1. Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon" romanida Anvarning otasi ismi nima edi?
Javob: Salim bo'yoqchi.
2. Dunyodagi maydoniga ko'ra eng katta dengiz qaysi?
Javob: Filippin dengizi.
3. "Dovud" haykali muallifi kim?
Javob: Mikelanjelo.
4. Koinotga ko'tarilgan birinchi ayol kim?
Javob: Valentina Tereshkova.
5. Islom tarixidagi birinchi shahidlar kimlar edi?
Javob: Ammor r.a.ning onasi Sumayya r.a.
6. Qur'oni karimda nomi zikr qilingan yagona sahoba kim?
Javob: Zayd ibn Horisa r.a.
7. Dunyoning yetti mo'jizasini sanang.
Javob: 1. Misr ehromlari. 2. Bobil osma bog'lari. 3.Artemida ibodatxonasi. 4. Galikarnas dahmasi. 5. Zevs haykali. 6. Rodosdagi haykal. 7. Iskandariya minorasi.
8. Ma'lumki, quyosh tikkaga kelgan payt namoz o'qib bo'lmaydi. Ulamolarimiz buning sababini nimada deb aytishadi?
Javob: Quyosh tikkaga kelganda jahannam eshiklari ochiladi.
9. "Insonni qidiryapman!" deya kunduz kuni ham sham ko'tarib yurgan qadimgi yunon faylasufi kim edi?
Javob: Diogen.
10. Ayollarning eng baland ovozi nima deb ataladi?
Javob: Soprano.
11. Eng katta astroid qaysi?
Javob: Serera (Cerer).
12. Kemiruvchi chumoli?
Javob: Termit.
13. Everest cho'qqisiga birinchi bo'lib ko'tarilgan yangi zelaydiyalik alpinist?
Javob: Hillari.
14. Dunyoning yetti mo'jizasidan biri Zevs haykalini kim yasagan?
Javob: Fidiy (Fidias).
15. Buyuk Amir Temurning onasi ismi nima edi?
Javob: Takinaxotun.
16. Mashhur fransuz rassomi, "Qayerdanmiz? Kimmiz Qayoqqa ketayapmiz?" asari muallifi?
Javob: Gogen.
17. 1928 yili Toshkentda televizorni kashf qilgan olim kim?
Javob: Grabovskiy.
18. Moskva shahriga asos solgan knyaz kim edi?
Javob: Yuriy Dolgorukiy.
19. Eng birinchi diktorning (ayol kishi) ismi-familiyasi?
Javob: Ursula Patschke.
20. "Tavrot"va "Injil"da yozilishicha, Odam atoning Qobil ha Hobildan keyingi uchinchi o'g'li, 50 sahifali ilohiy oyatlar nozil qilingan, 912 yil yashagan payg'ambar kim?
Javob: Shis (Sif) payg'ambar.
21. Ma'lumki payg'ambarimiz hayot paytlarida hijriy yil hisobi yuritilmas edi. Savol: hijriy-qamariy yil hisobini kim joriy qilgan?
Javob: Umar ibn Hattob r.a.
22. Kosmonavtikaning asoschisi, kosmik kemalar ixtirochisi?
Javob: Siolkovskiy.
23. Ma'lumki Qu'oni karim o'zbek tiliga 5 marta tarjima qilingan. Kalomullohni o'zbekchga o'girgan 5 ta ulamoni sanang.
Javob: 1. Oltinxonto'ra Taroziy. 2. Domla Hindustoniy. 3. Shayx Alovuddin Mansur. 4. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. 5. Shayx AbdulAziz Mansur.
24. O'rgimchaklarni o'rganuvchi fan?
Javob: Araxnologiya.
25. "Isroil" so'zi kimdan va qayerdan kelib chiqqan?
Javob: Yahudiylarning tarixiy otasi Yoqub a.s.ning laqabi "Isroil" (Allohning quli) edi. Yoqub a.s.ning 12 o'g'lidan 12 yahudiy qabilalari tarqagan. Webmonster 5 ball;
26. 500 $, 1000$ va 5000$ lik pullar(bank notalari)da qaysi AQSh prezidentlarining rasmi bor?
