Turk yozuvchisi Rafiq Xolid Qoray 1988 yili Istambulda tug‘ilgan. Galatasaray sultoniyasida va huquq maktabida o‘qigan. "Tarjimoni haqiqat" gazetasida muxbir va tarjimon bo‘lib ishlagan. Uning "Istambulning ich yuzi" (1920), "Surgun" (1941), "Kalit" (1949), "Bu bizning hayotimiz" (1950), "Nilgun" (1950-52), "Yer ostida dunyo bor" (1953), "Ikki ming yilning sevgisi" (1954) kabi romanlari chop etilgan. Rafiq Xolid Qoray 1965 yili Istambulda vafot etgan.