OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Xosiyat Rustamova (1971)

 Xosiyat Rustamova 1971 yil 19 martda Namangan viloyati, Chust tumanidagi Olmos qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1993). «Osmondagi uy» (1997), «Najot» (2003), «Rido» (2004), «Devor» (2006) kabi she’riy to‘plamlari nashr etilgan. M. Svetaeva, A. Axmatovaning ayrim she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan (2004).

YOZ

Dalalarni quyosh aylanar,
Toblanadi salqin chaylalar.

Chumoli don tashib to‘kar ter,
Og‘ir-og‘ir hansiraydi yer.

Kun yarmida chilla olar tin,
O‘zin soyga tutadi yaqin.

It qushlarga qarar o‘ksinib —
Yerga berib yotar ko‘ksini.

Hayratlanar sayyoh tevarak,
Ilkis yerga otlanar falak.

Sezib qolar tog‘lar shu zamon —
Go‘zallikni yashirar oqshom.

* * *

Har qanday shamolga ishonasan cen,
Sochlaring to‘zdimi — har yon tarading?
Xuddi cening toza bag‘ringdayin keng —
Ochilib turadi derazalaring.

Ishqilib baxtimga omon bo‘l, omon,
To‘zg‘igan sochingni turayin ko‘rib.
Mening xayollarim ketar cen tomon —
Ochiq derazangdan kirmoqchi bo‘lib.

MANZARA

Yulduzlar joyidan ketadi qalqib,
Baxtiyor tebranib tun yozar quloch.
Qator simyog‘ochlar ichidan balqib,
Oqbadan oy chiqib kelar yalang‘och.

Maftunman. Zo‘rba-zo‘r nafas olaman,
Esimdan chiqarib kechagi kunni.
Shu holda qaerga olib boraman,
Ko‘ylagi so‘tilgan kelinchak tunni...

* * *

Bo‘ldi qaytarmayman savollarimni
Bilaman, bariga javob berasan.
Boshi ochiqmikan xayollarimning,
Nega qo‘rqmay kirib kelaverasan?

* * *

Boryapman...
Nishonga tegmagan o‘qday,
Kaftimda dunyo bor – go‘yo bir siqim.
Shuncha olomonning ichidan qo‘rqmay,
Yuragimni baland ko‘tarib chiqdim.

Nima ham ko‘ribman qirq yil ichida,
Yashab ham bo‘ldimmi? O, naqadar oz
Ont ichishim mumkin. Bari behuda —
Faqat muhabbatim muhabbat, xolos!

* * *

O‘zimni pishirdim olovlaringda,
Juda uzoq yillar... Sekin... Shoshmadim.
Muzaffar ruhimning bejon tanimdan
Kuygan joylarini olib tashladim.

Bir kun kelib qolsam cening yodingga,
Kechir, tanimasang, ko‘rib chiroyim,
Shuncha kutib-kutib cening oldingga —
Tirik borolmasam, Xudoyim.

SHAMOL

Suvdan kirgan o‘tdanmi,
Tirnar o‘zini otib.
Uydan chiqib ketganmi
Es-hushini yo‘qotib.
Yomon ko‘rmasdim rosti,
Bu shamolning zarblarin.
Yerga tushgan gilosning
Po‘st tashladi lablari...

* * *

Kelib qolar qaydandir shoshib,
Ostin-ustun qilib qorlarni.
Shamol yomon haddidan oshib—
Uyqusini buzar bog‘larning.

Bosar nozik nihollarni g‘am,
Yoqmas g‘arblik qushlarning xulqi.
Bahor eshik qoqishi bilan
Yeru ko‘kning ochilar qulfi.

* * *

Dunyo ulkan kemaday suzar,
Tog‘ yonboshda tovlanar yal-yal.
Joy talashib qolar yulduzlar –
Oy osmonda to‘lishgan mahal.

Yo‘l izmiga tushar yo‘llarning,
Yulduzlarga to‘lar yer shari,
Qo‘rqib ketgan o‘ychan gullarning,
Uchib ketar kapalaklari.

YOMG‘IR

Bulutlar yoyildi ko‘kni to‘ldirib,
Shamol quvib ketdi sovuq qishlarni.
Yana daraxtlarni o‘yga cho‘mdirib,
Qorasi ko‘rindi oppoq qushlarni...

Bugun ham otgisi kelmay otdi tong,
Bugun ham dardini ichiga yutdi.
Keksaygan holiga qaramay osmon,
Suzg‘ichdan o‘tkazib olar bulutni.

* * *

Vaqt orqada qolar kimdan —
Qayda, nima o‘lchanar?
O‘tib borar eshigimdan
Chang ko‘targan ko‘chalar.

Anglab bo‘lmas biror so‘zin,
Yo‘llar yig‘lab cheksa g‘am.
Daraxt qushga urib o‘zin —
Peshonasin yorsa ham.

Shamol mendan ketar nari
Ko‘rinmasdan ko‘zimga.
Ko‘ylagining etaklari —
Uriladi yuzimga.

* * *

Har kungidan bog‘lar viqorli, 
Qarg‘alar ham boqar bepisand. 
Qara, jonim, ko‘cha chiroyli –
Sen ham oyna oldidamisan?! 
Osmon oppoq, 
Yer juda mayin, 
Balki qorqiz yasarsan qordan.
Senga qanday yetib borayin, 
Yo‘llarimni qor bosib qolgan.

* * *

Mashinaning orqa o‘rindig‘ida, 
Betartib xonaday xaelim uyqash. 
Oynaga qadalgan ko‘zim yig‘ida –
Yurakni o‘rtaydi allaqanday rashk.
Xudoga borayapman o‘zimni ortib,
Buncha ham go‘zalsan, yam-yashil chiroq!
Mening diqqatimni o‘ziga tortib -
Haydovchi ko‘zgudan tashlaydi nigoh.
O, shu payt...
Kimlardir kuldi - kinoya!
Qaradim...
Yo‘llarni supurar farrosh.
Qizil chiroklarga qilmas rioya -
Mening ko‘zlarimdan oqayotgan yosh.

