OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Asefa Gebre Mariam Tesemma (Efiopiya)

Asefa Gebre Mariam Tesemma - efiopiyalik shoir

EFIOPIYANING MILLIY GIMNI

O Efiopiya, olg‘a bos, olg‘a,
Sotsializm sari chiqqansan yo‘lga!

Gulla-yashna, zamin, quchmoqda ko‘klam,
Farzandlar posbondek ichmoqda qasam!

Ertaga jang bo‘lsa yana nogahon,
Sen uchun har biri baxsh aylagay jon!

Hamisha yaxlit bo‘l va yasha ozod,
Yo‘lingni tafakkur aylasin obod,
Ko‘ksingni to‘ldirib nafas olgin shod!
Mehnat quchog‘ida, yurtim, bahor bo‘l!

Dushmaning yo‘q bo‘lsin!
Sen mangu bor bo‘l!

Husniddin Sharipov tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.