Onaning suti Alloh tomonidan yaratilgan tengsiz birikma bo‘lib, u bolaning oziqlanishga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi va uni har qanday infektsiyalardan himoya qiladi. Ona sutidagi oziqlarning me'yori ideal darajada bo‘lib, bolaning nozik tanasi uchun eng ma'qul ozuqa hisoblanadi. Shu bilan birga, ona suti miya hujayralarining o‘sishini va asab tizimining rivojlanishini tezlashtiradigan ozuqalarga ham juda boy99Bugungi kun texnologiyasi bilan go‘daklar uchun tayyorlangan sun'iy ovqatlar ona sutidek mo‘jizaviy ovqatning o‘rnini bosa olmaydi.
Biz insonga ota-onasini (rozi qilishni) buyurdik. Onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan (qornida) kutarib yurdi. Uni (ko‘krakdan) ajratish (muddati) ikki yilda (bitar). (Biz insonga buyurdikki,) «Sen Menga va ota-onangga shukr qilgin! Qaytishlik Mening huzurimgadir!» («Luqmon» surasi, 14-oyat)
Ona sutining bola uchun ahamiyatli tomonlari kun sayin keng va chuqur aniqlanmoqda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ona suti bilan oziqlanadigan chaqaloqlar nafas yo‘llari va hazm qilish tizimlariga oid infektsiyalarga qarshi alohida himoyalangan bo‘ladi. Bu ona sutidagi antijism (himoyachi modda)larning infektsiyalarga qarshi bevosita himoyani ta'minlashi tufaylidir. Ona sutining yana boshqa infektsiyaga qarshi xususiyatlaridan biri shuki, u zaharli bakteriyalar, viruslar va parazitlarga to‘siq bo‘luvchi «normal flora» deb ataladigan «yaxshi» bakteriyalar uchun mo‘‘tadil muhit yaratib beradi. Bundan tashqari, ona sutida infektsiyali kasal-liklarga qarshi immun tizimini chiniqtiradigan va uning yaxshiroq ishlashiga imkon beradigan omillar mavjudligi ham aniqlangan.100
Ona suti maxsus yaratilganligi bois, u chaqaloqlar uchun eng oson hazm bo‘ladigan ovqatdir. Oziqjihatdan juda boy bo‘lishiga qaramay, u chaqaloqning nozik hazm qilish tizimi tomonidan osonlikcha hazm qilinadi. Chaqaloq hazm qilish uchun uncha ko‘p energiya sarflamasligi sababli, u bu energiyani boshqa tana funktsiyalari faoliyatini tiklash, a'zolarning o‘sishi va rivojlanishi uchun ishlatadi.
Muddatidan oldin ko‘zi yorigan onalarning suti chaqaloqning ehtiyojlarini qondirish uchun yuqori darajadagi yog‘, oqsil, qand, natriy, xlorid va temir moddalarini o‘z ichiga olgan bo‘ladi. Ona suti bilan boqilgan erta tug‘ilgan chaqaloqlardak o‘z funktsiyasining yaxshiroq rivojlanishi va ular aqliy testlarni yaxshiroq bajarishi aniqlangan. Shuningdek, ular juda ko‘p boshqa ustunliklarga ham ega.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqning rivojlanishi uchun ona sutining ahamiyatli jihatlaridan biri shundaki, u omega-3 yog‘ alfa linoleik kislotalarni o‘z ichiga oladi. Inson miyasi va ko‘zning to‘r pardasi uchun muhim birikma bo‘lishi bilan birga, ona suti yangi tug‘ilgan chaqaloqlar nuqtai nazaridan olib qaraganda juda katta ahamiyatga ham egadir. Omega-3 homiladorlik va chaqaloqlikning dastlabki bosqichlari davomida miya va asablarning normal rivojlanishi uchun ayniqsa ahamiyatlidir. Olimlar ona sutini omega-3 ning tabiiy va mukammal manbai deb, uning ahamiyatligiga alohida urg‘u berishadi.101