SEN QADDINGNI KO’TAR, TUPROQ

Men onamni yerga eqdim,
Vujudimdan oqar titroq.
Men otamni yerga ekdim, -
Sen qaddingni ko‘tar, tuproq.
Yig‘lamadim yuzim tirnab,
0, balandlab ketdi bu g‘am.
Oyog‘imdan chirmab-chirmab,
Meni tashlab ketdi og‘am.
Tentiradim aro yo‘lda,
O, bu yo‘llar tentiradi. 
Meni bir kun Siznikiga –
Buyuk g‘amlar keltiradi... 
Men onamni yerga ekdim, 
Meni qo‘yib yubor, titroq. 
Men otamni yerga ekdim, -
Sen qaddingai ko‘tar, tuproq.

* * *

Boray...
Tashqarida to‘xtadi shamol,
Ko‘qda quyuqlashib bormoqda bulut.
Nega indamaysan - turasan behol -
Baqirging kelsa ham saqlaysan sukut.
Azizim, ortimdan kuzatgani chiq,
Qara, men ketishga bosyapman qadam!
Burilib yig‘layman - ko‘zim qup-quruq –
Daraxtday egilib ketmoqtsa tanam. 
Sarg‘aygan yaproqlar to‘kilar yursam, 
Bu holga dunyo ham ko‘nikkan, ko‘ngan. 
Salgina shamoldan qo‘rqadi jussam, 
Salgina shamol ham qo‘rqitib qo‘ygan.

* * *

Bir kuni sog‘, bir kun esa xastadirman, 
Bir kuni bog‘, bir kun cho‘lu dashtdadirman. 
Men Sizlarni bilmadim-u, ammo o‘zim –
Bir kuni tog‘, bir kun yerdan pastdadirman.

* * *

Boshimdagi telpak yumshoq yung –
O’ldirilgan o‘rmon qiroli. 
Mening bitta po‘stinim uchun 
Yo‘q qilganlar qancha quyonni? 
Hayot menga qilar qancha sarf, 
Bo‘lardi-ku tezroq qarisam. 
Bo‘ynimdagi qimmatbaho sharf –
Esdalikdir suv parisidan. 
Jilolanar burgutko‘z sumkam, 
Yuragimga dengiz sochar dur. 
Timsohteri etigim bilan 
Men atrofga boqaman mag‘rur. 
To‘ldiraman har kun kamini, 
O, naqadar o‘chman hashamga. 
Hayot bori jonzotlarini 
Dafn etar mening jussamga.

TUG’ILGAN KUNIMDA

Eshitilar yurak urishim, 
Demak, hali aylanmoqda qon. 
Do‘stlar, mening tirik turishim –
Qancha gulga keltirar ziyon.
O, bu ne hol?
Bu qanday jazo?
Nega gullar ko‘tarmas suron?
Mening jonsiz vujudim, hatto
Ko‘p gullarga keltirar qiron.

* * *

Tun boglarning ichida, 
Ozgina olgan ichib. 
Qushlar oyoq uchida –
Qaygadir ketar uchib. 
Shamol kezar behuda, 
Suvlar ko‘p oqar zilol. 
Osmonning bir chetida, 
Koptok o‘ynaydi hilol.

* * *

Qirdan podalar qaytdi, 
Har yerga yoqildi sham. 
O’zicha qo‘shiq aytib –
It yotadi xotirjam. 
Hamma ishlar bexato, 
Solinadi o‘rinlar. 
Cho‘ponga oy ham, hatto –
Bo‘ri bo‘lib ko‘rinar.

* * *

DARAXTLAR 

Men bilgandan buyon shu ahvol, 
Ba'zan yig'lab qolar -
                           dod solib. 
Erkalatib qo'yar goh shamol -
Biyday sovuq bag'riga olib.
Bu borliqda
              kim ham hol so'rar,
O'ylayversang ketar ko'z tininb.
Tug'ilgandan buyon
                    Kun ko'rar -
Yaproqlari ichra berkinib. 


KUZ 

Har kimning joni halak, 
Dala-bog'da ish qizg'in. 
Kim burgutu, kim laylak,
Kim chumoli, kim quzg'un.
Biror kimsa ochmas lab,
Hech kimsa qotmaydi so'z.
Dalalarni oralab -
Yer ag'darib yurar kuz. 
  
* * *

Bu mayday tashvishlar chiqdi o'yindan, 
O'zimni o'rtaga qo'yib gaplashdim.
Telefon ishlamay qolsa uyimda -
Kelar kim bilandir telefonlashgim:
Qayerdan xayollar keladi yorug',
Qayerda kun botgan,
Qayda tong otgan.
O'ylayman, qo'ng'iroq bo'lmasa, aniq -
Sening telefoning ishlamayotgan! 

XULOSA 

Hayot!
Boshqa so'zga yetmaydi kuchim,
O'ylasam, yuragim qo'yadi mushtlab.
Ishon, rasmga ham
Tushmaydi hech kim
Avtomatni teskari ushlab: 

* * *

Samovot parishon,
Bog'lar qoraygan.
Qushlarning ovozi o'chgan.
Befarah.
Huv oils yerdagi qarag'ayzordan
Qochib ketayotir bir novcha daraxt.
Men ham xayolimda boraman chopib,
O'shal daraxt bilan birga yonma-yon.
Sigaret qo'limda yotar tutaqib,
Bog'lar yuragimga ko'chadi oson.
Shu topda borliqqa ayondir holim,
Ayondir borliqqa shu novcha daraxt.
O'zini yo'qotib qo'yar betxoven,
Nogahon adashib qoladi Mosart. 

* * * 

Yuragim ketmoqda
Orqaga tortib,
Qiyomat boshlangan og'ir tanamda.
O'zim istamagan ishlardan ortib
Yig'lagim kelmoqda
Kutilmaganda:
Yo'lga chiqmoqlikdan
Oyoq tortar bosh.
Baquvvat qo'llarim qilmas himoya,
Yuzini o'girib ko'zimdagi yosh
O'tgan kunlarimda qilar hikoya.
Ertaga bormanmi,
Yo'qmi, noayon -
Nahotki shu vujud chiqarar hukm.
Yuragim, Sen uchun,
O'zim uchun ham
Negadir yig'lagim kelmoqda bugun.

* * *

Qancha chuqur tashlayman odim,
Oyoq toyib borar yel kabi.
Kechagi gap- mening hayotim,
She’rim esa bugunning gapi.

