OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Insonning yaratilishi

Qur'onda odamlarni imonga chaqirish bilan bir qatorda ko‘plab turli-tuman mavzular yuzasidan fikrlar aytilgan. Ba'zida osmonlar, ba'zida hayvonlar va ba'zida o‘simliklar Allohning mavjudligiga dalil qilib keltirilgan. Ko‘pchilik oyatlarda esa odamlar o‘zlarining yaratilishi haqida mulohaza yuritishga chaqiriladilar. Ularga tez-tez inson qay tarzda dunyoga kelgani, u qaysi bosqichlarni bosib o‘tgani va undan maqsad, mohiyat nima ekani eslatib turiladi:

(Ey insonlar!) Sizlarni Biz yaratdik-ku! Bas, tasdiq etmaysizmi?! Sizlar to‘kadigan maniy (urug‘)ni (o‘ylab) ko‘rdingizmi? Uni sizlar yaraturmisizlar yoki Biz yaratuvchimizmi?! («Voqea» surasi, 57-59-oyatlar) 

Juda ko‘p oyatlarda insonning yaratilish mo‘jizasiga urg‘u beriladi. Bu oyatlardagi ba'zi ma'lumotlar shunchalik batafsil yoritilganki, VII asrda yashagan hech bir kishi ularni bilishi mumkin emas edi. Bularga misollar quyidagilardir:

1. Odam butun boshli urug‘ (sperma) dan emas, balki uning bor-yo‘g‘i kichik bir kismi (spermatozoid) dan yaratiladi.

2. Chaqaloqning jinsini erkakning jinsiy xromosomalari belgilaydi.

3. Embrion onaning bachadoniga zulukdek yopishib oladi.

4. Embrion bachadondagi uchta zim-ziyo hududda rivojlanadi.

Hozirgina qayd etilgan bu kabi ma'lumotlar o‘sha paytlarda yashagan odamlarning bilish darajasidan ancha yiroqda edi. Bu dalillarning kashfiyoti faqat XX asrda erishilgan texnologiyalar yordami bilangina amalga oshirildi.

Endi, keling, ma'lumotlarni birin-ketin o‘rganib chiqamiz:

Bir tomchi urug‘


Ushbu rasmda bachadonga yuborilgan urug‘ tasviri keltirilgan. Erkak tomonidan chiqarilgan 250 million spermatozoidlardan faqat juda oz qismi tuxum hujayragacha yetib boradi. Tirik qolgan minglab spermatozoidlar ichidan faqat bittasigina tuxumni urug‘lantiradi. Odamning butun boshli urug‘dan emas balki uning kichik bir qismidan yaratilganligi haqidagi haqiqat Qur’onda» to‘kiladigan maniydan bir (haqir) nutfa» deya ta’riflangan. 

Spermatozoidlar tuxumhujayraga yetib borguncha ona tanasi ichida kezib yuradi. 250 million spermatozoiddan faqat mingtasigina tuxumhujayragacha yetib boradi. Bu besh daqiqalik musobaqa oxirida mayda tuz donasining yarim o‘lchamicha keladigan tuxumhujayra faqat bitta spermatozoidni o‘z ichiga kiritadi. Demak, odamning mohiyati butun boshli urug‘ emas, balki uning bor-yo‘g‘i kichik bir qismidir. Bu «Qiyomat» surasida quyidagicha tushuntiriladi:

Inson o‘zini bekor tashlab qo‘yiladi deb o‘ylaydimi?! Axir u to‘kiladigan maniydan bir (haqir) nutfa emasmidi?! («Qiyomat» surasi, 36-37-oyatlar)

Ko‘rib turganimizdek, Qur'on bizga inson butun boshli urug‘dan emas, balki uning kichik bir qismidan yaratilgani haqida xabar beradi. Bu oyatda faqat zamonaviy fan orqaligina kashf qilingan haqiqatga urg‘u berilganligi Qur'on Allohning so‘zi ekaniga yana bir dalildir.

