(Sidqiy Xondayliqiy tavalludining 130 yilligiga)
Kesakqo‘rg‘on madrasasini a’lo darajada imtiyozli tugallab, shu bilimdargohida mudarris domlaning yordamchisi vazifasida olib qolinganmulla Imomali qishlog‘iga tashrif buyurgan edi. Ustozi yo‘qlayotganini eshitib, Mirzohid ota xonadoniga kirib kelganda Hazrat domla tashqi hovlidagi o‘rindiqda xayolchan va tashvishli qiyofada uni kutmoqda edi. Mulla Imomalini bag‘riga bosib ko‘rishar ekan, dardchil ohangda darhol maqsadga o‘tdi Mirzohid ota:
– Ko‘plarning ishonchu hurmatlarini qozonibman-u, bolalarimga yaxshi ota bo‘lolmabman, chirog‘im. Onasi bilan akasi vafotidan keyin Ismoil iningizni sal bo‘sh qo‘yib yuboribman shekilli, keyingi ona farzandlarini, ayniqsa Sirojiddinni unchalik chiqishtirmayotgan ko‘rinadi. Bunday gaplarni birovlarga aytib bo‘lmaydi. Siz farzandlarim qatoridasiz, to‘ng‘ich o‘g‘lim o‘rnidasiz!.. – hazrat domlaning ovozlari titrab tindi. Mulla Imomali bir so‘z deya olmay, qattiq iztirob va sukut og‘ushida o‘tirardi. Mirzohid ota o‘zini qo‘lga olgach, so‘zida davom etdi. – Bilasiz, Sirojiddin o‘jar, sizdan o‘zgaga ko‘nmaydi, chamamda hozir “Qirg‘izquloq”qa yetdi-yov! Mayli, borsin, faqat yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, duoi fotihamizni olib hamda birodarimiz Shohmuhyiddin Oxund domlaga maktubimizni olib borsalar degandim...
Mulla Imomali shu zahoti Sirojiddinning iziga tushdi. Tezlab yurib ko‘rdiki, Sirojiddin “Qirg‘izquloq”dan ham o‘tib ketib, naq To‘rayskaga yetib qolgan ekan. Bu o‘spirin jussasi kichik va nozik ko‘rinsa-da, o‘ziga pishiq-puxta, chaqmoqdek chaqnaganlardan edi. Hayajonli shu voqealar Sirojiddin – Sidqiy Xondayliqiy Toshkentdagi Kesakqo‘rg‘on madrasasiga bilim olish uchun jo‘nash jarayonida sodir bo‘lgandi...
Sirojiddin ibn Mirzohid Oxund – Sidqiy Xondayliqiy Kesakqo‘rg‘on madrasasida olgan bilimi bilan kifoyalanib qolmadi. U Toshkentdagi Ko‘kaldosh va Beklarbegi madrasalarida ham tahsil oldi. Shu fursat davomida bir yo‘la Shohmurod kotibga qatnab, husnixatini takomiliga yetkazdi. Ilmga chanqoq qalb, baribir, tinchiy olmasdi. Madrasalar berayotgan bilim doirasi qanoatlantirmagach, mustaqil mutolaaga berildi. Dovrug‘i doston, nomi mashhur xattot Mirzahoshim Xo‘jandiydan husnixatning barcha murakkab usullarini, muhr yasashni, kitoblarga zarvaraqlar va tilla hal ishlashni qunt bilan o‘rgangan paytlarida Sidqiy Xondayliqiy shoirlar davrasida tanilib, o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lib qolgan edi. Madrasalarning tor doiralarini yorib chiqib ketgan Sirojiddinning ixlosi Hazrat Navoiy, Jomiy kabi namoyandalar ijodlariga g‘oyat balandligidan ularning juda ko‘p g‘azallarini yod bilardi.
Xondayliq otlig‘ qishloqning bog‘u tog‘larida sayr etib, yoshligida o‘z bilgichi doirasida g‘azallar bitgan, she’rlar yozgan Sirojiddin Toshkentda ta’lim olgach, ayniqsa yetuk shoirlar davrasiga qo‘shilgach, o‘zining nazm bobidagi ojiz tomonlarini tezda ilg‘ab oladi va badiiy ijodga qizg‘in kirishib ketadi. Shoir o‘zining bu haqdagi samimiy dil izhorida: "Qachonki, ilm o‘qish uchun Toshkentga bordim, olim va shoirlarga ulfat bo‘lib, alardan ma’rifat yo‘llarini va she’r yozish sirlarini ham o‘rgandim", deb yozgan edi.
