OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Nodim Namangoniy (1844-1910)

Nodim Namangoniy (taxallusi; asl ism-sharifi Sulaymonxo‘ja Ulug‘xo‘ja o‘g‘li) (1844 — Namangan —1910) — shoir. Saidqulibek madrasasida tahsil ko‘rgan. Arab, fors tillarini o‘rgangan. Qo‘qon va Toshkentda bo‘lgan, fan-texnika yangiliklari, rus madaniyati, adabiy va madaniy doiralari bilan yaqindan tanishgan. Buxoro, Samarqand (1899), Turkiya, Misr, Arabiston (1902—03) ga sayohat qilgan. Navoiydan o‘rgangan, g‘azallariga taxmis, naziralar yozgan. Muqimiy, Muhyi, Furqat, Zavqiy, Muhayyir, Shavqiy kabi shoirlar bilan yaqin do‘st bo‘lib, ijodiy hamkorlik qilgan, ular she’rlariga muxammaslar bog‘lagan. Mumtoz she’riyatning barcha janrlarida, turkiy va forsiyda ijod qilgan. G‘azallarida inson go‘zalligi, muhabbat va vafo, ayollar erkini kuylagan («Sog‘indim men, sog‘indingmi?», «Maktubi muhabbat uslub» va boshqa), ona-Vatan tabiati, uning go‘zalligini tarannum etgan, xalq hayotini realistik aks ettirgan, ijtimoiy illatlarni fosh etgan, ma’rifatparvarlik g‘oyalarini ilgari surgan («Bahor ayyomi keldi», «Davr javridin...», «Bayoni dar safari Toshkand» va boshqa). «Shikoyati paxta» she’rida qishloq mehnatkashlarining achinarli hayotini tasvirlagan.
Hajviy asarlarida maqtanchoq, mutakabbir boylar, chor amaldorlari tanqid qilingan («Dar mazammati zamona», «Dar shikoyati qozi» kabi). Yumoristik asarlar yozgan («Bezgak» va boshqa).
Nodimning she’rlari «Turkiston viloyatining gazetasi»da bosilgan. O‘zi tuzgan «Bayozi Nodim»ning mukammal nusxasi O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi (inv. ?4179).

Begali Qosimov

G‘AZALLAR

* * *

Yor etib azmi safar, man zori giryon qolmisham,
Nolau afg‘on chekib, besabru somon qolmisham.

Ul guli navrasta hijronida yig‘lab zor-zor,
Bulbuli shaydo kabi man tortib afg‘on qolmisham.

Ul necha ahbobi dilxohi bila aylab safar,
Man g‘amu hasratda yolg‘uz siyna biryon qolmisham.

Oftobi osmoni husn etib nogah g‘urub,
Soyadek man notavon yer birla yakson qolmisham.

Ko‘z ko‘rub, ko‘nglum asir o‘ldi kamandi zulfiga,
Voykim, zulmat aro tab’im parishon qolmisham.

Necha kundurkim xayolidan dame bo‘lmay xalos,
Ko‘zga uyqu kelmayin to subh hayron qolmisham.

Do‘stlar, bir chora aylang dardima, o‘lmay halok,
Dog‘i hijroniga topmay hech darmon qolmisham.

Qaysi kun bo‘lg‘ayki, Nodim, vaslig‘a mahram bo‘lub,
Arzi holimni desamkim: — Sansiz, ey jon, qolmisham.


* * *

Erur ko‘nglum parishon, toki ayrildim diyorimdan,
Diyorim yo‘qki, yoru oshnoyu, g‘amgusorimdan,

Ko‘zum namnok, siynam chok, bag‘rim tah-batah qondur,
Qachonkim ayrilibman ul nigori gul’uzorimdan.

Sunurlar dam-badam ishrat mayin ahbob g‘urbatda
Talattif ko‘rsatib ming nav’i, tushmasman xumorimdan,

Xazon yaprog‘idek so‘ldum samumi hajridin, hayhot,
Nasimo, mujdai yetkurmading fayzi bahorimdan.

Demang, ey do‘stlar, bir go‘shae tut, istiqomat qil,
Nechuk qilg‘um durur, yo‘q xush ila sabru qarorimdan.

Fig‘onim ra’d, ohim barq, ashkim seli to‘fondur,
Qoching zinhor, ey ahbob, mo‘hlik rahguzorimdan.

Quyundek dasht ila vodida sargardon bo‘lubdurman,
Qachonkim ayri tushdim xoki poi shahsuvorimdan.

Qadardandur bu g‘urbat, injima, sabr ayla, ey Nodim,
Inoyat bo‘lsa yetgaysan vatanga, biru borimdan.


* * *

Fig‘onkim, charx bedodi bila ko‘nglum parishondur,
Balou dardu g‘am qaydida zoru, diyda giryondur.

Bahori gulshani olamda osibi havodisdin,
Ochilmay g‘unchai pajmurda yanglig‘ tah-batah qondur.

Kecha to subhidam shabnam kabi ko‘zdan to‘kub yoshin,
Surudi noladin bulbul kabi doyim darafg‘ondur.

Xayoli lolagun ruxsoralardin, goh savdodin
Samandardek kirib g‘am otashiga siyna so‘zondur.

Gahi qattiq musibatdin falakfarso erur ohi,
Sirishkidin gahi ko‘z mardumi g‘arqobi to‘fondur.

