Xalq tilidagi maqol va matallar, naql va rivoyatlar inson turmushining yanada go‘zal va sermazmun bo‘lishi uchun odamlarni ezgulik va yaxshilikka, ulkan bunyodkorliklarga undab, ilhomlantirib kelayotganligi bilan ham qadrlidir.
Alisher AYMATLIning yangi kitobida ham siz shoir qalbining tub-tubida yotgan hikmat javohirlari bilan tanishasiz. Bu nazmiy va nasriy ijod namunalari fikratingizga ozgina nur, chehrangizga nim tabassum hadya etadi, degan umiddamiz.