Yaqiniy (15-asrning 1-yarmi) — shoir. Navoiyning «Majolis unnafois» asarida qisqa ma’lumot berilgan. Yaqiniyning bizgacha faqat «O‘q va Yoy» munozarasigina saqlanib qolgan. Bu asar Yusuf Amiriy, Ahmadiy an’analarining davomi sifatida maydonga kelgan. Yaqiniy otish musobaqasi maydoniga kirgan otliq yigitning qo‘lidagi o‘q va yelkasidagi yoyni ko‘rib, majoz yo‘li bilan o‘q va yoy orasida munozara tarzidagi asar yozishga jazm qilgan. O‘qni yigit va ayni zamonda to‘g‘rilik, rostgo‘ylik timsoli, Yoyni esa qari chol hamda egrilik, xushomadgo‘ylik timsoli sifatida ko‘rsatgan, egrilikni to‘g‘rilik tilidan fosh etgan. O‘q to‘g‘ri so‘zligi uchun barloslar timsoli bo‘lgan Girish (yoyning o‘qni tortuvchi ipi) va tarxoniylar timsoli bo‘lgan Zihgir (yoyning ikki cheti)lar tomonidan aldanib, uzoqqa otiladi va Yoy atrofini qurshagan salbiy kuchlar qurboni bo‘ladi. Shoir: «har kim yoydek egri bo‘lsa, bu davr kaj ta’blarining yonlaridan yiroq bo‘lmas va har kim o‘qtek rost bo‘lub, tuz yursa, Yaqiniydek yiroq tushar...» deya xulosa qilib, o‘z davridagi yuqori tabaqa vakillarini va ularning ikkiyuzlamachi malaylarini tanqid qiladi. Asarning yagona qo‘lyozma nusxasi Britaniya muzeyida saqlanadi.
«O‘Q VA YOY» MUNOZARASI
Nogoh xo‘blar cherkasidin ot chiqorg‘on bir yaxshi otliq yigit javlon qilib, ilkina o‘q olib, egniga yo solib, qabaq otqoli maydon boshig‘a azm qildi. Nazm:
Bo‘z otliq ul yigitki, jahonning safosidur,
Oshiq kishining otlig‘u chovulig‘ balosidur.
Banda shafaqtek qon yig‘lab dedimki, «oyo! Bu ne xurshedturki, qavs burjunda tulu’ qilibtur va yo ne kavkabturkim, charxning o‘qidek poyasi ko‘kka yetibtur. Otining yurushig‘a boqtim ersa, dedimkim, «agar bu ot munungdek haddin oshacholiq bo‘lmasa yer-ko‘kta munung hamtosi yo‘q erdi». Bu so‘zni jilavdore eshitib, chilburilik paydo qildi: Ayttimki, «Bu maydonda bore sanga ne, quyushqunga g‘azab qilib jovuji chaynarsen!» Oxir so‘zumga javob topa olmay dami tutuldi. Alqissa, bu xayolda mutafakkir va bu ahvolda mutahayyir erdim, chun ul yigitning yosining so‘zi tilimda va o‘qining xayoli boshimda ekach, ko‘nglumda kechtikim: «Bu kunga degru hech kimarsa turki tilining javharin va forsi alfozining gavharin tarkib qilib, o‘q yoning orasinda munozara tartib qilmaydurki, bu vajhdin olamda andin
nishonae qolgay deb». Chun ushbu so‘z marg‘ub va bu bois mahbub ko‘rundi, bu munozara tasnifina shuru’ qildim va umid ulkim, xush tab’lar tobug‘ida maqbul va matbu’ bo‘lg‘ay — insho ollohu taolo.
Munozaraning ibtidosi:
Bir kun bir necha sohib tariq, ahli qabza otimchi bahodir yigitlar yodek majlis asbobin qurub va o‘qtek mahfilni tuzub, bir go‘shada gashtpa chiqib erdilar, nogoh Turkiston tarafindin bir egi bukilgan qari birlan bir sarv bo‘ylug‘ yigit yetishtilar. Qarig‘a izzat yo‘lindin o‘ng qo‘l sori, yigitra so‘l qo‘l sori yurt berdilar.
Yigit tuz yo‘lidin kelib, sadoq birla barong‘org‘a chiqti va qari chap tushub, so‘l qo‘ldin javong‘org‘a tushti va qari nomusin sog‘inib, taarruz bila yigittin savol qildikim: «Sen ne jihattin qarini izzat tutmay, o‘ng qo‘lg‘a chiqting».
