Lyutsiya gazeta sotish bilan shug‘ullanar, Boris esa, olti oydirki hech qaerda ishlamasdi. Ko‘pincha u televizor qarshisida muk tushgancha, yo‘ldosh kanallardan beriladigan sport ko‘rsatuvlarini tomosha qilar, ba’zida soqol olish ham esidan chikar, ayniqsa, keyingi paytlarda sehrgarlik va parapsixologiya haqidagi kitoblarga ruju qo‘ygan, uzoq-uzoqlarga ketish haqidagi allatovur rejalar ham tuza boshlagandi. Lyutsiya esa, kayfiyatiga ko‘ra, yo eriga qarab asabiy to‘ng‘illashni boshlar, yoxud uning axmokona orzularining ermak qilib o‘tirardi. To‘g‘ri, birinchi holat tez-tez takrorlanardi. Shunga karamay, ularning turmushi u qadar yomon emasdi.
Kunlarning irida Boris xotini savdo qiladigan gazeta do‘konchasiga aylanib bordi-yu, uzoqdan xotinining yonginasida o‘tirgan forma kiygan yoshgina erkakka ko‘zi tushdi. Ular allanarsalar haqida ezilib gap sotishardi. Ular Borisni ko‘rishi bilan allakanday sarosimaga tushib qolishdi. U esa tushuniksiz uyatchanlik hissini tuyib , indamay ortiga qaytdi.
-Kecha sen bilan gaplashib turgan kim edi?- so‘radi ertasi kuni u yasama loqaydlik bilan.
-Kimni aytyapsan?
-Forma kiygan anavi nusxani aytyapman.
-Ha, uim? - dedi Lyutsiya soddalik bilan.- U Deyan. To‘g‘rimizdagi uyda turadi.
-Voy palakat,- tutakib ketdi eri o‘n dakikalarchamasi fursat o‘tgach. - pult uchun bir hafta ilgari batareyka olgandim. Allakachon sob bo‘pti. Mana, ishlamayapti.
-Nimasiga hayron bo‘lasan? Kun bo‘yi pult qulingdan tushmasa,- dedi unga javoban Lyutsiya.
Kuni quruq va issiq edi, qo‘shni xonadondan yanchilgan kalampirning hidi anqib turardi, havoni esa subhi sodiqdan beri yakin oradagi qurilishdan tuproq tashiyotgan samosvallardan ko‘tarilgan chang qoplagan edi. Boris sarpoychan boloxona panjarasiga suyangancha uyga qaytayotgan xotinining stoyanka yonidan qanday o‘tishini kuzatayotgandi. Ayol yo‘lakka kirgunicha undan ko‘z uzmay turdi va xonaga qaytib yengli ko‘ylagini kiydi.
-Ish masalasida bir joyga utib kelishim kerak, - dedi u zinapoyada Lyutsiya bilan to‘qnash kelarkan. - Tushlikka senga bo‘g‘irsoq opkelib qo‘yganman.
U chap tirsagini mashinaning ochiq darchasiga tiraganicha, bo‘m-bo‘sh ko‘chalardan uzoq kezindi. Uning sariq "opel"idagi radio ham, magnitofon ham ishlamas, o‘rindiq g‘iloflari ham ilma-teshik bo‘lib ketgandi. Daraxt shoxlari orasidan shamol g‘uvillardi. Umuman olganda, Lyutsiya men seni hech kachon sevmaganman, deya o‘ylardi u ro‘parasidagi ko‘zguda o‘z aksiga ser solarkan, mutlaqo sevmaganman. U qulidagi sigaretini kuldonda ezg‘ilab gazni bosdi.
Kutilmaganda o‘ng tarafdan qip-qizil "mazda " chiqib qolgani u payqamay ham qoldi. Faqat "Mazda" uning mashinasining yon tomoniga zarb urilib, yon oynalar minglarcha zarralarga aylanib shamolga sochilib ketganida esiga joyiga keldi. U savqi tabiiy tarzda tormoz tepkisini bosgan chog‘ida ko‘kragi bilan rulga borib urildi va zo‘r berib signal tugmasini bosdi. Signal o‘n soniya davomida baxtsiz hodisa darakchisidek yangrab turdi. Bundan o‘zi ham vahimaga tushib tashkariga otilib chiqdi.
"Mazda" haydovchisi yigirma, oshib borsa yigirma yoshlar chamasidagi yigit bo‘lib, sarosimada qaltirab turardi.
-Nima qip qo‘yding, galvars,- so‘radi Boris ajabtovur bosik ohangda. "Enasini ko‘ribdi", o‘yladi sung mashinaning burishib qolgan kuzoviga qarab. Ajablanarlisi, bu falokat uni shu qadar qahrini keltirmagan, yuzida faqat parishon norozilik alomati sezilardi, xolos. U ayni paytda shunaqangi tushkun kayfiyatda ediki, o‘z holatini o‘zi ham yaxshi idrok etolmasdi.
