OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Uchqun Nazarov. Alangali salom (hikoya)

Reja shunaqa— rahbar u rayondan chiqishi bilanoq kimdir bu rayonta qo‘ngiroq qiladi, Parpiev boshchiligidagi bir to‘da rayon amaldorlari mashinalarga o‘tirib kanalga borishadi, rahbarni — «qo‘ldan qo‘lga» degandek — qabul qilib olishadi. Kanal ikkala rayonning chegarasi bo‘yida zamonaviy tusda ishlangan minora bor, taklif so‘zlari bitilgan. Bunaqangi minoralar deyarli hamma rayonlar chegarasiga o‘rnatilgan bo‘lib ko‘rgan kishi bo‘ minoralarga qarab, rayon salmog‘ini taxmin qiladi. Har joyda albatta, choraga aylanib qol-gan jabhalar — ya’ni, partiya komiteti va uning oldidagi Lenin haykali, Savdo Markazi, Madaniyat Saroyi va rayon faxri hisoblangan bironta yo atlas, yo kashtachilik yoki kulolchilik muassasasi bo‘ladi. Bular qatoriga rayonning chetida bo‘lsa ham yutuqlar ramzi hisoblanmish marmar zinali GAIning ikki qavatli oynaband binosy kiradi. Kiraverishda qanday inshoat bo‘lmasin, Parpiev ularni «rayon darvozasi»deydi, mablag‘ ayamaydi. Pribaltikami, Gruziyami, G’arbiy Ukrainami — qayoqqa bormasin, Parpiev rayon me’morini olib ketadi, ko‘ziga jozybali ko‘ringan narsalardan nusxa ko‘tartiradi, o‘z rayonida qurdiradi, bitishini sabrsizlik bilan kutadi, boshqa rayonda bironta antiqa osor ko‘rsa, halovatini yo‘qotadi-qo‘yadi, undan oshrib qurdirmaguncha ko‘ngli o‘rniga tushmaydi. Qaysi byr rayonda «Ona-er», «Abadiy mash’al», «G’alaba jangchisi» deb nomlangan obidalarni ko‘rdiyu, yana tinchini yo‘qotdi, darhol me’morni chaqirtirib, topshiriq berdi. U uchchala mazmunni mujassamlab, bitta yaxlit yodgorlik— ya’ni, yaralangan Jangchi jasadini mushtipar va matonatli Ona tizzasida ifoda qildi, oldidagi mash’al alangasi esa bu mardonavor siymoga fojiali yolqin tashlab turadigan eskizni chizib ko‘rsatdi. 
— Qora granitdan yasaymiz!— dedi Parpiev ruhlanib me’morga. 
— Qora granit ham yaxshi, — dedi me’mor ikkilanib. — Ammo haykal yuzida mash’al yallig‘lanmaydi. Tosh qorada. Bronza bo‘lsa kunduziyam, kechasiyam yaxshi ko‘rinadi. 
— Juda soz!
Umuman, rayon markazida qanday ko‘zga ko‘rinarli yodgorlik qad ko‘tarmasin, barisini odamlar Parpiev nomi bilai bog‘laydilar, Parpiev ham bu narsalarni o‘zi barpo qilgandek juda g‘amxo‘rlik bilan asrashga intiladi. Bir yigitcha «Mash’al» supachasiga chiqib, alanga o‘tidan sigareta tutashtirgan ekan, Parpiev uni oyogini yerga tekkizmay o‘n besh sutkaga qamattirib qo‘ydi:Bir bola fontanda cho‘milgan ekan, otasini vazifasidan oldirib tashladi, memorial kompleksiga qorovul tayynladi — haykallarga qush qo‘nsa qorovul baloga qoladi, sigaret tutatish, fontanda cho‘milish qayoqda! «Muzeyga aylantiraman markazni!»— deydi Parpiev doim. Yashovchilar «Muzeyni» chetlab o‘tishga harakat qylishadi... 
