OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Yunus Emro (1240-1320)

Yunus Emro 13 asrda yashagan turk shoiri. Uning hayoti haqida ma'lumotlar juda kam bo'lsa-da, she'rlari butun turk diyorlarida juda mashhur, oradan o'tgan salkam yettiyuz yil mobaynida sharq xalqlarining eng suyukli shoirlaridan biriga aylandi.

Ba'zi manbalardan va she'rlaridan uning 1240 yildan tug'ilgani, 80 yil umr ko'rgani, Eskishehir-Sariko'yda (hozirgi Yunus Emro) vafot etgani va shu yerda dafn etilgani ma'lum.

Yunus Emro madrasa ta'limini olgan, arab va fors tillarini yaxshi bilgan, Qur'on va hadis ilmlarini chuqur o'rgangan, o'z davrining yetuk mutasavvuf olimi bo'lgan zot bo'lib, o'z falsafiy dunyoqarashi bilan o'sha davrning yirik, XIII asrda Xurosondan Anadoluga kelgan. U Hoji Bektosh Valiy va Taptuk Bobo (Taptuk Emro) kabi ustozlardan ta'lim olgan.

U o'z she'rlarida Alloh va Rasuliga (s.a.v) sevgi haqida kuyladi. "Sevaman, sevilaman" deb yozgan shoir insonlarni, yaratiliqlarni sevish orqali Yaratgan sevgisiga erishish haqida yozdi.

Asarlari:
1. Risolatun-Nushiyya (O'git risolasi) - masnaviy shaklida, "Foilotun foilotun foilun" vaznida yozilgan axloqiy, diniy asar.
2. Devon. Yunus Emro devonining bir qancha qo'lyozma nusxalari mavjud.

   
TURKCHA
O`ZBEKCHA
   

GEL GÖR BENI ASK NEYLEDI

Ben yürürüm yana yana
Ask boyadi beni kana
Ne akilem ne divane
Gel gör beni ask neyledi

Gah eserim yeller gibi
Gah tozarim yollar gibi
Gah akarim seller gibi
Gel gör beni ask neyledi

Akar sularin çaglarim
Dertli cigerim daglarim
Seyhim anuban aglarim
Gel gör beni ask neyledi

Ya elim al kaldir beni
Ya vaslina erdir beni
Çok aglattin güldür beni
Gel gör beni ask neyledi

Ben yürürüm ilden ile
Seyh anarim dilden dile
Gurbette halim kim bile
Gel gör beni ask neyledi

Mecnun oluban yürürüm
O yâri düste görürüm
Uyanip melül olurum
Gel gör beni ask neyledi

Benzim sarik, gozlerim yash, 
Bagrim pare, jigerim tash, 
Halim bilen dertli kerdash,
Gel gör beni ask neyledi.

Askin beni mast eyledi, 
Oldu gonlum xast eyledi,
Oldurmaya kasd eyledi,
Gel gör beni ask neyledi.

Miskin Yunus biçareyim
Bastan ayaga yareyim
Dost elinde avareyim
Gel gör beni ask neyledi

KEL KO`R MANI ISHQ NAYLADI

Man yururman yona-yona,
Ishq bo`yadi mani qona,
Na oqilman, na devona,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Goh esarman yellar kabi,
Goh to`zarman yerlar kabi,
Goh oqarman sellar kabi,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Oqar suvlardek oqarman,
Dardli yuragim yoqarman.
Yorimni o`ylab yig`larman,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Yo qo`lim ol qoldir mani
Yo vaslingga qondir mani
Ko`p yig`latding, kuldir mani
Kel, ko`r mani ishq nayladi.

Man yururman eldan elga,
Do`st so`rarman tildan tilga.
G`urbatda holim kim bilar,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Majnun bo`lubon yururman,
U yorni tushda ko`rurman.
Uyg`onib malul bo`lurman,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Rangim sariq, ko`zlarim yosh,
Bag`rim pora, jigarim tosh.
Holim bilgan dardli qardosh,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Ishqing mani mast ayladi,
Oldi ko`nglum, xast ayladi.
O`ldirmakka qasd ayladi,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Miskin Yunus bechoraman,
Boshdin oyog`i yoraman,
Do`st ko`yida ovoraman,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Davronbek Tojialiyev tarjimasi

* * *

SEVELIM, SEVILELIM

Hak cihâna doludur
Kimseler Hakk'i bilmez
Onu sen senden iste 
Ol senden ayri olmaz