Birdan uning boshi aylanib ketdi mashinasining yonida cho‘kkalab qoldi. Daqiqalar bir-birini quvib o‘tib borar, u esa ko‘ksidagi qattiq og‘riqdan bo‘lak hech narsani his etolmasdi.Anchadan keyin u yon-atrofini o‘rab olgan tekin tomosha ishqibozlarining g‘ovur-g‘uvuridan o‘ziga keldi. Ularning gap-so‘zlari Borisning nazarida radiopriyomnik qulog‘ini bir to‘lqindan boshqasiga sozlayotgan paytda eshitiladigan ma’nosiz, uzuq-yuluq shovqinni eslatardi.
- Xotinimga qo‘ng‘iroq qilishim kerak,- dedi u birdan.
- Balki, menikidan telefone qilarsiz? - dedi olmon ichida turgan och yashil rangli unniqib ketgan xalatdagi ayol.- men to‘g‘ridagi uyda turaman.
Uyning mehmonxonasida shundoqqina derazaning yonida kattakon limonni eslatuvchi chiroq xiragina nur sochib turardi. Boris qoplamasi urinib qolgan divan ustiga behol cho‘kdi. Ayol shaffof suyuqlik bilan labolab to‘ldirilgan ikkita qadahni olib keldi.
- Aroq ichasizmi?
Boris indamay kadahni qo‘liga oldi. Qaerdandir o‘zi ko‘rinmayotgan chivinning g‘o‘ng‘illashi eshitilardi. Qo‘shni xonadanmi, xonadondanmi, radioning baland ovozi quloqqa chalinardi."Armiya saflarida xizmat kilayotgan qadrli o‘g‘limiz Ivanga eng samimiy tilaklar bildirgan hllda..."
- Nega ichmayapsiz, - so‘radi ayol va shanda Boris unga diqqat bilan tikildi. Rangpar, ixchamgina, yuzlarnin sepkil bosgan ayol kishining e’tiborni iunchalik torta olmasdi, aslida. Mayin, to‘q sariq sochlarining quyi qismi oqargani aniq-tiniq ko‘rinib turardi.
- Nega ichmayapsiz,- savolini qaytardi u.
- Bilmasam, ta’bim tortmayapti.
- Chumolilardan qanday qutulish mumkin ekan-a!
- Chumoli deysizmi!
- Uyimni mayda, xuddi qovurib olingandek qizg‘ish chumolilar bosib ketgan. Devorlar, oshxonadagi stol-stullarga qarab bo‘lmaydi. Hatto ko‘rpa-to‘shaklarga ham to‘lib ketgan.
- To‘shakda?
- Ha.
- Xotinimga telefon qilishim kerak edi.
- Anavi tomonda telefon.
Boris dastakni quliga olganicha telefon gardishiga uzoq termulib turdi. Chivinlarning g‘ung‘irlashiga toqat qilib bo‘lmasdi.
- Raqamni eslay olmayapman.-dedi u nihoyat kulimsirab. - G‘alati-ya?
- Ma’lumotxonadan so‘rab ko‘ring. Loaqal ismingiz esingizda bormi?
- Boris.
- Rostdanmi, sobiq erimning ham ismi shunaqa edi.
- Ajrashganmisizlar?
- Yo‘q, u halokatga uchragan.
- Avtohalokat emasmi?
- Yo‘q, Eronda o‘lgan.
Boris divanga qaytib ayolning yoniga o‘tirdi, aroqdan bir qultum yutib boshqa icholmasligini tushundi.
- Jin ursin. O‘z telefonimning raqamini unutib qo‘ysam-a?
- Men esa erimning qiyofasini esimdan chiqarib yuborganman.
- Chini bilanmi?
- Men hamisha uni allaqanday aqidaparastlar o‘ldirib ketishidan yoki ularning qurilishiga bombami, raketami tushishidan qattiq qo‘rkardim. O‘z-o‘zimga bu haqda o‘ylamaslikni ham maslahat berardim. Chunki, bunaqa narsalar haqida o‘ylasang, go‘yoki sen shuni istaganday bunaqa noxushliklar sodir bo‘lishi mumkin.
- Eringiz qanday kilib o‘lgandi?
- Uning baragida gaz balloni portlab ketgan.
"Buguni nikoh to‘ylarni nishonlayotgan Shime Labor va Vesna Ivkovichni o‘rtoqlari Kajimir, Diana, Antoniya, Buba, Damir va Ante chin ko‘ngildan muborakbod etadi"
- Uni samolyotda, allaqanday kumushsimion matodan tayerlangan qopga solib keltirishdi.Uning tanasi qiymalanib ketgandi. Uni tanishning mutlako imkoni yo‘k edi... Bilasizmi, kulgili tuyulishi mumkin. Biroq, men uning o‘lganiga mutlako ishonmasdim. U xuddi "Santa-barbara"dagiga o‘xshab boshqa qiyofada qaytib keladiganga o‘xshaydi.
- Judayam g‘lati,- dedi Boris qulidagi qadahdan yana bir qultum sipkorib. Divan ustida ayol kishining uch-to‘rt soch tolasi yotardi.-
judayam g‘alati.
Ayol o‘ksib-o‘ksib yig‘lardi. Boris ayolning yuziga uzoq termilib turdi va yashin urganday kaltis harakat bilan ayolni bag‘riga tortdi. Ayol ham xuddi shuni kutayotganday uning quchogiga otildi.
- Boris.
- Tinchlan, azizim,- shivirladi Boris.
- Endi biz yana birgamiz.
Rus tilidan Rustam Jabborov tarjimasi