Tani farsuda, bag‘ri pora-pora, chok domoni,
Hamisha dardi-dog‘u g‘ussa birla ashk rezondur.

Fano sarmanzilin istar kechib bu xonumonidin,
Bu dunyo gulshani ahbobsiz go‘yoki zindondur.

Payopay tut qadah, ey soqiy, o‘zlukdin xalos ayla,
Na xush ulkim, adam koshonasida masti hayrondur.

Vujudim nay kabi so‘rox-so‘rox o‘ldi, ey hamdam,
Fig‘onu nola har bir band-bandidin namoyondur.

Qolib bu ko‘hi g‘am ostida yuz ming dog‘lar birla;
Taajjubkim, urib yuz pechtobi o‘lmagan jondur.

Hazin jonimni, ey gardun, meni og‘ritma, dilshod et
Dame bir o‘tkuchi bu dahri foniy ichra mehmondur.

Gahi vobastai zanjiri hasrat, gah asiri g‘am,
Tutolmay hech bir domoni maqsad, dog‘i xirmondur..

G‘izo bobida ahvolini, yo rab, mustaqim ayla,
Quling Nodim musohiblar ketib, besabru somondur.


* * *

Bahor ayyomi keldi, dashtu sahro lolazor o‘ldi,
Zamin sar sabzu gulshan toza, yer oyinavor o‘ldi.

Ko‘tardi qumriyu bulbul fig‘onu nola har yondin,
Base husnu nazokat sarvi guldin oshkor o‘ldi.

Nasimi ruhparvar har tarafdin yurdi bog‘ ichra,
Dimog‘ o‘ldi muattar, bo‘yi guldin mushkbor o‘ldi.

Terildi bargi gulga dona-dona gavhari shabnam,
Etarda sayri gulshan yor ayog‘ina nisor o‘ldi.

Zamoni ayshu ishratdur, sharobi lolagun tutg‘il
Menga, ey soqiy gulchehra, ko‘nglum ko‘p xumor o‘ldi.

G‘animatdur zamone sayri gulshan, bo‘mag‘in g‘ofil,
Necha sandek sihi qad lolaruh bundog‘ g‘ubor o‘ldi.

Fig‘onkim, g‘unchai baxtim ochilmay ushbu gulshanda,
Samumi hajridin pajmurdai bebaru bor o‘ldi.

Fano mashshotasidin yozmayin to uqdalar, Nodim,
Bu olam bog‘idakim komyobi komkor o‘ldi.


* * *

Harfi ishqingni yozarda kuydi dil jonig‘acha,
Xoma ham kul bo‘ldi, ey bedard, devonig‘acha.

Ul shafaq ermas, ko‘zum qon yoshi shomi furqating,
Mavjlar aylab yetibdur charx domonigacha.

Anjum ermasdur bu ohimning sharori, bu kecha—
Ravshan aylar olami to ko‘kni kayvonig‘acha.

Masnadi husn uzra to bo‘ldung aziz, ey sarvnoz,
Shohlar dargohingga qul bo‘ldi hoqonig‘acha.

Har qachonkim novaki mujgoning, ey abru kamon,
O‘tdi o‘qi siynadin jonig‘a paykonig‘acha.

Qaysi kunkim davlati vaslingdin o‘ldi noumid,
Ketdi ko‘nglumning qarori sabru somonig‘acha.

Bul nechuk javru sitamdurkim chekib tiyg‘i sitez,
Qasd etarsan oshiqi bechorani qonigacha.

Nodim o‘ldi ajz ila xijlat tariqatda fano,
Shoyad o‘lg‘ay mahv deb bu jurmu isyonig‘acha.


* * *

Tokim boshimga tushdi sitamkor ehtiyoj,
Qildi ko‘nglumni sarbasar afgor ehtiyoj.

Bir lahza gar farog‘ati topsam bu dahrdin,
Anduhu g‘ussalar birla tayyor ehtiyoj.

Kosid matomenki, birov so‘rmagay mani,
Har qayda bo‘lsa lek xaridor ehtiyoj.

Kelsa ko‘zumga bir kecha gar xobi rohati,
Albatta, aylagay mani bedor ehtiyoj.

Bor ehtiyoj har kuni, ammoki ko‘p emas,
Qilg‘ay hujum har shabi bozor ehtiyoj.

Harchand yuz o‘gursamu so‘ksam kelur yana —
Oldimga to‘g‘ri, shilqimu beor ehtiyoj.

Dunyoda yoru g‘or anisim erur mag‘ar,
Har dardu g‘am yetishsa, madadkor ehtiyoj.

Yo‘qtur jahonni molu matoi kaminada,
Har qancha so‘rar esalar bor ehtiyoj.

Masti mayi nashotu farog‘at edi ko‘ngil,
Qildi mukaddar, ayladi hushyor ehtiyoj.

Bo‘lmam o‘z ixtiyorim ila ehtiyojmand,
Tushgay boshimg‘a bir yo‘li nochor ehtiyoj.

Muhtojlikdin endi borib kimga dod etay,
Etti yorug‘ jahonni menga tor ehtiyoj.

Farzandi arjumandi jigarbandlar uchun
Bergay hamisha jonima ozor ehtiyoj.

Yo rab, xalos ayla mani ehtiyojdin,
Jonu dilimdin ayladi bezor ehtiyoj.