Dünyaya inanirsin 
Rizka benimdir dersin 
Niçün yalan söylersin 
Hiç sen dedigin olmaz

Aliret yavlak irakdir
Dogruluk key yarakdir
Ayrilik sarp firakdir
Hiç giden geri gelmez

Dünyaya gelen göçer 
Bir bir Serbetin içer 
Bu bir köprüdür geçer 
Câhiller onu bilmez

Gelin tanis olalim
Isi kolay kilalim 
Sevelim sevilelim
Dünya kimseye kalmaz

Yûnus sözün anlarsan 
Mânâsini dinlersen 
Sana iyi dirlik gerek 
Bunda kimseye kalmaz.

SEVAMAN, SEVILAMAN

Haq jahonga to‘ladir, 
Kim o‘zi hakni bilmas, 
Uni sen o‘zingdan so‘r, 
U sendan ayri bo‘lmas.

Dunyoga ishongaysan, 
Rizqni meniki deysan, 
Nega yolg‘on so‘zlaysan, 
Hech aytganing bo‘lmas.

Oxirat yo‘li yiroq, 
To‘g‘rilik qayda yaroq, 
Ayriliq ketgan firoq, 
Ketgan hech qaytib kelmas.

Dunyoga kelgan ketar, 
Bir-bir sharbatni ichar,
Bu bir ko‘prikdir, o‘tar, 
Johillar buni bilmas.

Kelinglar, do‘st bo‘laylik, 
Ishni oson qilaylik, 
Sevaylik, sevilaylik 
Dunyo hech kimga qolmas.

Yunus so‘zin tinglagin, 
O‘z ma’nosin anglagin, 
Amal qil Haqqa doim, 
Bunda hech kimsa qolmas.

Fayzi Shohismoil tarjimasi

* * *

BENIM BURDA KARARIM YOK

Benim burda kararim yok
Ben burdan gitmeye geldim
Bezirganim, metaim cok
Alana satmaya geldim.

Ben gelmedim davi icin
Benim isim sevi icin
Gonuller dost evi icin
Gonuller yapmaya geldim.

Dost esrigi deliligim
Asiklar bilir neligim
Devsiriben ikiligim
Birlige yetmeye geldim.

O hocamdir, ben kuluyum
Dost bahcesi bulbuluyum
O hocamin bahcesine
Sad olup otmeye geldim.

Burda bilis olan canlar
Orda bilisirler imis
Bilisiben hocam ile
Halim arzetmeye geldim.

Siz YUNUS'tan sorun haber
Dost kanda ise anda var
Haberi gel gor benden al
Ben onu gormeye geldim

MENING BUNDA QARORIM YO`Q

Menim bunda qarorim yo‘q, 
Men bunda ketmoqqa keldim. 
Bozurgonman, matoim yo‘q, 
Olganga sotmoqqa keldim.

Men kelmadim da’viy uchun, 
Mening ishim sevgi uchun. 
Do‘stning uyi - ko‘ngullardir, 
Ko‘ngullar topmoqqa keldim.

Dust asiri - daliligim, 
Oshiqlar bilgay neligim, 
Bekor qilib ikkilikni, 
Birlikka yetmoqqa keldim.

Ul Xojamdir, men quliman, 
Do‘st - bog‘ining bulbuliman, 
Ul Hojamning bog‘larida 
Shod bo‘lib o‘tmoqqa keldim.

Bunda topishmagan jonlar, 
Unda topishmagay onlar, 
Bunda topishib Do‘st ila, 
Holim arz etmoqqa keldim.

Yunus Emro oshiq bo‘lmish, 
Ma’shuqi dardidan o‘lmish. 
Asl mardning eshigiga, 
Holim arz etmoqqa keldim!

Mirzo Kenjabek tarjimasi

* * *

KALANLARA SELAM OLSUN

Bu dünyadan gider olduk
Kalanlara selam olsun
Bizim için hayir dua
Kilanlara selam olsun

Ecel büke belimizi
Söyletmeye dilimizi
Hasta iken halimizi
Soranlara selam olsun

Tenim ortaya açila
Yakasiz gömlek biçile
Bizi bir asan vech-ile
Yunanlara selam olsun

Azrail alir canimiz
Kurur damarda kanimiz
Yuyacagin kefenimiz
Saranlara selam olsun

Sala verile kasdimize
Gider olduk dostumuza
Namaz için üstümüze
Duranlara selam olsun

Dünyaya gelenler gider
Hergiz gelmez yola gider
Bizim halimizden haber
Soranlara selam olsun

Miskin Yunus söyler sözün
Yas doldurmus iki gözün
Bizi bilmeyen ne bilsin
Bilenlere selam olsun

QOLGANLARGA SALOM O`LSIN

Biz dunyodan ketar bo‘ldik, 
Qolganlarga salom o‘lsin. 
Bizning uchun ezgu duo 
Qilganlarga salom o‘lsin.

