QUYOSH QARSHISIDA
Bosh eg muqaddas,
Faqat nurlaridan
Past egilma, past —
Muzday yerga peshonang tegib,
O‘z qabringni qazma egilib.
Onang qarshisida
Bosh eg mehribon,
Faqat yaproqlardan
Past egilma, jon —
Qay bir yoqdan otilsa gar o‘q,
Senga tegsin,
Unga emas, yo‘q!
Yoring qarshisida
Bosh eg, bukilma,
Faqat yulduzlardan
Pastga egilma —
Ko‘rmoq uchun bolalarday shod
Yulduzlarga yozganin qanot.
Vatan qarshisida
Bosh eg, sodiq bo‘l,
Faqat nigohidan
Past egilma, kul —
Qoyalarday qoshida turib
O‘qigali ko‘zidan surur.
Ruschadan Abdulhay Nosirov tarjimasi.