Aragon Lui (1897 - 1982) — fransuz yozuvchisi va jamoat arbobi. Ijodini shoir-syurrealist sifatida boshlagan.
Turkum romanlari «Mavjud dunyo» (1934—51) chiqqan. Qarshilik harakati ishtirokchisi, qarashlari «Yurakka qadalgan pichoq» she’riy to‘plami (1941)da va hikoyalar to‘plami («Fransuzlarning buyukligi va tushkunligi», 1945)da aks etgan.
Tarixiy roman — «Pasxa arafasidagi hafta» (1958), roman — «Anri Matiss» (1971), «Teatr-roman» (1957) asarlari muallifi.