Ajal bukar belimizni, 
So‘ylatmayin tilimizni, 
Bemor edik, holimizni 
So‘rganlarga salom o‘lsin.

Tanim oshkor ochilgaydir, 
Yoqasiz to‘n bichilgaydir,
Bizni o‘pgay bir vajh ila 
Yuvganlarga salom o‘lsin.

Azroil olgaydir jonimiz, 
Qurir tomirda qonimiz, 
Yoyib, tanga kafanimiz 
Urganlarga salom o‘lsin.

Ketar bo‘ldik Do‘stimizga, 
Yetolmadik qasdimizga, 
Namoz uchun ustimizda 
Turganlarga salom o‘lsin.

Bunda har kim ketmay netar 
Borsa kelmas yo‘lga ketar, 
Bizning holimizdan xabar 
Olganlarga salom o‘lsin.

Miskin Yunus so‘zlar so‘zi, 
Qonli yoshga to‘lmnsh ko‘zi, 
Bilmaslar ne bilsin bizi 
Bilganlarga salom o‘lsin!

Mirzo Kenjabek tarjimasi

* * *

BEN BIR ACEP ILE GELDIM

Ben bir acep ile geldim
Kimse halim bilmez benim
Ben soylerem, ben dinlerem
Kimse dilim bilmez benim

Benim dilim kus dilidir
Benim ilim dost ilidir
Ben bulbulum, dost gulumdur
Bilin, gulum solmaz benim

O dost, bana gelsin demis
Sundum kadeh, alsin demis
Aldim kadeh, ictim serap
Artik gonlum olmez benim

Ne durum var, ne duragim
Bir yerde yoktur kararim
Hakk'a munacat etmege
Belli yerim yoktur benim

Sor durdugum yeri bana
Gelirsen gosterem sana
Bir zerrece Hak'tan ayri
Gozum nesne gormez benim

Tur daginda bir tecelli
Gor Musa'ya neler kildi
YUNUS eydur Hak katinda
Sozum geri kalmaz benim

MEN BIR AJIB HOLDA KELDIM

Men bir ajib holda keldim, 
Kimsa holim bilmas mening. 
Men so‘ylayman, men tinglayman 
Kimsa tilim bilmas mening.

Mening tilim qush tilidur, 
Mening qo‘lim Do‘st qo‘lidur, 
Men bulbulman, Do‘st gulimdur, 
Biling, gulim so‘lmas mening.

Ul Do‘st menga kelsin demish, 
Sundim qadah, olsin demish, 
Oldim qadah ichdim sharob, 
Endi ko‘nglim o‘lmas mening.

Ne Turim bor, ne turorim, 
Hech yerda yo‘qdir qarorim, 
Haqqa munojot qilmoqqa 
Tayin yerim bo‘lmas mening.

So‘r, turganim yerni mendan, 
Ko‘rsaturman, kelsang, senga. 
Bir zarracha hakdan ayru 
Ko‘zim hech ne ko‘rmas mening.

Tur tog‘ida bir tajalliy 
Boq, Musoni nelar qildi! 
Yunus aytar: Haq nazdida 
So‘zim yerda qolmas mening!..

Mirzo Kenjabek tarjimasi

* * *
YA RESULULLAH

Askin ile asiklar
Yansin ya Resulullah
Icip askin sarabin
Kansin ya Resulullah

Sol seni seven kisi
Verir yoluna basi
Iki cihan gunesi
Sensin ya Resulullah

Sol seni sevdi Subhan
Oldun kamuya sultan
Canim yoluna kurban
Olsun ya Resulullah

Asik Yunus'un cani
Hilm-u sefaatkani
Alemlerin sultani
Sensin ya Resulullah

YO RASULULLOH

Ishqing ila oshiqlar 
Yonsin, yo Rasulalloh.
Ichib ishqing sharobin, 
Qonsin, yo Rasulalloh!

