OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Munshiy (XIX asr)

XIX asrning birinchi yarmida Qo‘qonda yashab ijod qilgan. Asl ismi Mulla Qodir quldir. Xon saroyida ishlagan.

* * *

Ey pari, la’li labing qandi mukarrardek laziz,
So‘zlaring, jono, ko‘ngilga shahdi shakkardek laziz.

Jon berur la’ling tamannosida Xizr ila Masih
Kim erur labtashnalarg‘a havzi kavsardek laziz.

Xalqai zulfing bino go‘shida ko‘nglim domidur
Donai holing yuz uzra mushki anbardek laziz.

Faqr elin sultoniman mehnat diyoridir yerim
Gardi rohing boshim uzra toji afsardek laziz.

Masnading gar bo‘lsa tufrog‘u libosing eski shol
Bu tajammul Munshiyo hoqoni afsardek laziz.

* * *

Shikva qilsam ayb emas bu charxi kajraftordin
Tiyra bo‘lmish tab’i pokim ushbu badkirdordin.

Aylaram bulbul kabi tinmay fig‘onu nolalar
Gulistoni dahr aro yuz dog‘ g‘ami osordin.

Ey ko‘ngul sen oshnolig‘ shikvasin bas aylag‘il
Kim ko‘ribdur sen ko‘rarsen yorliq ag‘yordin.

Din ila dunyosini ul vaqf Shokirxon etar
Go‘yyo mahshar kuni bitgan barot shashtordin.

Qaddimi garduni dunparvar falak chun yo nabi
Ayladi g‘am boridin qilmay ibo qahhordin.

Bu jahon ahlig‘a ko‘plardin vafodor ayladim
Ko‘rmadim jabru sitam o‘zga bir ag‘yordin.

O‘z aziz ul qadrim aylar o‘zgalarga yorliq
Sen agar borsang etar fil jumla ul nochordin.

Xush nasibli bandai solehga bo‘lgil hamnishon,
Hajr aro qo‘yg‘ay bosha to qubbai gildordin.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.