Ridxa Zili – tunislik shoir
* * *
Chaqmoq chaqqanida agar yuvosh tortsangiz
Vulqon portlashidan quchsa nogahon dahshat
Tungi sokin ummon sizga yotday tuyulsa
Qalbingizga oqib kirsa vulqon lavasi
Achchiq sevgi sharobidan sarxush bo‘lsangiz
Qushlar jonu jahdi ila o‘pishsa agar
Agar shamol soyadan qocha boshlasa
Agar quyosh bosh egsa
Yerda bodring o‘smasa
Bolalar non va yog‘ni o‘ylashar ekan
Kundan qochgan arvohlar daydirkan tunda
Yulduzlar ko‘z yosh bo‘lib to‘kilsa agar
Yurakdagi alanga lovullab tursa
Atirgullar o‘smasa agar do‘zaxda
Agar qalbda hayajon qalqsa qaytadan
Bosh bombaga aylanib
Daryo irmoq bo‘lmasdan
Qabristonni yashirib tunlar
Suvlar uzra tonglar otmasa
Mening quruq kalimalarim
Notinch aylab sizni qiynasa agar
O‘tinchim shu:
Ko‘zingizni ko‘r qilib darhol,
Tinglang tinglang tinglang
Tinglang mening murg‘ak she’rimni.
Normurod Narzullayev tarjimasi.