OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Umida Rahimova

Rahimova Umida 1989-yilda Qirg'iziston respublikasi, O'sh viloyati, Suzoq qishlog'ida tug'ilgan.

Hozirda Bektemir tumanidagi 293-maktabning 11-bank sinfiga ixtisoslashtirilgan sinfida tahsil oladi.

Shu yil O'zbekiston Davlat Jahon tillari universitetiga hujjat topshirmoqchi.

2006-yildan buyon "O'ZBEKISTON" radiosida ishlaydi.

Qiziqishlari: she'r yozish, kitob o'qish.

 

:::::::::::::::::::::::::::::::::: 

BAHOR

Bahor keldi, ifor taratib,
Dil-u ko'ngillarni yayratib.
Sovuq qishni qoldirib ortda,
Odimlar go'zallik yaratib.

Go'zal bahor, maftunkor bahor,
Har bandingda nafisliging bor.
Tabiatni bezatib yashil bo'yoqqa,
Kelasan qadamlab ulug'vor.

Novdalar kurtaklaydi asta,
Atrof go'zal bo'lar birpastda.
Gullarning ifori dimoqqa urib,
Bahor sen go'zalsan,go'zal orastda.

Qushlar qo'shiq aytar falakda,
Xatto ohang bor kapalakda.
Seni madxlab kuylaydi tabiat,
Jo'shib qaynar qo'shiq yurakda. 


UMR

Umr oqar toshqin soy kabi,
To'ymay qolib hayotga hali.
O'tkan umrimizni sarhisob qilib,
Anglaymiz yahshi kun sarali.

Dunyo ishlariga chalg'ib umrimiz,
O'tganin sezmaymiz o'zimiz.
Keyin afsuslanib vaqtga termulib,
Go'yo ortga deb,o'ylaymiz.

Vaqtning jo'shqin harakatini,
Koshki to'xtatolsam milini.
Xuddi chorasiz qolgan quldek,
Bosib o'tayapman yo'lini.

Yillar,oylar o'tsa shoshiling,
Qo'lingizdan kelsa yahshilik qiling.
Zero, vaqt o'tsa afsus chekmay,
Umringiz savobga to'ldiring.


YO'LLAR

Ravon yo'llar,betizgin yo'lar,
Chorlar bizni ols-olisga.
Yahshi-yomon odamlar bilan,
Olib boradi ko'rishishga.

Masofasiz,cheksiz yo'llarni,
O'xshatdim inson orzusiga.
Qancha yursang ham hech nihoya
Qilmaydi orzular insonga.

O'tar yo'llardan turli bashar,
Gohida g'am bor, gohi shodon.
Izlab yuribdi o'z yo'lini,
Aqlli-yu beaql, nodon.

Xayotning turli sinovlarin,
Uchratamiz ana shu yo'lda.
Ular bilan kurashib,horib
Qolsak ham ketamiz shu yo'lda.


QALBIM BULUTI

Bulutlar yoyilib asta osmonga,
Nurli quyosh yuzin berkitib.
Endi osmon yig'lar yerlarga,
Achchiq dardidan o'ksib-o'ksib.

Keyin asta unutar dardin,
Yana ochar quyoshga yo'lni.
Yuvib tashlab dilidan gardin,
Haydab ketib qora bulutni.

Mening ko'nglim ham shu bulutdek
Bir yoyilar,bir qorayib qolar.
Yig'lab olsam go'yo boladek,
xasratlarim kamayib qolar.

Kech tushib,tun kirib kelganda,
Tabiat sokinlikda uxlaydi.
Ayni shu dovul dilimda,
Bo'ron bo'lib tinchlik bermaydi.

O'ylayman o'tkan kunlarimni,
Xatolarim ko'zim oldida.
Go'yo hech kim tushunmay meni,
Edi shunchaki do'st yonimda.


VATANIM

Vatanim, ona yurtim, ona tuprog'im,
Xar dam dilimdasan, sen ko'z qarog'im.
Bag'ringda ulg'aydim non-tuzingni yeb,
Sen tinch bo'lsang,men tinchman,umr chirog'im.

Ajdodlar umr bo'yi seni deb o'tdi,
Sen uchun kurashib,shahidga ketdi.
Bizga ozod yurtni omonat qilib,
"Asrangiz","xoin bo'lmang"deya, o'qitdi.

Xatto BOBUR sog'indi ona yurtini,
Sog'inib, g'azal bitdi,madxlab elini.
O'zga yurtda shoh bo'lib, ona elida,
Gado bo'lmoqlikni istadi ko'ngli.

Shu zaminda tanildi Navoiy-Foniy,
Yurt sharafin ko'tardi Fitrat,Avloniy.
Ular ham seni har dam madxlab o'tdilar,
Tinchliging behad bo'lsin deya,abadiy.

Elimiz,xalqimiz seni der hardam,
Ozodliging uchun tashlaydi qadam.
Avlodlarga seni tinch yetkazish chun,
Qo'lni birlashtirib, bo'ladi yakdam.

Ta'rifing kuylasam,kuyim bo'lmaydi ado,
Sendan joy olgandir ham shoh-u gado.
Lekin mexring birdir hammaga beshak,
Eshit,qalbimdan kelar senga bir sado.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.