Yigit javob berdikim, «Men Chingizxon chog‘ida sadoqqa cherka tuzub, yog‘ig‘a tegishkali ilpari yurugan uchun sevurg‘ab barong‘org‘a chiqordi va qari paskashlik qilib, keyin tortilg‘on uchun ani yozg‘urub javong‘org‘a yubordi va yoning qarigan choinda bu so‘zlar qulog‘ig‘a yetgach, og‘zi yelimdek yilmoshib, o‘ziga singura olmay ayttikim, «Sen meni qari ko‘rub, kuchsiz sog‘inib, yigitlikingga mag‘rur bo‘lub, yuz ko‘rmay, munungdek yuzsiz so‘z aytting va o‘zung bilmasmusenkim, bu davrda hech kimaroa mening g‘oshimni torta olmas va agar gijakim qotsa yigitlarni marakada bo‘ynin yumshatib infiol berurmen. Yana tahammul bobinda aningdek turmenkim, yoychilar qarnlar singirimni tor[t]adilar, ichimda asrab kishiga dardi dil qilmodim.
Base men ul sohib sarmenkim, tengri taborak va taolo jalla jalolahu va habibi orasinda — alayhissalom — mendin o‘zga kishi mahram ermas edi, andoqki, «qoba va qavsayn» oyati qur’onda mendin xabar berur va hazrati sayyidul-ahror amir Qosim Anvor — qaddasa
allohu sirrahu — meni sendin muqaddam tutub qobil toliblarg‘a ko‘rguzub aytur. Nazm:
Kamon abru batiram zad zi zavqi tiri mijgonash,
Ba sar g‘altidamu guftam fidoyat bod jonam rah .
Yana mavlono Muhammad Mag‘ribiyki, ma’rifat mashriqini quyoshtek yorutti, mening vasfimda «Jomi jahonnamoy» otliq doira tartib qildi va gavhid sirrini ahli tahqiq uchun ishorat o‘qi birla aholis va vohidiyyat qavsida kezlay va nomahramlardin bularni mening otimg‘a otab yaqin qildi. Yana ibodat tariqinda maloyikadyok avvali umrumdin oxirg‘a degru ruku’dadurmen va taqvo tavrida aksari avqot chilladurmen. Yana niyozmandliqta yaxshi yamang‘a quloq tutormen, har necha manga quloq tutmaslar va har qachon izzat bilan xitob qilsalar yo derlar vya agar zarofat birla otimni ayursalar mahbub qoshig‘a mengzatib oy derlar. Bayt:
Yangi oy o‘xshar nigorim qoshina,
Balki ul ham kam ko‘runur qoshina.
Yana bahodirluq maydonida har kimning qurumsog‘ida bo‘lsam o‘zumni qurbon qilayin dermen. Base har kim mening birla saharxezliq varzish qilsa, din va dunyoda barxo‘rdor bo‘lur. Yana Pahlavon Mahmud Sabza[vo]riydek qadrandozdurmen. Senga tegarmukim, o‘zungni ilgoru tashlab o‘ng yonni talashursen.
Uq bu so‘zlarni eshitgach, taz-gaz sekiri boshladi va ochchiqtin ayttikim, sening ikki boshing bordurkim, mening yuzumda munungdek da’volar qilursen, andoqkim, mavlona Yusuf Amiriy aytur:
Chu abro‘yi tu kamon xeshro agar dorad,
Zihi tasavvuri kaji u magar du sar dorad .
Va har qachon Yazdonbaxsh changina tushsang egriligingni ko‘rub udtek o‘tqa tutub, rubobdek qulog‘ingni to‘lg‘ar va agar g‘urur jomindin esrub boshing bir yon borsa gushagir qulog‘ingga urub, bo‘g‘achi birla bo‘g‘zungni bo‘g‘or va agar xato qilsang, o‘ldurur kishilardek bo‘ynungg‘a chirish solurlar. Uyolmay bahodirluq taloshursen. Base ul emasmusenkim, g‘azo kuni sanchishqoli bahodirlar olinda manglay chiqsam, sen qo‘rqunchtin sarg‘arib tus orasinda yoshunursen va men har qayda yetsam qolg‘onning ol qonin oqizib, yuziga o‘ta chiqormen. Yana har kimning savob nazari bo‘lsa, xatosiz bilurkim, men qil yorarmen. Yana men ul qushturmenkim, oshiqlarning ko‘nglin ovlab, raqiblarni quvlarmen va mening tilimdin muallif aytur. Nazm:
Sar dar payi har kas, ki niham, to ba qiyomat
Bigurizadu yak chashm zadan na ngarad az pas .
Base otim kayburdur, andoqqi shoir aytur. Nazm:
Dog‘e ki, hast bar dili dushman kunad du nim
On tiri tez parri tukash nom kayburast .
