201. “Toshkent kurant soati” nechanchi yilda qurilgan?
Javob: Toshkent kurant soati 1947 yili qurilgan.
202. Ucha olmaydigan qush qaysi?
Javob: Pingvin.
203. Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v.ning nechta o‘g‘illari bor? Ularni sanang.
Javob: 3 ta. Ibrohim, Qosim, Abdulloh.
204. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining birinchi prezidenti kim?
Javob: T.N. Qori-Niyoziy.
205. Dunyoda eng ko‘p gaplashiladigan 5 ta tilni tartib (unda gaplashuvchilar soni bo‘yicha) bilan yozing.
Javob: 1. Xitoy tili - 1,212,560,000; 2. Arab tili - 422,039,637; 3. Hind tili - 366,000,000; 4. Ingliz tili - 341,000,000; 5. Ispan tili - 322,200,000. Manba: Summer Institute of Linguistics.
206. Dunyoda maydoni bo‘yicha Sahroi kabirdan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi cho‘l qaysi?
Javob: Gobi.
207. Dunyoda kattaligi jihatdan Kaspiy dengizidan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi ko‘l qaysi?
Javob: Yuqori ko‘l.
208. Saturn sayyorasining eng katta yo‘ldoshi qaysi? Uning diametri qancha?
Javob: Titan. 5150 km.
209. AQShdagi eng katta kutubxona qaysi?
Javob: Kongress kutubxonasi.
210. Alisher Navoiyning so‘nggi asari qaysi?
Javob: Mahbubul-qulub.
211. Mahmudho‘ja Behbudiy qaysi shaharda tug‘ilgan?
Javob: Samarqand.
212. Mavlono Lutfiy Navoiyning qaysi g‘azali uchun butun umrlik ijodini almashmoqchi bo‘lgan?
Javob: "Orazin yopqoch ko‘zimdin...".
213. "O‘tkan kunlar"da Usta Olimning qaynisi, Saodatning ukasi ismi nima edi?
Javob: Sayfi.
214. Bobur necha yoshida taxtga o‘tirgan?
Javob: 12 yoshida.
215. Yangi ixtirolar odatda patentlashtiriladi. Bizning kundalik hayotimizda asosiy aloqa vositasiga aylangan Telefon patenti uchun 1876-yilda 2 amerikalik ixtirochi bir-biriga nisbatan 2 soatlik oraliqda ariza topshirishadi. Patent kimga va Telefon apparatiga qanaqa nomer berilgan?
Javob: 1876-yilning 7-mart kuni amerikalik Alexander Graham Bell telefon kashfiyotini patent ofisiga jo‘natadi. 10-mart kuni esa sinab ko‘radi. Belldan ikki soat keyin Elisha Gray ham tekefonga patent uchun ariza topshiradi. Telefon 174465 raqamli patent bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
216. Dunyodagi eng qimmat 3 ta rasmni (kartina) tartib bo‘yicha sanang!
Javob: 1. Pikasso "Trubkali bola" - 102.2 mln $. 2. Vinsent van Gog "Doktor Gashe portreti" - 82.5 mln $. 3. Renuar "Mulen de la Gallet" - 78.1 mln $.
217. Amerikalik yozuvchi Mark Tvenning asl ismi nima?
Javob: Samuel Klemens.
218. "Time" jurnali tomonidan "yil odami"ni qo‘lga kiritgan birinchi amerikalik qora tanli kim?
Javob: Martin Lyuter King (1929-1968).
219. "Little Magician" va "Red Fox of Kinderhook" nomi bilan mashhur bo‘lgan AQSh prezidenti kim?
Javob: Martin Van Buren, 1837-1841 yillarda AQSh prezidenti bo‘lgan.
220. Pokiston davlatining tashilotchisi va birinchi lideri kim?
Javob: Muhammad Ali Jinnah (1876-1948).
221. Birinchi qishki olimpiada o‘yinlari qachon va qayerda o‘tkazilgan?
Javob: 1924 yilda Fransiyaning Chamonix sharida o‘tkazilgan.
222. Mashhur irland millatparvari va shoirasi Speranza qaysi masshur shoirning onasi edi?
Javob: Oskar Uayld (1854-1900).
