Sodiq Hidoyat (17 fevral 1903, Tehron — 9 aprel 1951, Parij) — eron yozuvchisi, filolog va jamoat arbobi.
Tehrondagi o‘quv yurtida, Belgiya va Frantsiyada (1926—1930) ta’lim olgan. Xorij adabiyoti, Eron tarixi va folklorini o‘rgangan. E.Po, Gogol, Mopassan, Chexov, Rilke, Kafka ijodini mukammal o‘rgangan. O‘rta asrlar fors xalq og‘zaki ijodi namunalarini zamonaviy tilga tarjima qilgan, frantsuz tilidagi asarlarni forschaga tarjima qilgan.
1950 yili Parijga ketgan. Qatag‘on paytida qo‘lyozma asarlarini yo‘q qilgan va o‘z joniga qasd qilgan.
Sodiq Hidoyatning asarlari dunyoning ko‘pgina tillariga tarjima qilingan.
«Tirik ko‘milganlar» (1930), «Uch qatra qon» (1932), «Yorug‘lik soyasi» (1933) «Alaviyya xonim» (1933), «Ko‘r boyqush» (1937), «Boshpanasiz it» (1942), «G‘iybatlar» (1944), «Hoji og‘a» (1945), «Ertaga» (1946) hikoyalar to‘plami va qissalari, «Sosonning qizi Parvin», «Olamning yaralishi afsonasi» pesalari, «Umar Xayyom ruboiyoti» (1923), «Inson va hayvon» (1924), «O‘lim» (1927), «Eron she’riyatida yangi oqimlar» (1941), «Kafka nomasi» (1948), «Yevropada Islom missiyasi» esselari mashhur.