Mana hozir maydonda tumonat odam, respublika rahbarini tantana bilan kutib olish, Madaniyat Saroyida miting o‘tkazish uchun rayonning barcha joylaridan amaldorlar to‘plangan. Maktab mashg‘ulotlari to‘xtatilgan, baraban sadolari tinmaydi shippak fabrikasi ayollari bashang kiyinib, jazirama oftobda tovlanib, tuda bo‘lib turishipti. 
Parpiev goh tashqariga chiqadi, goh raykom idorasiga kiradi — qo‘shni rayondan rahbar yo‘lga chiqqani haqida qo‘ngiroq bo‘lishi kerak, telefondan uzoq keta olmaydi, rahbar esa hadeganda kelavermayapti. Parpiev qo‘shni rayon partiya kotibidan ijirg‘ana boshladi, rahbar u yordagi limonxonalar, stadion va internatni ko‘rayotganini ko‘z oldita keltirdi, g‘ashi keldi. «To‘p o‘ynaydigan komandasi yo‘g‘-u, stadionga balo bormi?»— deb o‘yladi. Parpiev shu yildanoq stadion qurilishini boshlab yuborishni diliga tugib qo‘ydi. «Uniki besh ming o‘rinli, men o‘n besh ming o‘rinli qurdiraman, oblast musobaqalari menikida o‘tadigan bo‘ladi»... 
Xona sovib ketdi. Parpiev derazalarga o‘rnatilgan uchta kondintsionerdan birini o‘chirdi, vajillash tovushi pasaydi. 
Eshikni taqillatmay raykomning uchinchi kotibi Mo‘ydinov kirdi, stol yoniga kelib to‘xtadi. Parpiev savol nazari bilan unga qaradi — nigohida anday asabiylik sezilardi. Mo‘ydinov aytmoqchi bo‘lib kelgan gapni qay yo‘sinda ochishni bilmay, pikilandi, qiyshayib turgan stulni to‘g‘rilab stol tagiga surib qo‘ydi. Uning sochlari nam, yuzi terdan yiltirar, qora kostyumining tugmalari yechilgan edi. 
— Xo‘sh?— dedi Parpiev, tirsagini stol oynasidan olib. 
— Odamlar betoqat bo‘lishyapti, — dedi Mo‘ydinov bir oz hadiksirab, go‘yo bunda o‘zi aybdordek. — Kun issiq, hamma ochiqda, atrofga alanglashayapti, gaz-budkaning oldi tumonat, stakan yetishmaydi. 
— Militsiya nima qilayapti?— ijirg‘anib so‘radi Parpiev. — Kapitan qayoqqa qarayapti?
— Kapitan o‘sha yerda, odam ko‘pda, epaqaga solish qiyin. 
— Ayting, yana naryad chaqirsin, — dedi Parpiev o‘rnidan turib. — Agar tarqab ketsa, byuroda shaxsan javob beradi. 
— Xo‘p, — deya Muydinov eshik tomon qayrildi. 
— Nega laparchilar indamay qolishdi, nega mashshoqchilarnnig muzikasi eshitnlmaydi, — ovozini ko‘tarib so‘radi Parpiev eshik oldiga borib qolgan Muydinovdan. 
— Bir oz dam so‘rashdi, ertalabdan beri tinishgani yo‘q. — to‘xtab dedi Mo‘ydinov uzr ohangida. — Quloqni qomatga keltirib yuborishdi, ruxsat berdim. O’n besh minutga. Mehmondardan darak bo‘lishi bilan yana boshlashadi. 
Parpiev noxush bosh silkib qo‘ydi. 
Mo‘ydinov bir-ikkn qadam Parpiev tomon yaqinlashdi. 
— Hali qo‘ng‘iroq bo‘lmadimi?— jur’at qilib so‘radi u. 
— Qilib qolishar, shuncha vaqt o‘tdi-ku, — dedi Parpiev telefonga ishora qilib, keyin toqatsiz nazar bilan deraza orqali tashqariga qaradi. 