* * *

Oldimda yastanib yo’llar beadog’,
Tog’lardan o’taman uchqur otimda.
Shubhasiz, boshimda qo’llaydi Olloh,
Va yana kimdir bor mening ortimda.

* * *

Hayot
Senga ishonch qolmaganmi yo,
Yoki bugun kamroqmi ishim?
O’ylamayman deyman-u ammo-
Boshda kunning so’nggi tashvishi.
Qanday tarqaladi bu xabar,
O’lim tiriltirarmi yurtni.
Go’ristonga kim olib borar –
Mening murdam yotgan tobutni?
 
* * *

Kimnidir ko’ngliga bo’loldimmi jo,
Xudoyim, kimgadir tegdimi nafim?
Men o’lsam – tuprog’im qilmasin davo –
Meni yuraklarga etingiz Dafn

* * *

Hayot
Miltig’ingga joyladingmi o’q-
Biroq, men o’zimni otganman.
Pichog’ingga joy qolgani yo’q,
Bo’g’zimgacha qarzga botganman.

* * *

Nima desa - ko’ndim bariga,
Men jonimni jabborga berdim.
Bu dunyoning odamlariga-
Kelar juda yaxshi ko’ringim.
O’zni olib qochar ko’zlarim,
Tilim!
Mening tilim so’yilgan.
Bu dunyoning bari so’zlari
Menga qarshi qayrab qo’yilgan.
 
* * *

Baribir ham ketdi u-
Biz yurar yo’ldan ketdi.
Qanday yaxshi edi u-
Nahotki, qo’ldan ketdi.
Javobsiz qoldi uning,
O, qanchalar savoli,
Bir kun kelib dunyoning
Shu ekan-da ahvoli.

* * *

Yolg’iz odam. U juda yolg’iz,
O’kinmaydi bir o’zi yashab.
O’ngida ham hatto bir og’iz
So’z aytmaydi baxtga yarasha.
Ko’ngli qolgan dundan, dunyodan,
Allaqachon qo’lini yuvgan.
Aqli yetib tug’ilan zamon,
Chelagini ko’targan suvdan.
Ne g’am bo’lsa barin tatigan,
Yo’q yerlarga bormagan shoshib.
U ketganda – uning ortidan
Faqat soya borar ergashib.

* * *

Burgut o’zin ko’kka xatladi,
Dog’da qoldi cho’lu biyobon.
Yerda qolgan uning patlari,
Chunchuqlarga bo’lar soyabon

* * *

Hayot
O’rganmoqqa uyg’onar mayli,
Bilimidan qilmas qanoat.
O’lim o’quvchiga o’xshaydi-
Muallimga o’xshaydi hayot.
 
* * *

Tirikman.
O’limdan qo’rqaman.
Biroq-
O’zimga ko’rinar holim g’alati.
Menga juda tanish manzara.
Qirg’oq-
Suzishni bilmagan kishi holati.
Hayot, hali bisyormi sho’rim,
Yetmay qolar ba’zida toqat.
Menga juda chiroyli ko’rin-
Ketmoqlikka qolmasin hojat.

* * *

Men ko’rmagan kunlarni ko’rsat,
Tunlaringga olib Kir bir-bir.
Netay, jonim, oz qoldi fursat –
Netay, umrim oz qoldi axir.
Chiziqlardan og’riydi kaftim,
Taqdir shuncha yozilganmi jo’n?
Mening tugab bormoqda vaqtim –
Hayot bergin o’lganimdan so’ng…
Men ko’rmagan kunlarni ko’rsat,
It ko’rmagan kunlarni emas.

               * * *

K?chikib bo'lsa-da k?ldim-ku axir, 
N?chun kiprigingdan 
Yosh oqar sizib. 
Tongda chiqqan edim...
Qay?rlargadir -
M?ni loyqa suvlar k?tdi oqizib. 
T?ntidim ...
o'ttiz yil
b?imkon, sarson,
o'ttiz yil o'zimdan bo'ldim-ku judo. 
M?ni quchog'ingdan quvmagin osmon, 
M?ni yuragingga yaqin ol, xudo!..

                  * * *

O'zimda to'xtadim aylanib yurib,
Dunyo, oyoq'imdan k?t, nariga k?t.
Xudoga yolbordim ko'zimni yumib,
O'limdan ozod et,
Tundan ozod et.
Hali ham adashib yuribman tanho,
Jonim, o, ertangi kunimdan najot.
Uzoq qolib k?tdim bag'ringda, Dunyo,
O'zingdan et ozod,
Tundan et ozod.
Havolarga yozar ruh shukuhini,
Ishq so'rab charchagan t?lba junundan.
Yurak talab qilsa o'z huquqini,
Ozod et o'zimdan,
Ozod et undan.

               * * *

Tong yorishib qoldi b?fursat, 
Ko'zyosh kabi tarqadi tuman. 
Sh?'r yozishga qo'ymadi jur'at, 
Qoldim mayda dardlarim bilan.

Qor eridi:
Tarnovlar sokin, 
Bir qo'shiqni qilardi xonish. 
Daraxtlarning mungli ko'zlari 
Tanish edi... 
Juda ham tanish...

Tong ko'zimni bosadi og'ir, 
Joni jonim boradi qizib. 
Ayni shu vaqt - 
Tangrim, kimningdir, 
Bo'lganmikan joni uzilib?

Tong yorishib qoldi b?fursat, 
Hatto yurak olmas yonimni. 
M?n tangridan olaman ruxsat - 
Tunga topshirgani jonimni.

               * * *

Yer mening ortimdan yurar ergashib,
Qayerga bormayin izimni bosdi.
Qancha ko'chalarda k?tdim adashib - 
Tangrim, m?ning tirikligim rostmi??!

Balchiqqa g'arq bo'lgan k?maday holsiz, 
B?ruh vujudimda yuribman b?jon. 
Dunyo, savolimga javob b?r, yolg'iz - 
O'limning borligi yolg'onmi -
Yolg'on?!

Nonga navbat kutgan bolakay kabi, 
Tomog'imda jonim turibdi qalqib. 
Yorilgan ko'pikman suv yuzidagi, 
Bu hayot qaygadir k?tar oqizib.

O, tanish barisi -
xira chiroqlar,
Mayda ko'lmaklarda osmonning aksi. 
Uzilay-uzilay d?gan yaproqlar, 
Oh, m?ning jonimga o'xshaydi rosti.