Shul seni sevgan kishi 
Tikmish yo‘lingda boshin, 
Ikki jahon quyoshi 
Sensan, yo Rasulalloh!

Shul seni sevganlarga, 
Qil shafoat onlarga, 
Mo‘min bo‘lgan tanlarga 
Jonsan, yo Rasulalloh!

Darvish Yunusning joni, 
Olam shafoat koni, 
Ikki jahon sultoni 
Sensan, yo Rasulalloh!..

Mirzo Kenjabek tarjimasi

* * *

AH NIDEYIM ÖMRÜM SENI

Yok yere geçirdim günü
Ah nideyim ömrüm seni
Seninle olmadim gani
Ah nideyim ömrüm seni

Geldim ve geçtim bilmedim
Aglayip güssa yemedim
Senden ayrilam demedim
Ah nideyim ömrüm seni

Hayrim serim yazilacak
Ömrüm ipi üzülecek
Suret benden bozulacak
Ah nideyim ömrüm seni

Gidip geri gelmiyesin
Gelip beni bulmayasin
Bu benlige sermayesin
Ah nideyim ömrüm seni

Hani sana güvendigim
Guveniben yuvandigim
Kaldi külli kazandigim
Ah nideyim ömrüm seni

Miskin Yunus gideceksin
Acep sefer edeceksin
Hasret ile kalacaksin
Ah nideyim ömrüm seni

OH, NETAYIN UMRIM SENI

Behuda kechirdim kunni, 
Oh netayin umrim seni, 
Sening-la bo‘lmadim g‘ani, 
Oh, netayin umrim seni.

Keldimu kechdim bilmadim, 
Yig‘lab bag‘rimni tilmadim, 
Ketar jafosin qilmadim, 
Oh, netayin umrim seni.

Xayrim, sharrim yoziladur, 
Umrim ipi uziladur, 
Surat mendan buziladur, 
Oh, netayin umrim seni.

Ketnb, ketib turolmasang, 
Kelib meni ko‘rolmasang, 
Davru davron surolmasang, 
Oh, netayin umrim seni.

Ishonganim qani o‘zing, 
Tolpinganim shodon so‘zing, 
Qozonganim qolur to‘zib, 
Oh, netayin umrim seni.

Miskin Yunus ketdi sarson, 
Ajab safar etdi sarson, 
Qoldi hasrat, ketdi sarson, 
Oh, netayin umrim seni.

Yo‘ldosh Eshbek tarjimasi

* * *

ELHAMDÜLILLAH

Haktan gelen serbeti 
içtik elhamdulillah
Sol kudret denizini 
geçtik elhamdulillah

Sol karsiki daglari 
meseleri baglari
Saglik safalik ile 
astik elhamdulillah

Kuru idik yas olduk 
kanatlandik kus olduk
Birbirmize es olduk 
uçtuk elhamdulillah

Vardigimiz illere 
sol safa gönüllere
Halka tapduk manisin 
saçtik alhamdulillah

Beri gel barisalim 
yad isen biliselim
Atimiz egerlendi 
estik elhamdulillah

Indik Rum'u kisladik 
çok hayir ser isledik
Us bahar geldi geri 
göçtük elhamdulillah

Dirildik pinar olduk 
irkildik irmak olduk
Artik denize dolduk 
tastik elhamdulillah

Taptugun tapusuna 
kul olduk kapusuna
Yunus miskin çig idik 
pistik elhamdulillah

ALHAMDULILLOH

Haqdan kelgan sharbatni 
Ichdik, alhamdulilloh, 
Shul qudrat dengizini 
kechdik, alhamdulilloh.

Shul ko‘ringan tog‘larni,
ul yam-yashil bog‘larni, 
Sog‘lik, safolik ila 
oshdik, alhamdulilloh.

Qari edik, yosh buldik,
oyoq edik, bosh bo‘ldik. 
Qanotlandik, qush bo‘ldik,
uchdik, alhamdulilloh.

Bordigimiz ellarda, 
safoli ko‘ngillarda, 
Vafo Topdiq ma’nosin 
oldik, alhamdulilloh!

Beri kel, borishaylik, 
yor esang yorlashaylik, 
Otimiz egarlandi, 
no‘shdik, alhamdulilloh.

Indik, Rumda qishladik, 
ko‘p xayrlar ishladik, 
Va bahor keldi qayta, 
ko‘chdik, alhamdulilloh.

