OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

"Ziyouz viktorinasi"da berilgan savol-javoblar (1701-1800)

1701. Muhammad (SAW) Hadicha r.a ga  kimni sovchi qilib yuborgan? Va Hadicha binti Xuvaylid r.a  o’sha  paytda  nech yosh bo’lganlar?
Javob: Bu nikohni barpo bo’lishida birinchi bo’lib Hadicha r.a. dugonalari Nafisa ishtirok etgan va sababchi bo’lgan. Rasululloh sav Hadicha r.a. amakilari Abu Tolibni sovchilikka yuboradilar. U payt Hadicha r.a. 40yoshda bo’lganlar.

1702. Rasululloh sav qo’shnilarining aziyatlaridan uzoq bo’lish uchun Arqam r.a. uyiga Nubuvvatning nechanchi yili ko’chib o’tganlar?
Javob: Nubuvvatning 5-yili.

1703. "Ey Muhammad sav! Biz seni kimligingni, doimo rost so’zlashing, hech qachon yolg’oz gapirmasligingni bilamiz. Biz seni emas, balki sen keltirgan dinni yolg’oz deb hisoblaymiz..." Bu soz’larni Rasulullohga sav Allohning g’azabiga uchragan qaysi shaxs aytgan?
Javob: Abu Jahl

1704. Rasulullohga sav juda ko’p ozor bergan qo’shnilaridan qaysi biri keyinchalik Islomni qabul qilgan?
Javob: Hakam ibn Abul Os.

1705. Rasululloh sav oshkor da’vat boshlaganlari keyin, har xil bozorlarda, odam gavjum joylarda buni amalga oshirishni boshlaganlar. Shunda u zotni orqalaridan yurib:"Unga quloq solmanglar, u ota-bobolarining yolidan voz kechgan, yolg’onchi der edi. Bu badbaxt kishi kim?
Javob: Abu Lahab

1706. Rasululloh sav nubuvvatning 4-yili oshkor da’vatni boshlaganlaridan keyin, quraysh xalqi haj mavsumi kelyotganidan tashvishga tushadilar. Hajga keluvchilarni Islom da’vatiga quloq solishdan to’sish uchun "Dorun-Nadva" maslahatchilari u zot to’g’risida bir bo’xton so’zni tarqatishga kelishib oladilar. U so’z qaysi edi?
Javob: Ular u Zotni sehrgar, deb gap tarqatamiz, deb kelishib olishgan.

1707. Rasululloh SAVni boshqa payg’ambarlardan ustun qilgan uchta jihat bor. Bular qaysilar?
Javob: 1. Eng oxirgi payg’ambar bo’lganliklari.
2. Jinlarga ham payg’ambar bo’lganliklari.
3. Shariat va keltirgan yo’lllarining dunyoning so’nggiga qadar davom etmog’i.

1708. Paygambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam aytgan Alloh taolo Arshning soyasida soyalantiradigan 7 toifa kimlar?
Javob: 1. Odil boshliqni;(podsho).
2. Yoshlikdan Allohning ibodati bilan o’tgan kishini;
3. Yolg’iz holida Allohni eslab ko’z yosh to’kkan kishini;
4. Qalbi doim masjid bilan bog’langan kishini;
5. O’ng qo’li bilan bergan sadaqani chap qo’li bilmagan (ya’ni, maxfiy sadaqa qilgan) kishini;
6. Alloh yo’lida do’stlashgan ikki kishini;
7. Chiroyli ayol fahshga chorlaganda Alloh taolodan qo’rqaman, deb bosh tortgan kishini.

1709. Otasi, bobosi va katta bososi payg’ambar bo’lgan poayg’ambar kim?
Javob: Ibrohim A.S-Ismoil A.S-Ishoq A.S-Yaqub A.S-Yusuf A.S

1710. Hazrati Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu qancha vaqt halifalik qilganlar?
Javob: 2 yil 3 oyu 8 kun.

1711. Hazrati Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu hijratning nechanchi yili vafot etganlar?
Javob: Hijratning 12 yili Yamanda vafot etganlar.

1712. Hazrati Umar roziyallohu anhu hijratning nechanchi yili vafot etganlar?
Javob: Hijratning 23 yilida shahid bolganlar.

1713. Hazrati Usmon roziyallohu anhu hijratning nechanchi yili vafot etganlar?
Javob: Hijratning 35 yili shahid bolganlar.