— Havo qizib ketyapti, — deya Mo‘ydinov yana yaqinroq keldi. — Odamlarni parkka oldirsak nima deysiz? Soya bor, terlari qotadi. Suv-puv ichishadi. 
— Yo‘q, — dedi Parpiev qat’iy. — Maysalarni bosib tashlashadi. 
— Soyaga olmasak, qiynalib ketdi xalq, rost, — dedi Mo‘ydinov samimiy va o‘z samimiyligidan hijolatga tushgandek, ko‘zlarini pirpiratdi. — «Ilich» kolxozining kutubxonachisi hushidan ketib qoldi. 
— Nega hushidan ketadi?
— Oftob urganmish, doktorlar shunaqa deyishtsi... 
— Yana bir oz kutaylik, — dedi Parpiev o‘ylanib, — Ko‘pi ketib ozi qoldi. Muzikachilarga ayting, chalg‘itib turishsin karnay-parnaylarini chalib. 
— Karnaylari qizib ketyapti, qo‘l tekkizib bo‘lmaydi. . 
— Boshqa narsa chalishsin, — dedi Parpiev ijirg‘anib. — O’yin-po‘yin qilishsin. 
— Guldastalar ham so‘lib qoldi, chelaklarga soldirib qo‘ydim, lekin jonlanishi qiyin... 
Parpievning rangi o‘chib ketdi. 
— Boqqa mashina jo‘nating, yangilarini keltirishsin— dedi u buyruq ohangida. — Boring tez, hali-zamon kelib qolishsa, xunuk bo‘ladi. 
Mo‘ydinov shoshib idoradan chiqib ketdi. 
Parpiev asabiy holda kabinetining bu boshidan u boshiga yura boshladi. Telefon apparati hamon jiringlamas, Parpiev esa borgan sayin toqatsizlanar, ich-ichidan g‘azabi uyg‘onar, xonadan otilib chiqib ketgisi kelar, biroq, chiqib ketsa shu ondayoq qo‘ng‘iroq bo‘lib g‘aflatda kolishidan hayiqardi. «Nahot telefon qoqish eslaridan chiqan bo‘lsa?— xunob bo‘lib o‘ylardi Parpiev. — Axir kelishgan edikku!Rahbar yo‘lga chiqishi bilan qo‘ng‘iroq qilamiz, deb va’da berishuvdiku. Ipsiz bog‘lanib o‘tiribmana!. Agar telefon qilishni unutgan bo‘lishsa, Rahbar yo‘lga chiqqanu, qatorma-qator mashinalar maydonga kirib kelayotgan bo‘lsa shu topda, u yerda esa men, ya’ni, rayon partiya komitetining birinchi sekretari bo‘lmasam, ne azob bilan to‘plangan xalq pana-panada mudrab o‘tirgan, guldastalar so‘ligan, kimdir hushidan ketib yotgan bo‘lsa, unda nima deb nom topaman, qanday o‘zimni oqlay olaman? Telefon kutayotuvdim, qo‘ng‘iroq qilishmadi, deymanmi? Kim gapimga quloq solar-di? Qaytaga ayblashadi, jazo axtarishadi. Oblast komitetining birinchisi meni aslida uncha xush ko‘rmaydi, rayon ko‘rsatkichlarining bitta moddasi chatoq bo‘lsag allaqachon masalamni byuroga qo‘ygan bo‘lardi. Mana endi bu gal unga qo‘l keladi, Rahbarning qulog‘iga visir-visir qiladi, Rahbar ham narigi rayondagi dabdabalardan keyin bu yerdagi ahvolni ko‘rib, obkomning visir-visiriga e’tiroz bildirmaydi, masalam o‘sha zahotiyoq hal bo‘ladi... Kimga dod deysan, agar respublikaning birinchi odami shunday qarorga kelsa?.. Nima qilish kerak ekan? Nima?... Men bu yerda xayol surib o‘tiribman, Rahbar allaqachon kelib, men yo‘qligimni ko‘rib, shartta orqasiga qayrilib jo‘nab qolgan bo‘lsachi?»