Tirildikb inson bo‘ldik, 
oqib biz irmoq bo‘ldik,
Ortiq dengizga to‘ldik, 
toshdik alhamdulilloh.

Topdiqning topusinda, 
qul bo‘ldik qopusinda. 
Yunus miskin chig‘ edi,
pishdik, alhamdulilloh!

* * *

AGLA GOZUM

Agla gozum agla gayri
Gonul dost gider gelmez gayri.

Ne gam bunda bana bin kez olsem
Orda olum olmaz olmezem gayri.

Yansin canim yansin akin oduna
Aksin kanli yasim silmezem gayri.

Beni irsad eden mursid-i kamil
Yeter bei el daha almazam gayri.

Varligim yokluga degismisim ben
Bu gun cana basa kalmazam gayri.

Fenadan bakiye goc eder olduk
Yoneldim sol yola donmezem gayri.

Muhabbet bahrinin gavvasi oldum
Gerekmez ceyhun'a dalmazam gayri.

Dilerim fazlindan ayrilmiyasin
Tanri'm senden ozge sevmezem gayri.

Soyle asik dilinden bunu YUNUS
Eger asik isem olmezem gayri

YIG`LA KO`ZIM

Yig‘la, ko‘zim, yig‘la, kulmasman ortiq, 
Ko‘ngul do‘sta ketar, kelmasman ortiq.

Na g‘am bunda manga ming bor o‘lsam
Onda o‘lim bo‘lmas, o‘lmasman ortiq.

Yonsin jonim, yonsin ishqing o‘tina, 
Oqsin qoili yoshim, bilmasman ortiq.

Mani irshod etgan murshidi komil, 
Yetar, bir qo‘lni ham olmasman ortiq.

Borligim yo‘qlig‘a tenglashmish manim, 
Bugun jona bunda qolmasman ortiq.

Fanodan baqora ko‘ch aylar bo‘ldik, 
Yo‘naldim shul yo‘la, do‘nmasman ortiq.

Muhabbat bahrining g‘avvosi bo‘ldim, 
Kerakmas Jayhuna cho‘mmasman ortiq.

Tilarman fazlingdan ayrilmasimni,
Tangrim sandin o‘zga sevmasman ortiq.

So‘ylar oshiq tilindan buni Yunus, 
Qachon oshiq esam, o‘lmasman ortiq.

* * *

DENIZ OLDU BIRKAC KADEH

Deniz oldu birkac kadeh, 
Susasligim kanmaz benim
Iniltilerim kesilmez, 
Gozum yasi dinmez benim

Gel varalim bizim ile, 
Ki giresin bahcelere
Daim oter bulbulleri, 
Gulistanim solmaz benim

Bizim ilin bahceleri, 
Daim tazedir gulleri
Ma'muredurur bostanim, 
Agyar gulum uzmez benim

Mansur kadehin nice kez 
Ma'suka sundu elime
Dort yanimda od vurdular, 
Kimse halim bilmez benim

Yana yana kul oluban 
Sen ma'sukanin yolunda
Gunde bin kez yanar isem 
Dosttan yuzum donmez benim

Canim askin kulungune 
Ferhat olup tuttum basim
Daim daglari keserim, 
Sirin'im hic sormaz benim

Yunus eydur, ey sultanim, 
Askin ile yandi canim
Gel kilar isen dermanim, 
Artik canim olmez benim
 

DENGIZLAR BO`LDI BIR QADAH

Dengizlar buldi bir qadah, 
Tashnaligim qonmas manim, 
Ingroqlarim kesilmas hech, 
Ko‘zim yoshin tinmas manim.

Yur biz bilan agarda sen 
Qirmoq bo‘lsang bog‘chalara, 
Doim sayrar bulbullarim, 
Gulistonim so‘lmas manim.

Bizim elning bog‘chalari 
Doim tozadir gullari, 
Ma’mur erur bo‘stonlari, 
Ag‘yor gulim termas manim.

Mansur qadahin necha bor 
Ma’shuq sundi qo‘lima, 
To‘rt yonimdan o‘t urdilar, 
Kimsa holim bilmas manim.

Yona-yona kul bo‘layin 
San ma’shuqning yo‘linda, 
Ming yil agar yonar bo‘lsam 
Sandan yo‘lim do‘nmas manim.

