OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Fransua Sengat-Kuo (1931)

Fransua Sengat-Kuo (taxallusi Franchesko Nditsuna) 1931 Duala shahrida (Kamerun) tug‘ilgan. Fransuz tilida ijod qiladi.

BIRINCHI VAROQ

Bir qator,
tartibli tizilgan so‘zlar
rangsiz, jo‘n, safosizdir, ammo gohida ular
chaqmoq chaqnog‘ida yarqiragan kamalakday sochiladi,
munchoq bo‘lib quvonch va qayg‘u ipiga tizilgan,
shiddatli to‘lqinlar oqizayotgan
chig‘anoqlarday ochilib ketadi,
va she’riyatga aylana boshlaydi…

Karim Bahriyev tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.