yakka jangda hoziroq chavaqlab tashlashim mumkin-ku!
— Yo'q, Mahmudxon, — dedi yovuz Avazxon. — Sen bu ishga qodir emassan. Bir so'zli odamsan. Aks holda men bu yerga sendan suyunchi so'rab kelmasdim. To'g'ri, boshqa har qanday kishi mendek g'animni suyunchini hiyla o'rnida ishlatib qo'lga olishi hech gapmas.
— Xo'sh, qanday xabar keltirding?!
— Egizak farzand ko'rding, Mahmud. Suyunchini qancha katta qilsang arziydi.
Mahmud Bahodirxon o'zini yo'qotib qo'ydi. "Olg'a!" degancha yigitlarni ergashtirib chodiri tomon yeldek uchib ketdi. Ular chang-to'zon bilan qavmi yoniga yetib kelganida, otlar juda charchagan, lekin zafar bilan qutlayotgan qardoshlarini ko'rib hech kim otdan tushmas, baqirib-chaqirib sultonga va uning yangi tug'ilgan zurriyotlariga umr tilashardi. Xaloyiqning shodligi ichiga sig'may baqirishidan hayajonlangan Mahmudxon olomonga ta'zim qilar, xudoga shukronalar aytardi. U ikki go'dagini bag'riga barobar bosganida ham o'zini to'xtata olmas, ko'zidan sevinch yoshlari quyilib kelardi. Sultonning shu vaqtga qadar ko'zida yosh ko'rmagan xaloyiq ham hayratdan ayjiga olib baqir-chaqir qilardi. Hamma shod-xurram. Faqat kelganidan buyon biror marta qovog'i ochilmagan Avazxon bir chetda ulami kuzatib zerikib turar, hech kimning o'zi bilan ishi bo'lmay qolganidan tinchi qochardi. Qayerdandir paydo bo'lgan asir xotini uni chetga chaqirdi.
— Sultonim, - dedi u talmovsirab. - Bolalaringiz va mening asirlikdan qutilishimizga yordam bering. Suyunchining evaziga bizni so'rasangiz, Mahmudxon yo'q demaydi...
Ichidan qanday o'y kechayotgani noma'lum Avazxon "xo'p" degandek bosh silkidi.
— Qani, suyunchixo'r, o'rtaga chiq, - dedi o'zini bosib olgan sulton bolalarini enagasi qo'liga tutqazarkan. - Neki tilaging bo'lsa so'ra!
Avazxon otdan tushmasdan, qilichning qinidan ushlaganicha mag'rur o'rtaga chiqdi.
— Mahmudxon, men suyunchi haqida, menga in'om etishing kerak bo'lgan sovg'a haqida o'ylab ko'rgunimga qadar, sening ko'klarga ko'tarib maqtaydigan dono qavming menga qanday maslahat berar ekan?
— Qani, el-ulus, Avazxonga yordam bering-chi, - dedi suyunchiga elboshilikni ham tortiq qilishga tayyor Mahmudxon jilmayib.
— Xotining bilan bolalaring asirlikdan ozod etilishini so'ra, -dedi kimdir.
— Bola - belda, xotin - yo'lda, - dedi Avazxon beparvo.
— Haddingdan oshib, sultonlikni da'vo qila ko'rma, naq boshingdan judo qilmaylik, - dedi o'sha kishi yana.
— To'rt-besh chaqa bilan tinchiginu, joningni hadya qilishganiga shukr qilib qorangni o'chir...
— Suyunchi uchun uning kallasini olib qoiiga berish kerak! Odamlar uni ancha ermak qilib, ustidan kulishdi.
— Xo'sh, — dedi Mahmud Bahodirxon. — Hal qildingmi?
— Ha, sulton, hal qildim. Men o'zimga tegishli ulushni olib ketsam, qavmingni hech qachon ta'qib etmaslikka, yurtingni tinch qo'yishga qasam ichib, so'z beraman. Agarda men so'ragan narsani bersang-u, biror yigiting menga hamla qilsa, keyin hech qachon bu qavmni tinch qo'ymayman.
- Nima talab qilyapsan o'zi?!
- Hamisha eng e'zozli bo'lgan qimmatbaho boyligingni ber!
