Anjir boshqa har qanday meva yoki sabzovotga nisbatan ko‘proq tolaga (tomirga) ega. Bir dona quritilgan anjirda ikki gramm (0,07 untsiya) tola mavjud: bu tavsiya etiladigan kunlik iste'molning 20% ini tashkil etadi. So‘nggi o‘n besh yil ichida olib borilgan tadqiqotlar o‘simlik mevalaridagi tolalar hazm qilish sistemasining muntazam ishlashi uchun juda muhim ekanligini aniqladi. Qasamyod eturman anjir va zaytun bilan. («Tin» surasi, 1-oyat)
«Tin» surasining birinchi oyatida anjirning qayd etilishi bu meva keltiradigan foydalar nuqtai nazaridan donolikning eng yorqin timsolidir.
Anjirning inson uchun foydalari
Ma'lumki, oziq-ovqatlardagi tolalar hazm qilish sistemasiga yordam beradi hamda ular saraton kasalligining ayrim shakllari xavfini ham kamaytiradi. Parhezshunoslar tolaga boy bo‘lgan anjir yeyishni ko‘proq tola iste'mol qilishning ideal usulidir deb hisoblashadi.
Tolali oziq-ovqatlar ikki turga bo‘linadi: eriydigan va erimaydigan. Erimaydigan tolaga boy oziq-ovqatlar ichak orqali tanadan haydaladigan moddalarning (ularga suv qo‘shib) yuri-shishini osonlashtiradi. Ular shu tarzda hazm qilish sistemasini tezlashtiradi va uning muntazam ishlashiga imkon yaratadi. Yana shu narsa aniqlandiki, erimaydigan tolalarni o‘z ichiga oluvchi oziq-ovqatlar yo‘g‘on ichak saratoniga qarshi himoya ta'siriga ega. Eriydigan tolaga boy oziq-ovqatlar esa, ikkinchi tomondan, qondagi xolesterin miqdorini 20% dan ko‘proq kamaytirishi isbotlangan. Bular shuning uchun ham yurak xuruji xavfini kamaytirishda katta ahamiyatga ega. Qondagi ortiqcha xolesterin miqdori arteriyalarda to‘planib qoladi va ularni qattiqlashtirib, toraytiradi. Xolesterin qaysi organning qon tomirlariga to‘planib qolishiga qarab, shu organ bilan bog‘liq kasalliklarni yuzaga keltiradi. Misol uchun, agar xolesterin yurakni oziqlantiruvchi arteriyalarda to‘planib qolsa, demak u yurak xuruji kabi muammolarni keltirib chiqaradi. Xolesterinning buyrak venalarida to‘planib qolishi esa yuqori qon bosimi va buyrak nuqsonlarini paydo qiladi. Bundan tashqari, eriydigan tolalarni iste'mol qilish, ularning qondagi qand miqdorini oshqozonni bo‘shatish orqali nazorat qilishi nuqtai nazaridan muhimdir, chunki qondagi qand miqdorining kutilmagan o‘zgarishlari hayotni xavf ostiga qo‘yadigan kasalliklarga sabab bo‘ladi. Darhaqiqat, tolaga boy taomlar bilan oziqlanadigan odamlarda saraton va yurak xastaligi kabi kasalliklarning kam uchrashi kuzatilgan.122
Eriydigan va erimaydigan tolalarning bir paytning o‘zida bitta narsada mavjud bo‘lishi sog‘likka katta foyda keltiradi. Agar tolalarning bu ikkala shakli (ular alohida-alohida bo‘lgandan ko‘ra) birgalikda mavjud bo‘lsa, ular saraton kasalligining oldini olishda juda samarali ta'sir ko‘rsatadi. Anjirda tolalarning har ikkala, eriydigan va erimaydigan shakllarining mavjudligi uning eng ahamiyatli mahsulot ekanligidan dalolat beradi.123
Jorj Vashington universiteti Tibbiy markazi qoshidagi Kasallikning oldini olish instituti direktori Doktor Oliver Alabaster anjirga quyidagicha izoh beradi:
... ovqatlanishingizga haqiqiy sog‘lom va tolaga boy taom qo‘shish imkoniyati tug‘ildi. Anjirni yoki boshqa tolaga boy oziq-ovqatlarni juda tez-tez tanlab turishingiz, siz zararli oziq-ovqatlarni tabiiy ravishda juda kam tanlaysiz degan ma'noni anglatadi va bu sizning umrbod sog‘ligingiz uchun koni foydadir.124