Urug‘dagi aralashma

Spermatozoidlarni o‘z ichiga oladigan va urug‘ deb ataladigan suyuqlik faqat spermatozoidlardan iborat bo‘lmaydi. Aksincha, u turli suyuqliklar aralashmasidan tashkil topgan. Urug‘ suyuqligi moyak, urug‘ pufakchalari, prostata bezi va siydik yo‘liga bog‘langan bezlardan ajralib chiqadigan moddalar to‘plamidir. Suyuqlikning to‘liq tahlili shuni ko‘rsatadiki, u limon kislotasi, prostaglandin, flavin, askorbin kislota, ergotonin, xolesterin, fosfolipidlar, fibrinolitsin, rux, fosfataza kislotasi, fosfaza, gialuronidaza va sperma kabi juda ko‘p alohida-alohida moddalardan tashkil topgan. Bu suyuqliklar spermatozoidni energiya bilan ta'minlash uchun zarur bo‘ladigan qand moddasini o‘z ichiga olish, bachadonga kirish yo‘lidagi kislotalarni neytrallash va spermatozoidning oson harakatlanishi uchun sirg‘anchiq modda bilan ta'minlash kabi turli xil vazifalarni bajaradi.


Qur’onda erkaklik yoki ayollik «to‘kiladigan maniydan iborat bir (haqir) nutfa» dan yaratilganligi qayd etilgan. Yaqin-yaqingacha bolaning jinsi ayolning hujayralari tomonidan belgilanadi deb tushunilar edi. Fan Qur’onda berilgan bu ma’lumotga XX asrga kelib aniklik kiritdi. Insonning yaratilishi to‘g‘risidagi bu va bunga o‘xshash ko‘p tafsilotlar haqida ming yillar ilgari Qur’onda xabar berilgan edi.

Qur'onda urug‘ eslatilganda, zamonaviy fan orqali kashf qilingan bu haqiqatga ham ishora qilinadi va urug‘ning aralashma suyuqlikdan iborat ekanligi ta'riflanadi:

Darhaqiqat, Biz insonni imtihon qilib, aralash bir nutfadan yaratdik. Bas, uni eshituvchi va qo‘ruvchi qilib qo‘ydik. («Inson» surasi, 2-oyat)

Boshqa oyatlarda ham urug‘ aralashma deb qayd etilgan va bu aralashmaning «nutfa» sidan (toza suvidan) insonning yaratilganligi ta'kidlangan:

(U) barcha narsani chiroyli qilib yaratgan zotdir. Insonni yaratishni esa loydan boshladi. So‘ngra uning naslini haqir bir suv nutfasidan  paydo qildi. («Sajda» surasi, 7-8-oyatlar)

«Nutfa» deb tarjima qilingan arabcha so‘z «sulaalah» biror narsaning muhim yoki eng yaxshi qismi degan ma'noni anglatadi. Har ikkala ma'noda ham u «butunning qismi»ni nazarda tutadi. Bu shundan dalolatki, Qur'on insonning yaratilishini eng kichik tafsilotlarigacha biluvchi Allohning so‘zidir.

Bolaning jinsi

Yaqin-yaqingacha bolaning jinsi onaning hujayralari tomonidan belgilanadi deb qaralar edi. Yoki bo‘lmasa, bolaning jinsi erkak va ayol hujayralari tomonidan birgalikda belgilanadi deb tushunilar edi. Lekin Qur'onda bizga boshqacha ma'lumot berilgan, ya'ni unda erkaklik yoki ayollik «to‘kiladigan maniydan bir (haqir) nutfa» dan yaratiladi deb xabar beriladi:


Y xromosomalar erkaklik xususiyatlarini tashiydi, X xromosomalar esa ayollik xususiyatlarini tashiydi. Onaning tuxumida faqatgina X xromosoma mavjud bulib, u ayollik xususiyatini belgilaydi. Otaning urug‘ida yo X yoki Y xromosomalarni o‘z ichiga olgan spermalar mavjud. Shuning uchun bolaning jinsi tuxumni urug‘lantiradigan spermaning X yoki Y xromosomalarni o‘z ichiga olganligiga bog‘liq. Boshqacha qilib aytganda, xuddi oyatda xabar berilganidek, bolaning jinsini belgilaydigan omil otadan keluvchi urug‘dir. Qur’on nozil qilingan paytda bilib olishning imkoni bo‘lmagan bu bilim Qur’on Allohning so‘zi ekanligini isbotlovchi dalildir.

