Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir odamning uchta qizi bor ekan. Bir kuni u uch kosaga ovqat quyib, uchala qiziga beribdi.
— Qaysi birlaring ovqatni birinchi bo‘lib sovutsanglar, oldin erga beraman, — debdi u qizlariga.
To‘ng‘ich qizi shunday shopirar emish-ki, qoshiq osmonga yetkudek bo‘lib qolarkan. O‘rtancha qizi undan sal sekinroq shopiribdi. Kichik qizi bo‘lsa, “baribir opalarimni erga berib bo‘lgandan keyin mening navbatim keladi” deb o‘ylab, sekin-sekin aralashtirib o‘tiraveribdi.
Keyin otasi ozginadan uchala qizining ovqatidan ichib chiqibdi. Hammasinikidan eng kichik qizining ovqati yaxshi sovigan ekan. Shunday qilib, otasi kichik qizini erga bergan ekan.