OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Qadr-qimmat to‘g‘risida

Avvalo o‘zingni hurmat qila bil!
PIFAGOR

Boshqalar huzurida ham, pinhona tarzda ham isnod keltiradigan ish qilma. O’zingga nisbatan hurmat birinchi darajali qonuning bo‘lmog‘i kerak.
PIFAGOR

Inson o‘zini hurmat qilishi lozim.
M. GORKIY

O’z qadr-qimmatini bilmasdan turib, ma’naviy boylikka yetishishni tasavvur qilish qiyin.
V. A. SUXOMLINSKIY

O’z-o‘zini hurmat qilmasdan turib, axloqiy poklik va shaxsning ma’naviy boyligi kamol topmaydi. O’zini izzatlash, or-nomus, g‘urur, o‘z qadr-qimmati
ni bilish tuyg‘usi — tuyg‘ularni yanada nafis qilib charxlaydigan sayqaltoshdir.
V. A. SUXOMLINSKIY

Izzattalablik o‘z holicha ehtimol nuqsondir, biroq u ko‘p hollarda qadr-qimmat manbaidir.
KVINTILIAN

Nafsoniyati yo‘q kishi nochor odamdir. Nafsoniyat bamisoli yerni joyidan siljitish mumkin bo‘lgan Arximed dastagidir.
I. S. TURGENEV

Shaxsiyatparastlik o‘z-o‘zini nobud etishdir. Shaxsiyatparast odam tikkaygan mevasiz daraxtday qurib boradi, biroq izzat-nafs mukammallik sari faol intilishda qudratli kuch manbaidir.
I. S. TURGENEV

O’zidan xotirjamlik ajib bir narsaki, zero bu o‘z qobi-liyati nimalarga qodirligini biladigan kishi fazilatidir.
T. GOBBS

O’z kuchingni his etishing kuchingga kuch qo‘shadi.
L. VOVENARG

Har bir odam o‘ziga qanday baho qo‘ysa, uning qimmati o‘shanga to‘g‘ri keladi.
F. RABLE

Inson o‘z kuchiga ishongan joydagina biror narsaga erisha oladi.
L. FEYERBAX

O’z-o‘zingga ishonch buyuk ishlarning eng birinchi zarur shartidir.
S. JONSON

Ishonch — eng qudratli ijodiy kuch.
M. GORKIY

O’ziga ishongan odamning qo‘lidan ko‘p narsa keladi.
A. GUMBOLT

O’zishta ishonmay turib, daho bo‘lishing mumkin emas.
O. BALZAK

Eng dahshatli ishonchsizlik o‘z-o‘zingga ishonmaslikdir.
T. KARLEYL

Aksari muvaffaqiyatsizliklarimizning sababi o‘zimizga ishonmasligimizdir.
K. BOUVI

Aql o‘ziga ishonmasligi aqlni hayron qoldiradi.
B. PASKAL

Shubha — xoin: u bizni urinib ko‘rishdan qo‘rqitib, erishishimiz mumkin bo‘lgan yaxshi narsalardan ko‘n hollarda mahrum etadi.
V. SHEKSPIR

O’zimizga bo‘lgan ishonchimiz o‘zgalarga ishonchimizning‘ asosini tashkil etadi.
F. LAROSHFUKO

Samoviy olam bilan kishining ichki dunyosi o‘rtasidagi tafovut kuchayib ketgan taqdirda biz o‘ylab ko‘rishimiz va o‘z-o‘zimizdan: ayrim narsalar hatto o‘zingga iqror bo‘lishdan uyalsang, qanday odamsan? — deb so‘rashimiz lozim.
N. A. OSTROVSKIY

Kishilar o‘zgalarning insoniy qadr-qimmatini hurmat qilmasalar, insonparvarlik tuyg‘usi haqoratlanadi, odam o‘z qadriga yetmasa, insonnarvar-lik tuyg‘usi yana battarroq haqoratlanadi va aziyat chekadi.
 V. G. BELINSKIY

Bezbet maqtanchoq jirkanchlidir, biroq biror kuchga inonmaydigan, biror fazilatga ega bo‘lmagan kishi jirkanchlikda undan qolishmaydi.
V. G. BELINSKIY

O’z qadr-qimmatini anglash aqlli odamni yanada kamtarin, shuning bilan birga yanada ustivor qiladi.
F. CHESTERFILD

O’z-o‘zidan nafratlanish hech qachon tinchlik bermay bir umrga yurakni ezib, hayotimizdagi har qanday quvonchni zaharlab, qalbni insonga nafrat va umidsizlik og‘usi bilan to‘ldiruvchi ilondir.
K. MARKS

