Rus yozuvchisi. Oddiy askarlarning qahramonligi, insonning urushdagi ruhiyati Bondarev ijodining bosh mavzuidir («Batalonlar o‘t ochishni so‘raydi» povesti, 1957; «Issiq qor» romani, 1969 va b.).
«Sukunat» romani (1962) tinch hayotga qaytish haqida, «Sohil» (1975), «Saylov» (1980), «O‘yin» (1985) kabi romanlarida insonning o‘z davri, vatani bilan aloqalari haqidagi axloqiy-falsafiy mulohazalari aks etgan.