Shunday ketmoqdaman
So‘zanakni qalpog‘imga
Qo‘ndirganimcha.
***
Yolg‘iz o‘tiribman
Romlarga yelimlab
Yangi qog‘ozni.
***
Qanday va qayoqdan qaramayin
Hamon yog‘ayapti to‘xtamay
Yog‘ayapti qor.
***
Chirildoqlar chirillar.
Berkinishning iloji yo‘q
Bu tovushlardan.
***
Hamon uchayapti
Kuzgi daraxtlarning
Yaproqlari sovuq shamolda.
***
Dam olib yotgan chog‘im
Qizil so‘zanak
Oyog‘imga qo‘ndi o‘tloqda.
***
Yaxshilab chaynash kerak,
Hafsala bilan.
Guruch bu guruchda…
***
Sake ichib
Chirildoqlar bilan
Uxlab qolibman.
***
Yozgi sel shovqini
Yillar o‘tishi bilan men kabi
Qaribdi u ham.
***
Mana uchrashdik nihoyat,
Baland qoyalarda choy butalari.
Ular gullabdi.
***
Ayozli qish kechasi.
Sovuq izg‘irin.
Men qaerda tunayman endi?..
***
Qayoqqadir shoshar
Sovuq bulutlar
Cheksiz osmonda…
***
Dalada izg‘irin.
Toshlarni teraman
Kuzgi shamolda…
***
Qishki yomg‘irlar.
Nazarimda,
O’lmaganga o‘xshayman hali…
***
Qanday ivib ketdima!
Boyagina huv anavi,
Bulutlardan yoqqan yomg‘irda!..
***
Uzuliksiz kovshanaman.
Mening ovqatim -
Guruch kepagi.
***
Hoy ,noinsof chigirtka!
Xaltadagi guruch o‘zi oz!
Ertagacha yetsin…
***
Kechki ovqat yo‘q.
Kuzataman quyoshni
Tog‘lar ortiga…
***
Oh, qanday ajoyib
Sel boshlanishi!
“Tuk - tuk - tuk - tuk”…
***
Yolg‘iz kapalak pildirab
Uchib aylanyapti.
Hamma yoqda tosh.
***
Oqshomda uyga qaytayapman
Qor ustini qoplab borar qor.
Taraladi sukunat xidi.
***
May oqshomi.
Baqalar qurillashi aro
Poezd shovqini.
***
Ayvonda o‘ltirib
Tongi shabbodada
Umebosi qiyomin yeyman . . .
***
Yolg‘iz va sokin
Jim - jit o‘ngirlarning
Shaffof tonglari . . .
***
Iyul jalasi
Toshib ketdimi deymanda ,
Samo to‘g‘oni . . .
***
Xotiralar uchib kelar
Qaydandir birdan
Oppoq yuvosh kapalak bilan . . .
***
Atrof tog‘ o‘rmoni ,
Boshim ostida tosh .
Va bulutlar kuzgi osmonda . . .
***
Tungi ibodatxonada
Tongacha mushuk
O’ynaydi parvona kapalak bilan
***
Yo‘lda kasal bo‘lib qoldim ,
Mana endi tungi zulmatda ,
Tinglayapman sel shovqinini . . .
***
Qorong‘i tushdi
Endi oydin tog‘lardan
Axtaraman tunamoqqa joy
***
Naxot shu kul qolgan bo‘lsa
Yoqib yuborilgan kundaligimdan ?. . .
***
Tong pallasi yirik tomchilar
Nog‘ora qilib chalar
Kulbaning tomin .
***
Burga chaqib uxlatmayapti . . .
Yulduz to‘la bepoyon osmon . . .
***
Dengizlarga tikilganimcha
Soxildagi o‘tloqda
Bo‘shanaman , xojat qilaman
***
Bolakaylar o‘ynab yuribdi
Qabrlar aro . . .
***
Oqshom qo‘ng‘irog‘i jaranglar . . .
Oyoqlarim yurmay qo‘ydi . . .
***
Kuzgi shamollarda
Ot sug‘oraman . . .
***
Cho‘chqa menga tikildi ,
Qiziqishdan ochilgan og‘ziga
Kirmoqda kuzgi shamol .
***
Kun bo‘yi yomg‘ir yog‘di .
Men o‘yladim xasratga cho‘mib ,
Olislarda qolgan Vatanimni .
***
Yemish so‘rab miyovlar mushuk
Lekin hech narsa yo‘q unga bergani . . .
***
Buncha ham mazali
Bo‘lmasa guruch .
Kavshanaman bir o‘zim o‘ychan .
***
Oftob qizdirmoqda
Ustarada qirilgan
Taqir boshimni
Xoldor Vulqon tarjimasi