223. Fransiyaning eng birinchi prezidenti va ayni paytda 3-imperatori bo‘lgan shaxs kim?
Javob: Napoleon III.
224. Chingiz Aytmatovning qaysi asari qahramoni Ona Yer bilan suhbatlashadi?
Javob: "Somon yo‘li".
225. “Jamila” qissasida Jamilaning sevgan yori? (Ch. Aytmatov)
Javob: Doniyor.
226. “Ali bobo va 40 qaroqchi” ertagini tarjima qilgan adib?
Javob: Abdulla Qahhor.
227. O‘zbek adabiyotidagi birinchi “roman” deb atalgan, ammo roman nuqtai nazariga to‘g‘ri kelmaydigan asar qaysi edi?
Javob: "Zaharli hayot", Hamza Hakimzoda Niyoziy.
228. Adib Ahmad Yugnakiyning “Hibatul-haqoyiq” (“Haqiqat sovg‘alari”) asari kimga bag‘ishlanadi?
Javob: Farg‘ona hokimi Dod Sipohsolorbekka.
229. Gitler bilan Napoleon Bonapart o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?
Javob: Ularning dunyoga kelishi vaqti orasi 100 yil va ikkalasi ham dunyoni bosib olishni havas qilgan.
230. Dunyo joylashishiga qarab oldin ikki hil nazaryaga bo‘lingan. Ular qaysilar?
Javob: 1. Yer - olam markazi. 2. Quyosh - olam markazi.
231. "Il milione" nomi bilan mashhur sayyoh kim?
Javob: Marko Polo. 1254-1324.
232. Nobel mukofotini olgan birinchi ayol kim?
Javob: Mariya Kyuri. 1867-1934.
233. Qaysi buyuk mumtoz bastakor umuman uylanmagan?
Javob: Lyudvig van Betxoven.
234. Adabiyot yo‘nalishida Nobel mukofoti sohibi bo‘lgan rus yozuvchilarini sanang.
Javob: Ivan Alekseyevich Bunin 1933-yili, Boris Pasternak 1958-yili, Mixail Sholoxov - 1965-yili, Aleksandr Soljenitsin - 1970-yili Nobel mukofotini olishgan.
235. Hind millatparvari Mohandas Gandi Janubiy Afrikadan Hindistonga qaytganida uni "Mahatma" deb atay boshlashgan. "Mahatma" so‘zining ma'nosi nima?
Javob: Sanskrit tilidan "Buyuk qalb" degan ma'noni anglatadi.
236. 5-oy - May atamasi qayerdan kelib chiqqan?
Javob: Maya - Qadimgi rimliklarning bahor xudosi nomidan.
237. Ilk turk dostonnavisi bo‘lgan adib kim?
Javob: Yusuf Xos Hojib.
238. Bizga ma'lumki Nosiruddin Rabg‘uziy “Qisasul-Rabg‘uziy” degan asar yozgan. Yana qaysi adib “Qisasul-anbiyo” degan asar yozgan?
Javob: Abu Is'hoq Nishopuriy.
239. "Suhayl va Guldursun" dostoni muallifi kim?
Javob: Sayfi Saroyi.
240. Alisher Navoiy tomonidan "Malikul-kalom" deya ta'riflangan shoir kim?
Javob: Mavlono Lutfiy.
241. Oltin O‘rda hukmdorlaridan Muhammad Xo‘jabekka bag‘sihlangan asar qaysi va uning muallifi kim?
Javob: "Muhabbatnoma", Xorazmiy.
242. AQShning 9 ta "millioner" shaharlarini tartib bilan sanang.
Javob: 1. New York City (NY) - 8,008,278; 2. Los Angeles (CA) - 3,694,820; 3. Chicago (IL) - 2,896,016; 4. Houston (TX) - 1,953,631; 5. Philadelphia (PA) - 1,517,550; 6. Phoenix (AZ) - 1,321,045; 7. San Diego (CA) - 1,223,400; 8. Dallas (TX) - 1,188,580; 9. San Antonio (TX) - 1,144,646;
243. Qaysi sobiq Fransiya prezidenti sharafiga zebra turi nomi berilgan? (XIX asr)
Javob: Jules Grevi. (1879-1887 yillarda prezident bo‘lgan.)