Sirojiddin chin she’riyat maydoniga kirgunga qadar ancha adashib yurgani kabi o‘ziga taxallus tanlashda ham bir necha nomlarni qo‘llagani ma’lum. 1913 yilga qadar shoir asosan Shavkat, Shevan taxalluslari bilan ijod qildi. Ushbu imzolar bilan yozgan she’r va g‘azallarini jamlab, “Tuhfai Shavkat” (1913), “Savg‘oti Shavkat” (1914) kitoblarini nashr ettirdi.
She’riyatmaydonidajavlonurayotgan, iste’dodig‘oyattezkamoltopib, davradoshlaridanhartomonlamao‘zibketayotganSirojiddinningbora-boradunyoqarashihamkeskino‘zgaraboshladi. Uningijodidahajviyotalohidabiryo‘lbo‘libajralibchiqdi. Davrtengsizligi, tuzumningadolatsizliklariavvalyumshoqroqyumorlarda, so‘ngkeskinmasalumatallar, she’riyqissalarda, nihoyat, o‘tkirsatiralardanamoyonbo‘laboshladi. Umrinsonuchunberilgannoyobimkoniyatekanliginitushunib yetgansalohiyatlishoirarabvaforstillaridagidurdonaasarlarnio‘zonatiligatarjimaqilishyo‘lidashiddatbilanishlaydi. Toshkentdayazimshahardahujrama-hujrako‘chib, sarsonusargardonbo‘libyurganshoirqalbishuog‘iro‘noltiyil (1903-1919) umrdavomidahijronga, alam-sitamlargalimmo-limto‘ldi, nohaqliklar, jabruzulmlarniko‘ra-ko‘ratoqatitoqbo‘ldi. Ammouerkin-eminyurganqishlog‘igaqaytibketolmasdi. 1913 yildanso‘ngtanlagantaxallusishutariqatug‘ildi. Asarlariga “Sidqiy Xondayliqiy”deb imzo cheka boshladi. Bu noyob topilma shoirning hijron dardiga biroz malham qo‘ygandek bo‘ldi. Shundan so‘ng shoir mazkur taxallusda umri so‘nggigacha yonib ijod qildi. Ilhomi jo‘shib, ona qishlog‘iga bag‘ishlab, alohida she’r bitgani ham ma’lum. Unda quyidagi singari hayajonli satrlar mavjud edi:
Vatan nadir tuqqon yerim, turg‘on yerim,O‘sib-unib o‘ynab kulib yurg‘on yerim...Jonim Vatan, tanim Vatan, ko‘zim Vatan,Esdan chiqar oni ko‘rg‘och ko‘rg‘on yerim...Sidqiy Xondayliqiy, bor-yo‘g‘i ellik yil (1884-1934) umr ko‘rdi. Shoir qisqa umr ko‘rishini go‘yo avvaldan bilgandek, adabiyotning deyarli barcha qirrasida shiddat bilan qalam tebratardi. Yozgan she’rlari, dostonlari, hajviy asarlarini jamlab 1913-1917 yillar davomida to‘qqizta kitob nashr qildirishga muvaffaq bo‘ldi. Arab va fors tillaridan o‘nga yaqin asarni o‘zbekchalashtirdi. Tarjimachilik bobida Sidqiy bag‘oyat ulkan zahmatlar chekardi-yu, chekinmasdi. Arab va fors tillarini o‘z ona tilidek o‘zlashtirgan iste’dodli adib, bu imkoniyat juda noyob, o‘zining zo‘r berib ishlashi kerak ekanligini qalb-qalbidan his etib, tarjima ustida uzluksiz qalam tebratardi. Ammo Sidqiy Xondayliqiy tomonidan o‘zbekchalashtirilgan durdona asarlarning qayta nashr qilinmay, sharqshunoslik institutida hamon qolib kelayotgani juda tashvishli holdir...
Sidqiy Xondayliqiy mohir xattot sifatida adabiyotimiz namoyandalarining o‘nlab asarlarini qayta-qayta ko‘chirgan, ularni zarhallar, chiroyli bezaklar bilan bezagan, ustozlarga bo‘lgan chin ixlos va sadoqatini amalda isbotlagandi. Zero, har bir ijodkor, adabiyotshunos, bu soha mutaxassislari o‘z zimmasida katta bir mas’uliyat –ustozlar mehnatlari mevasini yuzaga chiqarish, xalqqa yetkazish vazifasi borligini unutmasligi kerak. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, arab imlosi bilan yozilgan tarjima asarlarni hozirgi imloda qayta nashr qilish ahvolini ham qoniqarli, deb bo‘lmaydi.
