BAHOR
Qishlog‘imizdagi qari majnuntolni
Yoshartirdi
Nihoyat bahor.
* * *
O, sukunat!
Borliq uzra taralar
Bulbul navosi.
* * *
Ko‘klam suvlari,
Daryo adog‘ida yashaydigan
Qizaloq qoshiga mehmon bo‘lmoqqa keldi.
* * *
Qayg‘u bilan g‘amgin boqib turdim,
Yomg‘ir yog‘ishidan oldin
Qaldirg‘ochlar buncha sarson chappar urganiga.
* * *
O, qanday sukunat!
Savalaydi bahor yomg‘iri
Ochilmagan g‘unchalarni beayov...
* * *
Ko‘klam sellari
O‘zi bilan olib kelsa
Nahot qora zulmatni?!.
* * *
Serg‘alva olomon to‘piga
Sajdagohning darvozasi berk
Sukunatda gullar olchalar.
KUZ
Kuz adog‘iga yetmoqda.
Oyning tiniq nurlarida ko‘rib qoldim-ku
Mehmonim nechog‘liq qarib ketibdi...
* * *
Oyning etagiga yopishganicha
Uzoq-uzoq osilib turdi
Yolg‘iz mitti bulutcha.
* * *
Osmon gumbazida suzib borayotgan
Bulutlar izidan
Boraman men ham...
QISH
Tez orada tinchib qoladi
Yog‘och kesuvchilar boltalari tog‘da:
Qishki yomg‘irlar mavsumi...
Ruschadan Tursun Ali tarjimalari
***
Qor og‘irligidan qiyshaygan
Og‘ilxona tamonda
Maraydi sigir...
***
Guvillagan sovuq shamolni ,
Ko‘ksim bilan qarshi olib .
Bir zumga unutdim qariganimni...
***
Men bugun xar doimgidan ham ,
Qo‘proq achindim gullarga
Qish shamolida
***
Baland qoya toshlar aro
Ko‘rinadi mo‘‘jaz bir qishloq ,
Qishki qaltis yo‘llar .
***
Ikkiga ayrilib
Olisga cho‘zilar ikki ip -
Dala so‘qmoqlari
***
Xademay jimib qolar
O’tinchilar boltasi tog‘da ,
Kuzgi yomg‘irlar...
***
Uxlang Tokioliklar !
Birinchi qish yomg‘iri yog‘ar ,
Tungi jimlikda
***
Ariqchani loyqalatib ,
Dexqonlar sholg‘om yuvar
Xafsala bilan...
***
Qishki bo‘ron .
Fonarning xira nuri ,
Aks etadi paqir suvida
***
Mo‘rini ochaman .
Qilt etmay osilib turar ,
Kul ustida mudroq o‘rgimchak
***
Birinchi qish yomg‘iri ,
Mening yuragimda umrbod
Qolar endi u...
***
Janub yoqqa uchib o‘tdi qush ,
Tumshug‘ida nimadir cho‘qib .
Meva shekilli...
***
Mana , yana bitta chinor novdasi ,
Yalang‘ochlandi...
Chor - atrof jim - jit.
***
O’tinchilar qarar ,
Tog‘lardan turib ,
Vodiylarda qolgan qorlarga...