O’zini hurmat qilgan odam boshqalarni ham izzat-ehtiromga o‘rgatadi.
L. VOVENARG

O’zini arzimagan narsa uchun ulug‘laydigan kishi boshqalarni sira hurmat qilolmaydi, har ikkala holda ham u qabih fikrlarini namoyon etadi.
N. I. NOVIKOV

Asli qiyofangni ko‘rsatishdan qo‘rqishing, demak, o‘zingdan nafratlanishingni bildiradi. Moslashib olish va pinhon tutish san’ati ko‘p hollarda o‘z kamchiliklarini indamay turib tan olishdan boshqa narsa emas.
J. MASSIYON

Nafsoniyatdan ko‘ra o‘zini hurmat qila olmaslik ko‘proq tanbehga loyiq.
V. SHEKSPIR

O’zini hurmat qilish hech qachon o‘zini kamsitishdek tubanlikka aylanmaydi.
V. SHEKSPIR

O’zingni o‘z qobiliyatingdan ustun qo‘yishing ham, o‘zingni kamsitishing ham yaramaydi.
I. GYOTE

O’z fazilatlarini o‘zi gapirgan odam kulgiga loyiqdir, ularni anglamagan esa — tentak.
F. CHESTERFILD

O’zini yetarli hurmat qilmaslikdan ham o‘ziga bino qo‘ygandagidek nuqsonlar kelib chiqadi.
M. MONTEN

Seni hurmat qilishlarini istasang, o‘zingni hurmat qil.
B. GRASIAN

O’zini hurmat qilmagan odamni boshqalar ham izzatlamasligi aniq.
N. M. KARAMZIN

O’zini hurmat qilmagan hech bir kishi baxtli bo‘la olmaydi.
J. J. RUSSO

Hamma ham o‘zini-o‘zi sevish huquqiga ega emasmi? Nahotki, ishtiyoq bilan qilgan ishimiz noo‘rin bo‘lib tuyulsa?
L. VOVENARG

Sen haqingda qanday fikrda bo‘lishlaridan qat’i nazar, o‘zing to‘g‘ri deb bilgan ishingni qil. Tanbehga ham, maqtovga ham birdek beparvo bo‘l.
PIFAGOR

O’zligicha qola bilgan odam baxtlidir.
F. GAGEDORN

Odamlar nima desa deyaversinlar, o‘z yo‘lingdan qolma.
A. DANTE

O’z qiyofasini yo‘qotmaslikka harakat qilish muvaffaqiyat qozonishning yagona vositasidir.
STENDAL

Seni kim deb hisoblashlari emas, aslida kimliging muhimdir.
PUBLILIY SIR

Yaxshi nom qoldirishdan o‘tadigani yo‘q, bu nomni esa hech narsa qadr-qimmatchalik mustahkam qilib yaratmaydi.
L. VOVENARG

Odam pulsiz, uysiz, yer-mulksiz qolsa sadqayi sar — bularning hammasi unga tegigali emas. Insonning o‘z haqiqiy mulki — insoniy qadr-qimmatini yo‘qotishi achinarlidir.
EPIKTET

Qadr-qimmat insonni eng yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, butun intilishlariga olijanoblik bag‘ishlaydi.
K. MARKS

Yaxshi fazilatlarga ega bo‘la turib, jamiyatda yuksak mavqega orishmaslik mumkin, biroq jilla qursa qandaydir fazilatga ega bo‘lmay turib, bunday mav-qega erishish mumkin emas.
F. LAROSHFUKO

Nuqsonsiz odam emas, balki fazilatli odam hurmatlidir.
V. O. KLUCHEVSKIY

Haqiqiy fazilat daryoga o‘xshaydi, qanchalik chuqur bo‘lsa, shunchalik sokin oqadi.
M. MONTEN

Insonning fazilati favqulodda jasoratlar bilan emas, balki uning kundalik ishlari bilan o‘lchanadi.
B. PASKAL

Insonning haqiqiy qadr-qimmati shundaki, hatto uni hasadchilar ham maqtashga majbur bo‘ladilar.
F. LAROSHFUKO

Erkak kishining shani xususan shundan iboratki, u tekinxo‘r, haromtomoq bo‘lmasligi kerak.
V. A. SUXOMLINSKIY

Insonning qadr-qimmati to‘g‘risida uning yaxshi fazilatlariga qarab emas, balki uning shu fazilatlaridan qanday foydalanishiga qarab fikr yuritish lozim.
F. LAROSHFUKO

Buyuk fazilatlarga ega bo‘lish yetarli emas, ulardan foydalana bilish ham kerak.
F. LAROSHFUKO

Shuichaki yaxshi bo‘lmay, nimadir yaxshilik qiling.
G. TORO

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.