Yurak chiqib k?tar ixtiyorimdan, 
Boshimni bag'rimga bosaman og'ir. 
Bahaybat bir sharpa o'tar yonimdan, 
Jonimni parchalab tashlashga qodir.

Kimgadir yolborib ichmayman qasam, 
Kimdir bilganicha tutqazmaydi may. 
Tangrim, jovdirayman s?vgani bilan 
Endi xayrlashib bo'lgan odamday, 
Endi xayrlashib bo'lgan odamday...

                    * * *

zinalardan,
tun
boshlar 
chiqa 
Asta
Tanida horg'inlik, 
Boshi ham egik. 
Devorga suyanib-suyanib birdam,
Eshiging oldida turib qolar tik.
Qo'llarin tugmaga yuborar ilkis,
Ikkilangan ko'yi,
Iymangan ko'yi.
O'ziga ko'z tashlab qo'yadi b?so'z, 
Biroq quchog'ini ochmaydi uying. 
Ozg'in gavdasiga suyangancha tun, 
Eshilib-eshilib yig'laydi uzoq. 
Ortiga qaytishga qo'ymaydi qadrin, 
Uying quchog'ini ochmaydi biroq. 
Asta 
tusha
boshlar
tun
zinalardan...

                     * * *

D?razang ko'chadan
ko'zini uzmay, 
Ajratib o'tirar
yaxshi-yomonni.
Bu k?cha jonini tunga qoldirmay, 
Bog'lar yutib qo'ygan havoni.
O, yana bo'g'zingga tiqilar joning, 
Eshitilib turar tunning nolasi. 
Qara, daraxtlarning bari -
Dunyoning
Yo'lga tashlab k?tgan bolasi. 
K?tmoqmi - qay?rga? 
Shafqatmi - Kimdan? 
Daraxtning uzilib turganda joni. 
Qizg'onib-qizg'onib
bolalaridan, 
Dunyo yutib qo'ygan havoni.

              * * *

Balki xazondirman -
Balki xasdirman,
Balki h?ch narsaga arzimasdirman.

O, balki ertamdan 
Ko'nglim ham to'qdir. 
Balki o'lay d?sam - 
O'lim ham yo'qdir!


S?NI TOPIB OLDIM YO'QLIK ICHIDAN
(Turkumdan lavhalar)

Ildizidan uzilgan yaproq
Titrog'ida ko'rdim dunyoni:
Qo'chqor Norqobil


1

Daraxtlar tik qoldi 
Xayolga cho'mib, 
Qushlar har tomonga 
Uchdilar ravon. 
N?tay, o'lgim k?lsa - 
Poyingga cho'kib, 
N?tay, yashay d?sam - 
Yetmasa havo.

2

Ovozing k?lmadi...
U bormi, Xudo, 
Jondan o'tib k?tdi - 
B?sanoq chidam. 
O'zimni yo'qotdim - 
Topmadim, ammo - 
S?ni topib oldim 
Yo'qlik ichidan.

3

Parishon k?zaman. 
Qarimoqda kun, 
Daraxtning shoxlari 
O'sar b?tartib. 
Dunyoga b?parvo
Kirib kelar tun -
Tuflisin loyini
Xazonga artib.

4

D?razang yopilgan, 
Eshik - zanjirda, 
Darg'azab tun turar 
Tishini qayrab. 
S?n esa k?lmaysan 
Allaqay?rdan - 
Daraxtlar uyingni 
Yotadi poylab.

5

Kun asta yoyildi 
O'zini tashlab, 
Borliqqa kuy kabi 
Taraldi havo. 
M?n s?ni ko'ray, d?b 
Qilsam iltijo, 
Ammo eshitmadi 
Dodimni xudo.

6

Boqqa xazon tushdi. 
Borliq za'faron, 
Bir achchiq tutunlar 
O'rladi ko'kka. 
Oh, d?sam, ko'ksimda
Ura boshlar jon,
Nega borman, desam -
Chiqaman yo'qqa.

7

Ko'kda oy bo'lsa ham 
K?cha qorong'u, 
Xuddi kunduz kabi 
Qushlar urar charx. 
Yig'ladim daraxtga 
Suyangan ko'yi - 
Nahotki,gullaring 
Ochilar b?farq.

8

Tun horg'in cho'zildi. 
Daraxtlar o'ychan, 
B?sabab - borliqni 
Qopladi tuman. 
S?nga nima bo'ldi - 
Ranging ham o'chgan, 
N?gadir m?n s?ndan 
Xavotirdaman.

9

Ruhimda nur kabi 
Yoyildi kunduz, 
Gullar ochildilar - 
Qip-qizil, chaman. 
Shunday go'zal hayot 
Ochganida yuz - 
Yorug'likdan tunga 
Qanday qaytaman?

10

Salqi tortib borar 
Qadamim shaxdi, 
Rabbimo, ko'ksimda 
Yurak uxlar tinch, 
Kimga nasib etdi 
Yashamoq baxti - 
Kimni asir etdi 
O'limday qo'rqinch?!

11

Shamol xazonlarni 
Tortadi yulqib,
Bori chang to'zonni 
To'kar izimdan. 
Ehtimol, shu ulkan 
Daraxtga chiqib - 
Kulib o'tirgandir 
Hayot ustimdan.

12

Qarovsiz bog'larga 
Otilar kamon, 
Mudroq tun shoxlarga 
Soladi tahdid. 
Hayotga ergashsang - 
Tog'u toshdasan, 
Hayot tashlab k?tsa 
Bo'lasan unut.

13

Tashqari zim-ziyo - 
Hamma tomon jim, 
Uyquni qochirar 
Tunlar hadigi. 
M?ni yashamoqdan 
Sovutar balkim - 
Bitta yuragimning 
Ortiqchaligi.

14

B?vujud ruhimda 
K?zdim darbadar, 
O'tirdik poyiga 
Jismimni to'shab, 
Qichqirdim yo'qlikka: 
- Tangri b?xabar - 
K?lsang-chi, k?chikkan 
Shamolga o'xshab.

15

Hamma tinch uyquda -
Vaqt allamahal, 
Yomg'ir yog'ib o'tdi.
Tun juda maiin.
Bir o'zim turibman,
Esmoqda shamol -
M?ning borligimni
Unutgandayin.


