OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Yomg’irning paydo bo’lishi

Yomg‘irning qanday paydo bo‘lishi uzoq yillar davomida sir bo‘lib keldi. Faqat ob-havoni aniqlovchi asbob ixtiro qilingandan so‘nggina yomg‘irning shakllanish bosqichlarini kashf qilish imkoniyati tug‘ildi. Bu kashfiyotga binoan, yomg‘irning shakllanishi uch bosqichda sodir bo‘ladi. Birinchidan, yomg‘irning «xom ashyo»si shamol bilan havoga ko‘tariladi. Keyinroq bulutlar paydo bo‘ladi va nihoyat yomg‘ir tomchilari yuzaga keladi.

Qur'onning yomg‘ir hosil bo‘lishi haqidagi so‘zlari xuddi shu jarayonni nazarda tutadi. Oyatlarning birida bu hosil bo‘lish quyidagidek ifodalanadi:

Alloh shunday zotki, (U) shamollarni yuborib, bulutlarni qo‘zg‘aydi, bas, uni osmon bo‘ylab xohlaganicha yoyadi va uni bo‘lak-bo‘lak qilgach, uning orasidan yomg‘ir chikishini ko‘rasiz. Bas, qachonki uni (yomg‘irni) O'z bandalaridan xohlagan kishisiga yetkazganda, ular birdan shodlanib keturlar. («Rum» surasi, 48-oyat)


Yuqoridagi rasm mayda suv tomchilarining havoga qanday qilib chiqib ketishini ko‘rsatadi. Bu yomg‘ir hosil bo‘lishining birinchi bosqichidir. Shundan so‘ng, endi paydo bo‘lgan bulutlardagi mayda suv tomchilari havoda osilib qoladi va yomg‘ir paydo qilish uchun suyuladi (kondensatsiyalanadi). Bu bosqichlarning barchasi Qur’on oyatlarida to‘liq bildirilgan.


(A) Alohida-alohida kichik bulut parchalari (yomg‘irli bulutlar).
(B) Bu kichik bulutlar birlashganda, kattaroq bulutlar ichidagi yuqoriga ko‘tariladigan oqimlar kattalashadi. Natijada bulutlar ustma-ust qalashadi.
 

Yuqoriga ko‘tariladigan oqimlar bulut massasining vertikal o‘sishiga sabab bo‘ladi va bulut ustma-ust qalashib qoladi. Vertikal o‘sish bilan bulut massasi atmosferadagi suv tomchilari va do‘l shakllanadigan sovuqroq hududgacha yetib boradi. Suv tomchilari va do‘l yuqoriga ko‘tariladigan, oqimlar uchun ushlab turishga og‘irlik qilib qolgandan so‘ng, ular bulutdan yomg‘ir, do‘l va h. k. shaklida tushishni boshlaydi. Bu ilmiy dalilni 1400 yil ilgari Alloh «Nur» surasining 43-oyatida bunday vahiy qilgan edi: 
«… so‘ngra ularni ustma-ust qalashtirishini ko‘rmadingizmi? So‘ngra (bulut) orasidan yomg‘ir chiqayotganini ko‘rasiz...» 

Endi, keling oyatda keltirilgan bu uch bosqichni chuqurroq tahlil qilamiz:

BIRINCHI BOSQICH: «Alloh shunday zotki, (U) shamollarni yuborib ...»

Okeanlarning ko‘piklanishidan paydo bo‘lgan sanoqsiz havo pufakchalari muttasil yoriladi va suv zarralarining havoga qarab otilishiga sabab bo‘ladi. So‘ngra tuzga boy bo‘lgan bu zarralar shamollar ta'sirida yuqoriga - atmosferaga qarab ko‘tariladi. Aerozollar deb ataladigan bu zarralar suv qopqonlari vazifasini bajaradi va o‘z atrofiga dengizdan juda kichik tomchi zarralari bo‘lib ko‘tariladigan suv bug‘larini yig‘ib olib, bulut tomchilarini shakllantiradi.

IKKINCHI BOSQICH: «... bulutlarni qo‘zg‘aydi, bas, uni osmon bo‘ylab xohlaganicha yoyadi va uni bo‘lak-bo‘lak qilgach ...»

Bulutlar havoda tuz kristallari va chang zarralari atrofida suyuladigan (kondensatsiyalanadigan) suv bug‘laridan yuzaga keladi. Bu bulutlardagi suv tomchilari juda kichik (taxminan 0,01-0,02 mm (0,0004-0,0008 dyuym) o‘lchamda) bo‘lganligi sababli bulutlar havoda osilib qoladi va osmon bo‘ylab yoyiladi. Shu tarzda osmon bulutlar bilan qoplanadi.