Base har qayda sevirxek qanotimni yoysam, mening sahmimdin qocharning arvohi uchar va agar tug‘darig‘a tuzlarda yo‘luqsam, mening vahmimdin yozilarni bulg‘ar va agar tog‘lar orasida jayran ko‘zluk mo‘g‘ul, chinu xitoyilarning novakidek irg‘olining qo‘lig‘a tikilsam qonig‘a kirarmen, andoqki, muallif aytur, Bayt:
Novaking kirsa kiyikning qonig‘a
Hech hoyi[q]mas etibon guna yozuq.
Base gohe inoyattin aliftek oshiqlarning joni orasig‘a kirarmen va gohe o‘q bila »aydek har kimga qadalsam, mening zahrimdin jon eltmas. Yana men ul qushturmenkim, oshiqlar meni havodin tutarlar andoqki, muallif aytur. Bayt:
Havo qilsa o‘qung jon saydi uchun,
Ani ko‘nglum qushi tutqay havodin.
Gar havo qilsa yuraktin o‘tgali novaklaring.
Jon bila ko‘nglum qushi tutqay havodin, ey begim.
Yana jarosundek yigitlar maydonda mening qanotim birla ucharlar. Yana men ul humoyi avji izzatturmenkim, agar parvoz qilsam, forig‘bol ozodalar mening yungumni jon qushining qanoti deb quvonurlar, andoqki, Xojagi Otoyi aytur. Bayt:
Ul shahsuvor tirkashining o‘qining yungi
Jon qushining tiriklata yulg‘on qanotidur.
Yana agar karvonilarg‘a badraqa bo‘lmasa yo‘lni oziqurlar va men badraqasiz yo‘lni tuz borurmen. Base har qayda tarozu bo‘lsam, meni tortay degan kishilar jon tortarlar, andoqki, Xoja Xisrav Dehlaviy Mahbub engindin jonga tegib, aytur:
Dar dilam tirat tarozu meshavad,
K-az daruni sina jonro bar kashad .
Yana nayshakarkim, imon halovatining totliq so‘zindindur mening birla bir yerda butub ulg‘ayibtur. Ey uyotsiz yo, sen meni ko‘rgach qo‘rqub, sahmimdin o‘zungga to‘ldurursen.
Yoy bu yo‘lo‘ki so‘zlarni eshitgach, bag‘ri qotg‘uncha kuldi. Ammo bir zarra yumshamadi. Qattiq so‘z boshlab oyitti, andoqkim, jununiy shoir oytibtur. Bayt:
Man on nayam ki, zi tiri malomat andesham,
G‘ulomi ro‘yi kamon abro‘voni badkesham .
Yana seni o‘qchilar band-band qilib, o‘rtangdin yormog‘uncha mening birla qovusha olmading. Base o‘g‘rilar birlan hamsuhbatliq qilg‘on uchun bargi nay to‘nungni so‘yub, ichingni yordilar.
Ey xokiyi xoksor, necha o‘zungni ranj tutarsen, ey g‘ayratsiz, bir boshoq uchu-n har butaning tubinda xo‘shachinlardeq tufroqqa botib, xirmaningni yelga berursen. Base shghlavonlar qoshida mening evimdin qochib, yozi-yobonda boshingga tufroq sovurursen. Emdi sanga bu jur’at qaydin paydo bo‘ldikim, mening olimda tuz turub, o‘q uchidin so‘zlashursen va meni payvasta sohib husnlar qoshina mengzatib ayturlar. Nazm:
On du abruyi muqavvas du kamonand baland,
Ki ba sad qarn chunii turfa kamon natavon soxt .
Yana oshiqlar ma’shuq qoshinga payvasta tashbih uchun o‘qurlar. Bayt:
Har kujo murgn dile bol kushoyad filhol
Ba kamon gushai abru z havosh andozad .
Base o‘q bu so‘zlarni eshitgach ayittikim: «Zihi nodonki, sen sen! Magar qarigan jihattin harif bo‘lubsenki, o‘zungni tiya tutmaysen!» Base shayxi fasohatki, gulistonda bulbuldek hazor dostoni bordur, men (i) guluzor qomatina tashbih qilyb aytur. Nazm:
Birabud dilam dar chamane sarvi ravone,
Zarrin kamare, tir qade, mo‘r miyone .
Base Xoja Hofizi Sheroziy meni mustajobud-da’vatlarning duosi deb aytur. Nazm:
Az har garona tiri duo kardaam ravon,
Boshad kazon miyona yake korgar shavad .
Base Xoja Kamolki, latofat va zarofat bobinda sohib kamol erdi, meni norvan qomatliq sim andomlar qaddina tashbih qilib aytur. Nazm:
Haoki bar tiri kadash chashme nameduzad, Kamol,
Rostiro rosg boyad do‘xtai, chashmash ba tir .