Bundan tashqari, Bristol universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot ona sutining uzoq muddatli foydalari bilan bir qatorda uning qon bosimiga nisbatan ijobiy ta'sirga ega ekanligini va shu sababli yurak xuruji xavfining kamayishini kashf qildi. Tadqiqotchilar guruhi ona sutining himoyaviy tabiati uning ozuqaviy tarkibiga borib taqaladi, degan xulosaga keldilar. Circulation nomli tibbiy jurnalda chop etilgan bu tadqiqotning natijalariga ko‘ra, ona suti bilan oziqlangan chaqaloqlar yurak xastaliklari bilan deyarli og‘rimaydi. Ona sutida uzun halqa polito‘yinmagan yog‘li kislotalarning mavjudligi (bular arteriyalar qattiqlashuvining oldini oladi) hamda ona suti bilan oziqlangan chaqaloqlar kamroq natriy iste'mol qilishi (bu qon bosimi bilan bog‘liq) natijasida chaqaloqning ortiqcha cemirib ketmasligi ona sutining yurakka aloqador kasalliklarning oldini olishdagi manfaatlaridandir.102
Bundan tashqari, AQShning Sinsinatti Bolalar shifoxonasi salomatlik markazida faoliyat ko‘rsatuvchi Doktor Liza Martin boshchiligidagi guruh ona sutida adiponektin deb ataladigan oqsil gormonining yuqori darajalarini topishdi.103 Adiponektinning qondagi yuqori darajalari yurak xuruji xavfini kamaytirish bilan bog‘liqtsir. Adiponektinning past darajalari juda semiz hamda yurak xuruji xavfi yuqori bo‘lgan odamlarda kuzatiladi. Shu bois, ona suti bilan oziqlangan chaqaloqlarda o‘ta semirib ketish xavfi shu gormon tufayli kamayishi isbotlangan. Shuningdek, ular ona sutida yog‘ moddalar almashinuvida asosiy o‘rin tutuvchi leptin deb nomlangan boshqa bir gormonning mavjudligini aniqlashdi. Leptin tanada yog‘ borligi haqida miyaga signal beradi, deb taxmin qilinadi. Doktor Martinning aytishicha, chaqaloqlikda ona suti orqali so‘rilgan bu gormonlar shuning uchun ham juda semizlik, 2-tur diabeti, insulin qarshiligi va yurak arteriya tomirlari xastaligi kabi kasalliklarning paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi.104
«Eng yangi ovqat» haqida dalillar
Ona suti haqidagi dalillar shu bilan cheklanib qolmaydi. Chaqaloqning sog‘ligi uchun ona sutining ahamiyati chaqaloqning o‘sish jarayonidagi ma'lum bir bosqichlarda qanday oziq-ovqat talab qilinishiga ko‘ra o‘zgarib boradi. Ona sutining tarkibi shu bosqichlarda zarur bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish uchun yangilanadi. Har doim va eng ma'qul haroratda tayyor ona suti qand va yog‘ni o‘z ichiga olganligi bois, miya rivojlanishida katta rol o‘ynaydi. Bundan tashqari undagi kaltsiy kabi elementlar chaqaloq suyaklarining rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega.
Sut deb atalsa-da, bu mo‘jizaviy birikmaning aksariyat qismi aslida suvdan tashkil topadi. Bu juda muhim xossa demakdir, chunki ovqatga qo‘shimcha ravishda, chaqaloqlar suv shaklidagi suyuqlikka ham ehtiyoj sezishadi. Suv yoki boshqa oziq-ovqatlarda ona sutidan ustunroq gigiena ta'minlangan emas. 90% dan kam bo‘lmagan suvdan iborat ona suti eng gigienik tarzda bolaning suvga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi.
Ona suti va aql
Ilmiy izlanishlar ko‘krak suti bilan oziqlanadigan chaqaloqlarning aqliy rivojlanishi boshqa chaqaloqlarnikiga nis-batan yaxshiroq ekanligini tasdiqlaydi. Kentukki universiteti eksperti Jeyms U. Andersonning ko‘krak suti bilan oziklanuvchi va sun'iy oziq-lanuvchi chaqaloqlar o‘rtasidagi qiyosiy tahlili ko‘krak suti bilan oziqla-nadigan chaqaloqlarning aqliy rivojlanish darajasi boshqa chaqaloqlarga nisbatan 5 ball yuqoriroq ekanini isbotlaydi. Uning tadqiqoti natijasida shu narsa aniqlandiki, ona suti orqali 6 oygacha aqlga ijobiy ta'sir ko‘rsatiladi va 8 haftadan kam emizilgan bolalarda aqliy rivojlanish darajasi ijobiy tarafga o‘zgarmaydi.105
Onaning suti saraton kasalligiga qarshi kurashadimi?
