Ueyn Runi singari vunderkindlar har qadamda ham uchrayvyermaydi. Shu bois, bunday topilmalarga musharraf bo‘lgan murabbiylrning keyingi hayoti shon-shuhrat og‘ushida o‘tadi. Qahramonimiz hali yigirma yoshga ham to‘lmagan. Ammo uning nomi sayyoramizning barcha burchaklarida ma`lumu mashhur. Bugunga kelib, mana-man degan mutaxassislar uning iqtidoridan hayratga tushayotganligini yashirishmayapti. Aslida esa barchasi oddiygina boshlangandi.
Agar Ueyn Runining faoliyati tahlil qilinar ekan, u bosib o‘tgan yo‘lni uchga bo‘lib o‘rgangan ma`qul. Birinchi bosqich — u ilk marotaba to‘p surgan «Everton»dagi faoliyati bo‘lsa, ikkinchi bosqich terma jamoa Yevro — 2004. Nihoyat, so‘nggi bosqich esa bu «Manchester Yunayted»dir. Demak, qoidaga ko‘ra birinchi bosqichdan boshladik.
Ueyn Liverpulning moviy qismida dunyoga kelgan. Shaharning u tug‘ilgan qismidagilar «Everton» jamoasiga muxlislik qilishadi. Shu tufayli, Ueyn tug‘ilgan mavzeni «moviy Liverpul» deb ham atashadi («Everton» jamoasining libosi moviy rangda). Ueyn tug‘ilgan oila juda ham boy-badavlat emasdi. Aksincha, ular yaqin-yaqingacha davlat uylarida istiqomat qilishardi. Tabiiyki, Ueynning uyidagilar «Everton»ning ashaddiy muxlislari bo‘lishgan.
Shu sababli bo‘lsa kerak, u futbolga dastlabki qadamini «Everton» maktabida tashlagan. To‘p ortidan qolmay yugurishlar tez orada o‘z samarasini bera boshladi. Yosh futbolchi klubdagi mutaxassislar nazariga tusha boshladi. Shu o‘rinda ta`kidlab o‘tish joizki, «Everton» o‘zining tarixiy an`analariga ega. Bu klubning taprbiyalanuvchilari o‘z vaqtida jahon futboli yulduzlari sirasidan joy olgan. Murabbiylar Ueynning ana shu an`anani davom ettirishiga ishonch bildira boshladi. Ueyn tengdoshlari orasida shunday mo‘`jizalar ko‘rsata boshladiki, bunday ishlar katta futbolchilarning ham qo‘lidan kelishi mushkul edi. Shu tariqa, qahramonimiz 14 yoshida «Everton»ning asosiy jamoasidan o‘rin oldi. Sababi, «Everton»da vundyerkind voyaga yetayotganidan klubning azaliy raqibi sanalgan «Liverpul» ham is oli qrolgan va futbolchini qo‘lga kiritish harakatini boshlab yuborgan edi.
16 yoshidan boshlab Ueyn «Everton»ning asosiy tarkibida tusha boshladi. Bu 2002 yilning kuziga to‘g‘ri kyeladi. Tyez orada, ya`ni oktyabr oyida Ueyn Runi nomi Angliyadagi sport nashrlarining birinchi sahifasida paydo bo‘ladi. Tinib-tinchimas bolakay «Arsyenal» darvozasini naqd yigirma metrdan zabt etib, barchani lol qoldirdi. Ushbu gol «Arsyenal»ning o‘ttiz o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘ydi. Eng qizig‘i, o‘yin qahramoni bir kundan so‘ng o‘rtoqlari bilan shahar bo‘ylab vyelosipyed uchirib yurar edi. 2003 yilga klub u bilan profyessional shartnoma imzoladi. Ueyning maoshi haftasiga 80 fundan 13 ming funtgacha ko‘tarildi. Darvoqye, uzoq masofadan to‘p kiritish Ueyn uchun cho‘t emasdi. U 2002 yili Angliya yoshlar Kubogi finalida «Tottyenxyem» darvozasini o‘ttiz metrdan turib ishg‘ol qilgan edi. Ushbu kubok Ueyn Runi «Everton» tarkibida erishgan yagona mukofot bo‘lib qoldi.
O‘tgan yilning yozida Portugaliya maydonlarida o‘tkazilgan Yevropa chyempionati Ueyn Runi hayotida katta iz qoldirdi. U qandaydir o‘n bir kun ichida dunyo taniydigan futbolchiga aylandi. Jahon ommaviy axborot vositalari unga nisbatan «yosh Pyelye» degan iboralarni uyalmasdan ishlata boshladi.
Qahramonimiz terma jamoa borasida ham rekord o‘rnatganlardan sanaladi. U hozircha Angliya terma jamoasi tarkibida maydonga tushgan va gol kiritgan eng yosh futbolchi bo‘lib turibdi. U 2003 yilning fevralida Avstraliya terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda zahiradan maydonga tushgan. Ilk golini esa 2003 yilning sentyabrida Makedoniya terma jamoasi darvozasiga kiritgan.
Umuman olganda, Ueyning shiddati atrofdagilarni hayratga solardi. U hatto mas`uliyatli o‘yinlar oldidan ham hayajonga tushmaydi. Yevropa chyempionati saralash turniridan o‘rin olgan Turkiyaga qarshi bahs oldidan uning sovuqqonligini ko‘rgan terma jamoa bosh murabbiyi S.G. Eriksson hayratdan yoqa ushlagan edi. Chunki u quvonchili xabar yosh futbolchiga aks ta`sir etishidan cho‘chigan edi-da.
Ueyn Runi nomi Yevropa chyempionatlari tarixida ham muhrlangan. U qit`a chempionatlari tarixida gol kiritgan eng yosh futbolchi. Raqiblar darvozasini zabt etganda, Ueyn hali o‘n sakkizga ham to‘lmagan edi.
Xullas, Yevro — 2004 uning hayotida burilish onlarini boshlab berdi. Tez orada jahonning taniqli klublari uni o‘z safida ko‘rish istagida savdolarni boshlab yuborishdi. Futbolchining o‘zi esa «Manchester Yunayted»ni tanladi.
Ueyn bu yerda ham barchani ajablantirishni boshlab yubordi. Klub tarkibidagi Chyempionlar ligasining debyut uchrashuvida Turkiyaning «Beshiktosh» jamoasi darvozasiga uchta to‘p yo‘lladi. Hali hech bir futbolchi Chyempionlar ligasiga bunchalik shiddat bilan kirib kelmagan edi.
Uning klubni o‘zgartirishiga bir qancha asosli sabablar bor. «Everton» har qancha kuchli klub bo‘lmasin, uning tarkibida Angliya chyempioni bo‘lish mushkul ish. Ana shu jihatni yosh futbolchi o‘ziga xos bo‘lgan aql bilan to‘g‘ri chamalay bildi.
Bugun Ueyn Runi «Manchester Yunaytyed»ning asosiy o‘yinchilaridan biri. MYni ham, Angliya termasini ham usiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. To‘g‘ri, hali Ueyn Angliya chempioni bo‘lishdek orzusiga erishgani yo‘q. Biroq 2004-2005 yilgi mavsum yakuniga ko‘ra, u Angliyaning eng yaxshi yosh futbolchisi, deb tan olindi.
Ueynning oldida hali ko‘plab musobaqalar, o‘yinlar turibdi. Agar unga jarohatlar xalaqit bermasa, u yirik turnirlarning medallar shodasini bo‘yniga taqishi hech gam emas.
“Turkiston” gazetasidan olindi