1714. Hazrat Ali karamullohu vajhahu qancha vaqt halifalik qilganlar?
Javob: 5 yil halifa bolganlar.

1715. Ali karamullohu vajhahuning ikki tigli, yani ayri qilichlari islom tarixida qanday nom olgan?
Javob: Zulfiqor

1716. O’z ichida  eng ibratli qissalardan uchtasini  jamlagan Qur’oni karimdagi sura qaysi? Bu sura mushrikalrni payg’ambarimizni tang holga solish uchun topgan savollariga javob o’laroq nozil bo’lgan. Va bu sura nubuvvatning nechanchi yili nozil bo’lgan.
Javob: Kahf surasi, bu sura ham Makkiy suralardan va 110 oyatdan iborat. Ashobul-Kahf qissasi, Muso bilan Xizr (a.s.)larning ibratli qissalari va Zulqarnayn qissalari ham o’z ifodasini topgan. 

1717. Islom tarixidagi birinchi shahidlikka erishga Sumayya r.a. kim o’ldirgan?
Javob: Abu Jahl

1718. Habashistonga qilingan birinchi hijratda nechta sahobiy, nechta ayol va nechta erkak ishtirok etgan?
Javob: 12 ta erkak va 4 ta ayol hijrat qilishgan. Ularga Usmon r.a. rais bo’lganlar. Manba: "Ar-Rahiyqul maxtum", Ibn Qayyim Javziya, "Zodul ma’od", "Rahmatun lil-olamiyn" 1-kitob.

1719. Mushriklarning rahbarlari Abu tolibni oldiga kelib:"Ey Abu Tolib! Yo Muhammadning faoliyatini to’xtatasan yoki uni bizga topshirasan", deb tahdid solishgan. Bu voqea Makka davrining, ya’ni nubuvvatning nechanchi yili sodir bo’lgan?
Javob: Bu voqea nubuvvatning 6-yili bo’lgan.

1720. Rasululloh sav oldilariga bir mushrik kelib:"Men Qur’oningga ham, Jaroil farishtangga ham ishonmayman", deb U muborak Zotga qo’l ko’taradi. Ko’ylaklarini yirtadi va yuzlariga tupuradi. Lekin tupuk u Zotning muborak yulariga tegmaydi. Shunda Rasululloh sav:"Ey Alloh! Uning ustiga itlaringdan birini yuborgin", deb uni duoyibad qiladilar. O’sha mal’un kim edi? Va u qanday o’lim topgan?
Javob: Bi mal’un Utayba ibn Abu Lahab. Bu duoyibaddan keyin bu inson bir guruh qurayshlar bilan Shom safariga boradi. U yerda "Zarqo" degan joyga qo’nadi. O’sha kecha ularning atrofida sher aylanib yuradi. Buni ko’rgan Utayba:"Allohga qasamki,Muhammad meni duoyibad qilgandi,shuning uchun shu sher meni yeydi. Men Shomda bo’lsam ham, Muhammad Makkada turib meni o’ldirdi-ya", dedyi....Ertalabga yaqin sher odamlar orasidan aynan unga tashlanib boshini g’ajib tashlaydi.

1721. Vafot etganda Rahmonning Arshi titragan sahobiy kim?
Javob: Sa’d ibn Muoz. r.a.

1722. Shahid bo’lgandang so’ng farishtalar yuvgan sahobiy kim?
Javob: Hanzala r.a.

1723. Payg’ambarimiz SAV qaysi sahobalarning orqasida namoz o’qiganlar?
Javob: Abu-Bakr Siddiq. Yana Abdurahmon ibn Avf r.a.ning ham orqalarida namoz o’qigan ekanlar.

1724. Sahobalar bir-birlari bilan ko’rishganlarida va hayrlashayotganlarida qaysi surani o’qirdilar? Yordam: Imom Shofeiy bu sura haqida shunday degandilar: "Insonlarga dunyo va oxirat baxti uchun faqatgina ... surasi nozil etilganida ham yetardi."
Javob: Asr surasi.