Solsam nazar tamomi olamg‘a sarbasar,
Albatta, bo‘lg‘ay anda padidor ehtiyoj.

Har subhu shom besaru somon kezar, base
Izhor etib bu gumbazi davvor ehtiyoj.

Umru salomatiyu maoshu behishtdur,
Har odamiyg‘a lozimi bu chor ehtiyoj.

Zohidg‘a huru jannatu kavsar murod esa,
Ishqu muhabbat ahlig‘a diydor ehtiyoj.

Nodim, siposu shukr qil, izhor aylama,
Bilgay xudoy, hech kima zinhor ehtiyoj.


* * *

Ilohi, bo‘lmasun hech odamiga oshno bezgak,
Mani bechoraga ko‘p ayladi javru jafo bezgak.

Na bedodu sitamdur har kecha tutsa tong otguncha,
Kishi ko‘rgan emasdur muncha zolim behayo bezgak.

Tanim kuydurdi, sabrim ketdi, ahvolim xarob o‘ldi,
O‘zidin ham battarroq dardga bo‘lg‘ay mubtalo bezgak.

Dilu jonimda osori farog‘at qolmadi hargiz,
Xudovando, qachon bo‘lg‘ay bu jismimdin judo bezgak.

Nashotu ayshu rohat ketdi, dard ila alam yetdi,
Bu jismi notavonimg‘a qadam kelturdi to bezgak.

Jahon tang o‘ldi, olam bu jafojo‘ hamnishinimdin,
To‘yundim jondin emdi, man turay bu yerda yo bezgak!

Tilar har dardkim bordur panoh olamda bezgakdin
Yuvulsin oti, lavhi kavndin bo‘lsun fano bezgak.

Agar tushsa qo‘lumg‘a tiyg‘ tortib qahru kiyn birla,
Kesib qo‘lu oyog‘in aylasam bedastupo bezgak.

Bahaqqi anbiyo tarki jafoyu zulmu bedod et,
Yo‘q ersa haqqa ilkingdin bo‘lurman dodxoh, bezgak.

Vido’ aylab agar ketsang, ko‘rub bu holu zorimni,
Chu jonim boricha aylay seni doyim duo, bezgak.

Agar bu iltijoyu iltimosim birla ketmassan,
Qiyomat kun muazzab bunda bo‘lg‘il benavo, bezgak.

Bu dardu mehnatikim tortaman sandin ilojim yo‘q,
Nechukkim haq taolodin erur bo‘ldim rizo, bezgak.

Qilurman shukrkim, bir ne’matidur jumla mo‘ming‘a
Demish ahli salaf kufforni jurmu xato, bezgak.

Agarchandiki ko‘pdur naf’i uxro bobida, lekin,
Manga berdi bu dunyo ichra bag‘oyat jazo, bezgak.

Dedi Nodim bu bezgak zulmi bedodin xaloyiqqa,
Iloho, qilmasun hech kimsani hargiz xudo bezgak.


MUXAMMASLAR

Navoiy g‘azaliga muxammas


Toki savdodin dumog‘im kuydurur xirmon isi,
Charx domonin tutar bu nolau afg‘on isi,
G‘unchadek qon etdi dil bir Yusufi Kan’on isi,
Gar bahor el topsa bo‘stondin gulu rayhon isi,
Kelur ul rayhon ila guldin manga hijron isi.

Maxfili imkonda ishratdin sabuyi topmadim,
Nash’ayi kayfi baqodin toza ro‘yi topmadim,
Ushbu gulshan ichra rangi orzuyi topmadim,
Menki bir guldin jahon bog‘ida bo‘yi topmadim,
Naylayin qilsa muattar dahrni bo‘ston isi.

Orzuyi vaslidin ko‘nglumda yuz ming mojaro,
Surmaso ko‘zlar firoqidin bu jon motamsaro,
Zoru mahzunman, erur bag‘rim yaro, ey oshno,
La’li hajrinda nihon ashkim so‘zin ag‘yor aro,
Desa bo‘lmaskim kelur bu nav’ so‘zdin qon isi.

Qaysi bog‘u dasht aro ul sarvinoz etdi xirom,
Sabzau gullar unub topdi saboti mustadom,
To dami mahshar muattar bo‘lg‘usi andin mashom,
Qaydakim jon baxsh la’lidin Masehoso kalom —
So‘rdi, ul yerdin kelur yuz qarndin so‘ng jon isi.

Ehtiyojingdin xudodin o‘zga ogah demakim,
Tut qanoat domonin, sulton ila shah demakim,
Mun’imu muhsin haqiqatda suvallo demakim,
Ey gado, olam elig‘a shay’alillah demakim,
Bu chamandin kelmadi hargiz guli ehson isi.

Olami madhushdir ul zulfi anbar bo‘yig‘a,
Rishtai jonlar erur payvand har bir mo‘yig‘a,
Topshirib jon ila ko‘nglumni qadi diljo‘yig‘a,
Jon isi tutdi jaho"nni, men borurman ko‘yig‘a,
Kim tilar el jon isi, men istaram jonon isi.

Lolayu gul birla sahroyu chaman jannat, namud,
Chekdi sarvi gul shohida qumriyu bulbul surud,
Gulsiton har bargidin Nodim falak aylab husud,
Chun Navoyig‘a kelur hijron isi har dam, ne sud,
Gar bahor el topsa bo‘stondin gulu rayhon isi.