- Mening eng qimmatbaho boyligim qavmim, elim! Lekin uni bermasligimni yaxshi bilasan. Sababi, men uni suyunchiga qo'ymaganman. Chunki yurt meniki emas, men yurtnikiman. Qolaversa, sen zolim va qonxo'rsan.
- Yo'q, Mahmud, bilaman, men sening elingga boshchilik qilolmayman. Men qanchalik zolim va qattiqqo'l yoki insofli, adolatli bo'lmayin, qavming orasidan menga biror sodiq qul topilmaydi. Sultonliging o'zingga siylov!
- Maqsadga ko'ch, Avazxon, — sulton toqatsizlandi.
- Shoshma, Mahmudxon, har daqiqangni g'animat bil, chunki sen so'zingda turishing, men talab qilgan suyunchini berishing kerak. Yo'qsa, el orasida labzing yo'qoladi. Yolg'onchi bo'lasan!
Olomon jim qolgan Avazxonga angrayib, uning nafas olishigacha qiziqish bilan kuzatardi.
- Xo'sh? - dedi sabri chidamay Mahmudxon.
- Menga sening boshing kerak, sulton!
Avvaliga olomon tushunmagandek, yanglish eshitgandek sukutga toldi. Keyin o'ziga kelgan shovvoz yigitlar birin-ketin qilichini qinidan sug'urib, Avazxonga tashlandi. Tomoshabin olomon esa "ur, o'ldir" deb yigitlami qattiqroq jang qilishga undardi. Avazxon esankirab qolmadi. U bir necha yigitlarni yengil jarohatlasa hamki, chapdastlik bilan o'zini himoya qilar, tan jarohati olmasdi.
- Bas, bas qil, olomon, - Mahmudxonning salobatli hayqirig'idan, uning g'azab bilan qilichini yerga suqib qilgan buyrug'idan yigitlar tinchlandi.
- Bu nima to'polon?! Men o'lganmidimki, hech bir ruxsatsiz beboshlik bilan qilichni qindan sug'urasiz?
- U o'ylab gapirishni o'rgansin, bek. O'ziga nima kerakligiga hali aqli yetmas ekan, - dedi qo'lidan jarohat olgan yosh yigit g'azablanib.
- Bu tilagi bilan o'ziga go'r qaziyapti, — dedi yana biri.
- Men, o'zingizga ma'lum, hech vaqt og'zimdan chiqqan so'zdan tonmaganman. Chunki yigit degan nomim bor. Men suyunchiga jonimni ham beraman. Avazxonning shartiga roziman!
Yana olomon qiyqirib, norozilik bildira boshladi. Avazxonning qulog'i ostidan qayerdandir otilgan kamon o'qi vizillab o'tib ketdi. Uni kimdir nishonga noto'g'ri olgan.
— Bu qanday bedodlik, Mahmudxon? Nahotki qavmingga hukmiiig o'tmasa?! Axir, men noto'g'ri, aytilmagan narsani talab qilganim yo'q-ku! O'zimning ulushim — suyunchini so'rayapman, xolos. O'zing aytgansan, suyunchixo'r nima talab qilsa, beraman deb. Men qavming bisotidagi boylikni emas, sening boshingni so'rayapman...
— Bas qil, olomon, bu ne tartibsizlik?! Garchi, orangizda yuzimni shuvut qilish istagidagi kimsa bo'lsa, mayli, bilganidan qolmasin, lekin meni sulton o'rnida ko'rib, hurmat-ehtirom etuvchilar, sizlardan tinchlikni saqlab turishingizni so'rayman. Hozircha bu yerda men sultonman, har qanday masalani o'zim hal qilaman. Sultonning so'zi qonun. Sizlar esa mening hukmimdasiz, — dedi Mahmud Bahodirxon.
— Ey sulton, — dedi el orasidan chiqqan bir oqsoqol. — Balki sen o'zingni qahramon ko'rsatib, og'izdan-og'izga o'tib doston bo'lish, shon-shuhrat uchun boshingdan kechishga rozi bo'layotgandirsan. Biroq eling sendan so'ng qanday hukmdor qo'li ostiga tushishi seni o'ylantirmaydimi?! Yangi dunyoga kelgan go'daklaring taqdiri-chi?! Xo'sh, javob ber! Qavming va farzandlaringni kimga tashlab ketasan? Sen eling taqdiriga ham, bolalaring taqdiriga ham javobgarsan.