244. Yuriy Gagarinning kosmosga birinchi safari qancha minut davom etgan?
Javob: 108 minut.
245. Alisher Navoiy lirik merosining umumiy hajmi qancha misrani tashkil etadi?
Javob: 50000 misradan ortiq.
246. Navoiyni "G‘azal mulkining sultoni" deb kim ta'riflagan?
Javob: Maqsud Shayxzoda.
247. "Bobur - yo‘lbars" romanini kim yozgan?
Javob: Harold Lemb. Nyu-York, 1961-yilda chop etilgan.
248. Birinchi bug‘ temir yo‘li qaysi shaharlar o‘rtasida qurilgan?
Javob: 1825 yilda Angliyaning Stokton va Darlington shaharlari o‘rtasida (39 km masofa) qurilgan. Paravozning tezligi soatiga 15-17 km ni tashkil etgan.
249. Angliya va Niderlandiyada dengiz ilmini o‘rganib, kemasozlik ustaxonalarida ishlagan rus shohi kim?
Javob: Buyuk Pyotr I.
250. "Defitsit xonim" deb laqab olgan fransuz malikasi
Javob:251. XX asrda "Xamsa" yozgan o‘zbek adibi kim?
Javob: Barot Boyqobilov.
252. Alisher Navoiyning ustozi Jomiyga bag‘ishlab yozgan asari qaysi?
Javob: “Xamsatul-mutahayyirin” (“Besh hayrat”, 1494).
253. "Boburnoma"ni rus tiliga kim tarjima qilgan?
Javob: Mixail Salye.
254. “Hazrati imomuz-zamon xalifatur-rahmon” (zamona imomi va xalifasi) unvoniga erishgan taniqli o‘zbek shoiri, davlat arbobi kim?
Javob: Shayboniy.
255. Bilamizki, Muhammad Solih "Shayboniynoma" dostoni muallifi hisoblanadi. Yana qaysi adiblar "Shayboniynoma" asarini yozishgan?
Javob: Binoiy va Muhammad Haydar.
256. Ma'lumki, Paulo Koeloning "Alximik" asari o‘zbek adabiyotida 3 marta tarjima qilindi. Ushbu tarjimalar qaysi adiblar tomonidan amalga oshirilgan?
Javob: Ozod Sharafiddinov, Aziz Said, Ahmad Otaboy. Ahmad Otaboy va Aziz Sad tarjimalari kitob holida bosilib chiqdi. Ozod Sharafiddinov tarjimasi esa "Jahon adabiyoti" jurnalida bosildi.
257. Imom Buxoriy va Imom Muslimlardan rivoyat qilingan "isro va me'roj" haqidagi hadislarda payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v.ning Masjidul aqsodan osmonga ko‘tarilganliklari haqida rivoyat qilinadi. Ushbu hadisga ko‘ra, Rasululloh s.a.v. yettita osmondan o‘tadilar va har bir osmonda qaysi payg‘ambarlar bilan uchrashadilar?
Javob: 1. Birinchi osmon - Odam alayhissalom
2. Ikkinchi osmon - Iso va Yahyo alayhissalomlar
3. Uchinchi osmon - Yusuf alayhissalom
4. To‘rtinchi osmon - Idris alayhissalom
5. Beshinchi osmon - Horun alayhissalom
6. Oltinchi osmon - Muso alayhissalom
7. Yettinchi osmon - Ibrohim alayhissalom.
257. Mahalliy aholi “Abul Havl — dahshat otasi” deb ataydigam Misrdagi mashhur obida qaysi?
Javob: Bosh qismi odam boshiga о'xshatib ishlangan sher shaklini eslatuvchi Sfinks haykali.
258. Ikkinchi jahon urushi qaysi yili, qaysi kun, qaysi voqea bilan boshlandi?
Javob: Ikkinchi jahon urushi 1939 yil 1 sentabrda nemis qo‘shinlarining Polshaga bostirib kirishi bilan boshlangan.
259. Fashist vahshiylari tomonidan 4 milliondan ortiq kishining yostig‘i quritgan konslager qaysi edi?
Javob: Osvensim (Polsha).