Sidqiy Xondayliqiy o‘z imkoniyatini yuqori darajada ishga solganligi uning serqirra ijodida aniq ko‘rinadi. Sidqiy –shoir, tarjimon, noshir, xattot. Uning bu jihatlari ko‘pchilikka ma’lum; bosilgan yoki bosilmagan va notamom asarlari, tarjimalari va qayta-qayta ko‘chirib nashr ettirgan kitoblari haqida ko‘plab ma’lumotlar berilgan. Ammo Sidqiy Xondayliqiyning hamon ko‘pchilikka noma’lum qolib kelayotgan va namunalari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan ijod mahsullari borki, ularni ham kitobxonlar ommasiga yetkazish bu soha mutaxassislarining muhim burchidir. Xususan, Sidqiy tomonidan to‘plangan xalq maqollari, qadimiy o‘zbek so‘zlari lug‘ati, shoirlar, xattotlar, turli kishilar bilan yozishmalarini hali-hanuz qo‘l tekkizilmagan xazinalar, deyish mumkin...
Sidqiy Xondayliqiy Toshkentga kelishining dastlabki yillaridayoquni elga tanitgan, oddiy xalq hurmatiga sazovor etgan, shuning barobarida,o‘z boshiga katta sitam va kulfatlar solgan haqgo‘ylik va hajvgo‘yligi shoirijodida alohida bo‘rtib turadi. Bu yo‘l g‘oyat mashaqqatli edi, obrazli qilibaytganda, biron odimni ham sitam chekmay bosib bo‘lmasdi. Na iloj, qalbda’vati shu bo‘lgandan keyin shoir bu sohada qalam tebratmay turolmasdi.
Shoirning o‘zi ham “Holati Sidqiy”deb nomlangan tarjimai holida: “Oshiqona g‘azallarim ko‘p bo‘lsa ham, aksar ta’bim hajviyotga moyil edi”,debochiq-oydin yozgan edi. Sidqiy hajviy asarlarini to‘plab, kitob holida hamnashr ettiradi.
To‘g‘ri so‘zni aytishda hatto otangdan tortinma, degan aqidaga amal qiluvchi hamqishlog‘i, qolaversa jigargo‘shasi Sirojiddinning Toshkentga kelganiga ko‘p o‘tmasdanoq, qalam "nayzasi"ni qoziyu mingboshi aralash katta-katta amaldorlarga ayovsiz sancha boshlaganligi mulla Imomalini qattiq tashvishga solib qo‘ydi.Sirojiddinning shamshirdek o‘tkir satirasi besaranjom qilib qo‘yganqoziyu mingboshilar Toshkent amaldorlari bilan til biriktirishib,shoirni “Sibirg‘a surgun, ovoq turma ichra turg‘un”qilmoqchi bo‘ldilar. Amaldorlar davrasi ichida ham shoir ijodiga ixlosmandlar borligi bu balolar oldini olishga imkon yaratdi. Toshkentning Sebzor dahasi qozisi G‘ulomxon tayyorlanayotgan fitnadan shoir va uning do‘stlarini ogoh etdi.Vasliy, Abdulla Avloniy, Rizoiy, Xislat, Kamiy, Miskin, Murodxo‘ja,Asiriy kabi ko‘ngilyaqin qadrdonlar maslahatlashib, SirojiddinniToshkentdan vaqtincha bosh olib ketishga ko‘ndirdilar. Shoir tarjima uchunmo‘ljallagan “Alif laylo”, “Hikoyai latifa” kabi kitoblarni qo‘ltiqlab, 1910 yilda andijonlik do‘sti Mirzakarim panohiga yo‘l oldi. Farg‘ona vodiysida yurgan kezlarida “Hikoyai latifa“ni to‘liq tarjima qilibToshkentga jo‘natdi. “Alif laylo“ (“Ming bir kecha“)ning esa yarminio‘zbekchalashtirishga ulgurdi...