Maxmur g‘azaliga muxammas

Der sani manzalatu qadringga ahsanta malak,
Ra’d ila barq sani shavkatu johingga chafak,
Garchi odobdin ermas siza afsona demak,
Ey jahondori zafar kavkabi davri falak,
Eshiting qissai qishlog‘i xarobi Hafalak.

Kambag‘al jumla bu qishloq elini bandalari,
Malaxu, burgayu, bit, toshbaqa, darrandalari,
Za’fdin yo‘l yura olmas hama charrandalari,
Turfa qishlog‘i jin urgan ani parrandalari,
Tovuqu ignachiyu, o‘rdagu g‘ozi — kafalak.

Yeri sho‘r, ahli qo‘tir, past havo issig‘ dam,
Mutaazzir yurmoq yog‘sa agar qatrai nam,
Kalamushdek qozibon yerni yotarlar beg‘am,
Dari yo‘q uylarini, banda bayon, gar qilsam,
Bir kapa, ikki kapa, uch olachuq, to‘rt katalak.

Ertadin kechgacha ketmon chopib, issig‘da kuyub,
Yemagaylar zog‘ora, arpani noniga to‘yub,
Eru xotin talashib qo‘lini ko‘lmak bila yub,
Ajirig‘ tomirini kelisida mayda tuyub,
Qaynatib kunda ichar, otini derlar sumalak.

Birini egnida yirtig‘ to‘nu, ko‘ylaklari tor,
Tomga tappi yopadur (ko‘ksi) ochug‘, ochu nahor,
Aralash erkak ila modalari kunda qator,
Gar tahorat qilur o‘lsa suv topolmay nochor,
Yuzini qum bila yub (qo‘liga) surtar guvalak.

Hamasi mustahiqi sadqayu ehsonu zakot,
Yaramay ishga yotar och, na tirikdur na mamot,
Kelsalar oy ila yilda agar bahri salot;
Masjidi yerto‘la, bir eski qorong‘u zulmot,
Ko‘r qilur kirsa kishi ko‘zga urub ko‘rshapalak.

Ko‘chdi bo‘yniga ilyb eshaku otin ipini,
Qochdi ko‘zlab Qorako‘l, Balxu, Badaxshon yo‘lini
Ushlashib yig‘lashibon bir-birisini qo‘lini,
Kecha nogah eshitib, shuhrati tillo pulini,
Hafalak qo‘rqusidin uchdi misoli kafalak.

Shohkim, bo‘lsa duogo‘yi Ajam birla Arab,
Noumid o‘lmas ani davlatidin ahli talab,
Dedi Nodim: bu shahanshoha qilib tarki adab,
Kechsa Maxmuri uchun shoh karamdin, ne ajab,
Hafalak yurtig‘a tushgan pul agarchi lak-lak.


* * *

G‘am dashtida bu ohu ovora ekan mendek,
Tog‘u tuz aro yolg‘uz sayyora ekan mendek,
Ko‘z yoshi ravon, jismi ko‘p yora ekan mendek,
Sayding qo‘yaber, sayyod, bechora ekan mendek,
G‘am tiyg‘i bila bag‘ri sadpora ekan mendek.

Band aylamag‘il oni, ko‘z yoshiga rahm ayla,
Sargashtai har vodi bu boshig‘a rahm ayla,
Cho‘x javru sitam qilma, bardoshiga rahm ayla,
Sayding qo‘yaber, sayyod, bechora ekan mendek,
G‘am tiyg‘i bila bag‘ri sadpora ekan mendek.

Ko‘p holi zabun erkan, aftodau dilxasta,
Qo‘yg‘il oni, to bo‘lg‘ay avlodig‘a payvasta,
Bo‘ysun g‘amu kulfatdin rohat bila vorasta,
Sayding qo‘yaber, sayyod, bechora ekan mendek,
G‘am tiyg‘i bila bag‘ri sadpora ekan mendek.

Ko‘p qiynamakim, jismi domingda figor o‘lmish,
O‘z xaylidan ayrilg‘ach, mahzunu nizor o‘lmish,
Ming dard ila hasratga ilkingda duchor o‘lmish,
Sayding qo‘yaber, sayyod, bechora ekan mendek,
G‘am tiyg‘i bila bag‘ri sadpora ekan mendek.

Erdi bu Xo‘tan dashtu tog‘i bila sahrosi
Ushbu qora ko‘zlarni o‘ynar joyi ma’vosi,
Ko‘nglida edi mushkin sochlarni tamannosi,
Sayding qo‘yaber, sayyod, bechora ekan mendek,
G‘am tiyg‘i bila bag‘ri sadpora ekan mendek.

Domingni giriftori o‘z holig‘a hayrondur,
Boshdin oyog‘i zaxmu sandin yuragi qondur,
Bu zulmu sitamlardin payvasta darafg‘ondur,
Sayding qo‘yaber, sayyod, sayyora ekan mendek,
G‘am tiyg‘i bila bag‘ri sadpora ekan mendek.

Gullar ochilib emdi ayyomi bahor o‘ldi,
Haq rahmati bu tog‘u sahroga nisor o‘ldi,
Sarsabzi zumurratgun begardu g‘ubor o‘ldi,
Sayding qo‘yaber, sayyod, bechora ekan mendek,
G‘am tiyg‘i bila bag‘ri sadpora ekan mendek.

