OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Kaltatoyi (XIX asr)

Shoirning ismi Zokir xo‘ja bo‘lub, asli Andijonning Izboskan nomli joyidandur. Qo‘qon yaqinidagi Eshon qishloqda yashagan.

* * *

Manam bir go‘shai ishqingda yotgan ro‘dapoyingman,
Eshikdan ursangu quvsangda ketmas bir gadoyingman.
Yomonlardin yomonu badnamolardin badnamoyingman.

Ayo, ey sho‘x beparvoyi oshubi jahon, dil sang,
Muningdek sassiz o‘lmoq tabakay ko‘zlarga olam tang,
Agarchi oshiqing behad vale insof agar qilsang.
Baridin ham valekin xastayu xoru adoyingman.

Netay bo‘lmay raqibu ro‘siyahlardin parishon hol,
Kuyub rashk o‘tig‘a xokistar aylab qildilar pomol,
Ko‘ngilda gap ko‘p ayturg‘a ko‘runganda bo‘lub gung-lol,
Lavandu landahuru soddau noshud anoyingman.

Samonni ko‘rmadim, umrimda ko‘k beda yegonim yo‘q,
O‘zim haddim bilib egamga yem bergin degonim yo‘q,
Ayoqimda agarchi taqa, bo‘ynimda jugonim yo‘q,
Uzub no‘xtamni hargiz har tomonga irg‘iganim yo‘q.

Demasman arg‘umoqu to‘pjoqu bodpoyingman,
Bahar noloyiqi bir bequyushqon kalta toyingman,
Xaloyiq bilmayin chinqorcha der, chin qarchig‘oyingman.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.