— Ha, hurmatli oqsoqol, men buni unutganim yo'q. Lekin, ayting-chi, men bugun jangda shahid ketganimda ularni kimga ishonardim? Men elim va zurriyotimni yolg'iz xudoning panohiga topshiraman. Undan qolsa, yaxshiroq elboshini o'zlaringiz tanlarsiz. Elboshi bo'lishga o'zga qavmdan asir tushgan abjir, aqlli bir yigit ham bor — Qoraxon. Men uni sizga tafsiya etaman. Qoraxon — mard yigit, lekin unga aslo.sharob tutqazmang. Yodingizda bo'lsa, Qoraxon ham men kabi sulton edi, lekin uning qavmini sharob yengdi. Men balki unga bas kelishim mumkin emasdi, lekin u o'zini sharobga topshirib, el-ulusini to'zg'itib yubordi. Bu bizga birsaboq bo'lgandi. Lekin bugun mening ham ahvolim sizlarga va avlodlarimizga katta saboq bo'ladi. Toki hech kim hech qachon el-yurtidan bemaslahat ish qilmasin! Inoq va boshi bir bo'lsangiz, g'amga botmaysiz.
— Biz istamaymiz, Avazxonning o'zini o'ldirish kerak...
— U bu yerdan omon chiqib ketmaydi.
— O'lim, Avazxonga oiim!..
— Yo'q, xaloyiq, men so'zimda turishim, or-nomusimni himoya qilishim kerak. To'g'ri, mening ham o'lgim kelayotgani yo'q. Lekin o'sha kungi jindak xato, Qoraxonning so'ziga quloq tutmaganim, sizlardan bir og'iz maslahat so'ramaganim meni o'limga yuzlashtirdi. O'zingiz bilasiz, hayotimda birinchi marta sizlardan bemaslahat qilgan ishim edi, oxirgisi ham shu bo'lyapti. Agar kundaga bosh qo'yayotib titrasam, bu qo'rquvdan emas — sizlardan va begunoh go'daklarimdan bemahal ayrilayotganimdandir. Sizdan o'tinchim — bolalarimni asrab-avaylang. Chunki ular mening or-nomusim, hayotim davomchisi, kelajagim...
— Bu telbalik, sulton, bunday qilma!
— Avazxonning o'zini chavaqlab tashlash kerak.
— Oiim Avazxonga, u qachongacha tinchimizni buzadi?! Xaloyiq tinmay qiyqira boshladi. Ular sultonni ahdidan qaytishga undashardi.
— Bas, bas qiling, — deya Mahmud Bahodirxon qullariga o'girildi. — Menga qog'oz va qalam keltiring!
Shu vaqt chodirdan madorsizlangan, yuzlari paxtadek oqargan Guljon chiqdi. U faryod ko'tarib, o'zini sultonning oyoqlari ostiga tashladi.
— Sultonim, meni chavaqlab tashla...
— Tur o'rningdan, Guljon, bu taqdir hukmi — kim peshonaga yozilganidan qochib qutulibdi...
— Sultonim, meni chavaqlab tashlasang ham kamlik qiladi. Bu tug'ilgan bolalar sening zurriyoting emas. Men senga ochiq aytaman — ular Qoraxonniki... Meni otning dumiga qo'llarimdan, sochlarimdan bog'lagin-da, sudratgin. El-yurt oldida gunohimni tan olganim uchun Xudo zora meni kechirsa... So'zlarimga inonmasang, Qoraxondan so'ra... Otlarga bog'la, ular meni burda-burda qilib tashlasin. Istasang, qiliching bilan...
— Avazxon, bo'I tezroq, ulushingni olginu qorangni o'chir. Men bu nomusga chiday olmayman.
— Menga qara, Mahmud, agar bir og'iz so'z — "mag'lubman" desang, boshingdan kechdim.