U erkak va ayol - juftlarni yaratgandir shitob bilan chiqadigan nutfadan. («Najm» surasi, 45-46-oyatlar)

Axir, u to‘kiladiganmaniydan bir (haqir) nutfa emasmidi?! So‘ngra laxta qon bo‘ldi. Bas, (Alloh uni) yaratib tikladi. So‘ngra undan juftlar - erkak va ayolni (paydo) qildi. («Qiyomat» surasi, 37-39-oyatlar)

Genetika va molekulyar biologiyaning rivojlanayotgan sohalari Qur'on tomonidan berilgan bu ma'lumotning aniqligini tasdiqlaydi. Endiliqda bolaning jinsi erkakning urug‘ hujayralari tomonidan belgilanishi, ayol esa bu jarayonda ishtirok etmasligi ma'lum bo‘ldi.

Jinsni belgilashda xromosomalar asosiy omil hisoblanadi. Insonning vujudini belgilab beruvchi 46 ta xromosomadan ikkitasi jins xromosomalaridir. Bu ikki xromosoma erkaklarda «XY», ayollarda esa «XX» deb ataladi, chunki bu xromosomalarning shakllari shu harflarga o‘xshab ketadi. Y xromosoma erkaklik genlarini, X xromosoma esa ayollik genlarini o‘zida mujassam etgan bo‘ladi.

Yangi insonning paydo bo‘lishi erkak va ayollarda juft-juft holda mavjud bo‘ladigan bu xromosomalarning biri boshqasi bilan chatishishidan boshlanadi. Ayollarda urug‘lanish davomida ikkiga bo‘linadigan jins hujayrasining har ikkala tarkibiy qismida X xromosomalari bo‘ladi. Aksincha, erkakning jins hujayrasi ikki xil turli urug‘ hujayralar ishlab chiqaradi. Ularning bir turi X xromosomalar, boshqasi esaY xromosomalardan iborat bo‘ladi. Agarda ayoldagi X xromosoma erkakdagi X xromosomadan iborat urug‘ hujayra bilan chatishsa, unda bola qiz bo‘ladi. Agar u Y xromosomadan iborat urug‘ hujayra bilan chatishsa, unda bola o‘g‘il bo‘ladi.

Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, erkakning qaysi xromosomasi ayolning tuxumhujayrasi bilan chatishgan bo‘lsa, o‘sha xromosoma bolaning jinsini belgilaydi va bu xohishga bog‘liq bo‘lmagan holda amalgaoshadi.

XX asrda genlar kashf qilinmaguncha bularning hech biri ma'lum emas edi. Darhaqiqat, ko‘p mamlakatlarda bolaning jinsi ayol tomonidan belgilanadi, deb ishonilgan. Shuning uchun ham qiz bola tug‘ilganda ayollar ayblangan.

Biroq inson genlari kashf qilinishidan 14 asr ilgari Qur'on bu bid'atni inkor etuvchi ma'lumotni nozil qildi va jinsning kelib chiqishi ayollar emas, balki erkaklardan hosil bo‘lgan urug‘ tufayli ekaniga ishora qildi.

Bachadonda yopishib olgan alaq


O’zining rivojlanishidagi birinchi bosqichda ona bachadonidagi bola zigota shaklida bo‘lib, onaning qonidan oziqlanish uchun bachadonga yopishib oladi. O’ng tomonda berilgan rasm zigotaning rasmi bo‘lib, u xuddi bir parcha etga o‘xshaydi. Zamonaviy embriologiya tomonidan kashf qilingan bunday shakllanish 14 asr ilgari Qur’onda mo‘jizakorona «alaq» degan so‘z bilan ta’riflangan edi. Bu so‘z «laxtaqon», «biror joyda osilib, yopishib oladigan narsa» degan ma’nolarni anglatadi va qon so‘rish uchun tanaga yopishib oladigan zuluklarni tasvirlash uchun ham ishlatiladi. 