16

Yuragim uyushdi.
Jonga botdim g'arq -
Umidim qolmadi.
Tinchim yo'qolgan.
H?ch narsa aytgan yo'q
Bu ma'sum daraxt,
M?ndan olislarni
Ko'rib tursa ham.

17

Unut bog'lar bugun
To'ldi shafaqqa,
Dunyo yal-yal yondi -
Gullar tovlanib.
M?n asta b?qanot
Chiqdim falakka,
Tushgum yo'q.
Yulduzga
Qoldim bog'lanib.

18

S?n k?zgan bog'larga
Sukunat cho'kdi,
B?imkon daraxtlar
Bosh egdi horg'in.
Ko'kdagi bulutlar
Ko'z yoshin to'kdi,
Qop-qora dun ichra
Bir o'zim qoldim.

19

Yuzimga urildi -
Bir epkin nafas,
Yuragim xo'rsinib
Burildi ortga.
Jonimda yashashga 
Uyg'ondi havas, 
M?n qayta yuz burdim 
G'amgin hayotga.

20

Bog'larga gullamoq 
Bo'lganmish rasm, 
Vaqt t?lba dunyodan 
O'girganmish yuz. 
Gullagan hayotga 
Solmasdan razm - 
Chindan o'girilib 
K?tasanmi, kuz?!

21

Butun borlig'imni 
O'rab oldi tun, 
Ko'kka yulduzlarni 
Otdi ko'zidan. 
Bir ch?tda oy qo'shiq
Boshladi mahzun. 
M?ning yuragimda - 
Sh?'rlar to'zigan.

22

Hatto tushimda ham 
Tortasan mulzam, 
Yorug'lik baxsh etib - 
Xazon ko'nglimga. 
Juda ko'p uxlasam - 
Uzoq uxlasam, 
Kirib k?larmiding 
Qisqa umrimga?!

23

Bog'ning o'rtasidan 
Tun o'tdi shoshib, 
H?ch kimga s?zdirmay 
K?tdi safarga. 
Hayot o'tolmadi
Ariqsan oshib - 
Xazon oqib k?tdi 
Loyqa suvlarda.

24

M?nga nima bo'lgan?! 
Yorishmas ko'nglim. 
Boshimdan uzoqlab 
K?tmoqda falak. 
M?ndan qaylargadir 
Yulqinar qo'lim, 
Ayting-chi, bu holim 
Nimadan darak?!

25

Ko'zim qora tortdi. 
Aylandi boshim - 
Balandlab k?tganmish 
Qonning bosimi. 
Dunyoga k?lganman - 
Ko'zimda yoshim,
K?tmoq bu dunyoning 
Rasm-rusumi.

26

Boq'da m?va qolsa - 
Ko'payadi gap, 
Daraxtlar bosh egar - 
Qora tortar yuz. 
Qishki olmalarin 
Qutiga joylab, 
Dunyodan xotirjam 
O'tib k?tar kuz.

27

Ko'chalarda qoldi - 
Bog'lar b?ega, 
Qushlar ko'kka shoshdi 
Oqshom tushgan payt. 
S?ni kutib tursam 
Bir o'zim yo'lda - 
Hayot, s?n ertaga 
K?lasanmi, ayt?

 

* * *

Tong otmoqda!
Juma Tongi — 
Yon atrofning hushin olgan.
Hamma narsa biram Yangi — 
Faqat Men — eskidan qolgan.

* * *

Qor qalin,
Qiynalib bosasan qadam,
Izing chuqur ketar.
Bukilar qadding.
Ko‘milsam — ustimga
Xok tortsang qordan,
Menga qabr bo‘lsa
Sening izlaring.

* * *

O‘z-o‘zimga bog‘landi bu tan,
Ba’zan faryod chekar, dod solar.
Bora-bora yig‘ilarim ham —
Qofiyaga solinib borar.

* * *

Fursat yetdi.
Tong otdi.
Osmon almashar libos,
Xushomad qilib kunga —
Ochilar Yangi g‘uncha.
Bugun andak tobim yo‘q.
Faqat Sendan iltimos — 
Tangrim, meni o‘ldirma — 
She’rim tug‘ilmaguncha.


ENTSCHULDIGUNG

Kelishmay turibdi shu so‘zga tilim,
Qancha urinmayin,
Qancha qilmay yod.
Birgina shu so‘zni
Aytmaslik uchun — 
Xato qilmas edim umrbod.

* * *

Gumburlaydi toshu tog‘,
Uchar ko‘kning lochini.
Titrab ketadi nogoh — 
Miltiqlari ovchining.

* * *

Chizib ber.
Men qaysi yo‘lakdan yuray, 
Yoki bu dunyodan ketaymi butkul.
Boshqa ishing yo‘qmi, 
Uyalmay-netmay,
Meni muhokama qilasan nuqul.

* * *

Hilol daraxtlarda qolar ilinib,
G‘amgin sukut ichra tong otar oppoq.
Ozgina noqulay sezar o‘zini —
Shamollar uchirib keltirgan yaproq.

* * *

Sen ketganday— 
Bexosdan
Huvillab qoladi xonam,
Hozir boshqacha edi— 
Birdan o‘zgardi ahvol.
Sen axir o‘zing menga,
Yaqinsan o‘zimdan ham — 
Barmoqlarimni siqib
Turgan uzugim misol.


O‘TTIZINCHI MART

O‘sha kun esingdami
Esingdami o‘sha kun — 
Talabalar yotog‘i
Ayni qizigan palla— 
Bizlar ko‘chaga chiqdik — 
O‘shanda birinchi kun,
Hamma bizga qaradi — 
Bizga qaradi hamma.
Bahor edi — gul edi— 
Bog‘lar bog‘lardi yo‘lni,
Olib tashlagim keldi,
Sochingga tushgan gulni.
O, o‘sha payt — o‘sha payt — 
Qani Sen o‘zing esla — 
Faqat to‘g‘risini ayt, 
Yonimda borarding-a,
Yonimda borarding-a?!


ENAMGA

Ishonasiz hamma narsaga,
Aldash mumkin Sizni beqasam.
Onajonim, axir nimaga —
Ishonasiz, o‘lmayman desam?

* * *

Kunlar uzoq menga
Uzoq yo‘l tun ham,
Men juda yiroqman —
Quyosh va oydan.
Eslab qololmaysiz
Aytganim bilan
Faqat Muhabbat bor
Men turgan joyda.