1725. Qubo masjidining Qur’ondagi nomi nima? Qaysi surada bu haqda bahs etiladi?
Javob: Munofiqlardan on ikki kishi Abu Omir degan bir kofir kimsaning buyrugi bilan mominlar orasini buzish niyatida masjid quradilar va musulmonlarga qarshi urushish uchun boshqa davlatlardan lashkar olib kelishga ketgan Abu Omirning yoliga koz tutadilar. Ularning bu maqsadlari musulmonlarga malum bolib qolganidan keyin esa oz qilmishlaridan tonib, qasam ichadilar. Quyidagi oyatda Alloh paygambariga bunday amr qiladi: 108. (Ey Muhammad), hech qachon u masjidda namozga turmang! Birinchi kundan taqvo asosiga qurilgan masjid borki, siz oshanda turishingiz loyiqroq. Unda poklikni sevadigan kishilar bordir. Alloh esa ozlarini mudom pok tutguvchi zotlarni sevar.
Taqvo asosiga qurilgan masjiddan murod Qubo masjidi ekan. Bu masjidni shuning uchun taqvo masjidi deyilar ekan.

1726. Rasululloh SAV qaysi sahobiyga sir sifatida baz’i kimlarning munofiq ekanini bildirganlar?
Javob: Huzayfa ibn Yamoniy

1727. Payg’amabarimiz salollohu alayhi vasallam tomonlaridan bizlarga qoldirilgan ikki omonat nima?
Javob: Qur’on va sunnat.

1728. Yo hayot yo mamot, yo sharafli o’lim. Ushbu gapni qaysi tariqat asoschisi janga kirish oldidan aytgan?
Javob: Najmiddin Kubro, mo’g’ullarga qarshi jang oldidan.

1729. Makkadan Madinaga eng birinchi hijrat qilgan sahobiy kim?
Javob: Abu Salama ibn Abdulasad r.a.

1730. Qaysi tariqat asoschisi 63 yoshga to’lganda payg’ambar yoshiga yetdim, endi menga yashash gunoh deb er tagiga ya’ni g’orga kirib ketgan va aytishlaricha er tagida ham 30 yildan ortiq yashagan?
Javob: Ahmad Yassaviy

1731. Hazrati Hamza bilan Hazrati Umar r.a.lar nubuvvatning nechanchi yili, qaysi oyda Islomni qabul qilishgan? Va ularning Islomni qabul qilishlari orasida qancha vaqt o’tgan?
Javob: Bu ikki ulug’ sahobiy Nubuvvatning oltinchi yili, Zulhijja oyida Islomni qabul qilganlar. Va ularning Islomga kirishlari orasida uch kun vaqt o’tgan.

1732. Rasululloh sav arablar ichida yelkasi yerga tegmagan tengi yo’q pahlavonni ketma-ket uch marta yengganlar. Bu pahlavonni ismi nima edi?
Javob: Rukona ibn Abu Yazid.

1733. Rasululloh sav,ning himoyalari uchun Abu Tolib Bani Hoshim va Bani Mutallib urug’larini yig’ib jiyanlari Muhammad sav himoya qilishga chaqirganida, ularni orasidagi mushriki ham, musulmoni ham jonu dillari bilan rozi bo’lishadi. Faqat bir kishi rozi bo’lmay Quraysh tomonga o’tib ketadi. Bu kim?
Javob: Abu Lahab.

1734. Musulmonlarning Habashistonga ikkinchi hijratlari nubuvvatning nechanchi yili bo’lgan?
Javob: 7-yili.

1735. Habashistonga qilingan ikkinchi hijratda necha sahobiylar ishtirok etgan?
Javob: 83 ta erkak va 18 ta ayol sahbiylar ishtirok etishgan. Jami 101 ta sahobiy. Manba: "Ar-rahiyqul maxtum’, "Nurul yaqin", "Nurul basar".

1736. Habashistonga ikkinchi marta hijrat qilgan musulmonlarni orqaga qaytarib olib kelish uchun qurayshiylar sovg’a salomlar bilan ikki kishini Najoshiy huzuriga jo’natishadi. Bu ikki kishi kim edi?
Javob: Abdulloh ibn Robi’a va Amr ibn Os.

1737. "Shaqqul qamar", ya’ni oy bo’linishi hodisasi nubuvvatning nechanchi yili bo’lgan?
Javob: 8-yili.

1738. Bizga ma’lumki, Rasululloh savga va sahobiylarga ozor berish uchun ularni mushriklar uch yil qamal qilishgan. Amakilari Abu Tolib shu qamaldan qutulganlaridan keyin qancha vaqt o’tib vafot etgan?
Javob: Olti oy o’tgandan keyin.

