OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Abulfazl Mekoliy

Abulfazl Ubaydulloh ibn Ahmad Mekoliy - O‘rta osiyolik arabnavis shoir

1

Pok muhabbatga saxiy ohu bu on
Menga etmish dardi hijron armug‘on.
U hijob birlan bo‘lur g‘oyib, netay,
Bo‘lsa hamxonam, etar bag‘rimni qon.

U mening ruhim, bu xil g‘oyib bo‘lish
Ruh uchun inkor etilmas hech qachon.

2

Meni o‘z vaslidan mahbuba daf etdi,
Ko‘zimdan uyquni bu dard yalab ketdi.

Sochildi yoshlarim dur misli so‘ngsiz,
Bu hol oxir qovog‘imni sadaf etdi.
3

Bizga ijod etdi bul kun navbahor,
Marvarid ichra aqiqdek lolazor.

Shodadan boqqan shaqoyiq gullari
Xol bezatgan qiz yuzidek beg‘ybop.

4

Menga xushbo‘y bir binafsha et ato,
Qalbga shodlik aylasin baxsh bexato.

Qisqa umrimning davomli bo‘lmog‘in
Et xabar, deb, unga qildim iltijo.
    
Husniddin Sharipov tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.