Vidiadhar Surajprasad Naypol 1932 yil 17 avgustda Trinidadda, kambag‘al hind oilasida dunyoga kelgan. Ingliz tilida ijod qiladi. 1950 yildan Angliyada yashab kelmoqda. U 14 roman, 10 esselar kitobi va bir qancha sayohatnomalar yozgan. 1971 yilda “Erkin mamlakatda” romani uchun Buker mukofotiga, 2001 yilda esa adabiyotdagi halolligi uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Uning deyarli barcha asarlarida asosiy qahramonlar – oddiy xalq vakillaridir, adib ularning turmush tarzini haqqoniy bo‘yoqlarda ifoda etadi.