Insonning paydo bo‘lishi haqida Qur'onda bizga xabar berilgan dalillarni o‘rganishni davom ettirsak, yana muhim bir ilmiy haqiqatgaduchkelamiz.

Erkakning urugi ayolning tuxumhujayrasi bilan chatishganda tugiladigan bolaning mohiyati shakllanadi. Biologiyada «zigota» deb nomlanadigan bu bitta hujayra bir zumda bo‘linib, ko‘payishni boshlaydi va keyinchalik embrion deb ataladigan «bir parcha et» ga aylanadi. Bu odamning ko‘ziga mikroskop orqaligina ko‘rinishi mumkin.

Biroq embrion o‘zining rivojlanish davrini bo‘shliqda o‘tkazmaydi. U o‘zining o‘simtalari bilan xuddi yerga mahkam o‘rnashib olgan ildizlar kabi, bachadonga yopishib oladi. Mana shu rishta orqali embrion o‘zining rivojlanishiga zaruriy bo‘lgan moddalarni onaning tanasidan oladi.89

Bu yerda Qur'onning muhim bir mo‘jizasi oshkor etiladi. Onaning bachadonida rivojlanayotgan embrionni nazarda tutib, Alloh Qur'onda «alaq» so‘zidan foydalanadi:

O'qing (Ey, Muhammad! Butun borliqni) yaratgan zot bo‘lmish Rabbingiz ismi bilan! U insonni alaqdan yaratdi. O'qing! Rabbingiz esa karamli zotdir. («Alaq» surasi, 1-3-oyat)

Arab tilida «alaq» so‘zi «laxta qon», «biror joyda osilib, yopishib oladigan narsa» degan ma'nolarni yanglatadi. Bu so‘z aslida qon so‘rish uchun tanaga yopishib oladigan zuluklarni tasvirlash uchun ham ishlatiladi.

Shubhasiz, ona bachadonida rivojlanayotgan embrion uchun bunday o‘ziga xos so‘zning ishlatilishi, Qur'on Allohning, barcha olamlar Parvardigorining kalomi ekanligini yana bir bor isbotlaydi.

Suyaklar ustidan mushaklarni o‘rash

Qur'on oyatlarida keltirilgan boshqa bir muhim ma'lumot insonning ona bachadonida rivojlanish bosqichlaridir. Bu oyatlarda xabar berilishicha, onaning bachadonida avvalo suyaklar rivojlanadi, so‘ngra bu suyaklarni o‘rab oladigan mushaklar shakllanadi.


Ona qornidagi bolaning o‘z rivojlanishini tugallayotgan suyaklari xuddi Qur’onda ta’kidlanganidek, ma’lum bir bosqichda go‘sht bilan qoplanadi.

‘ngra (bu) maniyni laxta qon qilib yaratdik, bas, laxta qonni parcha go‘sht kilib yaratdik, bas, parcha go‘shtni suyaklar tsilibyaratib, (bu) suyaklarga go‘sht kopladik,so‘ngra (unga jon kiritib, oldingi holidan butunlay) boshqacha bir vujudni paydo qildik. Yaratuvchilarning eng go‘zali - Alloh barakotlidir! («Mu'minun» surasi, 14-oyat)

Embriologiya fanning bir sohasi bo‘lib, u onaning bachadonida embrionning rivojlanishini o‘rganadi. Yaqin-yaqingacha embriologlar embrionda suyaklar va mushaklar bir vaqtning o‘zida rivojlanib boradi, deb taxmin qilishar edi. Ammo yangi texnologik rivojlanishlar sharofati bilan o‘tkazilgan ilg‘or mikroskopik izlanishlar Qur'ondagi vahiy so‘zma-so‘z to‘g‘ri ekanligini isbotlaydi. Mikroskop orqali kuza-tishlar ona bachadonidagi embri-onning rivojlanishini xuddi bu oyatlarda xabar berilganidek sodir bo‘lishini ko‘rsatadi. Avvalo, emb-rionning tog‘ay to‘qimasi qotib, suyakka aylanadi. So‘ngra suyaklar atrofidagi to‘qima ichidan tanlab olingan mushak hujayralari birlashadi va suyaklarni o‘rab oladi.