1739. Hazrati Hadicha r.a. bu qamaldan qutlganlaridan keyin qancha vaqt o’tib vafot etganlar?
Javob: Hazrati Hadicha r.a. uch yillik qamal tugagandan so’ng, 8 oy o’tib vafot etganlar.

1740. Rasululloh sav Hazrati Hadicha r.a. vafotlaridan so’ng qancha vaqt o’tiganidan keyin, nubuvvatning nechanchi yili, qaysi oyida va kimga uylanganlar?
Javob: 1 oydan keyin, Nubuvvatning 10-yili, Shavvol oyida, Savda binti Zam’aga r.a. uylanganlar.

1741. Do’zah necha qavatdan va har bir qavatning nomlari?
Javob: Hoviya, Jahm, Saqar, Lazo, Xutama, Sair, Jahannam

1742. Jannat nechta va ularning nomlari?
Javob: 8 ta: Dorus - salom, Dorul - xuld, Jannat un -na’im, Jannat ul - a’din, Jannat ul - ma’vo, Jannat - Dorul Jalol, Jannat ul - Firdavs, Bog’i Eram.

1743. "Marakana" stadionida to’p surgan birinchi o’zbek futbolchisi kim?
Javob: Birodar Abduraimov

1744. Ashobi kirom orasida fiqhdagi ilm va darajalari bilan shuhrat topgan yetti sahobiy kim edi?
Javob: Hazrati Umar raziyallohu anhu, Ali raziyallohu anhu, Ibn Mas’ud raziyallohu anhu, Hazrati Oyisha raziyallohu anho, Zayd ibn Sobit raziyallohu anhu, Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu, Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu.

1745. U avvaliga Rasululloh SAV haqida hajviyalar yozdi. Keyin pushaymon bo’lib, Madinaga avf umidida keldi. Rasululloh s.a.v. huzurida musulmonlikni qabul etdi va Payg’ambar alayhissalomga atalgan mashhur "Burda" qasidasini o’qidi. Rasululloh s.a.v. mamnun bo’lib, egnilaridagi hirqani unga kiydirdilar. Bu mashhur shoir sahobiy kim?
Javob:  Shoir Kab ibn Zuhayr

1746. U hasta onasining yonidan jilmagani sababli Payg’ambar alayhissalom bilan ko’risha olmadi. Shunday bo’lsa-da, Rasululloh SAV unga o’z hirqai saodatlarini vasiyat etdilar. Keyinroq hazrati Umar va hazrati Ali r.a. bu vasiyatni amalga oshirdilar. Hayotini zuhd va ibodat bilan o’tkazgan bu muborak zot kim?
Javob: Uvays  Al Qaroniy

1747. Katta Badr g’azotida jang boshlanishida yakkama-yakka olishuvga mushriklardan Utba ibn Robia,  Shayba hamda ogli Validlar maydonga chiqishadi. Mahammad (SAV) ularga qarshi kimlarni maydonga chiqaradila?
Javob: Bu sahobiylar: Ubayda, Hamza va Ali rodiyallohu anhumlar edi

1748. Ahli bayt deb kimlarga aytiladi?
Javob: Payg’ambarimiz SAVning oila a’zolariga nisbatan aytiladi.

1749. Muallafai qulub deb kimlarga aytiladi?
Javob: Musulmon bo’lmasdan, qalblari islomga moil kimsalarga aytiladi.

1750. Fosiq deb kimga aytiladi?
Javob: Kabira gunohni qilgan va sag’ira gunohlarni qilishda davom etayotgan kishiga.

1751. Karomat nima?
Javob: Alloh taoloning payg’ambaralardan boshqa valiy qullariga bergan marhamati, ularning qo’llari bilan amalga oshirilgan ishlar.

1752. Dunyoda xalqi musulmon bo’lgan nechta davlat bor? Dunyodagi musulmonlarning soni qancha?
Javob: 46 ta davlat bor. Musulmonlar soni 1,5 milliarddan ortiqdir.

1753. Zakot nima?
Javob: Boy bo’lgan musulmonning har yil o’z molidan 40/1 ini musuulmon yo’qsillarga berishi.

1754. Zakot qachon farz bo’ldi? Zakot kimlarga berilmaydi?
Javob: Hijratning ikkijnchi yili (ro’zadan so’ng) farz qilindi. Zakot, ota, ona, bobo, buvilarga; o’g’il, qiz va nevaralarga, er va xotinga; zakot berishi shart bo’lgan kimsalarga, musulmon bo’lmagan faqirlarga, masjid, madrasa va shunga o’xsahagan inshootlar qurdirish va ta’mirtlash uchun zakot berilmaydi.