Javob: 500$ da - Villiam MakKinli, 1000$ da - Grover Klivland, 5000$ da - Jeyms Medison.
27. Ma'lumki Islom kelgan payt Arab yarim orolida johiliyat avjiga chiqqan payt edi. Payg'ambarimiz ham dastlab da'vatni yashirin olib bordilar. Bu paytda Makkai mukarramadagi Ka'batulloh atrofi turli butlar bilan to'lgan edi. Mushriklar ana shu butlarga sig'inishardi. Bunday paytda Baytullohda Islom haqida so'z ochishning o'zi katta falokatga olib kelardi. Mana shunday paytda ham Baytullohda "La ilaha ilallohu, Muhammadur Rasululloh"ni oshkora aytgan sahoba kim edi?
Javob: Abu Zarr G'iforiy r.a.
28. Dunyodagi eng uzun ko'l qaysi?
Javob: Tangan'ika.
29. Eskimoslarning turar joyi nima deb ataladi?
Javob: Iglu.
30. Dunyodagi eng kichkina kitob kimga tegishli va uni kim yaratgan?
Javob: Anton Chexovning "Xameleon" kitobi bo'lib, uni Omsklik mikrominiaturachi Anatoliy Koenko yaratgan.
31. Dunyodagi eng tez ilon qaysi?
Javob: Qora mamba.
32. Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v.ning "Injil"dagi ismlari?
Javob: Forqilit (Fraklit).
33. O'zbekistonda 1997 yil qanday nom bilan atalgan edi?
Javob: Inson manfaatlari yili.
34. Dunyodagi eng balandda joylashgan ko'l?
Javob: Titikaka.
35. Edison kashf qilgan 3 ta ixtironi sanang.
Javob: Fonograf, kineskop, telegraf.
36. Don Kixotning sevgan yori? (Servantes)
Javob: Dyulsineya.
37. Margiloniy: Rasululloh umrlari bo'yi qilgan g'azotlarida faqat bir kishini o'z qo'llari bilan o'ldirganlar. O'sha kishi kim edi ?
Javob: Ubay ibn Xalaf
38. Behzodbek: "Gunohdan nafratlan, gunohkordan emas", iborasi kimga tegishli?
Javob: Lev Tolstoy
39. Behzodbek: Insonga "siyosiy hayvon" deya ta'rif bergan faylasuf kim?
Javob: Aristotel.
40. Jadid: Ham Jahon Chempioni, ham Yevropa, ham Osiyo chempioni bo`lgan dunyodagi yagona futbolchi kim?
Javob: Mirjalol Qosimov
41. Turkiston jadidlarining birinchi gazetasi qaysi?
Javob: "Taraqqiy".
42. O'zbek adabiyotidagi birinchi epopeya qaysi?
Javob: "Qullar".
43. Chingizxonning asl ismi nima edi?
Javob: Timuchin.
44. Qadimgi rimliklar nima uchun g'ozni muqaddas sanashgan?
Javob: Rimga forslar bostirib kirganda g'ozlar g'o-g'olab ularni ogoh qilgan va "Rimni qutqargan".
45.Chingiz Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" romanini o'zbekchaga kim tarjima qilgan?
Javob: Asil Rashidov.
46. Dunyodagi eng baland to'g'on qaysi? Uning balandligi qancha?
Javob: Rogun (Tojikiston), balandligi 335 metr.
47. Futbol bo'yicha ayollar o'rtasida birinchi jahon chempioni qaysi davlat? Finalda qaysi davlat bilan kuch sinashgn?
Javob: AQSh (1991-yil, Guanchjou, Xitoy). Finalda Norvegiyani 2-1 hisobida mag'lub etgan.