Bu hodisa «Rivojlanayotgan inson» nomli bir ilmiy nashrda quyidagicha so‘zlar bilan ifodalanadi:

... Yettinchi hafta davomida, suyaklarning rivojlanish bosqichida, skeletning shakli embrionning umumiy ko‘rinishini belgilab beradi; mushaklar bir vaqtning o‘zida rivojlanmaydi, ammo ularning rivojtanishi sal keyinroq boshlanadi. Mushaklar butun tana bo‘ylab suyaklar atrofida o‘z joylarini egallaydi va shundan so‘ng suyaklarni qoplab oladi. Shu tarzda mushaklar o‘zining hammaga ma'lum shakli hamda strukturasini oladi ... Mushaklar bilan qoplab olish bosqichi sakkizinchi hafta davomida sodir bo‘ladi ...90

Qisqasi, Qur'onda xabar berilganidek, insonning rivojlanish bosqichlari zamonaviy embriologiya kashfiyotlari bilan to‘liq hamohangdir.

Ona qornida bola rivojlanishining uch bosqichi

 Insonning ona qornida uch bosqichli jarayon orqali yaratilishi Qur'onda aytib o‘tilgan.

... U sizlarni onalaringizning qornida uch (qavat) zulmat ichida asta-sekin yaratur. Mana shu Alloh - Rabbingizdir. Hukmronlik faqat Unikidir. Undan o‘zga (hech) iloh yo‘q. Bas, (Unga ibodat qilmay) qayoqqa burilib ketmokdasiz?! («Zumar» surasi, 6-oyat)

O'zbek tiliga «uch (qavat) zulmat» deb tarjima qilingan arabcha «fii zulumaatin salaasin» jumlasi embrionning rivojlanishi davomida qatnashadigan uchta qorong‘i tana qismini nazarda tutadi. Bular:

a) qorin bo‘shlig‘ining qorong‘iligi;

b) bachadonning qorong‘iligi;

v) yo‘ldoshning qorong‘iligi.

Ko‘rib turganimizdek, zamonaviy biologiya bolaning rivojlanishi oyatda vahiy qilingani kabi uch qorong‘i tana qismida sodir bo‘lishini kashf kilgan. Bundan tashqari, embriologiya fanidagi siljishlar bu tana qismlarining har biri uch qatlamdan iborat ekanligini aniqlagan.

Qorin bo‘shlig‘i yon devori uchta qatlamni tashkil qiladi: tashqi qiyshiq, ichki qiyshiq va ko‘ndalang qorin mushaklari.91

Shuningdek, bachadonning devori ham uchta qatlamdan iborat: tashqi, mushak va ichki.92

Embrionni o‘rab turgan yo‘ldosh ham uch qatlamdan tashkil topgan: amnion (homila atrofidagi ichki membrana), xorion (o‘rta amnion qatlami) va desidua (sirtqi amnion qatlami).93


«Zumar» surasining 6-oyatida insonning ona qornida uch aniq qatlamda yaratilishi ta’kidlangan. Zamonaviy embriologiya ham bolaning embriologik rivojlanishi ona qornida uchta aniq qatlamda sodir bo‘lishini tasdiqlaydi. 

Bu oyat ona bachadonida insonning uchta aniq bosqichda yaratilishini ham ta'kidlagan.