260. Ikkinchi jahon urushida:
a) qancha davlat qatnashgan?
b) qurolli kuchlarga qancha odam safarbar qilingan?
c) qancha odam o‘ldirilgan, yarador bo‘lib o‘lgan?
d) qancha odam yarador va mayib bo‘lgan?
e) qancha moddiy talofat yetkazilgan?
Javob: a) 60 dan ortiq;
b) 110 milliondan ortiq kishi;
c) 50 milliondan ortiq kishi;
d) 90 milliondan ortiq kishi;
e) 4000 milliard $;
261. Jahonotin Uvaysiy Marg‘ilonning qaysi mahallasida tug‘ilgan?
Javob: Childuxtaron.
262. Amir Umarxon yozgan doston qaysi?
Javob: "Umarnoma".
263. Mohlaroyim Nodira kim tomonidan qatl etiladi?
Javob: Buxoro amiri - Nasrulloxon.
264. O‘zbek adabiyotida "XIX asr Navoiysi" deb kimni atashadi?
Javob: Ogahiy.
265. “Zaynul-arab”, “Yusuf va Zulayho”, “Layli va Majnun”, “O‘g‘uznoma”, “Sayyid Nasimiy”, “Sa’d Vaqqos” dostonlari muallifi kim?
Javob: Nurmuhammad Andalib.
266. Ma'lumki tabiatdagi moddalar yetti holatda bo‘ladi. Ular qaysilar?
Javob: 1. Qattiq holati
2. Suyuq holati
3. Gazsimon holati
4. Plazma holati
5. Neytron holati
6. Epiplazma holati
7. Fizik vakuum holati.
267. Qadimgi va o‘rta asr ta'lim tizimida ongni va mantiqni yuksaltiruvchi yetti fan mavjud edi. Ushbu fanlarni qadimgi yunon mutafakkirlari komillika eltuvchi yo‘l deya ta'riflaganlar. Bu fanlar qaysilar?
Javob: 1. Grammatika
2. Mantiq
3. Ritorika
4. Geometriya
5. Arifmetika
6. Astronomiya
7. Musiqa.
268. Qadimda yaponlar baxt, boylik va uzoq umr keltirishi uchun 7 ta xudoni o‘ylab topishdi. Bunga e'tiqod qilish 15 asrga kelib judayam kuchaydi. Ular qaysilar va vazifasi qanday?
Javob: 1. Ebisu - baliq ovlash va savdo xudosi
2. Daikoku - boylik va qishloq ho‘jaligi xudosi
3. Bishamonten - omad xudosi
4. Benzaiten - suv va musiqa xudosi
5. Hotei - moy xudosi
6. Fukurokuju - Abadiyat xudosi
7. Jurojin - Uzoq umr xudosi.
269. Eng birinchi Atom bombasi qachon va qayerda portlatilgan?
Javob: Qo‘ziqorin holatidagi bulutni eslatuvcjhi birinchi atom bombasi sinovi 1945 yil, 16 iyul kuni Alamagordo (New Mexico) yaqinida o‘tkazilgan edi. Sinov sifatida portlatilgan ilk atom bombasi tarixda Trinity-Test nomi bilan mashhur bo‘lib, unung portlash kuchi 20 KiloTonnani tashkil etgan... (Hiroshimani yakson etgan "Little Boy" 13 KiloTonna, Nagasakini kul qilgan "Fat man" esa 20 KiloTonna portlash kuchiga ega bo‘lishgan...)
270. Dunyoning eng baland nuqtada joylashgan rasmiy chegara posti qayerda va u dengiz sathidan qancha balandlikda joylashgan?
Javob: Bu chegara posti Pokiston va Xitoy o‘rtasidagi Khunjerab dovonida joylashgan bo‘lib, dengiz sathidan 4740 metr balandlikda joylashgan.
271. AQSh davlat bayrog‘ida 13 ta hoshiya bor (7 ta qizil va 6 ta oq rangli). Bu hoshiyalar nimani anglatadi?
Javob: AQSH bayrog‘idagi 13 hoshiya Qo‘shma Shtatlarda dastlab tashkil topgan koloniyalar ramzi hisoblanadi. 50 yulduz esa hozirdagi shtatlar ramzidir.
272. Dunyoda ikkita davlatning bayrog‘ida old va teskari taraflarida farq bor. Bu qaysi davlatlarning bayroqlari va ulardagi farq nimadan iborat?
