OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Ikki so’fiyning o’zaro xusumat qilib, qozi oldiga borganlari

Xirqa kiygan ikkita so‘fiy o‘zaro janjal qilib, qozixonada hozir bo‘ldilar. Qozi ularni bir burchakka olib borib, dediki: 
- Jangu xusumat so‘fiylikka yarashmaydi. Egningizga Allohga taslimlik to‘nini kiyib olgansiz, nima uchun bu xusumatni boshladingiz? Agar sizlar jangu jadal, qasdu kina odami bo‘lsangiz, bu liboslarni yechib tashlang. Va agar bu to‘nlar bilan birga bo‘lsangiz nizo va janjal qilmang. Men bir qoziman, ma’naviy (so‘fiy) odam emasman. Ammo bu kiyimlardan qattiq uyalaman. Bunday xirqa kiygandan ko‘ra, parda ichiga yashirinish, ya’ni paranji yopinish afzal.
Sen ishq ishida na xotin, na ersan, jaholat bilan birga bo‘lasan, shunday bo‘lgach, ishq sirrini hal etolasanmi? Agar bu maydonga kirishga azm etgan ekansan, boshni berib, jon tarkini etishga tayyor bo‘l! Va agar ishq yo‘lining sirriga mubtalo bo‘lsang, o‘zingga balodan zireh kiyib ol. Sen bundan boshqa da’vat qilib bosh ko‘tarma, bo‘lmasa rasvolik botqog‘iga botib ketasan.

"Mantiqut-tayr"dan (Fariduddin Attor)

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.