OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Sayyoramizning eng romantik go'shalari - Four Seasons 2006

Sayyoramizdagi eng qimmat rezidentsiyalar o‘ziga xos romantik usuli bilan ham bahosini oshirib kelmoqda. Chunki odamzot romantikaga o‘ch, qolaversa bu modaga ham aylanib bormoqda.  Hozirgi kunda, ayniqsa, bokira  tabiiy landshaftlarga ega joylarda  romantik sayyohatlarga chiqish uchun odamlar pul ayashmaydi.

Yer yuzidagi eng romantik rezidentsiyalar reytingida juda kamdan kam odamlarga bo‘lish nasib etadigan Meldivadagi Ihoni Miohili kurorti peshqadam. Bu kurort –orolda bor-yo‘g‘i 6 ta ayvonli dala hovli (bungalo)lar bo‘lib, ular dengiz bo‘g‘oziga qarata qurilgani bilan o‘ta maftunkordir. Bundan tashqari, bu rezidentsiyalarning  har biri o‘z saroyboni, plyajdagi alohida ayvonchasi, yelkanli qayiqlariga ega. Shu bilan birga bu joy Maldivadagi to‘liq ijaraga olish mumkin bo‘lgan yagona orol hisoblanadi. Bunday romantik go‘shada bir sutka yashash narxi 1100 dollarga teng.

Ikkinchi o‘rinda esa Peppers On The Point mehmonxonasi bo‘lib, bu serviqor atol-lodj XX asr boshida Rotorua ko‘li qirg‘og‘idagi  qarorgohda qad  rostlagan bo‘lib, bu joy  o‘ta sof suvi, geotermol modenli manbalari  bilan mashhurdir. Bu otelning bir kunlik bahosi 700 dollarga tengdir. Tinch okeanining zumrad suvli  qirg‘oqlarida joylashgan Las Alamandas villasi esa uchinchi  o‘rinda turadi. Bu otel bor-yo‘g‘i oltita  - pushti, qizg‘ish, sariq, och havorangga bo‘yalgan oltita villadan iborat bo‘lib, bu rango-rang jannatda  yashashning bir kunlik bahosi  680 dollarga baholanadi.

NomiMamlakatKunlik narhi $
1 Dhoni Mighili kurorti Maldiv orollari 1 100
2 Peppers On The Point mehmonxonasi Yangi Zelandiya 700
3 Las Alamandas villasi Meksika 680
4 Oberoi Amarvilas mehmonxonasi Hindiston 650
5 Dunton Hot Springs kurorti AQSh 550
6 Chateau de Bagnols Fransiya 530
7 Ponta dos Ganchos kurorti Braziliya 445
8 Villa Le Scale Italiya 420
9 Las Balsas rezidensiyasi Argentina 340
10 Bowman's Hill villasi AQSh 300

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.