Majruh erur jismi oyo na kabob o‘lg‘ay,
Gar bo‘lsa ham, ammo ul farzandi xarob o‘lg‘ay,
Ul ikki qaro ko‘zlar yo‘llarda purob o‘lg‘ay,
Sayding qo‘yaber, sayyod, sayyora ekan mendek,
G‘am tiyg‘i bila bag‘ri sadpora ekan mendek.

Kesma oni boshini, jonig‘a sitam qilma,
Bo‘ynig‘a surub tiyg‘ing, rohini adam qilma,
Bu naxli hayotini rahm ayla, qalam qilma,
Sayding qo‘yaber, sayyod, bechora ekan mendek,
G‘am tiyg‘i bila bag‘ri sadpora ekan mendek.

O‘z yoru diyoridan mahjuru judo bo‘lg‘on,
Dardu g‘amu hasratni ko‘p tortib ado bo‘lg‘on,
Vobastai zanjiri bedodi balo bo‘lg‘on,
Sayding qo‘yaber, sayyod, sayyora ekan myondek,
G‘am tiyg‘i bila bag‘ri sadpora ekan mendek.

Qo‘y o‘ynasun ul ohu har vodiyu tog‘ uzra,
Har beshai sarsabzu anhoru buloq uzra,
Lolayu gul ochilg‘an har gulshanu bog‘ uzra,
Sayding qo‘yaber, sayyod, bechora ekan mendek,
G‘am tiyg‘i bila bag‘ri sadpora ekan mendek.

Majnuni biyoboni isyonu xato Modim,
Savdozadai ishqi ohu-yu Xito Nodim,
Sayyodi ajal bir kun yetgay sanga, yo Nodim,
Sayding qo‘yaber, sayyod, bechora ekan mendek,
G‘am tiyg‘i bila bag‘ri sadpora ekan mendek.


Muxammasi Nodim ba ahvoli zamon

Bo‘ldi avzoi zamona bila davron g‘alati,
Rasm oyin ila atvori har inson g‘alati,
Muftiyu, a’lamu, qoziyu qalamdon g‘alati,
Kiyimu lafzu yozuv, lampau shamdon g‘alati,
Lampau pechkau kursiyu kayvon g‘alati.

Ko‘chayu ko‘yda fanor ravshanu yo‘llar sangin,
Beibo jumla tarantos ila izbosh nishin,
Behayo ko‘chada bebok ochib elg‘a jabin,
Teng o‘lub olim ila johilu, yolg‘on bila chin,
Bir-birisiga qilib har kishi bo‘hton g‘alati.

Yosh yigitlar kezibon lafkau har rasta aro,
Qo‘lida shishai may, og‘zida kufr ila navo,
Xar kabi hangrashibon shahrni aylab g‘avg‘o,
Yo‘q alar yuzlarida hech dami sharmu hayo,
Bo‘lubon har kabi o‘tgay hama xandon g‘alati.

El etib mansab uchun bir-biriga jangu talosh,
Yorilib fursati saylovda ko‘p ko‘z ila qosh,
Beribon rishva bo‘lur qoziyu alloma tarosh,
Pul olib makru hiyal birla qilur ayshu maosh,
Bo‘ldi ahvoli tamomi Namangon g‘alati...

Ba’zi da’vo cho‘zilur necha oyu necha yil,
Muddaiy birla bo‘lur xasmi bu ehmol ila sil,
Muftii mojinu sullohu vakil xayli dalil,
Pulu molini qilur g‘orat, o‘zin zoru zalil,
To‘ldurur aqcha bila kissayu hamyon g‘alati.

Xalqqa tuhmatu bo‘htonu xusumat bisyor,
Da’vii kizbu anoniyatu ifsod shior,
Haqqi mardumga qilib zu’mlig‘ ila inkor,
Qizitib mahkamalar ichra damodam bozor,
Bo‘ldi sullohu vakil zumrasi shayton g‘alati.

Ahli zindiqu zino egnida kimxobu samur,
Ostida ablahi xushgashtu tarantosu ko‘chur,
Ba’zisi rastayu shahr ichra bo‘lub gohi jujur,
Xamr ichib, mast bo‘lub, zohir etib kibru g‘urur,
Fisq joyig‘a borib, bo‘lg‘usi mehmon g‘alati.

Saylang ellikboshig‘a odami donolardin,
Munsifu ahli xirad ko‘ngli musaffolardin,
Sodiqulqavlu raso, mardi tavonolardin,
Na gado tab’i jafokor hayulolardin,
Gar yomon sizga bo‘lur dog‘ ila armon g‘alati.

Sa’y eting, mingboshi to sohibi ehson bo‘lg‘ay,
Xalqqa marhamatu lutfi farovon bo‘lg‘ay,
Fuqaroparvaru odil, o‘zi chaqqon bo‘lg‘ay,
Yurtning ahli bila bir tanu bir jon bo‘lg‘ay,
Bo‘lsa hayrot tariyqida shitobon g‘alati.

Axtaring qoziga bir ahli diyonat bo‘lsun,
Olimu xo‘b boinsofu fatonat bo‘lsun,
Elga anfosi ani subhi saodat bo‘lsun,
Naki bir omii sarmashqi zalolat bo‘lsun,
Toki bo‘lmang, fuqaro asru pushaymon g‘alati.

