Klementina Nzuji 1944 yili Kongoda tug‘ilgan. Fransuz tilida ijod qiladi.
YO‘Q, AYBDOR EMASMAN
Yo‘q, mening aybim yo‘q,
Tilimni tushunmasangiz na chora.
Menga
Tabiat bergan
Bejamdor bir til.
Bargning tili bu,
shabbadaning,
gullarning,
qushlarning
va suvning tili —
Bu ham til,
Insonlar tushunmas tildir.
Agar meni daraxt deb bilsangiz,
shamol,
atirgul,
qush,
suv deb bilsangiz,
shunday muomala qilsangiz,
va meni sekin tinglasangiz,
tushuna boshlaysiz.
Karim Bahriyev tarjimasi