OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Erpo‘lat Baxt (1971)

http://ziyouz.com/rasmlar/poets/erpulat_baxt.jpgErpo‘lat Baxt 1971-yilning 1- sentabrida Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanidagi Qipchoq qishlog‘ida dunyoga keldi. Otasi o‘qituvchi bo‘lgan. Onasi jamoa dalalarida ko‘p yillar mehnat qilgan.
Erpo‘lat Baxt 1989-1991-yillarda harbiy xizmatda bo‘ldi. 1992-1998-yillarda ToshDU (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning jumalistika fakultetida tahsil oldi. 
1997-yil shoir hayotida unutilmas yil bo‘ldi. Uning „Quyoshning tabassumi“ nomli ilk kitobi nashrdan chiqdi. 2000-yili „Istiqlol umidlari“ almanaxida yana bir turkum she’rlari e’lon qilindi.
Shoir 1999-yili „Shuhrat“ medali bilan taqdirlandi. Erpo’lat Baxt bolalar adabiyotini olmas asarlar bilan boyitishni hayotining bosh maqsadi deb biladi. 

MOMOMNING KOVUSHI

Shukr, momom bag‘rida,
Yashayapmiz isinib.
Keksayganda bizni deb
Qoldi biroz qisinib.
Har yakshanba bozorga,
Jun sotgani ketadi.
Axir jinday nafaqa
Nimagayam yetadi?
...Qish kunlari ajoyib,
Fayz oladi mahalla.
O‘ynamasdan qorbo‘ron
Aytgum ukamga alla.
Momom ketgan bozorga,
G‘archa-g‘urch qomi bosib.
Kelib qolar hademay,
Yelkaga to‘rva osib.
Onajonim tabiat,
Tezroq haydagil qishni,
Yirtilmasin yozgacha,
Momojonim kovushi.


MO‘RINING SHIKOYATI

Agar meni qiynasa,
Pechkaning sho‘x tutuni.
Rahmim kelib gohida
Ozod qilaman uni.
— Erkinlikka chiqaqol,—
Deyman u bechoraga
U boisa chiqar chogi,
Bo‘yar meni qoraga.


MOYCHECHAKNING QALPOG‘I

Erta ko‘kiam moychechak
Qalpoq kiydi quyoshrang.
Hayrat ichra do‘stlari,
Boiishdilar hang-u mang.
Kibr-u havo band etdi,
Moychechakning o‘yini.
Ko‘z-ko‘zladi qalpoq-la,
Mittigina bo‘yini.
Uning maqtanchoqligi,
Yoqmadi deyman chogi,
Moychechakdan arazlab,
Uchib ketdi qalpogi.


SUZISHNI O‘RGANAY

Toiib oqqan anhorga,
Tushib ketdi paqirim,
Shosha-pisha yordamga,
Jo‘rabekni chaqirdim.
Yeng shimarib dedi u:
— Qotiramiz bu ishni
Faqat shoshma, men oldin
O‘rganayin suzishni.


MAQTANCHOQ MUSHUK


Bitta sichqon ovlagani
Jonni qiynab yurmayman.
Teshikdan chiqqanda ham
Ortidan yugurmayman.
Omborxona ichida
Sanqishning yo‘q keragi.
Temir qopqon oijani,
O‘zi ushlab beradi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.