Topsangiz yaxshi kishi, qo‘ymay amaldor qiling,
Shar’i bo‘stonin ani davrida sarshor qiling,
Madad aylang ishiga, lutf ila isor qiling,
Gardani jonga ani so‘zini tumor qiling,
Sizga to bo‘lg‘usi ul yaxshi nigahbon g‘alati.

Oh, afsuski, bundog‘ kishini axtarmay,
Yaxshi insoflik odamni bu mansabg‘a demay,
Porau rishva olib saylagani bir chig‘atay,
Xo‘mgo‘zal, gungu sarang ablahu nodon mamay,
Ko‘rmagan bo‘yla kishi diydai davron g‘alati.

Yig‘ilib bir necha jallobi sharorat pesha,
Kam etib jangda olur paxtani beandesha,
Bexu bunyodu diyonatga urubon tesha,
Qolmayin zarrai insof alardin resha,
Qildilar dinu diyonatga nuqson g‘alati.

Ahli do‘konu saro fikri havo birla havas,
Domi bu ziynat ila zebi jahonga pobas,
Zikri savdoi Qiziljar bila Maskovu Adas,
Oxirat amrini yod aylamayin hech nafas,
Ayladi mo‘‘taqidi shar’ini vayron g‘alati.

Yaxshi ot uzra minib sallani xarrotiy qilib,
So‘fii xarkalla bas orqayu oldida yelib,
Goh mastona bo‘lub, har qadamida yiqilib,
O‘zin ul xomtama’ murshidu alloma bilib,
Buzdi olamni solib sho‘rishu to‘fon g‘alati...

Bu muxammaslar erur garchi maonidin dur,
Bir hikoyat erur xalqni aylar masrur.
Bo‘lsa gar zumrai ahbobg‘a nogah manzur,
Etmagay Nodimi mahzunni duodan mahjur,
Umrini zoe etib, ayladi xusron g‘alati.

* * *

Ekmak ekin ko‘maksiz, ey do‘stlar, gumonda,
Onboring ichra g‘alla ko‘p bo‘lsa, aqcha yonda,
Anqoni tuxmidur bu muhtoji notavonda,
Oson emas, birodar, dehqonchilik jahonda,
Xarjiyu zo‘r bozu darkor har zamonda.

Haryona sovurursan qo‘lda na bo‘lsa mavjud,
Joningni o‘rtagaysan mehnat o‘tig‘a chun ud,
Ahlu ayol barcha boshdin-oyoq kir-olud,
Qo‘shu arobau ot, ag‘darmau taraddud,
Tishu omoch-tirkish, avqoti charchagonda.

Ko‘p justu-jo‘ kerakdur dehqonchilik ishiga,
Yozida yer pishitgach, go‘ng toshigay qishiga,
Qolgay necha zamonlar olamni tashvishiga,
Bug‘doy dema oson hosil bo‘lur kishiga,
Gah yilda bo‘lmay ul ham, dehqon qolur ziyonda

Ekmakka paxta tuxmin ko‘p bog‘lar buzuldi,
Sahrou dashtlarda hangomalar qo‘zuldi,
Bir necha saroyu hovli chigitga to‘ldi,
Bu paxtai amirkon narxi ziyoda bo‘ldi,
Mundin bo‘lak amal yo‘q yaxshi bila yomonda.

G‘allotlarga bo‘ldi narxi bahoda foyiq,
Ko‘p odam ekdi paxta o‘z quvvatiga loyiq,
Bu yo‘lda sarf aylab ilgidagi aloyiq,
Yomg‘iri bemahaldan qo‘rqib hama xaloyiq,
Qish erta tushmagay deb ko‘zlari osmonda.

Bir necha kambag‘allar avqotin o‘tkuzolmay,
Qishlik maoshlarini asbobini tuzolmay,
Har kimsadin olib pul, mingdin birin uzolmay,
Paxtaga pul ko‘torib, vaqtida yetkuzolmay,
Orqasidin mahosil, dehqonchilik tovonda.

Ho‘kuzlari poxol der, qo‘shchisi osh ila non,
Naqdina yo‘q qo‘lida, bisyor dil parishon,
Yuz ming xayol birla darmonda u xaroson,
Onbor puliyu o‘lpon bag‘rini aylabon qon,
Qo‘rqub, cho‘chub tushodur tush ko‘rsa uxlagonda.

Deb paxta sarf aylar yerga hama kuchu zo‘r,
Tikkay chigit jo‘yakka, boshida yuz tuman sho‘r,
Yoz ham o‘tub borodur, deb bo‘lmag‘ay turotur,
Ko‘saklari ochilmay urdi bu qoru yomg‘ur,
Hayron biri bu ishdin, naf’ olmog‘i gumonda.

Har siynag‘a to‘lubdur savdosidin tamanno,
Sahrou shahrlarda bisyor sho‘ru g‘avg‘o,
Zikr ila fikri paxta, hech yo‘q yodi mavlo,
Vahmim hariflaridin shul kun degay mabodo,
Go‘r ichra «paxta-paxta», «manrabbika?» degonda...

Ko‘p takya aylagonlar dunyoyi bevafoga,
Sindiyu parcha-parcha bo‘ldi qolib baloga,
Holini tang qilgach puldor olib aroga,
Ba’zisi qochdi Qashg‘ar, ba’zisi Olmatoga,
Ba’zini ko‘rdi mardum Afg‘onu Bomiyonda.