* * *

Qor! Qaydanam Senga o‘rgandim,
Ko‘rinishing farishtadek pok.
Issiq kiyim, qo‘lqopu chang‘im — 
Tegramdagi hamma narsa oq.
Shubham bordir bu oqlikka ham,
Ichikirlik bormi bu jonda?
Nega qadam bosishim bilan,
Oyoqlarim kelar osmondan.
Men o‘zimni o‘nglaganimcha,
Yiqitmoqlik qasdidadirsan.
Xayolingda bo‘lsin!
Buguncha — 
Oyoqlarim ostidadirsan.

* * *

Xayriyat, yuragim tinchlandi biroz,
Xudoyim, ming shukur, kengdir karaming.
Faqat, dastro‘molcha bo‘lmaydi qog‘oz — 
Tili kalimaga kelmas qalamning.

* * *

Og‘zimga joyladim
Yana bir tilni.
Nemischa ohanglar bermoqda tovush.
Falakka uchirib borar ko‘nglimni,
O‘ttiz ikki qanot,
O‘ttiz ikki qush.
Men bilan teppa-teng bormoqda havo,
Yulduzlar to‘shalgan zaminday tegram.
Meni ovuntirib o‘tirmang aslo — 
Bertold Brext kabi yig‘lasam.

* * *

Tugab borayotir kunduzning umri,
Asta g‘ira-shira tortmoqda xonam.
Azizim, va’dangni oxirgi kuni — 
Bugun kelsang kelding— 
Ketaman...

* * *

Qizarib ketgandir ko‘zim yig‘idan,
Qo‘limda ezilib ketgandir kiprik.
Boshqa narsalarni o‘ylayin, desam,
U hamon xayolda yuribdi tirik.
Necha bor yuzimni yuvar sovuq suv,
O‘zimga keltirar shamol o‘rtanib.
Baribir yurakdan qarab turar U — 
Qovurg‘alarimga suyanib.


DUNYO


Bir nuqtaman.
Kichik bir nuqta — 
Meni qaydan olgansan yig‘ib.
Nahot, shunday katta holingda — 
Yashayapsan ko‘zimga sig‘ib.
Balki meni qilmaysan pisand,
Oh chekmaysan yig‘i-sig‘imdan.
Bilki, qancha katta bo‘lsang ham,
Kichkinasan qorachig‘imdan.
 
* * *

O, bu tong— 
Qanday kun qarshilar meni,
Negadir ichimga sig‘mas quvonchim.
Azizim, termulib turibman. Sening —
Kelmaydi uyqudan ko‘zingni ochging.
Ishon, kechagidan boshqacha bu tong,
Qara, yostig‘ingga tushmoqda yog‘du.
Jonim, uyg‘onaqol!
Azizim, uyg‘on — 
Uyg‘ongin. Bizlarga atalgan tong bu.
Nahotki, uyquni qiymaydi ko‘zing,
Baxtiyor uxlaysan xayolga cho‘mib.
Ko‘zingga navbatda turibman. 
Bir zum — 
Sening tushlaringga kirmoqchi bo‘lib.
 
* * *

Menimcha, aytilib bo‘ldi hamma so‘z,
Undan boshqa so‘zlar menga qorong‘u.
Men endi nimaga tiksam ekan ko‘z — 
Men nimani endi qilayin orzu?!

Axir uyatmasmi, karamli Tangrim,
Har aytgan so‘zimni qilsa mukarram.
Yaxshisi men endi tura qolay jim,
Bilmayman, men boshqa ne so‘rashniyam.


* * *

Yuragimni ezib yog‘ayotir qor,
Bunchalar avzoyi buzuq havoning.
Uyni yig‘ishtirib qo‘ydim so‘nggi bor,
Buncha to‘zib ketgan kitob javoning.
Seni hali-beri bo‘shatmaydi ish,
Bugun ham qolasan yarim kechaga.
Aytib qo‘yganmisan — 
Fe’li yomon qish — 
Meni chiqarmaydi ko‘chaga.

Qatralar

SURAT

Yomg‘ir yog‘ayotgan edi... Ashqol-dashqol sotib o‘tirgan keksa kampirdan Pushkinning suratini sotib oldim. Yomg‘ir yog‘ayotgan edi. Suratni sumkamga yashirdim. Yomg‘irni ivitib yuborishi mumkin-da surat. Ikki qizimni ergashtirib baxtiyor ketaverdim yo‘lak bo‘ylab. Hamma ko‘zimga Pushkin bo‘lib ko‘rinadi. Hammani yaxshi ko‘rib ketaverdim. Ammo, mening sumkamda nima borligini hech kim bilmaydi. Mening esa tezroq borib xonamga ko‘rsatgim keladi suratni. Xonamdagi bari daholarni hayron qoldirgim keladi. Hatto ba’zilarini o‘takasi yorilib o‘lishini o‘ylab miyig‘imda kulib qo‘yaman. Chunki uyimda Dantes ham bor-da... Yuragim titraydi. Yomg‘ir esa tinmaydi... Hamma o‘zi bilan. U-bu narsalarini tezroq sotishsa-yu, tezroq uyga daf bo‘lishsa.
— Oyijon, Pushkinni bilmaydiganlar ham bormi, — kichkina qizimning savolidan o‘zimni yig‘aman.
— Bor, qizim. Pushkinni nazar-pisand qilmaydiganlar ham bor. 
— Shuning uchun sotishdimi uning suratini?
— Pushkin bu suratga biz uchun tushgan. Shuning uchun bu suratni bizga sotishdi. O‘rtadagi bir rastada men olmoqchi bo‘lgan ko‘ylakni boshqa bir ayol ilib ketdi. Indamayman. Chunki sumkamda Pushkin bor, uyalaman.