1755. Necha gram oltin va kumushga zakot beriladi?
Javob: 80,18 gram oltinga va 661 gram kumushga zakot beriladi.

1756. Dinimizga ko’ra musofir deb kimga aytiladi va musofirlikda farz namozlari qanday o’qiladi?
Javob: 15 kundan kop’roq kunga niyat qilib 90 kmdan ortiq joyga ketgan kishiga musofir deyiladi. Musofirlikda 4 rakaatlik farz namozlari ikki rakaat o’qiladi.

1757. Qazo namozlari nima? Qaysi vaqtda qazo namozlari o’qilmaydi?
Javob: Vatida o’qilmagan besh vaqt namozni boshqa paytda o’qimoq. Qusyosh chiqishi, quyosh tikkaga kelishi, quyosh botishi paytida qazo namoz o’qilmaydi.

1758. Janoza namozi kimlarga o’qilmaydi?
Javob: Chala va o’lik tug’ilgan chaqaloqlarga, bilib turib ota va onasini o’ldirgan qotillarga, qaroqchilarga, Allohga, Hazrati Payg’ambar SAVga, Qur’onga, Islomga qarshi chiqqanlarga janoza nakozi o’qilmaydi.

1759. Tavakkul nima degani?
Javob: Bir ishni qilish uchun kerak bo’lgan moddiy va ma’naviy vasilalarning hammasini Allohga ishonib, unga topshirishdir.

1760. Qarzi hasana nima?
Javob: Alloh rizosi uchun qarz berish.

1761. Ma’lum vaqt ichida sunnati ham qazo bo’ladigan namoz qaysi?
Javob: Bomdod namozi kun chiqishi bilan sunnati bilan birgalikda qazo bo’ladi.

1762. Makka bilan Madina o’rtasidagi vodiyga nima deyiladi? Yasrib qaysi shaharning eski nomidir?
Javob: Makka bilan Madina o’rtasidagi vodiyga Hijoz deyiladi. Yasrib Madinaning avvalgi nomidir.

1763. Tayyamum nima va u qachon buziladi?
Javob: Suv topilmagan paytda tahorat va g’usl uchun payg’ambara alayhissalom o’rgatgan tarzda tuproq bilan mash qilish tayammum deyiladi. Tayammum tahorat buzilganda, suv topilganda buziladi.

1764. Rasuluoh SAV va u zotning do’stlari Makkada kimning uyida yashirincha to’planardilar?
Javob: Arqam r.a.ning uyida.

1765. Qur’oni karim qaysi halifa davrida Mushaf holida to’plandi va qaysi halifa davrida ko’paytirilib taqatildi?
Javob: Hazrati Abu Bakr zamonida Mushaf holida to’plandi va hazrati Usmon davrida ko’paytirilib taqatildi.

1766. Hijriy birinchi yil melodiydagi qaysi yilga to’g’ri keladi? Hijriy yil qaysi oydan boshlanadai va u necha kun?
Javob: Hijriy birinchi yil milodiy yil hisobida 622 yilga to’g’ri keladi. Hijriy yil Muharram oyidan boshlanadi, 354 kun.

1767. Amali solih nima degani?
Javob: Allohning rizosi uchun qilingan hayrli amal, gunohlardan uzoq bo’lgan ish.

1768. Jihod nima?
Javob: Musulmonlarning holati va imkoniyatiga ko’ra, Alloh yo’lida joni, moli, ilmi va kalomi bilan qilinadigan g’ayrat.

1769. Makkadagi o’rtasida Ka’bai muazzama joylashgan jome’ qaysi? Madinadagi rasulullohning qabri saodati joylashgan jomei sharifning nomi nima?
Javob: Makkadagi Masjidul Haramdir, Harami Sharif ham deyiladi. Madinadagi Masjidunn nabiydir. Harami Sharif va Masjidi Saodat ham deyiladi.

1770. Payga’mbar SAV ilk bino etgan masjid qaysi?
Javob: Qubo masjidi.

1771. Farishtalarning Allohga eng yaqin va buyuklari qaysilar?
Javob: Jabroil alayhissalom, Azroil alayhissalom, Mikoil alayhissalom, Isrofil alayhissalom.