Bozor ko‘p kishining ayshini qildi barham,
Bori-yo‘g‘ini berdi ko‘rdingmi, qancha odam?
Har rasta ichra eldin topti shikast kam-kam
Bazzozu choyfurushlik-mushkil bu ikkisi ham,
Ko‘plar sinib tugandi moli qolib javonda.

Sinmak bu kecha-kunduz ko‘p elga om bo‘ldi,
Tujjorlarni subhi g‘am birla shom bo‘ldi,
To‘kulib obro‘si benangu nom bo‘ldi,
Maskovchi birla devkor —bu ham tamom bo‘ldi,
Singanni yo‘q hisobi Xo‘qandu Andijonda.

Yolg‘uz o‘zum deganlar tog‘lar oshib yurubdur,
Yoshin chu abri boron tinmay sochib yurubdur,
Rasvolik ilki birla ketin ochib yurubdur,
Yermahd birla Viktor pinhon qochib yurubdur.
Hargiz bular topilmas dunyoni izlagonda...

G‘avvos to pishilmas suvga olurmi gavhar?
Rohat jafou mehnat chekmay emas muyassar,
To nofa bo‘lmayin xun hargiz bo‘lurmi anbar?
Alqissa, hech bir ish oson emas, birodar,
Bekulfatu mashaqqat rohat sanga qayonda?!

To haq inoyat etmay, yetmas qo‘lingga davlat,
Lekin umid birla har kimsa cheksa zahmat,
Yo olim o‘lg‘ay oxir, yokim bir ahli san’at,
Har bir hunarga bordur mushkil base mashaqqat
Be ranj muft davlat — bor elga nogahonda.

Elni asir ko‘rdum dunyoni tashvishiga,
Bosmas farog‘at ila bir parcha non tishiga,
Sargashtai jahondur yozi bila qishiga,
Mashg‘uli jumla olam o‘z nafsining ishiga.
Fikri tanur ichinda, andishasi qozonda...

Xoli emas xavoniq sar halqasi riyodin,
Tazviru hiyla naqshin kashf etdi buryodin,
Maqsudi molu zardur azkoru inzuvodin,
Bo‘yini topmadim man bir faqr ila fanodin,
Ko‘p so‘filarni ko‘rdim ikki ko‘zi shilonda...

Ey Nodimi kamina, tokay senga bu g‘aflat,
Nogoh marg yetgay bu umrdur g‘animat,
Ayyomi navjuvonlig‘ hayf o‘tdi yaxshi fursat,
Endiki piri bo‘lding, yo‘qdur madoru quvvat,
Toat qilurg‘a hargiz bu jismi notavonda.


* * *

Gar podshahi tamomi kishvar,
Xurshid liqou toj barsar,
Sohib hashamu livou xanjar,
Dorou Faridunu Skandar,
Maqsudi alarni siymu zardur.

Ul zumraki zo‘r pahlavondur,
Har jangda tiyg‘i xunfishondur,
G‘ayratda shajeu arslondur,
Xanjarlari tezu jonsitondur,
Maqsudi alarni siymu zardur.

Ul shayxlariki beriyodur,
Sajjodada sohibi ridodur,
Jahriyu xujasta gyursodur,
Ko‘p xalqlarga piru peshvodur,
Maqsudi alarni siymu zardur.

Quzzodki, shar’ning amiri,
Din charxini bir mahi muniri,
Mazlumu shikasta dastgiri,
Ming xavfu xatar mihan asiri,
Maqsudi alarni siymu zardur.

Muftiki qalamkashi zamona,
Tun-kun oni joyi qozixona,
Xat bitmoq alarga jovidona,
Ijroi shariati bahona,
Maqsudi alarni siymu zardur.

Har ahli mudarrisu muallim,
Aylar hama elga dars ta’lim,
Yo ahli hakimu yo munajjim,
Bordur bu zamona ichra, bilkim,
Maqsudi alarni siymu zardur.

Savdogari ashrafi jahongard,
Qilg‘on vatanini ko‘ngliga sard,
Ruxsorasi fikr bobidin zard
Tashvish ila umri g‘ussa parvard,
Maqsudi alarni siymu zardur.

Bu jumla saronishin do‘kondor,
Sarrofu sahobu ahli najjor,
Bu paxtachiyu tarozubardor,
Har kasbikim dahr aro bor,
Maqsudi alarni siymu zardur,

Har sarv qadeki dilrabodur,
Dahr ahlig‘a ofatu balodur,
Kipriklari o‘qu qoshi yodur,
Sherozai bazmi xush adodur,
Maqsudi alarni siymu zardur.

Mutribki erur base xush ilxon,
Lahnida olur ko‘ngul, berur jon,
To subhi surud etar farovon,
Eldin olibon sabotu somon,
Maqsudi alarni siymu zardur.

Sozandai dilnavozkim bor,
Qonun ila qo‘lga olsa setor,
Bo‘lg‘ay nag‘amotlar padidor,
Ta’sirida sshrdur mamudor,
Maqsudi alarni siimu zardur.

Ul jam’i musofiri parishon,
Avton g‘amidan jigarlari qon,
Oshifta dilu, asiri hijron,
G‘urbatda nahiyf o‘lub, chekib jon,
Maqsudi alarni siymu zardur.

Dehqon eli aylagay ziroat,
Tun-ku-n chekibon jafou mehnat,
Sarf aylab anga kuch ila quvvat,
Bu hirfadin, ey zavil basorat,
Maqsudi alarni oiymu zardur.

