OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Saloh Abdus-Sobir (1932)

Saloh Abdus-Sobir 1932 yili Misrda tug‘ilgan. Shoir, tanqidchi, dramaturg

“KECHIRING, DO‘STLARIM…”

Kechiringlar, do‘stlar, bu yilda
daraxtlar ham – mevasiz, abgor,
dasturxonim bo‘m-bo‘sh, huvillar,
sizlarni kutishga emasman tayyor,
omborlar ham bo‘shdir, na qilay,
ayondir bu bolalarga ham.
Xasismasman, bu yil bir giyoh
unmadi-da dalalarda ham.
Kechiringlar, do‘stlar, uyimda
yonib turar bittagina sham —
mumday erib yoshin to‘kadi,
ado qilar uni ham bu g‘am.
Kechiringlar, do‘stlar, yuragim
olov bo‘lib lovullar, oydin, —
sizga kulib peshvoz chiqqali,
dil quvonchni oladi qaydan?

Karim Bahriyev tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.