1772. Kiromin kotibin, Munkar va Nakir farishtalarining maqomi nima?
Javob: Kiromin kotibin farishtalari insonlarning savob va gunohlarini yozadilar. Munkar va Nakir qabrda savol-javob qiladigan farishtalardir.

1773. Munofiq deb kimga aytiladi? Munofiqning alomatlari qaysi?
Javob: Musulmon ko’ringani holda kufrini va dushmanligini yashirgan kimsaga munofiq deyiladi. Alomatlari: so’zlasa yolg’on so’zlaydi, va’dasida turmaydi, omonatga xiyonat qiladi.

1774. Madinada munofiqlarning boshlig’i kim edi?
Javob: Madina munofiqlarining boshlig’i Abdulloh ibn Ubay ibn Salul edi.

1775. Islom va shariat nima degani? 
Javob: Islom Allohning hukmiga va irodasiga taslim bo’lish degani. Shariat Haq yo’lidir, Islom nizomidir. Islom dinining bir-biridan ayrilmas qonunlari va prinsiplari shariat deyiladi.

1776. Payg’ambarimiz SAV madinaga hijrat qilganlarida kimning uyiga tushdilar va u yerda qancha qoldilar?
Javob: Abu Ayyub Ansoriyning uyida 7 oyga yaqin qoldilar.

1777. Rasululloh SAVga payg’ambarlik kelganining o’ninchi yili nima uchun huzun yili deb ataladi?
Javob: Chunki bu yili payg’ambarimiz SAVni himoya qilgan amakilari Abu Tolib vafot etdi. Uch kundan so’ng esa hazrati Hadicha oxirat diyoriga rixlat qildilar. Ikkalarining vafoti payg’ambarimiz SAVni qayg’uga soldi. Shuning uchun bu yil huzun (qayg’u) yili deb ataldi.

1778. Fiqh nima degani?
Javob: Islom dini hukmlarini dalillar bilan o’rganadigan ilmdir.

1779. Ka’ba atrofida yetti marta aylanib, ibodat qilishga nima deyiladi?
Javob: Tavof.

1780. Matof va Maso deb nimaga aytiladi?
Javob: Matof: tavof etiladigan yer. Maso: Safo bilan Marva orasidagi say etiladigan yer.

1781. Istilom nima degani?
Javob: Hajarul Asvadga har kelishda qo’lni quloq barobarida ko’tarib, Allohu akbar deya salom berish.

1782. Tilovat sajdasi qachon va qanday qilinadi?
Javob: Sajda o’yati o’qilganida yoki eshitilganida tilovat sajdasi qilinadi. Turib, takbir aytilib, sajdaga ketiladi, sajdada 3 marta subhana robbiyal a’lo deyilganidan so’ng, yana Allohu akbar deyilib, turiladi.

1783. Bir musulmon boshqa bir musulmonning vafotini bilgan zamon nima deyishi kerak?
Javob: Inna lillahi va inna ilayhi rojiuun. (Albatta, biz Allohnikimiz va unga qaytajakmiz)

1784. Musulmonning boshqa bir musulmondagi 5 ta haqi qaysilar?
Javob: 1. Salomga alik olish. 2. Bemor bo’lsa, ziyoratiga borish. 3. Aksirsa, yarhamukalloh deyish. 4. Shar’iy bo’lgan da’vatiga quloq solish. 5. Vafot etganda janozasida qatnashish.

1785. Aksirgan musulmon "Alhamdulillah" deyishi kerak. Yonidagi kimsa, bunga qanday javob beradi?
Javob: Yarhamukalloh (Alloh senga rahmati bilan muomala qilsin).

1786. Hazrati Odam va Hazrati Havvo jannatdan haydalganlaridan so’ng Yer yuzida uchrashgan joylari qayer?
Javob: Arafotdagi Rahmat tog’i.

1787. Yoqub alayhissalomning laqabi nima edi? Payg’ambarlarga qarshi eng katta zulmni qaysi qavm qilgan edi?
Javob: Yoqub alayhissalomning laqabi Isroil edi. Shu tufayli uz otning avlodlari "Bani Isroil" (Isroil o’g’illari) deyildi. payg’ambarlarga qarshi eng katta zulmni shu qavm qilgan edilar.