Parpiev o‘z gumonlaridan o‘zi qo‘rqib ketdi, telefonga otildi, Mo‘ydinovni chaqirdi. 
— Nima bo‘ldi, kelishdimi?— xovriqishini bosa olmay so‘radi Parpiev dag‘al ovoz bilan. 
— Kim? Militsionerlarmi?— — trubkadan eshitildi Mo‘ydinovning cho‘chinqiragan ovozi. 
— Yo‘q! Mehmonlar!— dedi Parpiev uchinchn kotibning ziyrakmasligidan tutoqib. 
— Yo‘q, — dedi Mo‘ydinovning ovozi biroz sukut saqlab. — Xabar berishlari kerak edi-ku, o‘zingizga. 
— Jimjit, — dedi Parpiev andak tinchlanib. — Kutayapman. Hali-zamon qo‘ng‘iroq bo‘lib qoladi. Siz o‘shatdan jilmang. Men telefondan nari ketolmayman. Ishqilib sharmanda bo‘lmaylik, — dedi Parpiev va bir nafas jim turgach, so‘radi. — Militsionerlar keladimi? Yangi naryad?
— Kapitan idorasiga telefon qildi, — dedi Mo‘ydinov sarosimadan holi bo‘lgandek. — Kelishadi. 
— Nega jimjit?Nega qo‘shiq eshitilmaydi?
— Aytishayapti, — dedi Muydinov darrov. — Mikrofonlar o‘chirib qo‘yilgan. 
— O’chirishmasin, — dedi Parpiev e’tirozsiz. — Sovutishmasin. Axir rayon uchun tantana, bayram-ku bugun. Hali miting bor, Rahbarning nutqi bor-a! Butun respublika matbuoti, radio, televizor xabar berishadi. Kechqurun «axborot» ko‘rsatadi. Siyosiy tadbir-a?
— Xalq tushunayapti, Vali Parpievich, — dedi Muydinov. — Mas’uliyatni sezayapti. Lekin... 
— Xo‘sh?— Mo‘ydinovning jimib qolganidan bezovtalanib so‘radi Parpiev. — Nima «lekin»?
— Maktab bolalari betoqat bo‘lishayapti-da, transporant-portretlarni bir-birndan yulishayapti... 
— Ehtiyot bo‘ling, Safar Mo‘ydinovich, — dedi Parpiev Mo‘ydinovnning gapini bo‘lib. — Ayniqsa, Bosh sekretarnikiga qarang, omonat tutishsin, Rahbarnikini ham!
— Chetta oldirib qo‘ydim, — dedi Mo‘ydinov hozirjavoblik bilan. — Mashinalar ko‘rinishi bilan odamlarning qo‘llariga tutqazamiz. 
— Nega chetga oldirnb qo‘ydingiz?— xadiksirab so‘radi Parpiev. — Lop etib kelib qolishsa ulgurmaysizlar-ku!
— Chetga oldirmasam, Vali Parpievich, — dedi Mo‘ydinov uzrli ohangda. — Siyosiy tusi bor. 
— Siyosiy tusi? — tushunmay so‘radi Parpiev. 
— Ha-da, Vali Parpievich, — dedi Mo‘ydinov iymanib. . 
— Odamlar portret-u alvonlarni boshlariga ko‘tarib, soyabon qilishayapti... 
— Juda to‘g‘ri qilibsiz, Safarjon, — dedi Parpiev katta bir xatodan holi bo‘lgandek. — Ishqilib portretlar panadami? Oftobdan qovjirab yotgan bo‘lmasin. 
— Yo‘q, — dedi Mo‘ydinov dadil ovoz bilan. — Panada. Skameykaga taxlattirib qo‘ydim. Yo‘lakdagi skameykaga. Daraxtning soyasida. 
— Gullar nima bo‘ldi?— mamnun holda so‘radi Parpiev. — Buketlar?
— Hozir olib kelishadi, — dedi Mo‘ydinov bosiq-xotirjam ovozda. — Suvga soldirib qo‘yamiz. Kechirasiz... 