Bundan buyon ham indamay yuraverishga mulla Imomalida iloj va toqat yo‘q edi. Mirzohid ota yuz bergan va bo‘layotgan voqealarni sukut saqlabtingladi, chuqur xayolga toldi. Nihoyat, qarshisida bosh egib, faromush holdao‘tirgan mulla Imomaliga yuzlanib, shu bahonada o‘ziga ham tasalli beraboshladi:
– Bu – Qodir Ollohning irodasi, bo‘tam. Ko‘p tashvish chekavermang, sizda ham, bizda ham ayb yo‘q. Sirojiddinning zuvalasi o‘zi shundoq yaratilganekan. O‘g‘limiz qo‘limizdan chiqib, xalq farzandiga aylanib ketdi. Enditaqdirida borini ko‘raveradi. Ammo biz ham qarab o‘tirmay, qo‘limizdan kelgan chora-tadbirlarni ko‘rmog‘imiz darkor. Og‘irlik yana sizning zimmangizga tushadi, bo‘tam. Bir iloj aylab, Farg‘ona sari bormoqqa va Sirojiddinni qaytarib olib kelmoqqa jazm etasiz. So‘nggi chora sifatida biz uning boshini ikki qilib qo‘yish tadorigini ko‘ramiz. Shoyad, shundan so‘ng o‘g‘limiz tevaragimizda aylanishib qolsa.
Ham qaynota, ham ustozning bu iltimosini mulla Imomali sira og‘rinmay qabul etdi va zudlik bilan “vagon“da Farg‘ona sari otlandi. Sirojiddin yashab turgan hujraga azonda kirib borgan mulla Imomali boshini xontaxtaga qo‘ygancha uxlab qolgan jafokash shoirni va yangigina yozilgan she’riy duoi salomni ko‘rib, beixtiyor ko‘zlari yoshga to‘ldi. Mulla Imomali ohista cho‘kka tushib, bejirim satrlarga ko‘z yugurtirdi:
G‘urbat ichra, sizdin ey, mag‘mumdurmen ayrilib,Suhbatingizdan ajab mahrumdurmen ayrilib.Vaslingiz gulzorida chu bulbul erdim nag‘masanj,Ushbu kun vayronalarda bumdurmen ayrilib. Ko‘p zamonlardan beri bir qadrdonim san eding,Sharbati hajring totib masmumdurmen ayrilib.Hamdamim ham munisim, jonu jahonim san eding,Bir kishim yo‘q so‘rg‘udek, mazlumdurmen ayrilib.Borlig‘imni istamangiz kim nishonimning maniSafhai ma’lumdin ma’dumdurmen ayrilib.Hazratingda erkanimda erdi ko‘p qadrim baland,Emdi sorig‘ rang ila marsumdurmen ayrilib...“Addoi faqir Sirojiddin maxdum sohibi Shevan. Tahrir o‘lindi, fursat ziq erdi, ya’ni kechasi soat o‘n ikkida erdi. Ro‘zi odina uchinchi safarda. Ushbuning javobig‘a mutassardirmen“.
She’rni o‘qib, ko‘ngli buzilib turgan bir paytda Sirojiddinning ko‘zlari ochildi va eng yaqin qadrdonini qoshida ko‘rdi. Ular so‘zsiz-sadosizquchoqlashdilar. Mulla Imomali maqsadini eshitgan shoir chehrasida yana xomushlik pardasi paydo bo‘ldi.
– Borishim hamono ul qozi dalolati birla meni hibsga olurlar va Sibirga surgun qilurlar, – dedi Sirojiddin g‘amga botib.
– Garchi o‘limni gapirmoq quvonch bo‘lmasa ham, ul zolimning yaqinda tobutga tortilganini sizga aytishim kerak! – dedi mulla Imomali Sirojiddinni yupatib.
–Unday bo‘lsa, hoziroq yo‘lga chiqamiz! Yoru birodarlarni, padari buzrukvorimizni yana ko‘rar kun bor ekan-da! – dedi shodlanib shoir.
Sirojiddin uylandi. Ammo avvalgilari yetmagandek, buyoqda ham kulfatlarqatorlashib turgan ekan: avval dadasi, keyin umr yo‘ldoshi, Omonulla va Fathulkarimismlio‘g‘lonlaribirin-ketinvafotetdilar. Yurak-bag‘rihijronazobidao‘rtanibketganSidqiyXondayliqiyo‘ziniijodbilanovuntirdi, madrasalarninghujralarida, Xislatningmehmonxonasida, Chorsuda, Shayxontovurdaijaragaolinganuylardakechayukunduztinimsizijodqildi. Lekinbaribir, oxir-oqibatkattaToshkenthamungatorlikqilibqoldi... 1919 yiltug‘ilganqishlog‘iyaqinidagiPargizdegan joyda uy-joytiklabhayotkechiraboshladi.
Beayov o‘lim Sidqiy Xondayliqiyni 1934 yilning kech kuzida olib ketdi. Tavalludiga yuz o‘ttiz yil to‘layotgan shoir xotirasi Mustaqilligimiz sharofati tufayli yil sayin yuksak e’zoz topib bormoqda.
“Sharq yulduzi” jurnali, 2014 yil, 4-son