OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Ahmadxo'ja as-Saroyi (XIV asr)

* * *

Dilbarimning ul sadaftek og‘zida dur bor erur,
La’lining shavqinda tun-kun diydalar durbor erur.

Zulfi sunbultek, bo‘yi sarv, englari gulzor erur,
Yuzini ko‘rmakka birdam bulbulu gul zor erur.

Jon olib husnin sotar, bu ne ajab bozor erur,
Yo magar oshiqlaring‘a noz etib, bezor erur.

Ravza yanglig‘ husn bog‘inda yangoqi nor erur,
Hajriyu ishqu ko‘ngullarni yoqarg‘a nor erur.

Banda Ahmadni bek tobug‘inda xush asror erur,
Kim aning she’riy so‘zlari asror erur.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.