Trubka qisqa dudulay boshladi, Parpiev hayron bo‘lib, trubkani telefon apparatiga qo‘ydm, ko‘ngli yana allanechuk g‘ulg‘ulaga to‘la boshladi. 
«Bunaqa odati yo‘q edi-ku Mo‘ydinovning— Deb o‘yladi Parpiev taajjubda, — men gapgya chek qo‘ymagunimcha suhbatni bo‘lmasdi... Yana nima hol ro‘y berdi ekan? Yo yana bironta ayol hushidan ketib qoldimikin?Boyagi kutubxonachi ayol nim qorong‘i zax xonaga o‘rgangan, tashqa-riga kam chiqadi, oftob urgan bo‘lishi mumkin, ammo boshqalar dala odami-ku, unaqa-munaqa jaziramani pisand qilishmaydi ham... Ammo nima ucho‘n Mo‘ydnnov trubkani tashladi? Nima bo‘lishi mumkin?
Shunday notinch xayollar iskayjasida Parpiev yana kabinetning u boshndan bu boshiga yura boshladi. Qizil telefon apparati hamon jim, portlash moddasi o‘rnatilgandeq sirli sukut saqlar, Parpievning sabrini asbob toridek tarang ushlar, asabinn zirqiratardi. 
Parpiev bir necha kunlar mobaynida Rahbarni kutib olish bilan bog‘liq tuzilgan tadbirlar ro‘yxatini birma- bir xayolidan o‘tkaza boshladi, raykom bog‘idagi marmar jig‘ali soy bo‘yida, bahaybat chinorlar ostida ziyofat uchun qurilgan stollar, masalliqlar, ichimliklar taxt, qo‘ylar so‘yilgan, nimtalangan, go‘sht parchalari qovurg‘a suyaklari bilan sixlangan, balig‘u parrandalar xam tayyor, oshpazlar, mashshoqlar, raqqosa qizlar shay, imoni kutib o‘tirishibdib, ko‘chalarga bir necha martalab mashinalar suv sepib chiqqan. Madaniyat Saroyyda gilamlar solingan, o‘ttizta sovuq havo bero‘vchi kbnditsionerlar tundan beri tinmay ishlab turipti, hamma qandillar yonib yotipti, mikrofoilar o‘rnatilgan, Leniining yarim tonna keladigan oq byusti sahnaning orqasida mag‘rur turigpti, savat gullar, duxoba parda, lentalar, projektorlarning nurlari, militsiya, tez-yordam... 
Shu payt telefon jiringlab, Parpievni seskantirib yubordi. Biroq bu qizil telefon apparati emas, mahalliy aloqa uchun o‘rnatilgan apparat edi. 
— Alyo, — dedi Parpiev trubkani olib. Qizil telefon jiringlamagani uchun uning hafsalasi pir bo‘lgan-
— Vali Parpievich, bu men, — dedi Muydinovniig uzrli tovushi, — Boya to‘satdan trubkani tashlab qo‘ydim, kechirasiz... 
— Nima gap, tinchlikmi?— bezovtalanib so‘radi Parpiev. 
— Nima desamikin, — dedi Mo‘ydinov mijg‘ovlanib. 
— Ayting, odamni xunob qilmay!— keskin dedi Parpiev. 
— Dohiylarimiz portretlarini chetga, skameykaga taxlatib qo‘ydim, devdim sizga... 
— Xo‘sh? — o‘shqirdi Parpiev va hapqira boshlagan yuragiga kaftini bosdi. 
— Shu, deng, suv sepadigan mashina shalabbo qilib ketdi, hammayoq shovqin, ha-xu deganimizni shofer eshitmadi. — Mo‘ydinovning ovozi o‘lim hukmini kutayotgan mah-busnikidek dag‘illar, najot kutar edi. 
— Yaramaydimi?
— Rasvo, — dedi Mo‘ydinov arang. — Ranglari suykalib ketipti. 