Yana Xoja Salmon shamshoddek rostlig‘imni ko‘rub, meni dilshod g‘amzasina mengzatib, aytur Bayt:
Tiri xadangi g‘amzaat az joni mo guzasht
Bar mo zi gamzayi tu chi go‘yam, chiho guzasht?!
Yana Sakkokiykim, turk shoirlarining mujtahididur, mening munosib holimg‘a aytur. Nazm:
Jonim fido bo‘lsun saning g‘amzang o‘qina nechakim,
Har necha qoshing egmasi o‘qtek bo‘yumni yo qilur.
Yana mavlono Lutfiy ki lutfi tab’ birla zurafo orasinda mashhur erur, meni jafochi bevafo mahbublarning g‘amzasi deb aytur:
Xadangn g‘amzasini ko‘rgach ayttim:
«Maning jonimg‘a o‘t solg‘on sen-o‘qsen!»
Yana muallifki, ushshoq aro muhabbat o‘qina nishona bo‘ldi, meni ohga nisbat qilib aytur. Bayt:
Zi dil bar mekasham sad novaki oh
Ki, az jon biguzarad tiri tu nogoh .
Yana sen ziyoda sarliq qilib o‘zungni xo‘blar qoshina mengzatqon uchun, muvofiqi holing‘a biaynihi muallif aytur. Nazm:
Be abro‘yi tu ki, dar ayni dilbari toqast
Gumoni [kaj]ki, kamonrost az ziyoda sarist .
Yana ayttingkim, maning evimdin qochib tuz taloshursen deb. Bu so‘zni xud rost oyitting, agarchi egri senu men rost. Ammo bizing oramizda hech nav’ jinsiyat yo‘qturki, mudom va asliyat bo‘lg‘ay deb, bu ruboyini o‘qudi:
Bo bad manishinu ham marav xonayi u.
Dar dom biyafti chu xo‘ri donayi u.
Tir az sari rosti kamonro kaj did,
Didi ki, chi guna jast az xonayi u .
Base yoy o‘qnung o‘tkun so‘zlarin eshitib, tahammul qila bilmay, himoyat uchun o‘zin girishga bog‘ladi va kechgan munozara va mubohasani taqrir qilib ayttikim, o‘q sahmidin munungdek ikki bukulubturmen va yillardurkim zihgir bila birga bosh qo‘shub, seni barlos deb xizmatingg‘a turubturbiz. Emdi tengri uchun bizing oramizda hakam bo‘lub hakamlardek bu bahsni ayrit qil.
Girish bu so‘zni eshitgach, xomlig‘idin pechu tob urub, suman bo‘ylar sunbulidek o‘ziga to‘lg‘onib, tob keltura olmay zihgirga ayttikim, «Agar men barlos bo‘lsam, sen tarxonidursen. Ravo bo‘lg‘aymukim, yo kuch qilmay, o‘q yog‘a kuch qilgoy. Emdi maslahat uldurkim, ani andoq iroq tashlalikim, yoning to‘rini to‘tiyo qilib topmag‘ay».
Zihgir eshitgach, «Xush bo‘lg‘oy!»— deb, yatimona giru bast ko‘rsatib barmog‘ ko‘ziga qo‘ydi. Girish birla ittifoq qilib o‘qni o‘ziga yaqin torttilar. Uq alarni o‘zidek rost sog‘inib ilgari borg‘och, Girish og‘zig‘a andoq taptikim, o‘qnung og‘zi to‘la qon bo‘lub, torundek tuban qaro yerga kirdi va bu munozaradin maqsud ulkim, bu davrnung kaj tab’larining qoshinda har kim yo dek egri bo‘lsa, yonlaridan yiroq bo‘lmas va har kim o‘qtek rost bo‘lub, tuz yurusa, Yaqiniydek yiroq tushar andoqki, Asiy sho.irning qit’asi bu so‘znung rostlig‘ina go‘yodur:
Har ki shud rost andarin maydon,
Har kujo raft behuzur uftod.
Az kaji shud kamon ba pahluyi shoh,
Tir az rosti ba dur uftod .
Agarchi bu so‘znung sohati vasi’ erdi, shaii’ ko‘rungay deb, so‘z iqtisor bo‘ldi. Umid, ulkim; rost tabiat, mustaqim zehnlarning mahakkida bu naqd tamom iyor bo‘lg‘ay va bu safhani mutolia qilib, bu nomaning silasi o‘rnig‘a azizlardin tavaqqu’ ulkim nazm:
Yaqiniyning ravonin shod qnlg‘ay,
Duoyi xayr birlan yod qilg‘ay.
Tugandi o‘q yoyning munozarasi. Vallohu a’lam.