ROMIR Monitoring tadqiqot xoldingi tomonidan internetdagi eng faol ishlatilayotgan saytlar aniqlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra qidiruv tizimi saytlariga 90 %, yangiliklarga 62%, pochta saytiga 59 % murojaat qilingan.
Shuningdek, ayollar erkaklarga nisbatan kamdan kam hollardagina kompyuterlar, dasturlash va yangiliklar saytiga murojaat etishi aniqlangan. Ammo xonimlarning pochta saytidagi faoliyati, shuningdek ta’lim va turizm sohasiga doir ma’lumotlar uchun internet tizimiga kirish hollari maqtansa arzigulikdir. 25 yoshgacha bo‘lganlar orasida esa kompyuter, dasturlash, musiqa, shuningdek, kino va video saytlariga kirish juda avj olgan.
№ | Mavzu | %* |
---|---|---|
1 | Qidiruv sistemalari | 90 |
2 | Yangiliklar | 62 |
3 | Pochta | 59 |
4 | Komputerlar | 44 |
5 | Chat, konferensiya, forumlar | 38 |
6 | Musiqa | 36 |
7 | Internet-do'konlar | 35 |
8 | Fan, tadqiqotlar | 34 |
9 | Ta'lim | 32 |
10 | Kino, video | 27 |
11 | Adabiyot | 26 |
12 | Biznes, moliya | 25 |
13 | Xandalar | 23 |
14 | Sayohat, turizm | 18 |
15 | Sport | 14 |
16 | Tibbiyot | 12 |
17 | Teatr | 9 |
* - Bir necha javob varianti bo'lishi mumkin |