OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

O‘zbek tilida grantlar sayti ishga tushdi

Xorijda tahsil olishni istovchi o‘zbekistonlik yoshlarga yordam berish maqsadida o‘zbek tilida “Grantlar.uz” nomli yangi sayt ishga tushdi. Saytda yozilishicha, ushbu loyiha talabalarga butun dunyo bo‘ylab turli mamlakatlarda ta’lim olish uchun grantlar topishda yordam beradi.

Unda, grantlardan tashqari, xorijdagi ilmiy konferentsiyalar, tanlovlar, kurslar, ish, amaliyot va volontyorlik o‘rinlari haqida ma’lumot beriladi; shuningdek, xorijdan o‘qish topish, hujjatlarni tayyorlash va topshirish, grantlar topish va ularga hujjat topshirish hamda tanlov bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tish sir-sinoatlari haqida maslahat berish kabi xizmatlar ham taqdim etiladi.

Saytga allaqachon bakalavr, magistratura va doktorantura hamda boshqa yo‘nalish va darajadagi o‘qishlar uchun ko‘plab grantlar qo‘yilgan. Konferentsiyalar, ish, amaliyot va blog sahifalaridan ham bir qator maqolalar o‘rin olganini ko‘rish mumkin.

Loyihaning muhim jihati shundaki, undagi ma’lumotlarning barchasi o‘zbek tilida bo‘lib, maqolalar so‘ngida ingliz yoki boshqa chet tilidagi asl manbaga – grantlarni e’lon qilgan saytlarga havolalar berilgan. Ushbu havolalar orqali kirib, o‘quvchilar qo‘yilgan grantlar va ularga hujjat topshirish tartibi haqida batafsil ma’lumot olishlari mumkin.

Sayt “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida ham o‘z sahifasiga ega: https://www.facebook.com/grantlar.uz

Yangi grantlar haqidagi e’lonlarni bevosita e-pochta orqali olishni xohlovchilar saytning “Obuna” (http://grantlar.uz/obuna) xizmatidan foydalanishlari mumkin. Bu yerdagi sahifaga elektron pochta manzilingizni kiritsangiz, har hafta saytga qo‘yilgan yangi grantlar haqida e-pochta orqali xabarnoma olib turasiz.

Sayt haqidagi taklif-mulohazalaringiz yoki grantlar bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, ularni “Aloqa” sahifasidan sayt xodimlariga yo‘llashingiz mumkin.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.