Kaliforniya Anjir maslahat Kengashining fikriga ko‘ra, meva va sabzavotlardagiantioksidlovchilar qator kasalliklardan himoya qilar ekan. Antioksidlovchilar tanada sodir bo‘ladigan kimyoviy reaktsiyalar natijasida yuzaga keladigan yoki tashqaridan orttirilgan zararli moddalar (erkin radikallar) ta'sirini yo‘qotadi va shu tariqa hujayralar buzilishining oldini oladi. Skarnton universiteti olimlari tomonidan amalga oshirilgan bir izlanishda shu narsa aniqlandiki, boshqa mevalarga qaraganda antioksid-lovchilarga boy bo‘lgan quritilgan anjirda fenolli tarkibning miqdori ancha ko‘p uchraydi. Fenol zararli mikroorganizmlarni o‘ldirish uchun antiseptika sifatida ishlatiladi. Anjir tarkibida fenol miqdori boshqa meva va sabzavotlardagiga qaraganda ancha yuqori.125
Nyu Jersi shtatining Rutgers universiteti olimlari tomo-nidan amalga oshirilgan boshqa bir izlanish quritilgan anjirda mavjud omega-3, omega-6 va fitosterol kabi muhim yog‘ kislotalari xolesterinni kamaytirishda muhim rol o‘ynashi mumkinligini aniqladi.126Ma'lumki, omega-3 va omega-6 tanada ishlab chiqil-maydi, ular oziq-ovqatlardan so‘rilishi mumkin. Bundan tashqari, bu yog‘ kislotalar yurak, miya va asab sistemasining yaxshi faoliyat ko‘rsatishi uchun juda zarur. Fitosterol hayvon mahsulotlaridagi xolesterinni (bu yurak arteriyalarini qattiqlashtiruvchi ta'sirga ega) qon oqimiga kirgizmasdan tanadan haydalishiga hissa qo‘shadi.
Insonga ma'lum eng qadimiy mevalardan biri bo‘lgan anjir (Kaliforniya Anjir maslahat Kengashi uni «Tabiatning deyarli eng mukammal mevasi» deb ta'riflagan127) oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilar tomonidan qayta kashf qilindi. Bu mevaning ozuqaviy qimmati va uning sog‘likka nisbatan foydalari uning butunlay yangi ahamiyat kasb etishiga olib keldi.
Anjir har qanday maxsus parhez taomining bir chekkasidan joy olishi mumkin. Anjir tarkibida tabiatan yog‘, natriy yoki xolesterin bo‘lmasligi, lekin ko‘p miqdorda tola bo‘lishi tufayli, u ozishga harakat qilayotganlar uchun ideal taomdir. Shu bilan bir vaqtda, anjir boshqa har qanday mevaga nisbatan ko‘proq mineral tarkibga ega. Qirq gramm (1,4 untsiya) anjir tarkibida 244 mg (0,008 untsiya) kaliy (kunlik talabning 7% i), 53 mg (0,002 untsiya) kaltsiy (kunlik talabning 6% i) va 1,2 mg (0,00004 untsiya) temir bo‘ladi.128 Anjirda kaltsiy miqdori juda baland: kaltsiy miqdori bo‘yicha anjir apelsindan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Bir yashik quritilgan anjir bir bidon sutda mavjud kaltsiy miqdoriga ega.
Anjir uzoq vaqt kasal bo‘lgan va tuzalishni istovchi bemorlarga kuch va quvvat beruvchi dori hisoblanadi. U jismoniy va aqliy charchoqni bartaraf qiladi. Anjirning eng muhim ozuqaviy tarkibi qand bo‘lib, u barcha mevalarning 51-74% initashkil etadi. Anjir qand miqdori eng ko‘p mevalardan biridir. Anjir astma, yo‘tal va shamollashni davolashda ham tavsiya etiladi.
Anjirning adog‘i yo‘q shifobaxshligi Allohning insonlarga ko‘rsatgan marhamatidan dalolatdir. Parvardigorimiz inson tanasi talab etadigan moddalarni tanavvuli yoqimli bo‘lgan bu mevada bir butun qilib, inson sog‘ligi uchun naf keltiradigan darajada hozir etgan. Alloh in'om etgan bu ne'matning Qur'onda qayd etilishi uning inson uchun muhimligini ta'kidlayotgan bo‘lishi tabiiy. (Allohhammadan ko‘p bilguvchidir.) Inson sog‘ligi nuqtai nazaridan anjirning ozuqaviy qimmati tibbiyot va texnologiya sohasida erishilgan yutuqlar natijasida aniqlandi. Bu Qur'on hamma narsani bilguvchi Qodir Allohning kalomi ekanligining so‘zsiz isbotidir.
Horun Yahyo
__________
122. «Nutrition» (Ozuqa); www.californiafigs.com/nutrition/
123. Yuqoridagi manbadan.
124. Yuqoridagi manbadan.
125. Doktor Jou A Vinson, «The Functional Food Properties of Figs» (Anjirning funktsional ovqat xossalari), Cereal Foods World, fevral 1999, 44-tom, 2-son.
126. Yuqoridagi manbadan.
127. «California Figs» (Kaliforniya anjirlari); www.californiafigs.com/industry/page2.html.
128. Yuqoridagi manbadan.