Amalga oshirilgan barcha tadqiqotlarda ona suti chaqaloqlarni saraton kasalligidan himoya kilishi isbotlangan (bu haqida yuzlab maqolalar chop etilgan). Shunday bo‘lsa-da, uning mexanizmiga hali to‘liq tushunib yetilgani yo‘q Ona sutidagi oqsil labo-ratoriyalarda o‘stirilgan o‘simta hujayralarini, sog‘lom hujayralarga zarar yetkazmasdan, o‘ldirgandan so‘ng, tadqiqotchilar juda katta potentsial imkoniyat paydo bo‘lganligini ma'lum qilishdi. Ona sutidagi bu mo‘jizaviy sir-asrorlarni oshkor qilgan tadqiqotchi guruhga Shvetsiyaning Land universitetidagi klinik immuniologiya professori Katarina Svanborg boshchilik qildi.106 Land universitetidagi bu guruh ona suti saraton kasalligining ko‘p shakllaridan himoya qila olishini mo‘jizaviy kashfiyot sifatida isbotlab berdi.
Dastavval, tadqiqotchilar yangi tug‘ilgan chaqaloqlardan olingan ichak shilliq hujayralarini ona suti bilan davolashdi. Ular pnevmokokk bakteriyasi keltirib chiqaradigan kasallik, ya'ni zotiljam ona suti bilan samarali to‘xtatilganligini kuzatishdi. Bundan tashqari, ona suti bilan oziqlanadigan chaqaloqlarda sun'iy oziqlanadigan chaqaloqlarga qaraganda ancha kamroq eshitish qobiliyatining sustligi uchraydi va ular nafas olish yo‘llari infektsiyalaridan kamroq azob chekadilar. Qator izlanishlardan so‘ng ona suti saraton kasalligiga qarshi himoyani ham ta'minlashi isbotlandi. Bolalikda kuzatiladigan limfa saratoni kasalligi sun'iy oziqlanadigan bolalarda 9 martagacha ko‘proq uchrashi isbotlangandan so‘ng tadqiqotchilar shu natija saraton kasalligining boshqa shakllari uchun ham bir xil bo‘lganligini sezib qolishdi. Natijalarga ko‘ra, onaning suti saraton hujayralariga qulaygina joylashib olib, keyinchalik ularni bartaraf qiladi. Saraton hujayralariga joylashib, ularni o‘ldiradigan modda alfalak (alfalaktalbumin) bo‘lib, u ona sutida ko‘p miqdorda uchraydi. Alfalak sutdagi qand laktozaning ishlab chiqilishida yordam beruvchi oqsillar tomonidan hosil qilinadi.107
Bu betakror ne'mat Allohning tuhfasidir
Ona sutining boshqa bir mo‘jizaviy fazilati u bilan ikki yil oziqlanadigan chaqaloq uchun uning nihoyatda foydaliligidir.108 Fan orqali yaqinda kashf qilingan bu muhim ma'lumot 14 asr ilgari Alloh tomonidan oyatda «Onalar bolalarini to‘la ikki yil emizadilar. (Bu muddat) emizishni kamoliga yetkazishni istovchilar uchundir ...» («Baqara» surasi, 23-oyat) deb vahiy qilingan edi.
Onaning tanasidan ovqatlanishga muhtoj norasida go‘dak uchun eng ma'qul ozuqa manbai bo‘lmish sutni ishlab chiqarish onaning ixtiyorida emas va u sut tarkibidagi turli ozuqaviy darajalarni belgilab berishga qodir ham emas. Har bir jonzotning ehtiyojini bilguvchi va ularga behad mehribonlik ko‘rsatguvchi hamda onaning tanasida bola uchun ona sutini yaratib qo‘ygan Zot hamma narsaga Qodir Allohning O'zidir.
Sutning paydo bo’lishi
Darvoqe, sizlar uchun chorva hayvonlarida ham ibrat bordir; sizlarni ularning qorinlaridagi najosat va qon oralaridan chiquvchi, (lekin) ichuvchilar uchun ishtahali toza sutdan ichirurmiz. («Nahl» surasi, 66-oyat)
Tananing oziqlanishi uchun kerak bo‘ladigan asosiy materiallar hazm qilish tizimidagi kimyoviy o‘zgarishlar natijasida sodir bo‘ladi. Hazm qilingan moddalar ichak devorlari orqali so‘rilib, qon oqimiga o‘tadi. Tana bo‘ylab qonning aylanishi tufayli oziq moddalar tegishli a'zolarga yetib boradi.