— Ko‘z-quloq bo‘lib turing desam, menta ko‘rsatgan karomatingiz shu bo‘ldimi?!— dedi Parpiev tutoqib. — Vaqt tig‘iz paytda! To‘rt-besh minut qolganda mehmonlarning kelishiga! E, o‘rgildim sizdan!Shunaqayam noshud bo‘ladimi odam degan?— Parpievning boshi qotib sukut qildi. 
— Musofirchilarga aytdim, Vali Parpievich, — bir necha daqiqali sukutdan so‘ng arang botinib so‘z qoqdi Mo‘ydinov, — maktablardan qidirishadi, madaniy mollar magaziniga odam yugurtirdim, unaqa portretlar defitsit emas, topib kelishadi. Ulgursak bo‘lgani. Ammo lekin... 
— Yana nima «ammo-lekin»?— o‘ta xunob bo‘lib baqirdi Parpiev. 
— Maydon siyraklashib qolyapti, Vali Pariievich, — dedi Mo‘ydinov nig‘lagudek ohangda. — Ming xil bahona birovi suv deb g‘oyib bo‘layapti, birovi hojat, deb. 
— Militsiyachi? Haliyam naryad kelmadimi?
— Keldi, eplay olmayapti... 
— Menga qarang! — dedi Parpiev qat’iy tarzda Mo‘ygdinovning gapini bo‘lib— Hammani Madaniyat Saroyiga olib kiringlar!Tezlik bilan! Tushundingizmi? Vestibyulda to‘planglar. Tarqalib ketishmasin. Zalga qo‘yilmasin, kreslolarni rasvo qilishadi. 
— Vestibyulga sig‘ishmaydi, Vali Parpievich... 
— Sig‘ishmasa, ikkinchi qavat bor, uchinchi... Faqat zalga kirishmasa bo‘lgani — dimiqib ketadi. Tushundingizmi?
— Tushundim, Vali Parpievich, — bir oz yengil tortib javob berdi Mo‘ydinov. — Hozir aytaman, olib kirishadi... 
— Bo‘pti, bajaring!-— dedi Parpiev. — Meni vaziyatdan xabardor qilib turing. 
— Xo‘p bo‘ladi, Vali Pargshevich. 
— Rasmlar esingizdan chiqmasin, imillamang, oqibatini o‘ylang, ish buzilsa, rahmat deyishmaydi. Yuguring, bajariig tez!
Parpiev telefon trubkasini sharaqlatib qo‘ydi, qo‘linn ko‘ksidan olib orqasiga suyandi, ko‘zlarini yumdi. 
Qizil telefon hamon jnringlamas, asabiy vaziyatni battar keskinlashtirgandek edi. 
Parpiev stol galadonidan validol olib, tilining ostiga tashladi. Yuragi shu bugungi mash-mashaga chidab bersa koshki, shu bugungi marosimlar ishkalsiz o‘tib olsa mayli edi, ertasiga nima bo‘lmasin, u yog‘i bir nav. Axir respublnkaning Rahbari— mana Parpiev rayonni qabul qilib olganiga to‘rt yil bo‘libdi — birinchi marta kelishi. Ertangi kun, kelajagi bugungi taassurotga bog‘liq, biron jihati Rahbarni qoniqtirmasa, tamom, shuncha qilgan toat-ibodati chippakka chiqadi. Qoyil qolib ketishi kerak! Loaqal qo‘shni rayonnikidan kam bo‘lmasligi shart. 
Parpiev ermak xayollarga cho‘mib, o‘zini Rahbar ro‘pa-rasida ko‘rdi — Rahbar betinim kular, gul tutgan qizaloqni bag‘riga bosib, peshonasidan o‘par, Parpievning yelkasiga qoqar, obkom sekretarga mamnun holda nimalarnidir uqtirar, obkom sekretari itoatkorona bosh silkir, Rahbarning gaplarini ma’qullar, Parpiev tomon qarab, ma’nodor iljayib qo‘yar, Parpiev esa o‘zini tushunmaganga olar, atrofga sarak-sarak boqar, ammo Rahbar bilan obkom sekretari bu, Parpiev haqida gap olib borayotgayaini his qilar, ich-ichidan quvnab ketar edi... 