48. Shaxmat bo'yicha birinchi jahon chempioni kim? U qayerlik?
Javob: Adolf Anderssen 1859-1866 yillarda shaxmat bo'yicha jahon chempioni bo'lgan; germaniyalik.
49. Dunyodagi turistlar eng ko'p tashrif buyuradigan mamlakat qaysi? Yiliga qancha turist tashrif buyuradi?
Javob: Fransiya; yiliga 77,010,000 (2002) turist tashrif buyuradi.
50. Dunyodagi aholisi eng ko'p shahar qaysi? Uning aholisi qancha?
Javob: Tokio, Yaponiya; 26.4 million (2000).
51. Hozirgi kunda dunyodagi eng baland bino qaysi? Uning balandligi qancha, necha qavatdan iborat?
Javob: Taipei 101 (Taipei, Taiwan), 2003yili ishga tushirilgan, balandligi 508 metr, 106 qavat.
52. Dunyodagi eng uzun temiryo'l tunneli qaysi? Uning uzunligi qancha?
Javob: Seykan (Yaponiya); 54 metr.
53. Sobiq SSSR Kommunistik partiyasi liderlarini tartib bilan sanang.
Javob: 1. Vladimir Ilich Lenin (1917-22). 2. Jozef Stalin (1922-53). 3. Nikita Hrushchev (1953-64). 5. Leonid Brejnev (1964-82). 6. Yuriy Andropov (1982-84). 7. Konstantin Chernenko (1984-85). 8. Mikhail Gorbachev (1985-91)
54. Nyutonning boshiga olma tushib, butun dunyo tortishish qonunini yaratgani haqida birinchi marta hikoya yozgan fransuz yozuvchishi kim?
Javob: Volter.
55. Payg'ambar (s.a.v) Madinaga qilgan hijrat safarlarida Eron shohi Kisroning uzugini kimga va’da qilganlar?
Javob: Suroqa ibn Molik. Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v. ga Madina safarida yo'l ko'rsatgan Suroqa ibn Molikka Eron podshohi Kisroning bilaguzugi bir kun senga tegajak, olam ahli buyrug'ingga bo'ysungaylar, deya bashorat qiladilar. Hazrati Umar davrlarida butun Eron fath qilinadi. Shunda hz. Umar Kisroning bilaguzugini Suroqaga taqib qo'yadilar.
56. Dunyodagi eng yeb to’ymas mavjudot qaysi?
Javob: Ninachi. U 2 soat ichida 40 ta pashsha va mayda chivinlarni paqqos tushiradi.
57. “Umid qilamanki umidimiz tongi otajak, balo zindonlarining qora tuni yo’qolajak” satrlari kimga tegishli?
Javob: Nodirabegimga.
58. “Nomlar haqidagi fan” nima deb ataladi?
Javob: Onomastika
59. Yer kurrasida g’aroyib bir dengiz bor. Uning sohillari yoq. U qaysi dengiz va qayerda joylashgan?
Javob: Sargasso
60. V.F.Odoevskiyning “Rus she’riyatinig qoyoshi so’ndi” deb aytgan so’zlari kimga qaratilgan?
Javob: Pushkinga.
61. Dunyoda mavjud toshbaqaning eng yirigi qaysi?
Javob: Terili dengiz toshbaqasi. Uning og’irligi 544 kg, zirhining uzunligi 183 sm, panjalari uchlari o’rtasidagi kengligi 274 sm. U Yangi Zellandiya sohillarida, Atlantika, Tinch va Hind okeanlari kengliklarida uchraydi.
62. Quruqlikda yashaydigan eng kichik toshbaqa qaysi?
Javob: Madagaskarda yashaydigan o’rgimchak toshbaqa.
63. Yer yuzidagi eng katta timsoh qaysi?
Javob: Gvial. Uzunligi 7m dan oshadi.
64. 1999 yili "Oltin to'p" sohibi bo'lgan futbolchini aniqlang.
Javob: Rivaldo.
65. Germaniyaning "Bavariya" klubida o'ynayotgan gollandiyalik xujumchini aniqlang.
Javob: Roy Makaay.