1788. Hud payg’ambar qaysi qavmga yuborilgan va janobi Haq bu qavmni qanday jazolagan?
Javob: Hud alayhissalom Od qavmiga yuborilgan. Bu qavm shunday jazolangan: Avval qora bulut ko’rindi, so’ngra shiddatli bo’ron bo’ldi. Daraxtlarni ildizidan qo’porib, devorlarni yiqitib, qumlarni havoda uchirib, kofirlarni ko’ziga qum kirib ko’r qilib, hammasini yo’q qilgan edi. Ular qurgan ustunlar Irem shahrida bir tush bo’lib yo’q bo’ldi. 

1789. Rasululloh s.a.v. Ka’b ibn Zuhayr r.a. ga sovg’a qilgan hirqa hozirda qayerda saqlanadi?
Javob: Istambulning To’pqopi saroyida muhofaza qilinadi.

1790. Rasulluoh SAV Uvays al-Qaroniyga hadiya etgan hirqai saodat hozirda qayerda saqlanadi?
Javob: Istambuldagi Hirqai sharif jomesida.

1791. Musulmonnning boshqa musulmon oldida 5 ta haqi bor. Shular qaysilar?
Javob: 1. Salomga alik olish. 2. Bemor bo’lsa, ziyoratiga borish. 3. Aksirsa, yarhamukalloh deyish. 4. Shar’iy bo’lgan da’vatiga quloq solish. 5. Vafot etganda janozasida qatnashish.

1792. Qaysi payg’ambar payg’ambar bo’lmasidan avval Shuayb alayhissalomning qizlariga uylangan?
Javob: Muso a.s.

1793. Nuh alayhissalomning iymon keltirib, kemasiga mingan o’g’illarining ismlari nima?
Javob: Som, Xom, Yofas.

1794. Samud qavmini qaysi payg’ambar hidoyatga chaqirgan. Bu qavmning oqibati nima bo’lgan?
Javob: Solih alayhissalom Samud qavmiga yuborilgan edi. Shahar xalqi mudhish bir sayha (ovoz) bilan sarosimaga tushdi. Qo’rquv va dahshat ichida hammalari o’ldilar. Faqatgina ularning tog’larni o’yib ishlagan uylari qoldi, xolos.

1795. Madyan va Ayka xalqiga qaysi payg’ambar jo’natildi? Bu qavmning oxiri nima bo’ldi?
Javob: Shuayba alayhissalom yuborildi. Havoning issiqligidan nafas ololmay qoldilar. So’ngra quyoshga parda bo’lgan bir tuman ko’rindi, orqasidan qo’rqinchli zilzila bo’ldi. Binolari boshqalriga yiqildi. Yiqilgan joylarida hammalari o’ldilar. Ayka ahlining ustiga esa bu qora tumandan chaqmoqlar chaqdi va ular yonib kul bo’lib ketdilar.

1796. Shis alayhissalomdan so’ng u zotga payg’ambarlik keldi. Ilm marta kalom bilan maktub yozgan va kiyim tikkan shu zotdir. So’nggida Janobi Haq tomonidan osmonda qoldirilgan bu payga’mbar kim?
Javob: Idris alayhissalom.

1797. Islom odatiga ko’ra chaqaloq tug’ilganida nima ish qilinadi?
Javob: Chaqaloqning o’ng qulog’iga azon va chap qulog’iga qomat aytiladi va duo qilinadi.

1798. Sadaqai Fitr nima?
Javob: Musulmonlarning o’zlari, bolalari va xizmatchilari uchun yo’qsillarga yordam qilish maqsadida, ramazon hayitidan avval beradigan sadaqadir. 

1799. Qurbonlik qachon va qanday qilinadi?
Javob: Qurbonlikni so’yish Qurbon hayiti namozidan so’ng boshlanib, hayitning uchinchi kuni quyosh botishiga qadar davom etadi (Shofeiy mazhabiga ko’ra, 4-kuni ham so’yilsa bo’ladi). Qurbonlik qibla tomonga yotkilzilib, niyat qilinadi, takbir aytiladi va "Bismillahi. Allohu akbar" deb so’yiladi. Qasddan "bismillah"ni tark etilsa, bu qurbonlik go’shti yeyilmaydi.

1800. Bid’at nima? U necha xil bo’ladi?
Javob: Payg’ambarimizdan so’ng qo’llanilgan odat bo’lib, yaxshi va yomon bid’at bo’ladi.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.