QARZ

Mening yoshligimni qaytarib ber, Hayot! Qarzimni so‘rab turibman eshiging oldida. Sen esa eshitmaganga olasan o‘zingni. Men esa o‘zingdan o‘rgangan aqidamni qo‘llayveraman — eshiging oldida surbetlarcha turaveraman — Sening chiqib qolishingni kutib. Sen baribir chiqasan-ku, to‘g‘rimi? Meni ketgan deya gumonsirab baribir chiqasan-ku...
O‘shanda men Sening oyoqlaringga yiqilaman. Yig‘lab yolvoraman: Yoshligimni qaytarib ber, Hayot! Faqat sen hech narsa so‘rama... “Sen ham olgan qarzlaringni qaytar”, dema. Mening olganlarim oldida seniki hech narsa emas... Ularni so‘ray ko‘rma. Ularga tegma. Axir farzandlarim oldida yoshligim nima degan gap. 
...Hayot, meni kechir. Hech yo‘q titrayotgan qo‘llarim haqqi, kundan kunga nursizlanib borayotgan ko‘zlarim haqqi, meni kechir. Men sendan hech narsa so‘raganim yo‘q. Sen ham so‘rama...

YOZASAN, DEB AYT

Senga suyanib o‘zimni ko‘tarmoqchi bo‘lyapman, zinhor o‘zingni olib qochma... Taskin ber! Bugun yozmasang, ertaga albatta yozasan, deb ayt. Yozishimga meni ishontir.
Mening hayotimga sen shahdam qadamlar bilan kirib kelganing yo‘q, Sen men bilan birga tug‘ilgansan. To‘g‘ri, Sen urushda bo‘lding... Men kurashlarda omon qoldim. Yo‘llarim do‘stlarim o‘ylaganchalik ravon emas. Ba’zan yiqilib o‘lishga, ba’zan o‘lib yiqilishga to‘g‘ri keladi. Men har kuni umrimning qaysidir yo‘llari bilan xayrlashgim, qaysidir yillari tomon ketib qolgim keladi. Og‘ir sukunati bilan o‘limni eslatib turuvchi tiriltirish xonalarida Sening yosh tomchilagan kipriklaringga osilib tirilganman. Birdan tirilib qolganimni ko‘rgan shifokorlar yoqa ushlashgacha borishgan. Men butun borliqni o‘sha kundan keyin yaxshi ko‘rib qolganman. Daraxtlaridan tortib qushlarigacha yuragimga qamab qo‘yganman.
Dunyo bilan kelisholmay qolgan kunlarim men sening yuragingga ruxsatsiz kiray, izn ber. Izn ber, men Seni oldingidan ham ko‘proq muhabbat bilan sevay.

PUSHKIN

Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklayman, shoirim. O‘zimni tug‘ilgan kunim kabi qadrli bir kun. O‘zimning tug‘ilgan kunimdan ham aziz bu kun.
O‘sha kuni Quyosh kuyib ketgan bo‘lishi kerak. Osmon bir siltanib olgandir. Oymomo joy topa olmagani uchun qorong‘ulik ichiga yashiringandir...
Pushkin! Ilk bor rus tili muallimimdan eshitgandim Siz haqingizda. Va Sizni qidira boshladim. Yo‘q, uncha ham uzoq qidirganim yo‘q. Chunki Siz mening xayollarim yeta oladigan hamma joyda bor edingiz.
Muallimim bir kuni Siz haqingizda gapirayotib “Duel” degan so‘zga qoqilib ketdi. Ko‘z kosalari ichida bir zum aylanib, mening nigohlarimga to‘qnashdi. Men esa qo‘llarim bilan quloqlarimni bekitib oldim...
Shu kuni tuni bilan uxlamay chiqdim. Tezroq tong otsa-yu maktabga borib, muallimdan Siz haqingizda so‘ragim kelaverdi...
Muallim bu kuni darsga kartina bilan kirib keldi. Bu men hatto ko‘rishga qo‘rqqan, ostiga “Duel” deb yozilgan kartina edi. 
Shu kuni mening bolalik tasavvurimga ilk marotaba qora qon sachradi. O‘lim ko‘zimga yomon ko‘rindi. Men muallimdan bir kunga uyga olib ketish uchun kartinani so‘rab oldim. Devorga osib avval rosa tomosha qildim. Kartina chaplanib ketdi. O‘q uzayotgan kim — bilib bo‘lmay qoldi. “Pushkin o‘ldi, ammo yiqilmadi”, dedi meni kuzatib turgan singlim. Uning qahqahasidan o‘zimga kelib qarasam, qaro terga botib yotibman bir ahvolda. Issig‘im chiqib ketgan. Gumburlagan o‘qning ovozi men tomonga uchib kelayotganga o‘xshayveradi. 
Birozdan so‘ng o‘zimga kelib, panjalarim orasidan devorga qaradim: Pushkin.
Dantes esa yo‘q. Pushkin Dantesni allaqachon uydan haydab chiqargan edi...
Men shu kunning o‘zida hayotimni Pushkin bilan bog‘ladim. O‘zimdagi barcha muammolarni Pushkin bilan yecha boshladim. Hamma narsaga “Pushkinning oldida nima bo‘pti”, deydigan, “Pushkin bor joyda Unga nima bor?” qabilida ish ko‘radigan bo‘ldim. Hayotimning Pushkindan boshqa hamma yozuvlarini chizib tashladim. 

YOZUV STOLIMDA

Kecha shifokor yozib bergan dorilar ro‘yxati yozuv stolim ustiga qanday tushib qoldi — bilmayman. Xuddi ataylab qilinganday — kimdir kelib qo‘yib ketganday asabimni o‘ynamoqda bu qog‘oz.
Nima bo‘lganda ham to‘g‘ri emas. Kelib-kelib hozir-a... Yuragim buyuklik da’vo qilayotgan bir paytda-ya? Jinimdan badtar yomon ko‘radigan odamlar haqida xayol surishga o‘xshamaydimi bu axir? Yana qaerda turibdi deng — Pushkinning surati bilan Svetaevaning kitobi o‘rtasida. Men qog‘ozni maydalab tashladim. Umrimni uzaytirish uchun dori ichishdan voz kechdim. 

