OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Bir kambag’alning Misr shohiga oshiq bo’lgani hikoyati

Misrda nomi shuhratga burkangan podsho bor edi. Bir kambag‘al darvesh shu podshoga oshiq bo‘ldi. Darveshning oshiqligi xabari shohga kelib yetgach, uni o‘z huzuriga chaqir-tirdi. Shoh darveshga dedi: «Nega podshohga oshiq bo‘lding, endi ikki yo‘ldan birini tanla: yo bu diyoru shahrni tark etasan, yoki mening ishqimda boshingdan judo bo‘lasan. Senga haq gapni aytyapman: yo boshingni jallod   kundasiga qo‘y, yoki musofirligu ovoragarchilikni bo‘yningga ol».
Darvesh chin oshiqlik nima ekanini bilmasdi. Shu bois shahardan chiqib ketishni tanladi. Benavo darvesh saroydan chiqishi bilan, shoh o‘z a’yonlariga buyurdi: «Uni tutib boshini kesinglar!» Shoh yaqinlaridan biri dedi: «Axir uning hech gunohi yo‘q-ku, shohim nega uning boshini kesishga buyuradilar?» Shoh dedi: «Chunki u oshiq emas edi, bizning ishqimiz yo‘lida sodiq emas edi. Agar u chin oshiqlik ishini bilganida edi, bu yerda boshini kesishlarini xohlagan bo‘lardi. Kimda-kim, boshi Jonondan ko‘ra aziz bo‘lsa, oshiqlik unga haromdir. Agar u Mendan bosh kesishni xohlaganda edi, shoh toju taxtidan kechib, uning oldida bel bog‘lab, xizmatda bo‘lardi va darvesh olamning podshosi bo‘lardi, ya’ni o‘z o‘rniga — taxtga o‘tqazardi. Ammo u ishqda quruq da’vo qilardi, xolos, shu bois bundaylarning boshi kesilishi yaxshi. Har kimki ishkda da’vo qilur, ammo sodiq emasdir, u shaksiz beburd va buzuqidir. Buni shu uchun aytdimki, har qanday past beburd kishi bizning ishqimizda behuda lof urmasin, yolg‘on so‘zlamasin».

"Mantiqut-tayr"dan (Fariduddin Attor)

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.