«Yaxshi taassurot qoldirishda gap ko‘p», — deb o‘yladi Parpiev xayollariga xotima yasab. Abjir, ish ko‘zini biladigan yigit ekan, degan taassurot bilan qaytsa Rahbar. kifoya, Parpievning yo‘li o‘zidan-o‘zi ochilaveradi, hech kim to‘g‘anoq bo‘la olmaydi. Hatto xush ko‘rmaydigan obkom sekretari ham... 
Yana Parpievni cho‘chitib telefon jiringladi, xayolning beliga tepdi. Qiznl apparat emas, yana zangori telefon, yana Mo‘ydinovning sarosimali tovushi Parpievning jinidan battar yomon ko‘rinib ketdi. Mo‘ydinovning o‘ziyam ovoziyam. So‘tak!Rasmlarni suvga bo‘ktirib o‘tiribdi, landovur. Odam bo‘lmaydi. 
— Alyo, — dedi Parpiev noxush ovozda va yana bir ko‘ngilsiz xabar kelishini chamalab, xo‘mraydi. 
— Vali Parpievich, — dedi Mo‘ydinovning aybli ovozn. 
— Xo‘sh, yana biron ishkalmi?
— Ishkalmas, Vali Parpievich, odamlar tashqariga chiqaylik. deyishyapti... 
— Chiqarmang, bittasiniyam chiqarmang!
— Hojatga deyishyaiti... 
— Yo‘q, ishtonlariga qilib qo‘ysayam, chiqarmang!
— Bosib kelishayapti, Vali Parpievich, militsiyaning ham kuchi yetmayaati. 
— Yoptiring eshikni!Qulflating!— deya Parpiev dargazab holda baqirdi. — Eshitdingizmi? Qulflating, kalitini o‘zimga olib kelib bering! Darrov! Buzg‘unchilik qilayotganlarni yozib bering!Tashqariga militsiya qo‘ydiring. Derazalarni ochtirmang. Tamom. Gap shu! Bajaring! — Parpiev Mo‘ydinovning ming‘irlagan ovozidan ijirg‘aiib trubkani tashladi, qo‘ng‘iroq tugmasini bosdi. 
Qabulxona eshigi ochilib, sekretar qiz mo‘raladi. 
— Shofernn chaqirang, — dedi Parpiev qovoqlari ostidan qizga tikilib. 
— Xo‘p. 
Tezda shofer yigit kirdi, raykom hovlisidagi ishkom ostida narda o‘ynayotgan bo‘lsa kerak, turqi tumtaygan edi. 
— «Baland ko‘prikka» hayda, — dedi Parpiev yuz tusida hech qanday hayajonni ifoda qilmay. — Mehmonlarning qorasi ko‘rinishi bilan telefon qil. 
— U yerda tayinlangan odam borku. 
— Ehtiyot shart, — dedi Parpiev qiyofasini buzmay. 
— Siz nimada borasiz, men u yoqqa ketsam?— mulohaza qilgaya aytdi shofer. 
— Sheriginga ayt, tayyor tursin. 
— Xo‘p. 
Shofer chiqib ketgandan keyin bir oz vaqt o‘tgach, eshik tirqishnda yana sekretar qiz ko‘rindi. 
— Hm?
— Kalit tashlab ketishdi, — dedi qiz eshitilar-eshitilmas ovozda. — Sizga. 
— Opkeling. 
Sekretar qiz yaqinlashib, kalitni stol burchagiga omonatgina qo‘ydi. 
— Choy olib kiraymi?— so‘radi qiz eshik oldidan. 
— Mayli. 