BU MENING HAYOTIM

Geografiya darsi tugagandan so‘ng Belgiya o‘rmonlari haqida o‘ylaydigan bo‘lib qolgandim. Ko‘zimga osmono‘par daraxtlar ularga tillaqosh kabi osilib turgan olmaxonlar, bo‘rilardan qochib yurgan — o‘takasi yorilayotgan quyonlar kelardi. Ayniqsa, menga o‘rmonni boshiga ko‘tarib, o‘kirib chiqib kelayotgan sherlar yoqardi...
Shunday paytlar darsga kirish uchun chalingan qo‘ng‘iroqlarning ovozidan uchib tushardim. Bir-birlariga hazillar qilib, suv sepib yurgan sinfdoshlarimni ko‘rib esa, o‘rmon allaqachon eslaridan chiqib ketganiga hayratlanardim. 
Yo‘lning ikki chetidagi pastak daraxtlarni (menga shunday ko‘rinardi geografiya darsidan keyin) Belgiya o‘rmonzorlaridagi baland-baland daraxtlarga solishtirib uyga qaytardim. Yelkamga botib ketgan og‘ir sumkamni ko‘targancha uyga kirib kelsam, singlim televizori bor uyga chopib kirib allanarsani olib chiqadi-da onamning orqasiga yashirinib menga ko‘z-ko‘z qilib yeya boshlaydi. 
Bobomning vafotidan keyin aza ko‘ylagini hali yechmagan oyim cho‘ntagidan nimadir olib menga ham uzatadi. Bu ustiga quyonning surati tushirilgan konfet edi. Mening xursand bo‘lib ketishimni kutgan oyim indamay qo‘yaqolganimni ko‘rib, qand berganiga pushaymon bo‘lganday oshxonaga kirib ketadi.
Ichkarida joylashgan o‘zimning kichkina xonamga kirishim bilan ortimdan qo‘lida qalam va o‘chirg‘ich ko‘targancha singlim kirib keladi. U mening konfetni yeb qo‘yishimdan qattiq cho‘chigan bo‘lsa kerak, ulgurish uchun terlab ham ketgandi. 
— Almashtir, — deydi konfetdan ko‘zini olmay.
Menga qalam bilan o‘chirg‘ich nihoyatda zarurligini singlim qaerdan bila qoldi ekan? (Bugun o‘rmonning rasmini chizmoqchi edim.) Lekin iris qandni ham yegim kelayotgandi-da. Ha, mayli, qalam bilan o‘chirg‘ich ko‘proq kerak! Singlimga qo‘limni uzatsam, u ham menga qo‘lini uzatdi. Avval irisni qo‘liga olib, keyin qo‘lidagilarni menga berdi-da irisni qog‘ozidan bo‘shatib, shunday yeya boshladiki, umrbod ko‘zimning oldida qoldi! Undan ham ko‘ra menga ta’sir qilgani boshqa narsa edi. Kiyimlarimni almashtirib hovliga chiqayotsam, qo‘lida qalam, o‘chirg‘ich va chiroyli gullar va qushlarning suratlari tushirilgan rasm daftari bilan oyim kirib kelsalar bo‘ladimi? “Yalt” etib singlimga qarasam, singlim allaqachon irisni yeb bo‘lgan ko‘yi menga tirjayib turibdi. 
Keyin ma’lum bo‘lishicha, onam singlim bilan shaharda yashaydigan opasinikiga borishgan va yo‘l-yo‘lakay o‘quv qurollari sotiladigan do‘konga kirib, u-bu narsalar xarid qilishgan. Hech narsadan quruq qolmaydigan singlim ham xarxasha qilib qalam bilan o‘chirg‘ich oldirgan. Irisga kelsak, onamning opasi bolalaringga berarsan, deb bir kaft irisni cho‘ntaklariga solgan, singlim esa onamning tishing og‘rib qoladi, deyishlariga qaramay yo‘l-yo‘lakay yeb kelgan ekan... 
Kuni bo‘yi singlim ko‘zimga yomon ko‘rindi. Kuni bo‘yi quyonni tutmoqchi bo‘lgan bo‘riday xezlanib yurdim. Nargiz ham o‘z aybini bilib mendan qochib yurdi. 
Kechga tomon televizorda namoyish etilgan tabiat mavzusidagi ko‘rsatuvgina ko‘nglimdagi g‘uborni tuman kabi tarqatib yubordi. Unda o‘rmonda bo‘layotgan voqealar namoyish etilayotgan edi. 
Sherlar bir-biri bilan urishayotgan, ilonlar jamiki mayda jonzotlarni yeb bitirayotgan, men nomlarini bilmaydigan qaysidir hayvonlar qaysidir hayvonlarni tishlarida ezg‘ilagancha, og‘zilaridan qon tomib chopib ketayotgan edi...
Ertalabdan buyon xotiramdan chiqarolmayotganim — o‘rmon ko‘zimga juda vahshiy bo‘lib ko‘rindi. — Kecha gazetadan o‘qidim, Rossiya o‘rmonzorlarida bo‘rilar ko‘payib ketgan emish, — dedilar dadam televizordan ko‘z uzmay.
Qarasam, hozirgina bidirlab turgan singlim ko‘rpacha ustida g‘ujanak bo‘lib uxlab yotibdi. 
Oyim qaramay turgan paytlarida bildirmaygina yuzidan o‘pib qo‘ydim. 

YESENIN

Pushkin bilan urushib ketmasmikan Yesenin. Tuni bo‘yi mijja qoqmayman. Ikki portretga qarab chiqaman. 
Yeseninni urishqoq bo‘lgan deb eshitganman-da axir. Ammo, mening uyimdagi Yesenin hecham urishqoq emas. Men uni bir ko‘rishdayoq yoqtirib qolganman. Faqat Yeseninning chilim chekayotgan ko‘rinishda tasvirlagan rassom ozgina xato qilgan. Chunki Yesenin chilimsiz ham chiroyli ko‘rinadi. 
Men uni sotib olgan kunim — uning uchun Pushkinning yonidan joy ajratdim. 
Ikkalasi ham bir tomonga qarab turgan portretlar yoniga o‘zimning potretimni osib qo‘yib, uzoqdan (xuddi birov qarayotgan kabi) tomosha qildim. Qiziq, mening suratim ham ular qarayotgan tomonga qarab turardi. 
Pushkin va Yesenindan ko‘ra ancha yosh paytimda tushgan bu suratim ularning befarq qoldirmasligini o‘ylab g‘ururlanib qo‘yaman.
Baribir Pushkin ancha mag‘rur edi. Unga qarasam ham ko‘zim kuyib ketadi. Yesenin esa ancha sodda. U bechora bekorga o‘yinchi qizni sevib qolmagan-da... Ichimda nimadir qo‘zg‘alayotganini sezaman. Kim bilandir urushgim keladi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.