66. 1994 yilgi Jahon chempionatida Rossiya-Kamerun o'yinida qanday natija qayd etilgan?
Javob: Rossiya 6:1 hisobida g'alaba qozongan.
67. Chexiya terma jamoasi xujumchisi Milan Barosh hozirda qaysi klub sharafini himoya qilmoqda?
Javob: "Aston Villa".
68. Kim Xitoy terma jamoasiga 2002 yilgi Jahon Chempionatida bosh murabbiylik qilgan?
Javob: Serbiyalik Bora Milutinovich.
69. Mahatma Gandining Hindiston ozodligi yo'lidagi kurashda qo'llagan mashhur g'oyaviy usuli qanday edi?
Javob: "Kuch ishlatmaslik - e'tiqodimning birinchi ustunidir!" ("Non-Violence Is the First Article of My Faith").
70. Inson baliqdan dunyoga kelgan degan evolyustsion nazariya asoschisi bo'lgan qadimgi yunon faylasufi kim?
Javob: Anaksimandr.
71. Handaq g'azoti musulmonlar uchun g'alaba bilan yakaunlanganini bilamiz. Ma'lumki arablarda shu paytgacha jangda handaq qazish usuli bo'lmgan. Savol: Handaq qazishni taklif qilgan sahoba kim?
Javob: Salmon Forsiy r.a.
72. Geografiya atamasini birinchi bo'lib qo'llagan qadimgi yunon mutafakkiiri kim?
Javob: Eratosfen.
73. AQSh tarixida muddati tugamay iste'fo bergan birinchi prezident kim?
Javob: Richard Nikson (1968-1974 yillar mobaynida prezidentlik qilgan).
74. 1865-1869 yillarda AQSh prezidenti bo'lgan Andryu Jonson siyosatga kirmasdan oldin qaysi kasb bilan shug'ullangan?
Javob: Tikuvchi bo'lgan.
75. Oq uyda birinchi bo'lib avtomobili bo'lgan prezident kim?
Javob: Teodor Ruzvelt.
76. Birinch bo`lib qo`l ushlashib ko`rishishni joriy qilgan AQSh prezidenti kim? Undan oldin erkaklar egilib ko`rishishar edi.
Javob: Tomas Jeferson.
77. Angliya terma jamoasi xujumchisi Maykl Ouen hozir qaysi klub libosida harakat qilmoqda?
Javob: Nyukasl.
78. Argentina tarixida eng qimmatli futbolchi Xavier Saviolaning ayni paytdagi klubini aniqlang.
Javob: Sevilla.
79. "Chelsi" (Angliya) xujumchisi Didie Drogba qaysi terma jamoa sharafini himoya qiladi?
Javob: Kot d'Ivuar
80. Angliyaning eng qari futbol jamoasini aniqlang.
Javob: Angliyaning eng qari jamoasi "Sheffild Yunayted". Bu jamoa nafaqat Angliyada, balki butun dunyoda eng qari hisoblanadi.
81. Argentinalik Ariel Orteganing muxlislar o'rtasidagi laqabi nima?
Javob: El Burrito.
82. Ma'lumki yahudiylardan juda ko'p payg'ambarlar chiqqan. Ular oxirgi payg'ambarning ham o'zlaridan chiqishini umid qilib yashardilar. Allohning taqdirida esa oxirgi payg'ambar arabdan chiqishi yozilgan edi. Savol: Arablardan chiqqan 5 payg'ambarni sanang.
Yordam: Ulardan birining o'zi va tili ibroniy bo'lsa-da, keyinchalik u arablardan xotin olib, arabchani to'liq o'zlashtirgani uchun o'zi va avlodlari "musta'riba" (asli arab bo'lmay, arablikni qabul qilgan) bo'lgan.
Javob: Hud a.s., Solih a.s., Ismoil a.s., Shuayb a.s., Muhammad s.a.v.