Sahroni kezar hamisha sayyod,
Sayd aylamak anga bo‘ldi mu’tod,
Gah tog‘ uzadur misoli Farhod,
Bu sa’ilaridin, ey naku zod,
Maqoudi alarni siymu zardur.

Shahlarki jahonni aylagay tang,
Bir-biriga qilib sitez ila jang,
Yurgay necha miylu necha farsang,
Qilmay bu yurishda nom ila nang,
Maqsudi alarni siymu zardur.

Bir zumrani xalq der qalandar,
Kezgay hama hol bahr ila bar,
Ilgida asou xirqa darbar,
Ey do‘st, bilingki, bilmuqarrar,
Maqsudi alarni siymu zardur.


MAKTUBI MUHABBAT USLUB

Ayo bog‘i umrimda bitgan nihol,
Ko‘zum chashmasi birla topgan kamol,
Dilim quvvati-yu, uyim ziynati,
Ko‘zum nuri, yolg‘uz boshim davlati,
Duogo‘yi bu mustamandi g‘arib,
Rizojo‘i aftodai benasib,
Muhabbat jahonida bir toza bog‘,
Mani ro‘zg‘orimda yongan chirog‘.
Dame bermagan xotirimga malol,
Tavozu’din aylab qadin misli dol,
Qanoat qilib harna bergonima.
Qilib e’timod ahdu paymonima,
Meni aylagan el aro arjumand,
Qilib ro‘zg‘orimi qadrin baland,
Boqib jumla farzandimi subhu shom
Tutub go‘shai uyda doyim maqom,
Saranjom etib ishni shod aylagan,
Necha mushkulimni kushod aylagan.
Sevga, ey vafodor yorim, salom,
Gulandomi gulgun uzorim, salom.
Salom, ey men xastaning hamdami,
Salom, ey harimi ko‘ngul mahrami.
Hama nuri chashmu aqrabog‘a salom,
Ag‘o-iniyu oshnog‘a salom.
Salomu tahiyot ado aylaboi,
Qilay hasbi holimpi bir-bir bayon:
Tanimiz zrur sog‘, yuz shukrkim,
Farog‘atdadurmiz, hamisha yealim.
Yetib har diyor ahlidin shodlig‘,
Buzulgan ko‘ngullarga obodlig‘,
Sayohat ishim, goh sayri chaman,
Damo-dam ziyofat, gahi anjuman,
Ko‘rub tog‘lar uzra yomg‘uru qor,
Bulardin o‘tub chun nasimi bahor,
Gahi dasht ila ko‘hsor uzra man,
Gah-i chashmau marg‘zor uzra man.
Tamomisi sarsabzu shodobu tar,
Rayohinu anvoi gul sarbasar.
Oqib chashmalar ishq eli yoshidek,
Unub lola anda aqiq toshidek.
Yetib endi, alqissa, biz benavo,
Turubmiz bu yerdaki—Avliyoto.
Ajab joyu xushfayzu osor ekan,
Balandu farahbaxsh ko‘hsor ekan.
Suvi obi kavsar kabi oq erur,
Ichgan kimsaga ta’mi shakar berur.
Erur g‘arbu sharqu janubida tog‘,
Hama sabzau nastarinu buloq.
Elotiya atrofida behisob,
Taomining boyvuchchasi beniqob.
O‘ti siynadin, molu koli fuzun,
Kelur zmchagidsh suti chun quyun,
Sog‘arlar sog‘in har kuni to‘rt yo‘l,
Qadam-barqadam hayma birla ovul,
Qimiz, suv-masalliq ichar mardumi,
Bo‘lur nahru daryo quyulsa kami.
Sutining tamomiysi qaymoq erur,
Kishi ichsa ta’mi sariyog‘ erur.
Duo birla edi bu Nodim salom,
So‘zum ko‘p erdi, qisqa qildim kalom.*

* Bu xatni Nodim 1890 yilda Avliyootadan o‘z rafiqasiga yozgan.

QIT'ALAR

Suv bilan o‘t ixtilotidin topib quvvat base, 
Bul ajabkim, barq yanglig‘ tezu xushraftordur. 
Ko‘h paykar, g‘arqi po‘lodu temur sar to po, 
Og‘zidin o‘tlar sochar bir ajdari xunxordur.
Bir necha qasri muzayyan jumla marbutu matin, 
Harnakim dilxoh bo‘lsa, doimo tayyordur. 
Har biri bir manzara oliy bino, oyinaband, 
G’isht hangomida savtu nag‘mai setordur.

* * *

Ishlari darsu saboq, ilmu adab takrordur, 
Ofarin, ming ofarin, bu ilm bir asrordur.

* * *

Xasisdan kim edar durri shohvor tama, 
Ko‘ngul sajanjali tama’ mukaddar edar,
Soqiy bu ko‘zu safosindadur g‘ubor tama’. 
Qanoat ahlining ahvoli xalqdan mastur, 
Edar razolati holingni oshkor tama’.

* * *

Yosh yigitlar kezibon lafkau har rastaaro, 
Qo‘lida shishai may, og‘zida kufr ila navo. 
Har kabi hangrashibon shahrni aylab g‘avg‘o, 
Yo‘q alar yuzlarida hech dami sharmu hayo. 
Bo‘lubon xar kabi o‘tgay hamma xandon xaloyiq.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.