Javob: a) Paragvay davlatining bayrog‘i. Bayroqning o‘ng va teskari tarafidagi farq: bayroqning o‘ng tarafida davlat gerbi, teskari tarafida esa Paragvay Moliya Vazirligining emblemasi tasvirlangan.
b) G‘arbiy Sahro [Westsahara] davlatining bayrog‘i. Bayroqning o‘ng tarafida Yarim oy va Yulduz tasvirlangan, teskari tarafida esa yo‘q. Bayroqdagi uchburchak ham odatdagiga qaraganda bayroqning o‘ng burchagiga joylashtirilgan...
273. "Buyuk Temur tarixi", "Temur qarorgohi", "Samarqandga saforot kundaligi" asarlarining muallifi.
Javob: Klavixo.
274. "Aflotuni zamon" deb nom qozongan mashhur matematik va astronom kim?
Javob: Qozizoda Rumiy.
275. Kim Alisher Navoiyning hassaga tayangan, qomati bir muncha bukchaygan holatidagi rasmini chizgan?
Javob: Mahmud Muzahhib.
276. Sohibqiron Amir Temur kimni hayotlik chog‘ida o‘ziga valiahd qilib tayinlagan?
Javob: Jahongir mirzoning o‘g‘li Pirmuhammadni.
277. G‘arbda "katolik dinining himoyachisi" deb nom qozongan temuriyzoda kim?
Javob: Mironshoh.
278. XVII asrning ikkinchi yarmi buyuk fransuz dramaturgi, komediya teatrining asoschisi kim?
Javob: Jan Batist Molyer.
279. II-jahon urushida Germaniya kommunistlari yetakchisi kim edi?
Javob: Ernst Telman.
280. Fashist qo‘shinlaridan ozod etilgan Polshaning birinchi shahri qaysi?
Javob: Xelme.
281. Ma'lumki Natsistlar Adolf Gitlerni "Fuhrer" deb atar edilar. Shu so‘zning ma'nosi nima?
Javob: Mutloq hokim (absolute leader).
282. Solih va Rahima qaysi asarning bosh qahramonlari?
Javob: Abdulla Qodiriyning "Baxtsiz kuyov" dramasi.
283. "Agar bizning hayotimiz hurriyat va xalq baxt-saodati uchun qurbonlik sifatida kerak bo‘lsa, biz o‘limni ham xursandchilik bilan kutib olamiz!" deb o‘z vasiyatini qoldirgan buyuk o‘zbek millatparvari kim edi?
Javob: Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919).
284. Abdulla Avloniy o‘zbek pedagogikasiga qanday yangiliklar kiritdi?
Javob: Turkistonda birinchilardan bo‘lib maktabga geografiya, kimyo, handasa, fizika fanlarini kiritdi. Bir dars bilan ikkinchisi o‘rtasida muayyan tanaffusni, bir sinfdan ikkinchisiga o‘tishdagi imtihonni joriy etdi.
285. "Yashasin Xalq jumhuriyati!" shiori bilan chop etilgan XX asr boshlaridagi gazeta qaysi. Uning tashkilotchisi va muharriri kim edi?
Javob: "Turon". Abdulla Avloniy.
286. “Jahon yo‘qsullari, Yer kurrasining ishchi-dehqoni, yashaylik, birlashaylik, yashnataylik shonli Sho‘roni” deya hayqirgan shoir kim edi?
Javob: deb yozgan edi oktyabr to‘ntarishlaridan keyin, shoir
Ammo hayotdagi norasoliklar, "qizil saltanat"ning adolatsiz siyosati, xalq hayotidagi parokandalik yuqoridagi umidalarni chilparchin qilib tashladi. Xususan, Muhammadsharif So‘fizoda, keyinchalik ushbu jamiyat ravnaqiga gumon bilan qarab asarlar yaratdi. Oqibatda qatag‘on yillarining avj pallasida xasta ekanligiga, salkam 70 ga kirganiga qaramay So‘fizoda qamoqqa olinadi va qurbon bo‘ladi.
287. XIX asrda ijod qilgan qaysi xorazmlik adib mohir bastakor va musiqashunos bo‘lgan?
Javob: Komil Xorazmiy.
