OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Tolib Najmiddinov

Surxondaryo viloyati

BIRINCHI UCHRASHUV

Birinchi uchrashuv…jon...og‘riq.
Ro‘molingni uchidan ushlab,
Ko‘zlarimga boqasan qattiq…
Isitmadan labingni tishlab.

Hayoldan suratim so‘raysan,
Bosh og‘riqdan o‘zingni ushlab,
Yana bir, takroran qaraysan,
Isitmadan labingni tishlab.

Va shunda o‘ylaring qorishar,
Seni birdan jimlikka boshlab...
Og‘riqlar o‘ylaring aritar,
Isitmadan labingni tishlab.

Birinchi uchrashuv…bo‘ladi,
So‘zlarni muhabbatdan boshlab…
O‘qigan...lablaring kuladi...
Isitmadan labingni tishlab

Oh, og‘riqlar… ko‘zlaring yoshlab.
Ko‘zingdan hayollar oqdimi..?
Isitmadan labingni tishlab,
O‘zingdan so‘raysan…yoqdimi..?


BU DUNYONING ISHI QURSIN

Bu dunyoning ishi qursin,
Yashashdan charchadim ona.
-Eh, unday dema bolam,
Hali sochlaring tim-qora.

-Bu dunyoning ishi qursin,
To‘g‘ri, sochlarim tim-qora.
Mening yuragim oqardi,
Ishonmasang o‘zidan so‘ra,

-Qo‘y bolam o‘sha yurakni,
Yurak ham sendayin devona.
-Bu dunyoning ishi qursin,
Yurak o‘z ishidan xayrona,

-Bu dunyoning ishi qursin,
Bu Dunyo sig‘mas yurakka
-Hammasini qo‘y bolam,
Dunyoni joyla tilakka

-Bu dunyoning ishi qursin,
Tilak qayda onajon.
Kecha uni yo‘qotdim,
Shundan sochim qorajon.

- Qo‘ygin o‘sha tilakni,
O‘zingdan gapir bolajon, 
Qorning to‘qmi ishqilib,
Puling bormi lolajon?

- Eh, dunyoning ishi qursin,
Ishlatmadim o‘sha “anqo”ni.
Kecha esa yo‘qotdim,
Rosa so‘kdim dunyoni.

-Endi ne qilay onajon,
Ey, bu devona ko‘ngilda,
-Bizda ham pul yo‘q-da bolam,
Hozir hammasi singlingda...


UNUTDIM

Unutdim, o‘zlikni unutdim,
O‘zimni topshirdim hislarga.
Seni deb sevgiga sig‘indim,
Sig‘indim sen aytgan so‘zlarga.

Ko‘zimni ko‘r qildim sevgidan,
Umrimni sho‘r qildim sevgidan,
Yana neni aytay?..o‘zlikni,
Qaro yer qildim sevgidan,

Kel endi ko‘zimga nur bo‘lgin,
Takroran sevgiga sig‘inay.
Yurakni qo‘limda ko‘tarib,
Ortingdan xaloslab yugiray.

Kelaqol so‘zimga umid ber,
Jonimni olovga tashlain.
Omonlik bermay o‘zimga,
Ko‘zimni lahzada yoshlain...

Ochig‘i, bugun men charchadim,
...Osmoncha charchog‘lar meniki.
Jonimni labimga joyladim,
Agar, istasang u seniki...

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.