Jonim, ishqning qulligiga 
Farhod bo‘lib tuttim boshim, 
Doim yig‘lab kezarimni 
Shirinim hech so‘rmas manim.

Yunus aytur, ey sultonim, 
Ishqing ila yondi jonim, 
Gar etar esang darmonim, 
Ortiq jonim o‘lmas manim.

* * *

HABER EYLEN ÂSIKLARA

Haber eylen âsiklara
Aska gönül veren benem
Ask bahrîsi olubani
Denizlere dalan benem

Yer gök dolu bu askdurur 
Askdan yegregi yokdurur 
Aska bahâ kim yetire 
Mâden-i kân olan benem

Deniz yüzünden su alip
Sunuverirem göklere
Bulutlayani seyrân edip 
Arsa yakin varan benem

Gördüm diyen degil gören 
Bildim diyen degil bilen 
Bilen oldur gösteren ol 
Aska yesir olan benem

Kalem çalinicak görgil 
Haber böyledürür bilgil
"Kaaliu belâ" kelecisin
Bunda haber veren benem

Deli oldum adim Yûnus 
Ask oldu bana kilavuz 
Hazrete degin yaliniz 
Yüz sürüyü varan benem

XABAR BERING OSHIQLARA...

Xabar bering oshiqlara,
ishqqa ko‘ngil bergan o‘zim,
Ishq g‘avvosi yangilig‘ tubsiz
ummonlara kirgan o‘zim.

Yer-ko‘k to‘lgan ishq erur,
ishqdin ulug‘roq yo‘q erur,
Ishqning bahosin kim bilur,
ma’dani kon bo‘lgan o‘zim.

Dengiz yuzidin suv olib,
suvni samoga yetkarib,
Bulutlarda sayron etib,
Arshga yaqin borgan o‘zim.

Ko‘rdim degan emas ko‘rgan,
bildim degan emas bilgan,
Bilgan Udir, ko‘rsatgan U,
ishqqa asir bo‘lgan o‘zim.

Qalam ne yozganin ko‘rgil,
xabar qanday erur, bilgil,
Qolu Balo eshigidan
bunda xabar bergan o‘zim.

Devonaman, otim Yunus,
ishq bo‘ldi menga qilovuz1,
Haqqa yetay men yorug‘ yuz,
ostoniga borgan o‘zim.

Nasriddin Muhammad tarjimasi

* * *
NİÇİN AĞLARSIN BÜLBÜL HEY

Sen burda garip mi geldin
Niçin ağlarsın bülbül hey
Yorulup iz mi yanıldın
Niçin ağlarsın bülbül hey

Karlı dağlardan mı aştın
Derin ırmaklar mı geçtin
Yârinden ayrı mı düştün
Niçin ağlarsın bülbül hey

Hey, ne yavuz inilersin
Benim derdim yenilersin
Dostu görmek mi dilersin
Niçin ağlarsın bülbül hey

Kal'alı şehir mi yıkıldı
Ya nam-u arın mi kaldı
Gurbette yârin mi kaldı
Niçin ağlarsın bülbül hey

Gulistanlarda yaylarsın
Taze gülleri yeğlersin
Yavlak zarılık eylersin
Niçin ağlarsın bülbül hey

Uykudan gözüm uyandı
Uyandı kana boyandı
Yandı sol yüreğim yandı
Niçin ağlarsın bülbül hey

N'oldu şu Yunus'a n'oldu
Aşkın deryasına daldı
Yine baharistan oldu
Niçin ağlarsın bülbül hey

NECHUN YIG‘LARSAN BULBUL, HEY 

Sen bunda nochor keldingmi? 
Nechun yig‘larsan bulbul, hey… 
Charchab izing yo‘qotdingmi? 
Nechun yig‘larsan bulbul, hey… 

Qorli tog‘lardan oshdingmi? 
Shoshqin irmoqlar kechdingmi? 
Yoringdan ayru tushdingmi? 
Nechun yig‘larsan bulbul, hey… 

Nechun dardli ingrayursan, 
Mening dardim yangilarsan. 
Do‘stni ko‘rmakmi tilarsan? 
Nechun yig‘larsan bulbul, hey… 

Ishongan tog‘ing ketdimi? 
Yo nomu oring bitdimi? 
G‘urbatda yoring qoldimi? 
Nechun yig‘larsan bulbul, hey… 

