OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Vakayama Bokusiy (1885-1928)

Vulqon poyida o‘sgan
Qarag‘ay o‘rmonida
Oy kumush shu’lalar taratgan kecha
Tun bo‘yi tinmay
Sayradi kakku

***

Eski kvartalda
Ufqdagi shom bulutlariga
Qarab to‘ymayman .
Kechki soat vaqtin xabarlab
Qo‘ng‘iroqlar jaranglar

***

Sajdagoxdan tushaman ,
Zinama - zina , oxista .
Va quyuqlashayotgan zulmatda
Butun vujudim bilan
Xis qilaman bu kuz , bu tunni...

***

Oqshom xasrati !
Qirmiz ko‘mirlarga sochgin
Ozgina SAKE
Xushbo‘y ko‘katlarning xidiga
To‘lib ketar o‘shanda xonang .

***

Mudroq tog‘lar
U yoqda tog‘lar poyida esa
Mudraydi dengiz
Qirg‘oq bo‘ylab sayr qilaman
Baxor quvonchiga to‘lib vujudim

***

Yarim kecha oydinda
Uyga qaytaman .
So‘ng zinapoyada to‘xtayman
Yengimdagi archa ignabarglarin
Qoqib tushirmoq uchun .

***

Bulutlar tarqadi
Men Asama cho‘qqisidagi
So‘qmoqlarda daydiyman
Vulqon mo‘risi ustida
Bulut parchasiga o‘xshagan tutun

***

Dengizga termuliman
Eshitaman qirg‘oq kuylashin .
To‘lqinlar gumbirlar
Gox ko‘kka sapchib , goxida pastlab
Yuragimni to‘ldirar g‘amga

***

Derazani ochaman
Yuzlarimni silar quyoshning
Muloyim nuri .
Uzoq kutgan edim , nixoyat
Keldingmi , oltin kuz !

***

Dud burqsigan o‘choq
Tutun xidi kelar
Kurujkadagi qaynoq suvdan
Tog‘dagi qishki kulbada sovir
G’aribgina kechki ovqatim

***

Daraxt shoxlari aro
Porlaydi qishki quyosh ,
Yuzlarimga tegar
Uning nurlari
Yoritadi , lekin isitmas !

***

Men uzoqqa ketdim .
Va dengiz soxilida
Tunamoqchi bo‘ldim
Endi yotgan edim yarim kechasi .
Quydi daxshatli jala.

Xoldor Vulqon tarjimasi.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.