Mezon oyi
Siyoh bilan
Qarag‘ayni chizar osmonga.
* * *
Yilning birinchi kuni.
Qarg‘alar uzundan-uzoq
Suhbatiga chorlar quyoshni.
* * *
Chechak... yana bitta chechak...
Ana shunday egilar olcha,
Ana shunday xush yoqar mehr.
* * *
Yugurib kelgan to‘lqin
Ketayotgan odamni jiqqa ho‘l qilar...
Daryo naqadar sovuq!
Rus tilidan Tursun Ali tarjimasi
* * *
Kuzgi oy
Qil qalami ila
Chizdi qarag‘ayni moviy osmonga.
Rus tilidan Abdu Nabi tarjimasi