Xuddi boshqa tana to‘qimalariga o‘xshab, sut bezlari ham qon orqali olib kelingan oziq moddalar bilan ta'minlanadi. Shu sababli, qon ovqatlardan oziqlarni yig‘ishda eng muhim rolni o‘ynaydi. Mana shu barcha bosqichlardan so‘ng sut bezlaridan sut ajraladi va uning ozuqaviy qimmati ayniqsa yuqori bo‘ladi.
Inson hayvon qornidagi na yarim hazm qilingan ovqatni va na hayvonning qonini to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste'mol qila oladi. Bundan tashqari, bularni yoki ularning biror tarkibiy qismini to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste'mol qilish qattiq kasallik, hattoki o‘limga olib borishi mumkin. Alloh o‘zi yaratgan o‘ta murakkab biologik tizimlar sharofati bilan bu suyuqliklardan inson uchun toza va sog‘lom ovqat paydo bo‘lishini ta'minlaydi.
Chunki u qon orqali olib o‘tiluvchi hazm qilingan ovqat natijasida paydo bo‘ladi. Yuqori oziqlantiruvchilik xususiyatiga ega bo‘lgan sut shu tarzda qondan ishlab chiqariladi. Bu qon yoki yarimhazm qilingan ovqatning o‘zini esa iste'mol qilib bo‘lmaydi.
Sut hosil bo‘lishining o‘zi yaratilishdagi eng katta mo‘jizadir. Shunga qaramay, sutning hosil bo‘lishi haqidagi bunday batafsil ma'lumotning Qur'onda qayd etilgani esa boshqa bir mo‘jizadir.
Ko‘rib turganimizdek, «Nahl» surasining 66-oyatida sutning biologik hosil bo‘lishi haqida berilgan ma'lumot zamonaviy fan tomonidan aniqlangan dalillar bilan juda hamohangdir. Shu narsa aniqki, sut emizuvchilarning hazm qilish tizimlari haqida to‘liq bilim talab qiluvchi bunday ma'lumotni Qur'on nozil qilingan paytda odamlarning bilishi dargumon edi.
Quyidagi diagrammada vena qonlari bilan tutashuvchi ovqat hazm qilish traktidan yarim hazm qilingan ovqatning tanada tarqalishini ko‘rish mumkin. Bu aralashmaning ba'zi qismlari mushaklar va boshqa tana to‘qimalariga tarqatilsa, ba'zilari sut ajratib chiqaruvchi sut bezlariga yetkaziladi.
Horun Yahyo
__________
99. «High-Risk Newborn-The Benefits of Mother’s Own Milk» (O’ta qaltis yangi tug‘ilgan go‘dak - Ona sutining foydalari), Yuta universiteti Salomatlik fanlari markazi; www.uuhsc.utah.edu/healthinfo/pediatric/Hrnewborn/bhrnb.htm
100. Yuqoridagi manbadan.
101. C. Billaud, European Journal of Clinical Nutrition (Yevropa klinik oziklanishjurnali), 1997, 51-tom, 520-526.
102. «Breast milk «does cut heart risk»« (Ko‘krak suti «yurakka tug‘iladigan xavfning oldini oladi»), 1 mart, 2004; http://news.bbc.co.uk/2/hi/health/3523143.stm
103. «Breast milk helps reduce obesity» (Ko‘krak suti o‘ta semirib ketishni kamaytirishda yordam beradi), 2 may, 2004; http://news.bbc.co.uk/2/hi/health/3673149.stm
104. Yuqoridagi manbadan.
105. Tim Uitmayr, «IQ Gain from Breastfeeding» (Ko‘krak suti bilan emizishdan erishilgan ARK); http://abcnews.go.com/sections/living/DailyNews/breastfeeding990923.html
106. «Breakthrough in Cancer Research» (Saraton kasalligi tadqiqotida muhim kashfiyot); www.mediconvalley.com/news/Article.asp?NewsID=635
107. Piter Raditski, «Human Breast Milk Kills Cancer Cells» (Inson ko‘krak suti saraton hujayralarini o‘ldiradi), Discover 20, son 06, iyun 1999.
108. Reks D. Rassell, «Design in Infant Nutrition» (Bola oziqlanishidagi go‘zallik); www.icr.org/pubs/imp/imp259.htm