— Aslo! Nomusga botib yashashdan o'lim afzal. El-ulusdan boshqa vaqom qolmadi.
— Sultonim, bolalaring haqqi, men uchun shu so'zlarni ayt, begim...
— Bolalaringning otasi — Qoraxon bor.
— Xudoni o'rtaga qo'yib ont ichaman. Seni ahdingdan qaytarish uchun aldadim. Qurboning boiay, begim, ayta qol, — Guljon sultonning oyoqlarini quchib, faryod chekib yig'lardi.
— Quling bo'lay, begim. Oyoqlaring ostida tuproq bo'lay, sultonim. Ayt, yengildim, degin. Norasida go'daklaringni tashlab, meni qon qaqshatib ketma...
Guljonning ahvolini ko'rib, yigiamagan qolmadi. Uning hech qanday shon-shuhrat da'vo qilmaydigan jasorati, hatto nomusidan kechib, erining hayotini saqlab qolishga urinayotgani odamlarni tong qoldirdi. Ular shu nimjon jussaga shuncha matonat qayerdan kelganiga hayron edilar.
Sulton keltirilgan qalam va qog'ozni olganida, olomonning yana hayqirig'i ko'tarildi. Sulton tez-tez nimalarnidir yozdi-da, muhrbosdi.
— Qani, Avazxon, sen ham muhr bos! — dedi u Avazxonga qog'ozni uzatib.
Avazxon shartlarni ko'zdan kechirib, muhr bosdi.
— Ey, Mahmud Bahodirxon, - dedi u. - Sen hiyla ishlatishni bilmasding. Lekin men seni hiyla bilan yengmoqdaman. Aslida seni hech qachon yengolmasdim. Sen meni mag'lub etgan kuning o'z qo'llarim bilan boshingni olaman, deb qasam ichganman. Men bu yerda keltirilgan shartlarga roziman. Men qusgan qusug'ini qaytib yalaydiganlar xilidan emasman. Shartni buzmayman hech qachon, har qanday ahvolga tushganimda ham, na o'zim, na menga tobe biror qui yurting tuprog'ini bosmaydi. Boshingni olamanu ketaman. Lekin sen ham qavmingni ogohlantir — bu yerdan chiqib ketgunimga qadar yo'limga to'g'anoq bo'lishmasin. Manzilimga yetgach, nimaqilishsa roziman.
— Bas qil, yo'qsa, seni o'zim chopib tashlayman, — qahr bilan qilichini qinidan sug'urgan Qoraxon Avazxonga tashlandi.
— Qoraxon, - g'azab bilan baqirib uni joyiga mixladi sulton. — Nima, meni nomusdan o'ldirmoqchimisan? Unga qilich o'qtalsang, men o'zimni o'ldiraman. Tinchgina o'lishga qo'yinglar, axir, shar-misor qilmanglar meni...
— O'ylab ish qiling, sulton, — dedi Qoraxon. — Yig'ish-tiring bu o'yinni...
— Kunda keltiring, — sulton imo bilan chaqirib olgan quliga pichirladi. Oppoq oqarib ketgan Guljon behush yiqildi. Uni chodirga olib kirishdi. Sulton so'nggi bor tilovat qilib olgach, el-ulusi bilan vidolasharkan, shunday dedi:
— Ahli qavmim, meni bilasiz, hech qachon ahdimdan qaytib, kulgi bo'lib yurmayman. Ruhim chirqirashini istamasangiz, Avazxon bu yerdan sog'-omon chiqib ketsin. O'layotgan kishining so'nggi so'zi — vasiyatdir. Vasiyatni buzmoq — gunoh!
Olomon suv sepgandek tinchib qoldi. Sulton qullari keltirib qo'ygan kundaga bosh qo'yarkan, bilinar-bilinmas titradi.
— O'zingga shukr, Parvardigor. Qani, Avazxon, boshla... - dedi u pichirlab.
Avazxon qilichini qinidan sug'urib, kunda ustida turgan bosh uzra ko'targanda olomon "uv" tortib yubordi.
Mahmud Bahodirxonning qonga bo'yalgan boshini olgan Avazxon hech qanday qarshiliklarsiz sultonning qavmini motamga topshirib, uning hududini tark etdi.