Gulistonlarda yayrarding, 
Toza gullarni bo‘ylarding, 
Ajib xonishlar aylarding, 
Nechun yig‘larsan bulbul, hey… 

Uyqudan ko‘zim uyg‘ondi, 
Uyg‘ondi, qonga bo‘yondi, 
Yondi, bu yuragim yondi, 
Nechun yig‘larsan bulbul, hey… 

Ne bo‘ldi, Yunusga ne bo‘ldi? 
Daryoi ishqqa g‘arq bo‘ldi, 
Yana bahoriston bo‘ldi, 
Nechun yig‘larsan bulbul, hey…

Davronbek Tojialiyev tarjimasi

   

ŞOL CENNETIN IRMAKLARI

Şol Cennetin ırmakları
Akar Allah deyu deyu.
Çıkmış İslam bülbülleri
Öter Allah deyu deyu.

Salınır tuba dalları
Kur’an okur hem dilleri
Cennet bağının gülleri
Kokar Allah deyu deyu.

Hep nurdandır direkleri
Gümüştendir yaprakları
Uzadıkça budakları
Biter Allah deyu deyu.

Aydan aydındır yüzleri
Şekerden tatlı gözleri
Cennette Huri kızları
Gezer Allah deyu deyu.

Kimler yiyip kimler içer
Hep melekler rahmet saçar
İdris nebi hulle biçer
Diker Allah deyu deyu.

Hakka aşık olan kişi
Akar gözlerinin yaşı
Pürnur olur içi dışı
Söyler Allah deyu deyu.

Yunus Emre’m var yarına
Koyma bugünü yarına
Yarın Hak’kın divanına
Varam Allah deyu deyu.

 

JANNATNING IRMOQLARI…

Bul jannatning irmoqlari
Oqar Alloh-Alloh deya.
Chiqmish Islom bulbullari
Kuylar Alloh-Alloh deya.

Tebranar Tubo shoxlari
Qur’on o’qiydi tillari
Jannat bog’ining gullari
Hid taratar Alloh deya.

Sof nurdandir ustunlari
Kumushdandir yaproqlari
Uzayguncha butoqlari
O’sar Alloh-Alloh deya.

Oydan oydindir yuzlari
Shakkardan totli ko’zlari
Jannatda huri qizlari
Kezar Alloh-Alloh deya.

Kimlar yeyar, kimlar ichar,
Malaklari rahmat sochar,
Idris nabiy hulla bichar
Tikar Alloh-Alloh deya.

Haqqa oshiq bo’lgan kishi
Oqar ko’zlarining yoshi,
Nurga to’lar ichu tashi
So’ylar Alloh-Alloh deya.

Yunus Emrom, bor yoriga
Qo’yma bugunni ertaga
Erta Haqning devoniga
Borarman men Alloh deya.

Davronbek Tojialiyev tarjimasi  
   

EHLEN VE SEHLEN MERHABA

Ey enbiyalar serveri
Ey evliyalar rehberi
Ey insucan peygamberi
Ehlen ve sehlen merhaba

Sen canların cananısın
Dertlilerin dermanısın
Alemlerin sultanısın
Ehlen ve sehlen merhaba

Allahü ekber şanühü
Sultanehü sübhanehu
Kad caena burhanehu
Ehlen ve sehlen merhaba

Sensin mahbub-i hüda
Etme şefaatten cuda
Ahmet Muhammed Mustafa
Ehlen ve sehlen merhaba

Derviş Yunus söyler sözü
Dergahına sürer yüzü
Severler mahşerde bizi
Ehlen ve sehlen merhaba

 

AHLAN VA SAHLAN MARHABO!

Ey anbiyolar sarvari,
Ey avliyolar rahmati,
Ey insu jon payg’ambari,
Ahlan va sahlan marhabo!

Siz jonlarning jononisiz,
Dardlilarning darmonisiz,
Olamlarning sultonisiz,
Ahlan va sahlan marhabo!

Allohu akbar shonuhu,
Sultonahu subhonahu,
Qod jaina burhonahu,
Ahlan va sahlan marhabo!

Siz erursiz mahbub xudo,
Etmang shafoatdin judo,
Ahmad Muhammad Mustafo
Ahlan va sahlan marhabo!

Darvesh Yunus so’ylar so’zni,
Ravzanginga surar yuzni,
Sevarlar mahsharda bizni,
Ahlan va sahlan marhabo!

Davronbek Tojialiyev tarjimasi  

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.