83. Arablarda insonni o'z nomi bilan emas, kunyasi bilan chaqirish odati bor. Masalan, Abu Abdulloh, Ibn Hakam, Ummu Gulsum va h. Mashhur sahobalardan Abu Hurayraning ma'nosi nima? Bunga qaysi voqea sabab bo'lgan?
Javob: Abu Hurayraning ma'nosi "Mushukchaning otasi" demakdir. Abu Hurayra mushuk boqardilar. Englariga mushukchalarini solib yurardilar. Shuning uchun ham Payg'ambarimiz s.a.v. ul zotni shunday ataganlar.
84. Shekspir yozgan 5 ta tragediyani sanang.
Javob: "Hamlet" ("Gamlet"), "Othello" ("Otello"), "King Lear" ("Qirol Lir"), "Macbeth" ("Makbet"), "Timon of Athens" ("Afinalik Timon").
85. Qaysi Angliya qirolichasi "Yevropaning momosi" ("Grandmother of Europe") nomi bilan mashhur bo'lgan va nima uchun?
Javob: Qirolicha Viktoriya. Uning bolalari va nevaralari boshqa Yevropa qirollari farzandlari bilan oila qurishgani uchun.
86. 2004 yil, Afinada o'tkazilgan yozgi olimpiada o'yinlarida yurtimiz sportchilari nechta medal bilan taqdirlandilar (nechta oltin, kumush, bronza)?
Javob: 5 ta: 2 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan umumiy hisobda 34-o'rin. Manba: Xalqaro Olimpia Qo'mitasi (International Olympic Committee (IOC).
87. Feruza: Gavay orollari AQSH tomonidan olinishidan oldin uning qirolichasi kim bo'lgan?
Javob: Qiqolicha Liliuokalani.
88. Mashhur italiyalik futbolchi Dino Badjoni butun dunyoda xushlashmaydi. Sababini bilasizmi?
Javob: Dino Badjo o'z singlisiga uylangan va shu tufayli uni butun dunyoda yoqtirishmaydi.
89. Gollandiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Edgar Davids asli qaysi davlatda tug'ilgan?
Javob: Surinam.
90. Ispaniyada "Valensiya" nomli futbol klubi bor. Osiyoning qaysi davlatida aynan shu nomdagi futbol jamoasi bor?
Javob: Maldiv orollari.
91. Jahon tarixida birinchi yollanib o'dirilgan prezident kim?
Javob: Avraam Linkoln (1861-1865 yillarda AQSh prezidenti bo'lgan).
92. Rim raqamidagi MMMCCLXXVIII sonini arab raqamiga o'giring.
Javob: 3278 (MMM-3000; CC-200; LXX-70; VIII-8;) Bekmirzo 5 ball;
93. Xiyonati, zino bilan qo'lga tushgani uchun o'z qizi Juliani surgun qilgan Rim imperatori kim edi?
Javob: Oktavian Avgust.
94. Qadimda Lyutetsiya deb nomlangan shahar qaysi?
Javob: Parij.
95. Qishda uyda nima yaxlaydiyu, ko’chada yoq?
Javob: Deraza.
96. Ikkita qo’y-biri boshi bilan shimolga, ikkinchisi esa janubga qarab turibdi. Ular boshini aylantirmasdan bir- birini ko’ra oladimi?
Javob: Ha, agar boshi bilan bir biriga qarab turgan bo’lsa.
97. Mixail Bullgakovning “Usta va Margarita” asaridagi mushukning nomi?
Javob: Begemot.
98. 1961 oldin, y’ani eramizning 40 yilida barpo etilgan Evropaning yirik shaharlaridan biri?
Javob: Bu London shahri, dastavval bu shahrning nomi Lodinium bo'lgan.
99. “Maysaraning ishi” operasini kim yaratgan?
Javob: Sergey Yudakov.
100. Shekspirning “Romeo va Julietta” asaridagi voqealar qaysi shaharda bo’lib o’tadi?
Javob: Verona.