Parpiev kalitni shim cho‘ntagiga solib, soatiga qara-i. Uch bo‘libti. O’n ikkiga kelishlari, bir oz rayonni ko‘zdan kechirgach mitingga kirishlari kerak edi. Hamma balo o‘sha rayonning birinchisi, mahmadona Eshmuhamedovda!Tovuqxonasi ham qolmagandir Rahbarga ko‘rsatmagan!Kani endi zamon ko‘tarsa-yu, shartta borib revolverni tirab, la’natining peshonasndan qo‘yvorsang-da, armondan yayqsang!
Qabulxona eshigi ochilib, ijrokom raisi Sottiev kirib keldi. U baland bo‘yli, dukkipeshona. ola-kula ko‘zli, yoshi qirqlardan oshgan mallasoch odam edi. Stol qarshisiga kelib to‘xtadi. Parpievni avzoynni ko‘rib aytmoqchi bo‘lgan gapini yutdi. — Hm?— dedi Parpiev o‘rnidan turmay. 
— Shtabdagilar iltimos qilishdi, Vali Parpievich — dedi u yuragi betlamay. — Shu choqqacha mehmonlar kelishmadi, o‘zimiz boraqolaylik, bizni ko‘rib, io‘lga tushishadi, deyishyapti. — Sottievning «Shtab» degani, ijrokom binosnning majlislar zali — u yerda Rahbarni kutib olish bo‘yicha rayon ilg‘orlaridan iborat komissiya yig‘ilgan, taxminan qirq nafar odam mehnat qahramonlari, veteranlar, nomi chiqqan mexanizatoru — sut sog‘uvchi juvonlar, hammalarining ko‘kraklarida orden-medallar... 
— Shu maslahatga nima deysiz, Vali Parpievich? Kutaverib tars yorilishga tayyor turgan Parpievga bunaqangi fikr ma’qul tushgandek bo‘ldi. 
— Juda soz, — dedi Parpiev va keskin o‘rnidan turdi. — O’zimiz ham bir aylanib kelamiz. Xamma ham siqilib ketdi. Ketdik!
Bir boshdan elektr lampadagi simlar qizib-qizarib lahcha cho‘g‘ga aylandi, ustida qobig‘i erib, laklangan polga toma boshladi, keyin chars-chars uchqunlar sachradi, olov yolqinlanib tepaga urdi, sahna pardalari lovullay ketdi, sahna — zal tutunga to‘ldi, tutun tirqishlardan sizib foyelarni chulg‘ay boshladi, xash-pash deguncha o‘t shitob bilan alangaga aylanib, jihozlarni yamlap ketdi, vestibyulda dod-voy, vahima, boshlandi, tepa qavatdagilar pastga, pastdagilar tepaga yugurishdi, ur-yiqit boshlandi, kimlardir birgalashib qulf eshikka kift urdilar, eshik qattiq, qulf mustahkam edi, ochilmadi, derazalar qars-qurs sindi, odamlar biri birini tepkilab, bosib o‘sha yoqqa otilishdi, yangi kirgan havo oqimi yong‘inga dalda berdi, tutun aralash alanga buzilgan derazalardan burqsib chiqa boshladi, hamma yoqni tutun qoplagan, odamlar vahimadan bir-byriga urilishar, yonayotgan zar pardalarga o‘ralib qolgan ayollar dod deyishar, atlas ko‘ylaklari aralash sochlari lovullab, qiychuv, ur-to‘palon avjiga chiqar, deraza oynalari jaranglab sinar, goh u yerda, goh bu yerda lop etib olov yashnar, sharsharadek shovullab na’ra tortar, o‘z qilmishidan o‘zi zavqlangandek edi. Yenayotgan ko‘ylaklar, kuyayotgan odamlar, ikkinchi, uchinchi qavatdan o‘zlarini pastga otishar, irg‘ishar, gurs-gurs asfaltga urilib, mayib bo‘lishar, tura olmay gulxanga aylanishar, hamma yoqni qora tutun va jizg‘anak hidi qoplar edi... 
Uzoqdan esa turna-qator mashinalar maydon sari yaqinlashar, rayoi markazi ularni qiy-chuv, ayuhannos va qudratli mash’ala bilan kutib olar edi.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.