OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Rafael Ernest Greyl Armattu (1913–1953)

Rafael Ernest Greyl Armattu (1913–1953) Ganada tug‘ilgan. Ingliz tilida ijod qilgan.


G‘ARIB KO‘NGIL

Sahro so‘qmog‘ida
Bir qari kampir
Borardi, kulardi negadir diqqat,
Gapirib borardi o‘zi-o‘ziga,
Sahro so‘qmog‘ida g‘ariba ayol
O‘zi bilan o‘zi qilardi suhbat.

Bilasanmi, bolam,
Ne uchun bu on
O‘zi bilan o‘zi gaplashar inson?
Ortida – uzun yo‘l,
Yo‘ldoshi yo‘q dam —
O‘zi bilan o‘zi gaplashar odam.

Yomg‘irday yog‘ilsa yurakka qayg‘u,
G‘amlar to‘fon kabi toshsa sarbaland,
Inson – yo‘l topmagan chorasiz yo‘lchi,
So‘zlashib qoladi o‘z-o‘zi bilan.

Sahro so‘qmog‘ida ketyotgan ayol,
Hayot azoblagan sho‘rlik, ovvora.
O‘zidan so‘raydi o‘zi ming savol,
Javobin topolmay kular bechora.

Ko‘zimda yoshlarim qotib qolgandir,
Ichimdan chiqmaydi ohim, damim ham.
Ona, sening g‘aming juda ulkandir!
Senikidan kammas mening g‘amim ham…

Karim Bahriyev tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.