288. "Hijron" taxallusi bilan ijod qilgan shoir kim?
Javob: Abdulla Avloniy.
289. Gorkiyning "Ona" romanini o‘zbekchaga tarjima qilgan adib kim?
Javob: Abdulhamid Cho‘lpon.
290. Abdulla Qahhor "O‘g‘ri" hikoyasiga qanday epigraf qo‘llagan?
Javob: Otning o‘limi - itning bayrami.
291. Eng yorqin yulduz qaysi?
Javob: Xabbl teleskopi yordamida kashf etilgan bu yulduz Yerdan ko‘rinmaydi. Pistol yulduzi Quyoshdan 10 mln. baravar katta bo‘lib, Quyosh bir yilda chiqaradigan energiyani u atigi 6 sekundda chiqaradi. Astronomlarning aniqlashicha, bu yulduz Yerdan 25000 yorug‘lik yili uzoqda joylashgan (Quyoshdan 325 baravar ko‘p).
292. Yerdan ko‘rinadigan eng yorqin yulduz qaysi?
Javob: Yerdan 8,64 yorug‘lik yili (1 yorug‘lik yili - 9,5 trln. km ga yaqin) masofada joylashgan Sirius yulduzi Yerdan ko‘rinadigan eng yorqin yulduz hisoblanadi. Yer bilan Sirius o‘rtasidagi masofa taxminan 80 trln. km.ni tashkil etadi. Siriusning og‘irligi Quyoshnikidan 2,14 baravar, yorug‘ligi esa 24 baravar kuchli hisoblanadi.
293. Quyosh sistemasiga kirmaydigan eng katta sayyora qaysi?
Javob: 2001 yil yanvarida ochilgan HD168443 sayyorasi Yerdan 123 yorug‘lik yili uzoqda bo‘lib, u Quyosh sistemasiga kirmaydigan eng katta sayyora hisoblanadi. HD168443 Quyosh sistemasidagi eng katta sayyora - Yupiterdan ham 17 baravar kattadir.
294. Yerga eng yaqin yulduz qaysi?
Javob: Quyoshni hisobga olmaganda Yerga eng yaqin yulduz Proksima Sentavra (Alfa Sentavra C) bo‘lib, u 1915 yilda kashf etilgan. Bu yulduz bizdan 4,23 yorug‘lik yili masofada joylashgan.
295. Quyosh atrofida eng tez aylanadigan sayyora qaysi?
Javob: Merkuriy - Quyosh sistemasidagi eng tez sayyora hisoblanadi, u quyosh atrofida soatiga 172248 km tezlikda aylanib chiqadi (Yernikidan qariyb ikki barabar tezroq). Yana shu narsa aniqki, Merkuriy Yerga qaraganda Quyoshga yaqinroq joylashgan. Merkuriyning 1 yili - 87,99 kun yoki qariyb 3 oyni tashkil etadi.
296. Suvsiz daryo, daraxtsiz o‘rmon qayerda bo‘ladi?
Javob: Xaritada.
297. 830 000 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan (bu zilziladan halok bo‘lgan soni bo‘yicha eng katta holatdir) kuchli tarixiy zilzila qachon va qayerda sodir bo‘lgan?
Javob: Bu tarixiy zilzila 1556 yilning fevral oyida Xitoyning Shensi va Henan provinsiyalarida ro‘y bergan.
298. Inson yashaydigan eng sovuq joy qayer?
Javob: Yer yuzidagi inson yashaydigan eng sovuq joy - Yakutiyaning Oymyakon shahri (Sharqiy Sibir, Rossiya) hisoblanadi. Bu yerda havo harorati -70°C gacha pasayishi kuzatilgan. Yanvar oyining o‘rtacha harorati esa -50°C ni tashkil etadi.
299. Yer yuzidagi eng sovuq harorat qayerda qayd etilgan va qancha gradusni tashkil etgan?
Javob: Yer yuzidagi eng past harorat Antarktidaning "Vostok" ilmiy stansiyasida 1983 yil, 21 iyulda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda havo harorati -89,2°C ni tashkil etgan edi.
300. J.Bokkachchonning “Dekameron” asari nomi qanday ma’no anglatadi?
Javob: "O‘n kun kundaligi".