UCHINCHI BOSQICH: «... uning orasidan yomg‘ir chiqishini ko‘rasiz.»

Tuz kristallari va chang zarralarini o‘rab turgan suv zarralari qalinlashadi va yomg‘ir tomchilarini shakllantiradi, shunday qilib, havoga nisbatan og‘irroq bo‘lib qoladigan tomchilar bulutlarni tark etadi va yerga yomg‘ir bo‘lib yog‘ishni boshlaydi.

Yuqorida muhokama qilganimizdek, yomg‘ir hosil bo‘lishidagi har bir bosqich Qur'on oyatlariga bog‘langan. Shuningdek, bu bosqichlar xuddi oyatdagi ketma-ketlikda tushuntiriladi. Yerdagi boshqa ko‘p tabiiy hodisalar kabi, Alloh bu hodisaga ham eng to‘g‘ri tushuntirish bergan va uning kashf qilinishidan ancha asrlar ilgari Qur'onda uni ma'lum qilib qo‘ygan. Boshqa bir oyatda yomg‘irning shakllanishi haqida quyidagi ma'lumot keltirilgan:

Allohning bulutlarni haydashini, so‘ngra ularni birlashtirishini, so‘ngra ularni ustma-ust qalashtirishini ko‘rmadingizmi? So‘ngra (bulut) orasidan yomg‘ir chiqayotganini ko‘rasiz. (Alloh) osmondan -undagi tog‘ (bulut)lardan do‘l yog‘dirib, uni o‘zi xohlagan kishilarga yegkazur va o‘zi xohlagan kishilardan burib yuborur. Chaqmog‘ining yorug‘ligi ko‘zlarni ketkazgudekdir. («Nur» surasi, 43-oyat)

Bulut turlarini o‘rganayotgan olimlar yomg‘ir bulutlarining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq ajablanarli natijalarga duch kelishdi. Bunda yomg‘ir bulutlarining aniq bir tizim va bosqichlarga ko‘ra hosil bo‘lishini aniqlashdi. Yomg‘ir bulutlarining bir turi bo‘lgan cumulonimbus (yomg‘irli bulut)ning paydo bo‘lish bosqichlari quyidagicha ifodalanadi:

1-BOSQICH. Haydaladi: bulutlar shamol orqali haydaladi.

2-BOSQICH. Birlashadi: so‘ngra, shamol orqali haydalgan kichik bulutlar (yomg‘irli bulutlar) o‘zaro birlashadi va kattaroq bulut hosil qiladi.58

3-BOSQICH. Ustma-ust qalashadi: kichik bulutlar birlashganidan so‘ng kattaroq bulut ichidagi yuqoriga ko‘tariladigan oqimlar kattalashadi. Bulut markazi yaqinidagi yuqoriga ko‘tariladigan oqimlar chetga yaqinroqdagilariga qaraganda kuchliroq bo‘ladi. Yuqoriga ko‘tariladigan oqimlar bulut massasining vertikal o‘sishiga sabab bo‘lib, ularni ustma-ust qalashtiradi. Bu vertikal o‘sish bulut massasining atmosferadagi suv tomchilari va do‘l shakllanadigan sovuqroq hududgacha uzayishiga sabab bo‘ladi. Suv tomchilari va do‘l yuqoriga ko‘tariladigan oqimlar uchun ushlab turishga og‘irlik qilib qolgandan so‘ng, ular bulutdan yomg‘ir, do‘l va h. k. shaklida tushishni boshlaydi.59

Biz shuni yodda tutishimiz kerakki, meteorologlar yaqindagina samolyotlar, sun'iy yo‘ldoshlar, kompyuterlar kabi zamonaviy jihozlardan foydalanib, bulutning paydo bo‘lishi, uning tarkibi va funktsiyasi haqida bunday tushunchaga ega bo‘ldilar. Ko‘rib turganimizdek, Alloh 1400 yil ilgari bilishning imkoni bo‘lmagan ma'lumotni bizga xabar qilgani kundek ravshan.

Horun Yahyo

__________
58. Richard A. Anges, The Atmosphere (Atmosfera), 3-nashri, (Kolumbiya: Charles E. Merrill Publishing Company: 1981), 268-269; Albert Millers, Jak C. Tompson, Elements of Meteorology (Meteorologiya elementlari), 2-nashri, (Kolumbiya: Charles E. Merrill Publishing Company: 1975), 141. 
59. Antes, The Atmosphere (Atmosfera), 269; Millers va Tompson, Elements of Meteorology (Meteorologiya elementlari), 141-142. 

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.