Tunda chirmashdi chirmovuq
Qudug‘imning paqiriga...
Suv so‘rayman hamsoyamdan!
* * *
Qo‘limda qarmoq.
Qarmog‘imning ipiga sal ilindi
Yoz hiloli.
* * *
Daryo mavjlari uzra
O‘zining soyasini
Tutar, tutar ninachi.
* * *
Oy to‘lgan kecha!
Hatto qushlar oshyonlarining
Eshiklarin yopmadilar.
* * *
Za’faronning gulida shabnam!
Ular yerga to‘kilganida
Aylanadi oddiy bir suvga...
SHE’R YOZAYOTIB
Men: “Oh kakku, oh kakku”, deya
Qayta-qayta ta’kidlaguncha
Allaqachon tong otib bo‘ldi.
* * *
Oh, to‘lin oy!
Yo‘l yurdim, yo‘l yurdim sen tomon,
Uzoqdasan, biroq sen hamon.
* * *
Eshitilar faqat tovushi...
Ko‘rinmas oq qarg‘alar
Tongda yoqqan qor uzra.
* * *
Uxlayotgan kapalak!
Tushda nimani ko‘rdi?
Qanotlarini qoqdi.
* * *
Lablarimning bo‘yalganin
Ham unutdim...
Toza buloq!
Rus tilidan Tursun Ali tarjimasi