Darhaqiqat, zamonaviy biologiya bolaning embriologik rivojlanishi ona bachadonida aniq uch bosqichda kechishini aniqladi. Bugungi kunda, tibbiyot fakultetlarida o‘rganiladigan barcha embriologiya darsliklari bu mavzuni asosiy bilim elementi sifatida e'tiborga olgan. Masalan, embriologiya sohasida tayanch ma'lumotnoma hisoblanadigan «Inson embriologiyasi asoslari» kitobi bu dalillarni quyidagidek e'tirof etadi:

Bachadondagi hayot uch bosqichga ega: dastlabki embrional bosqich - birinchi ikki yarim hafta; embrional bosqich - sakkizinchi haftaning oxirigacha va homila bosqichi - sakkizinchi haftadan onaning ko‘zi yorigunigacha94

Bu jarayonlar bolaning turli rivojlanish bosqichlarini anglatadi. Qisqasi, bu rivojlanish bosqichlarining asosiy jihatlari quyidagichadir:

Dastlabki embrional bosqich

Bu birinchi bosqichda zigota bo‘linish orqali o‘sadi va u hujayralar to‘dasiga aylangandan so‘ng, o‘zini bachadon devorlari ichiga berkitib oladi. O'sish davomida bu hujayralar o‘zini uch qatlamga ajratadilar.

Embrional bosqich

Ikkinchi bosqich besh yarim hafta davom etadi. Bu davrdagi bola «embrion» deb ataladi. Bu bosqich mobaynida bola tanasining asosiy a'zolari va tizimlari hujayra qatlamlaridan paydo bo‘la boshlaydi.

Homila bosqichi

 Bu bosqichdan boshlab bola «homila» deb yuritiladi. Bu bosqich homiladorlikning sakkizinchi haftasidan boshlanadi va tug‘ilish paytigacha davom etadi. Bu bosqichning farqli jihati shundaki, homila o‘zining yuzi, qo‘llari va oyoqlari bilan insonga ancha o‘xshab ketadi. U shu paytda bor-yo‘g‘i 3 sm (1,18 dyuym) uzunlikda bo‘lsa ham, uning hamma a'zolari ko‘rinarli tus olgan bo‘ladi. Bu faza 30 hafta davom etadi va homila tug‘ilish haftasigacha rivojlanib boradi.

Bolaning ona bachadonida rivojlanish jarayoni to‘g‘risidagi ma'lumotlarga zamonaviy asboblar bilan olib borilgan kuzatuvlardan so‘nggina erishildi. Ammo xuddi boshqa ilmiy dalillarga o‘xshab, Alloh bizning e'tiborimizni mo‘jizakorlik bilan Qur'on oyatlaridagi bunday ma'lumotga jalb qiladi. Odamlar tibbiy masalalar bo‘yicha juda kam ma'lumotga ega bo‘lgan bir paytda bunday mufassal va aniq ma'lumotning Qur'onda berilishi, Qur'on Allohning kalomi ekanligini yana bir bor isbotlaydi. (Qarang: Horun Yahyo. Inson yaratilishi mo‘jizasi). Goodword Books, Yangi Dehli, 2003)

Horun Yahyo

_______________
89. Kit L. Mur va boshq. , Human Development as Described in the Qur’an and Sunnah (Qur’on va Sunnada tasvirlanganidek insonning rivojlanishi), (Makka: Qur’on va Sunnaning ilmiy alomatlari bo‘yicha komissiya, 1992), 36. 
90. Kit L. Mur, Developing Human (Rivojlanayotgan inson), 3-nashri (W. B. Saunders Company: 1982), 364a. 
91. Doktor Mark Hill, «This is an educational resource developed for learning concepts in embryological development» (Bu embriologik rivojlanish mavzuida o‘quv kontseptsiyalari uchun ishlab chiqilgan ta’limiy manbadir); http://anatomy.med.unsw.edu.au/cbl/embryo/Notes/git4.htm; «Abdominal Wall Defect Repair» (Qorin devori nuqsonini tuzatish); www.yoursurgery.com/ProcedureDetails.cfm?BR=1&Proc=74
92. «Reproductive System» (Reproduktiv tizim), MJC; http://virtual.yosemite.cc.ca.us/uyeshiros/AP50/Repro.htm
93. Kazi, 130 Evident Miracles in the Qur’an (Qur’onning 130 yaqqol mo‘jizasi), 84. 
94. Basic Human Embryology (Inson embrioloshyasi asoslari), 3-nashri, 1984, 64. 

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.