(Jumlalar rostdan ham efirda yangragan)
• Match boshlanishiga besh daqiqa qoldi, hisob hamon 0:0.
• Bu forma hujumchining omadli libosi! Mana o‘n besh yildirki, u mana shu libosni yechmaydi!..
• Shunday kuchli va xavfli raqibga gol urganidan xursand bo‘lgan Badjo darvozaga osilib qoldi!
• Vialli yon chiziqdan raqib oyoqlari bilan birga chiqib ketdi.
• Ronaldoga jarohat yetkazishdi. Hakam endi vrachlar yordamiga ehtiyoj yo‘qligini ko‘rsatmoqda.
• Shovkovskiy o‘zining hayotdagi do‘sti — Vladislav Vaщukdan pasni qabul qilib oldi. Darvoqe, ular turmush qurishgan.
• Per Luiji Kollina sukut saqlayapti. Buni hatto men ham eshitayapman.
• Ikkinchi taym Yuvenning Turintus jamoasi hujumi bilan boshlandi.
• Ay-yay-yay-yay-yay! Fikrimga qo‘shilasizmi?
• Shvedlarning bosh murabbiyining ko‘zlaridan baxt yoshlari oqmoqda... E, yo‘q,yordamchilaridan kimningdir qo‘li uning ko‘ziga kirib ketibdi.
• Maminov Sergey Gashkinning oyoqlaridan foydalanib to‘pni chiqarib yubordi.
• Zarba juda kuchli bo‘ldi. To‘p himoyachining boshiga tegdi. Agar uning ichida miya bo‘lsa, chayqalgan bo‘lishi mumkin.
• Akopyants bugun hamma joyda ko‘rinmoqda — hozirgina raqib darvozasiga hujum qilgandi, endi o‘z darvozasi oldida yumalab yotibdi.
• Negadir men Ouenni yo‘qotib qo‘ydim. Maydonda ham yo‘q, o‘rindiqda ham ko‘rinmayapti. Biror joyga yashirinib oldimikan-a?
• Titov avstriyalikdan pas qabul qilib oldi. Juda yaxshi to‘p uzatish. O‘zimiznikilardan bunaqasini olish qiyin.
• Maydon chetida murabbiy faol harakatda: qichqirayapti, qo‘li bilan ko‘rsatayapti, ichyapti, ba’zan esa chekayapti ham...
• Yon chiziq hakami chiroyli holatlar ko‘rsatmoqda. Avval balet bilan shug‘ullangan bo‘lsa kerak.
• Bu to‘p uzatish tribunada o‘tirgan biror tanish yoki yaqin odamga bo‘lsa kerak.
• Himoyachilar ortda qolib ketishdi va hujumchi darvozabonni xotirjam nishonga oldi.
• «Mash’al» «Paxtakor» qancha gol urgan bo‘lsa, shuncha to‘p kiritdi. Ya’ni birorta ham emas.
• ...va bizning hujumchi raqib jarima maydonchasi ichida yiqilib tushdi! Hakam nima demoqda? Hakam bugun tashqarida havo ancha sovuq va shuning uchun yerda uzoq yotmaslik kerak deydi.
• Hakam ogohlantirish berdi: kolumbiyaliklardan to‘pni olib qo‘ymaslik kerak, ular ham futbol o‘ynash uchun kelgan.
• O‘yinchilar juft-juft bo‘lishdi va harakatlana boshlashdi.
• Leonenko 45 daqiqadan buyon chigalyozdi mashqlarini bajarmoqda. Judayam qizib ketmadimikan?
• To‘p o‘zi uchun maxsus tayyorlab qo‘yilgan darvoza to‘riga borib tushdi.
• Mana, o‘ttiz yettinchi daqiqa tugashi bilanoq o‘ttiz sakkizinchi daqiqa ham boshlandi.
• Mana, madhiyalar yangradi. Endi eng qizig‘i boshlanadi.
• Vaziyatni o‘rganib chiqib, Klinsmann Frantsiya tomon kuchli zarba yo‘lladi.
• Juda kuchli zarba — «Bolton» futbolchisi o‘z jamoasi o‘yinchisini o‘ldirib qo‘yishiga oz qoldi.
• BAA futbolchilari bezgak kasalligi tutqanog‘ini namoyish qilib berishyapti. Bu muxlislarga yoqdi va ular o‘z jamoasini qo‘llab-quvvatlay boshladilar.